1. Лириканинг кичик жанрлари (фард, мусаллас, рубоий, туюқ, тўртлик)


 Лириканинг ўртача жанрлари (ғазал)



Download 16.98 Kb.
bet2/9
Sana13.05.2020
Hajmi16.98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2. Лириканинг ўртача жанрлари (ғазал)

Gʻazal (arab. — ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda boʻlish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr. "Gʻazal" atamasi dastlab VI-VII asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Soʻng Oʻrta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga oʻtib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli gʻazal namunasi ham uchraydi.

Gʻazal aa, ba, va, ga, da va h.k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matlaʼ yoki mabdaʼ, oxirgisi maqtaʼ deb ataladi. Agar ikkinchi baytning misralari ham oʻzaro qofiyalansa, zebi matlaʼ yoki husni matlaʼ deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa sanʼati bilan chambarchas bogʻliq. Dastlab Gʻazalga taxallus qoʻyilmagan, bu keyinchalik anʼanaga aylangan.

Gʻazal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pandnasihat) va hajviy Gʻazallar yuzaga keldi. Gʻazal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) gʻazal; yakpora gʻazal; voqeaband gʻazal.; musalsal gʻazal. Maʼno jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona gʻazallarga boʻlinadi.

Fors soʻz sanʼatida gʻazal dastlab Rudakiy ijodida uchrasa-da, Saʼdiy ijodida u toʻla shakllanib, sheʼriyatning asosiy janrlaridan biriga aylandi, keyin Hofiz uni yuksak darajaga koʻtardi: u oʻzigacha tasavvufiy va dunyoviy yoʻnalishda rivojlanib kelgan gʻazalchilikni oʻzaro omuxta qildi. Xusrav Dehlaviy, Kamoliddin Isfahoniy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Xoju Kirmoniy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlar gʻazal taraqqiyotida katta rol oʻynaganlar.

Oʻzbek adabiyo-tida gʻazalning ilk namunalari Rabgʻuziyning "Qisasi Rabgʻuziy", Xorazmiyning "Muhabbatnoma"sida uchraydi; keyinchalik Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Ubaydiy, Mashrab, Mujrim-Obid, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Avaz Oʻtar va boshqalar ijodida rivojlantirildi.


Download 16.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat