1-ma’ruza. Kolloid kimyo zamonaviy kimyoning nazariy asosi reja



Download 15.74 Kb.
bet1/4
Sana03.09.2021
Hajmi15.74 Kb.
  1   2   3   4

1-MA’RUZA. KOLLOID KIMYO ZAMONAVIY KIMYONING NAZARIY ASOSI

REJA

1. Kolloid kimyoning vazifasi

2. Moddaning kolloid holati. Kolloid sistemalarning disperslik va geterogenligi

3. Kolloid kimyoning rivojlanish tarixi


Tayanch iboralar: Dispers sistema, kolloid xolat, zol’, liofil’, liofob, mikrogeterogen sistema, geterogenlik, disperslik, yuqori dispers sistema
Kolloid kimyoning vazifasi

Kolloid kimyo fani - mustaqil fan bo‘lib, bir qator xususiyatlari jihatidan bir-biriga o‘xshash turli-tuman sistemalarni tekshiradi.

"Kolloid kimyo" dispers (maydalangan) sistemalar va sirt qavatda sodir bo`ladigan xodisalarning fizik-kimyosiga oid fan bo`lib, moddalarning dispers xolatlari va sirt qavatlarning o`ziga xos xususiyatlari xaqidagi ta`limotni o`rganadi.

Kolloid so‘zi grekcha “colla” ya’ni kley so‘zidan olingan bo‘lib, xozirgi zamon mazmuniga to‘g‘ri kelmagani uchun bu nom faqat tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib saqlanib kelmoqda. 19 asrda italiya olimi Selmi ba’zi eritmalarning anomal (qonuniyatlardan chetlanadigan) xossalarga ega ekanligini kuzatdi ya’ni: ularda yorug‘likning tarqalishi, tuzlar ta’sirida ularda erigan moddaning cho‘kmaga tushishi. Moddaning bunday eritmaga o‘tishi va undan cho‘kishida sistemaning xajmi va xarorati o‘zgarmagan. Selmi bunday eritmalarni “psevdoeritmalar” deb atalgan va keyinchalik ular zollar deb ataldi.

Ko‘pchilik olimlar kolloid eritmalar odatdagi xaqiqiy eritmalarga o‘xshaydi, lekin ulardan zarrachalarning kattaligi bilan farq qiladi degan xulosalar chiqargan xolda, katta molekulali polimer moddalarning xaqiqiy eritmalarini ham kolloid sistemalar bilan birga o‘rganish ma’qul deb xisoblashadi.

Demak, kolloid kimyoning vazifasi yuqori disperslikka ega bo`lgan geterogen sistemalarni, bu sistemadagi sirt xodisalarni va yuqori molekulyar sistemalarni o`rganishdan iborat.


Download 15.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat