1. Iqtisodiy prognozlash usullarining tasnifi



Download 29,07 Kb.
bet1/5
Sana30.06.2022
Hajmi29,07 Kb.
#719735
  1   2   3   4   5
Bog'liq
makri atrabotka
5210200 Психология умумий психология 3 курс, 5210200 Психология умумий психология 3 курс, 0, Edward Gibbon, Откир карын синдромыгда кешиктирип болмайтын медициналык жардем Даулетов М, The practice of English language teachin, 2- tema Bolmis filosofiyasi (Ontologiya), project pdf 623c52f48bd9d , hhhhhhhh, 6164F4D2-FE16-4E50-BD00-DC392C9F1E9E, 4DA1DB58-0D63-4562-8523-19B008F87CCC, biologiya 10 rus, Murakkab sakrash texnikalarini urgatish, Mavzu Portlandsement ishlab chiqarish usullari. Portlandsement -fayllar.org

Mavzu.: ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni pragnozlash usullari
Reja:

  1. Iqtisodiy prognozlash usullarining tasnifi

  2. Prognoz turlarining klassifikatsiyasi

  3. Prognozlashning ekspert (logiko-evristik) usullari



1.Iqtisodiy prognozlash usullarining tasnifi
YAkka ekspert baholash tarkibiga quyidagilar kiradi: “intervyu” usuli, ya’ni ekspert bevosita mutaxassis bilan “savol-javob” sxema bo‘yicha suhbat quradi; tahliliy usul, ya’ni qandaydir prognoz qilinayotgan vaziyat mantiqiy tahlil qilinadi, tahliliy yozma ma’ruzalari tayyorlanadi; ssenariyni yozish usuli, ya’ni u turli sharoitlarda vaqt makonda jarayon va hodisalarning mantiqini aniqlashga asoslangan.
Jamoa ekspert baholash usuli “komissiya”, “jamoaviy g‘oyalarni to‘plash (“aqliy hujum”) usuli, “Delfi” usuli, matritsali usul kabilarni o‘z tarkibiga oladi. Bu guruh usullari quyidagilarga asoslanadi: birinchidan, jamoaviy fikr yuritish paytida natijaning yuqori aniqliligi kuzatiladi; ikkinchidan, ekspertlar tomonidan qo‘yiladigan yakka tartibdagi mustaqil baholashni qayta ishlab chiqish paytida hech bo‘lmaganda unumli g‘oyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Rasmiylashgan usullar ikkita guruhdan tarkib topadi: ekstrapolyasiya va modellashtirish. Birinchi guruhga quyidagi usullar kiradi: eng kichik kvadratlar, eksponensial tekislash, o‘rtacha ko‘rsatkichlarni tekislash. Ikkinchi guruhga tarmoqli va matritsali modellashtirish kiradi.
Ko‘rib chiqilgan intuitiv va rasmiylashgan usullar o‘z tarkibi bilan ekspert va “faktografik” usullariga o‘xshab ketadi. Faktografik usullar prognozlash ob’ekti va u o‘tmishning rivojlanishi to‘g‘risida amalda mavjud axbortlarga asoslanadi, ekspertli esa mutaxassis-ekspert baholashidan olingan axborotlarga tayanadi.
Prognozlashning ekspertli usullar sinflariga evristik (evristika - unumli, ijodkor fikr yuritishni o‘rganuvchi fan)prognozlash usuli kiradi. Ushbu usulda yuqori malakali mutaxassislarni tizimlashgan holda so‘rov olib borish yo‘li bilan olingan prognozli ekspert baholash natijalari qayta ishlanadi. U rivojlantirish tahlilini to‘liq yoki qisman rasmiylashtirishga imkon bo‘lmaydigan ilmiy-texnik muammo va ob’ektlarni prognozlashni ishlab chiqish uchun qo‘llaniladi. Evrestik prognozlash usulining tarkibi asosiy unsurlar sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi: sintez graf1- ob’ektning modeli; ekspert brigadalarni shakllantirish va ekspertlarning vakolatliligini baholash; masalalarni shakllantirish va ekspert baholash jadvalini tuzish; ekspretlar ishini tahlil qilish; ekspert baholash jadvallarini qayta ishlash algoritmlari; olingan prognozlar variatsiya uslubi, prognoz modellarini sintez qilish.
Iqtisodiy prognozlash usullarini tavsiflashda boshqa turli usullarni birlashtiradigan kombinatsiyalangan deb nom olgan usullar muhim o‘rin tutadi. Masalan, jamoa ekspert baholash va modellashtirish usuli yoki statistika usuli va ekspertlarni so‘rovdan o‘tkazish, bo‘lishi mumkin. Agar rasmiylashgan usullarni qo‘llayotganda axborot etarli bo‘lmasa ekspert usullardan foydalanib axborotni to‘ldirish mumkin.
Axborot sifatida faktografik va ekspertli axborotlardan foydalaniladi.
Prognozlash usullarini tasniflashda prognozlash usullarining mazmunli tizimlashtirilishi prognozlash ob’ekti o‘zi bilan, rivojlanishning iqtisodiy jarayonlari va ularning qonuniyatlari bilan aniqlanishi lozimligini inobatga olinishi zarur hisoblanadi.
Ilmiy-texnik rivojlanishining mumkin bo‘lgan natija va yo‘llarini baholash nuqtai nazardan prognozlarni uchta bosqichlarga qarab tasniflash mumkin: tadqiqot, dasturiy va tashkiliy. Prognozning tashkiliy tomoni u yoki bu variant bo‘yicha muayyan natijalarga erishishini ta’minlab beruvchi tashkiliy-texnik choralar majmuasini o‘z ichiga oladi. Tashkiliy jihati iqtisodiy resurslarning mavjudligi va to‘plangan ilmiy salohiyati to‘g‘risida tassavurga ega bo‘lishidan iborat. Bu erda fanning tashkiliy o‘lchamlar majmuasi rivojlanishining asoslangan gipoteza ifodalanishi, resurslarni taqsimlashning tavsiya etilayotgan chizmasini va prognoz qilinayotgan davr uchun ilmiy saloxiyatning o‘sish istiqbolini ehtimollik baholanilishi lozim.
2..Prognoz turlarining klassifikatsiyasi
Iqtisodiy prognozlashning eng muhim nazariy muammolaridan biri prognoz tipologiyasini tuzish hisoblanadi. U turli mezon va belgilar (prognozlashni tashkil etish maqsadi, vazifalari, ob’ekti, usullari va x.k.) yordamida tuzilishi mumkin. Ularning eng muhimi quyidagilar hisoblanadi: prognozlashning miqyosi, oldini olish vaqti, ob’ektning tafsiloti, prognozning funksiyasi.
Prognozlashning miqyosi bo‘yicha prognozlar quyidagilarga bo‘linadi: makroiqtisodiy va tarkibiy (tarmoqlararo va hududlararo) prognozlar, iqtisodiy majmualari (yoqilg‘i-energetika, agrosanoat, investitsion, ishlab chiqarish infratuzilma, aholiga xizmat ko‘rsatish sohasi)ni rivojlantirish prognozlari, tarmoq va hududiy prognozlari, iqtisodiyot tizimining birlamchi bug‘inlari (korxona. ishlab chiqarish birlashmalari hamda alohida ishlab chiqarish va mahsulotlar) prognozi.
Prognozlar vaqt davriyligi bo‘yicha tezkor, qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli va olis muddali prognozlarga bo‘linadi. Tezkor prognoz bir oygacha, qisqa muddatli bir oydan bir yilgacha, o‘rta muddatli bir yildan besh yilgacha, uzoq muddatli besh yildan o‘n besh to yigirma yilgacha, olis muddatli esa ushbu muddatdan ortiq bo‘lgan davrga tuziladi.
Sanab o‘tilgan prognoz turlari shuningdek tadqiq etilayotgan jarayonlarni baholash mohiyati va tavsiloti bilan bir-biridan farq qiladi. Tezkor prognozlar prognoz davrida tadqiq etilayotgan ob’ektda miqdor va sifat jihatdan hech qanday sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi degan tahminlarga asoslanadi. Ularda kutilayotgan voqealarning aniq miqdoriy baholash ustun turadi. Qisqa muddatli prognozlar faqatgina miqdoriy o‘zgarishlarni nazarda tutadi. Unga muvofiq holda voqealarning baholanishi ham miqdoriy tarzda amalga oshiriladi. O‘rta muddatli va uzoq muddatli prognozlar tadqiq etilayotgan ob’ektda miqdor va sifat jihatidan o‘zgarishlarga tayanadi, shunda o‘rta muddatli miqdoriy o‘zgarishlar sifatli o‘zgarishlardan ustun turadi. O‘rta muddatli prognozlarda voqealarning miqdoriy-sifat, uzoq muddatli prognozlarda esa sifat-miqdoriy baholash amalga oshiriladi. Uzoq muddatli prognozlar faqatgina sifatli o‘zagrishlarga tayanadi, bu erda faqatgina tadqiq etilayotgan ob’ekt rivojlanishining umumiy qonuniyatlari to‘g‘risida gap boradi. Bunda prognoz qilinayotgan voqealarni baholash shakli sifatli hisoblanadi.
Tadqiq etilayotgan ob’ektning tafsilotiga qarab prognozlarning bo‘linishi takror ishlab chiqarish jarayonining turli jihatlari bilan bog‘liq. Ushbu belgi bo‘yicha quyidagi iqtisodiyot prognozlari ajralib turadi: ishlab chiqarish munosabatlarning rivojlanishi; ijtimoiy-iqtisodiy asoslari va ilmiy-texnik taraqqiyotining oqibatlari; o‘sish dinamikasi (uning sur’ati, omillari va tuzilmalari); mehnat resurslarning takror ishlab chiqarishi, bandliligi va kadrlarni tayyorlash; tabiiy resurslardan iqtisodiy foydalanish; asosiy fondlar va sarmoya qo‘yilmalarining takror ishlab chiqarishi; aholining hayot tarzi; moliyaviy munosabatlar, daromad va narxlari; tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqalar.

Download 29,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
saqlash vazirligi
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti