1-ma’ruza.” Elеktrotеxnika va elektronika” faniga Kirish


Elektr zanjiridagi qarshiliklarni ulash sxemalari



Download 1.08 Mb.
bet27/31
Sana28.08.2021
Hajmi1.08 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

3. Elektr zanjiridagi qarshiliklarni ulash sxemalari.

  • Turli elektr zanjirlarining ish jarayoni tahlil qilinganda zanjirdagi iste`molchilarning ekvivalent qarshiligini aniqlash kerak bo’ladi. Umuman, elektr iste`molchilarni zanjirga ketma-ket, parallel va aralash ulash sxemalari mavjud.
  • Qarshiliklarni (iste`molchilarni) ketma-ket ulash deb, bir qarshilik (R1) ning oxirgi uchini ikkinchi qarshilik (R2) ning bosh uchiga, ikkinchi qarshilikning oxirgi uchini uchinchi qarshilik (R3) ning bosh uchiga va hokazo birlashtirishga aytiladi (1.7-rasm). Qarshiliklari ketma-ket birlashtirilgan, ya`ni tarmoqlanmagan elektr zanjirining o’ziga xos xususiyati shundaki, unda tok o’tkazadigan bitta yopiq kontur bo’lib, konturning barcha qismlaridan bir xil qiymatga ega bo’lgan tok o’tadi. Bunday zanjirda unga berilgan kuchlanish – U zanjirning ayrim qismlaridagi kuchlanishlar pasayishining algebraik yig`indisiga teng (Kirxgofning II qonuniga asosan):

bu yerda :R1,R2,R3….Rn-zanjir qismlarining qarshiliklari; RE- zanjirning ekvivalent (umumiy) qarshiligi.

Qarshiliklarni ketma-ket ulash elektrotexnikaning turli sohalarida uchraydi. Masalan, o’zgarmas tok motorini ishga tushirishda ishga tushirish tokini cheklash maqsadida yakor bilan ishga tushirish reostati ketma-ket ulanadi. Shuningdek, aylanish tezligini rostlash maqsadida rostlash reostati qo’llanadi. Manbalarni ham o’zaro ketma-ket ulash mumkin. Masalan, akkumulyator va batareya elementlarini o’zaro ketma-ket ulab, kerakli kuchlanishni hosil qilish mumkin.

Qarshiliklari ketma-ket birlashtirilgan zanjirning biron qismida uzilish sodir bo’lganida uning tamomila ishdan chiqishi qarshiliklarni ketma-ket ulash usulining asosiy kamchiligidir.

Qarshiliklarni (iste`molchilarni) parallel ulash deb, R1, R2, R3, …, Rn va hokazo qarshiliklarning bosh uchlarini bir tugunga va ana shu qarshiliklarning oxirgi uchlarini ikkinchi tugunga birlashtirishga aytiladi (1.9-rasm).

Qarshiliklari parallel ulangan elektr zanjirining (bunday zanjirlarni tarmoqlangan yoki ko’p konturli elektr zanjirlari, deb ham atash mumkin) o’ziga xos xususiyati zanjirga ulangan barcha qarshiliklar qismlaridagi kuchlanishning bir xil qiymatga ega bo’lishidir.

R1, R2, R3, … , Rn qarshiliklar bosh uchlarining ulanish nuqtalariga keluvchi tok (I) shu nuqtalardan (tugunlardan) tarqaluvchi I1, I2, I3, … In toklarning yig`indisiga teng (Kirxgofning 1-qonuniga asosan) :

yoki

(1.10)


Qarshiliklari parallel ulangan zanjirning asosiy afzalligi shundaki, bunday zanjirning biron tarmog`ida uzilish sodir bo’lganida qolgan tarmoqlar normal ishlayveradi. Shuning uchun ham elektr energiyasining iste`molchilari tarmoqqa, asosan, parallel usulda ulanadi.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat