1-Keys «Kimyo-farmatsevtika ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari» fanining mazmuni va kelib chiqishi



Download 0.92 Mb.
bet1/5
Sana05.12.2019
Hajmi0.92 Mb.
  1   2   3   4   5

1-Keys


« Kimyo-farmatsevtika ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari » fanining mazmuni va kelib chiqishi
Kimyo sanoati korxonalarida turli texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlar davomida xom-ashyo va materiallarning ichki strukturasi, tarkibi, agregat holatlari o‘zgaradi. Kimyoviy texnologik jarayonlar kimyoviy reaksiyalardan tashqari turli fizik-kimyoviy jarayonlardan iborat. Bunday jarayonlarga quyidagilar kiradi: suyuqlik va qattiq materiallarni uzatish, qattiq moddalarni maydalash va saralash, gazlarni siqish va uzatish, moddalarni isitish va sovitish, suyuqliklarni aralashtirish, har xil jinsli aralashmalarni ajratish, eritmalarni bug‘latish, ho‘l materiallarni quritish va boshqalar. Bu texnologik jarayonlar turli ishlab chiqarishlarda ishlash prinsiplari bir xil bo‘lgan mashina va qurilmalarda olib boriladi.

Kimyo sanoatida o‘rganiladigan asosiy jarayonlar 5 ta guruxga bo‘linadi:

1. Gidromexanik jarayonlar.

2. Issiqlik jarayonlari.

3. Moddalar almashinuvi jarayonlari.

4. Kimyoviy jarayonlar.

5. Mexanik jarayonlar.
Savol: Bu jarayonlarga ta’rif bering.

Kimyoviy texnologiyada ishlatiladigan qurilmalar qator talablarga javob berishi kerak. Avvalo, qurilmada ma’lum bir jarayonni amalga oshirish uchun kulay shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi zarur. Bu sharoitlar jarayonning turiga, qatnashayotgan moddalarning agregat holatlariga bog‘liq.

Qurilmaning muhim parametrlaridan biri uning ish unumidir. Ish unumi - vaqt birligi ichida qurilmada hosil bo‘lgan tayyor mahsulotning miqdoridir. Qurilmaning samaradorligi uning ish unumini qurilmani harakterlaydigan birorta kattalikka nisbatidir. Qurilmalarning ish unumini oshirish uchun qurilmalar ishini tezlashtirish zarur.
Savol: Tezlashtirishning qanday usullarini bilasiz?

Kimyo sanoatidagi texnologik jarayonlar davriy va uzluksiz ravishda o‘tkaziladi. Jarayonlar vaqt davomida parametrlarning o‘zgarishiga qarab turg‘un va noturg‘un bo‘ladi.



Savol: Turg‘un bilan noturg‘un jarayonlar o‘rtasidagi farqlarni izohlang?

2-KEYS.

Gidrostatikada tutash idishlarda suyuqlik sathini o’lchash.
Kimyo sanoatining barcha tarmoqlarida suyuqlik va gazlarni uzatish, suyuqliklarni aralashtirish, har xil jinsli gaz va gazlarni uzatish, suyuqlik aralashmalarini ajratish kabi jarayonlar ko‘p uchraydi. Bu jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari bilan ifodalanadi. Gidromexanika qonunlarini va ulardan amalda foydalanish usullarini gidravlika o‘rganadi. Gidravlika ikki asosiy qismdan: suyuqliklarning muvozanat qonunlarini o‘rganadigan gidrostatika va suyuqliklarning harakat qonunlarini o‘rganadigan gidrodinamikadan tashkil topgan.

Suyuqliklar oquvchanlik xususiyatiga ega. Suyuqlik guyo ma’lum xajmga ega, lekin shaklga ega emas (qanday idishga solinsa, usha idish shaklini oladi), ammo suyuq massa tashki kuchlar bo‘lmagan sharoitda, faqat molekulyar kuchlar ta’siri ostida shar shaklini oladi. Moddalarning suyuq holati o‘z tabiatiga ko‘ra, gaz holat bilan qattiq holat o‘rtasidagi oraliq o‘rinni egallaydi.



Suyuqlik va gazlarning harakat tezliklari tovush tezligidan past bo‘lgani uchun ularning harakat qonunlari bir xil. SHuning uchun gidravlikada suyuqlik deyilganda ham gaz, ham suyuqlik tushuniladi. Suyuqliklar ideal va real suyuqliklarga bo‘linadi.
Savol: Ideal va real suyuqliklar xossalariga ta’rif bering.


3-KEYS
Gidrodinamika

Suyuqlikning oqish rejimini aniqlash

Suyuqliklarning harakat rejimi. Birinchi marta suyuqliklar harakatining rejimini 1883 yil Reynolds tomonidan o‘rganilgan. Reynolds o‘z tajribalarida faqat tezlikni emas, balki trubaning diametri, suyuqlikning qovushqoqligi va zichligini o‘zgartirdi.

Reynolds tomonidan o‘tkazilgan tajribalar asosida suyuqliklarning harakat rejimlarini aniqladi.


Savol: Reynolds tomonidan qanday tajribalar o‘tkazilgan va ular asosida suyuqliklarning necha xil harakat rejimlarini aniqlangan?

4-KEYS
Mavxum qaynash qatlamining gidrodinamikasi
Hozirgi vaqtda kimyo sanoatini barcha texnologik jarayonlarida mavhum qaynash usuli keng qo‘llanilmokda. Issiqlik almashinish, quritish, absorbsiyalash kabi jarayonlarda mavhum qaynash usulining ishlatilishi katta natijalar bermoqda. Mavhum qaynash jarayonida fazalar o‘rtasidagi kontakt yuza katta bo‘lishi tufayli jarayon bir necha marta tezlashadi, natijada qurilmaning unumdorligi oshadi. Donasimon zarrachalar qatlamini hosil qilish uchun ixtiyoriy shakldagi vertikal idishga donasimon qattiq material solinadi. Idishningpastki qismidan siqilgan havo beriladi va mavhum qaynash holati kuzatiladi (4.1-rasm).

4.1- rasm. Mavhum qaynash qatlaminiig holatlari:

a) qo‘zg‘almas qatlam (filtrlash rejimi);

b) bir jinsli mavhum qaynash qatlami;

v) turli jinsli mavhum qaynash qatlami;

g) qattiq donachalarning oqim bilan chiqib ketishi.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat