1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Download 196,36 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2021
Hajmi196,36 Kb.
#69967
  1   2   3
Bog'liq
118 21.04.2016




[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.32.00 Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy bilimlari darajasini tizimli asosda oshirishni, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ilm-fan yutuqlarini va ilg‘or ishlab chiqarish tajribasini, shuningdek menejment va marketingning zamonaviy usullarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 3-noyabrdagi 311-son qaroriga muvofiq respublika qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari (keyingi o‘rinlarda mintaqaviy markazlar deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar:

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari huzuridagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha kurslarni o‘tkazish uchun hududiy tayanch o‘quv bazalari sifatida belgilanadigan qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi kasb-hunar kollejlari (keyingi o‘rinlarda bazaviy kasb-hunar kollejlari deb ataladi) ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oldingi tahrirga qarang.

Qishloq va suv xo‘jaligi vaziriga O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishgan holda bazaviy kasb-hunar kollejlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.



(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)

3. Quyidagilar:

a) mintaqaviy markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini, kasbiy darajasini oshirishga yo‘naltirilgan doimiy ishlaydigan kurslarni tashkil etish, fermerchilikni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini, iqtisodiyotning agrar sektorida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish tendensiyalarini, ular tomonidan so‘nggi ilmiy-innovatsion yutuqlar va fermer xo‘jaliklarining eng yaxshi ilg‘or tajribasini, shuningdek qishloq xo‘jaligida menejment va marketingning zamonaviy usullarini samarali o‘zlashtirish;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini, o‘quv jarayonining metodik va axborot bazasini shakllantirish;

qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilarini, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlarini, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun shartnoma asosida keng jalb etish;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha kurslarni o‘tkazish uchun jalb etiladigan qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi tajribali amaliyotchi mutaxassislar uchun o‘quv seminarlari tashkil etish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida kurslarning boshqa hududlik tinglovchilariga oliy ta’lim muassasalarining talabalari yashash joylarida yoki boshqa yashash joylarida yashash joylari berish choralarini ko‘rish;

bazaviy kasb-hunar kollejlarida fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha kurslarni tashkil etish, belgilangan shakldagi sertifikatlar berilgan holda tinglovchilarni test sinovlaridan o‘tkazish;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha kurslarni o‘tkazish sifati monitoringini olib borish va baholash, o‘quv rejalari va dasturlarini, o‘quv jarayonining metodik va axborot bazasini doimiy ravishda takomillashtirish va yangilash;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etishning ilg‘or tajribasini o‘rganish, qishloq va suv xo‘jaligi sohasida ilmiy-innovatsion yutuqlar va ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha zarur axborot-ma’lumotnoma bazani shakllantirish, uni doimiy ravishda yangilash;

mintaqaviy markazlarning moddiy-texnika bazasini fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini sifat jihatidan yuqori tashkiliy va kasbiy darajada o‘tkazishga erishish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va boshqa vositalar bilan mustahkamlash;

b) bazaviy kasb-hunar kollejlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining ma’lumotlari bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilash;

mintaqaviy xususiyatlarni va fermer xo‘jaliklari faoliyati yo‘nalishlarini hisobga olgan holda fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari, dasturlari va jadvallarini tayyorlashda ishtirok etish;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini o‘tkazishga — fermer xo‘jaliklari, jalb etiladigan qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi tajribali amaliyotchi mutaxassislar bilan shartnomalar tuzish va ularning o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘qitishning boshqa vositalari bilan jihozlangan auditoriyalar ajratish;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish, malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha axborot-ma’lumotnoma bazasini shakllantirish va muntazam ravishda yangilash;

malaka oshirish davrida kurslarning boshqa hududlik tinglovchilariga bazaviy kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari yashash joylarida yoki boshqa yashash joylarida yashash joyi berish choralarini ko‘rish;

malaka oshirish kurslarni o‘tkazish doirasida ishlab chiqarish bilan samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, ko‘chma amaliy mashg‘ulotlarni va zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga borishni tashkil etish;

ilg‘or fermer xo‘jaliklarida hamda qishloq va suv xo‘jaligining boshqa tashkilotlarida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish sifati monitoringini olib borish va baholash, o‘quv rejalari va jadvallarini, shuningdek o‘quv jarayonining metodik va axborot bazasini takomillashtirish va yangilash bo‘yicha takliflarni tayyorlash va kiritish.

4. Belgilansinki:

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish pullik asosda bo‘lib, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlashda fermer xo‘jaliklari mintaqaviy markazlar bilan, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirishda esa — fermer xo‘jaliklari bazaviy kasb-hunar kollejlari bilan o‘zaro shartnomalar tuzadi;

malaka oshirish 36 soatli dasturlar bo‘yicha muntazamlilik asosida tashkil etiladi va fermer xo‘jaliklari rahbarlarining uch yilda kamida bir marta, fermer xo‘jaliklari mutaxassislarining — besh yilda kamida bir marta o‘tishi tavsiya etiladi;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash mintaqaviy markazlar bazasida oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslar jumlasidan amalga oshiriladi;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislariga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida o‘qish yakunlangach belgilangan namunadagi tegishli sertifikat beriladi;

Oldingi tahrirga qarang.

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash bo‘yicha amalga oshiriladigan yo‘nalishlar ro‘yxati, shuningdek qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;



(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)

mintaqaviy markazlarning shtatdagi xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha mintaqaviy markazlar xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘qituvchilik faoliyatini amalga oshirish uchun mintaqaviy markazlar tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv seminarlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari, shuningdek ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rindoshlik yoki mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida jalb etiladilar;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida o‘qitish har yili 1-fevraldan boshlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.



5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi belgilangan tartibda:

(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)

bir hafta muddatda mintaqaviy markazlarning ustavlari tasdiqlanishini, shuningdek ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;

mintaqaviy markazlarga ularni joylashtirish va ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarur xonalar ajratilishini, ular zarur mebel, kompyuter texnikasi va o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlanishini;

mintaqaviy markazlarning malakali mutaxassislar bilan butlanishiga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishini;

bir oy muddatda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi talablari hisobga olingan holda, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari uchun metodik qo‘llanmalar, o‘quv materiallari va yo‘riqnomalar ishlab chiqilishi va nashr etilishini;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadli parametrlarining har yili belgilanishi va tasdiqlanishini, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tishining belgilangan davriyligiga rioya etilishini ta’minlasinlar.

6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va tizimli monitoring olib borish bo‘yicha funksiyalar vazirlik markaziy apparatining Kadrlar va o‘quv yurtlari boshqarmasiga yuklanishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

7. Quyidagilar mintaqaviy markazlar faoliyatini moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin:

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini shartnoma asosida qayta tayyorlash bo‘yicha kurslarda o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, mintaqaviy markazlarni joriy saqlab turishga fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarida o‘qiganlik uchun tushumlardan bazaviy kasb-hunar kollejlarining ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari o‘tkazilishi, shu jumladan jalb etiladigan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari, tajribali amaliyotchi mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq bazaviy kasb-hunar kollejlarining xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib — shartnoma asosida fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida o‘qiganlik uchun tushadigan mablag‘lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari.

Oldingi tahrirga qarang.

8. Moliya vazirligi 2016-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining, shuningdek Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslari sifat jihatidan yuqori tashkiliy va kasbiy darajada o‘tkazilishini ta’minlash uchun mintaqaviy markazlar va bazaviy kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasidan zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.



(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)

9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari ishini samarali tashkil etishga har tomonlama ko‘maklashishni va zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasinlar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va tumanlar hokimlariga, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlariga (filiallar direktorlariga), bazaviy kasb-hunar kollejlari direktorlariga belgilangan davriylikka, tasdiqlangan o‘quv dasturlari, rejalari va jadvallariga muvofiq fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini o‘z vaqtida tashkil etish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Y. Xodiyev, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh.J. Teshayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV

Toshkent sh.,

2016-yil 21-aprel,

118-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-apreldagi 118-son qaroriga


1-ILOVA

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining

tashkiliy tuzilmasi

Oldingi tahrirga qarang.



Jami kollejlar — 156.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-apreldagi 118-son qaroriga


2-ILOVA

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari huzuridagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarining

namunaviy tuzilmasi



Izoh: xodimlarning cheklangan soni (o‘qituvchilar tarkibi va yordamchi xodimlardan tashqari) — 4 kishi.

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-apreldagi 118-son qaroriga


3-ILOVA

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar



1.Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 3-noyabrdagi 311-son qaroriga muvofiq fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslari fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy bilimlarini oshirishga, fermerchilikni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini, iqtisodiyotning agrar sektorida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganishga, shuningdek so‘nggi ilmiy-innovatsion yutuqlar va fermer xo‘jaliklarining eng yaxshi ilg‘or tajribasi, shuningdek qishloq xo‘jaligida menejment va marketingning zamonaviy usullari samarali o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan.

3. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslari qayta tayyorlash va malaka oshirishning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha muntazamlilik asosida o‘tkaziladi. Ushbu kurslarda o‘qish jarayonida tinglovchilarga fermerchilikni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasi, iqtisodiyotning agrar sektorida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy natijalari, ilmiy-innovatsion yutuqlar bo‘yicha nazariy bilimlar, shuningdek ilg‘or fermer xo‘jaliklarida hamda qishloq va suv xo‘jaligining boshqa tashkilotlarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyati beriladi.

4. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash kurslari qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari huzuridagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida (keyingi o‘rinlarda mintaqaviy markazlar deb ataladi) o‘tkaziladi.

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslari fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish uchun hududiy tayanch o‘quv bazalari sifatida belgilangan qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi kasb-hunar kollejlarida (keyingi o‘rinlarda bazaviy kasb-hunar kollejlari deb ataladi) o‘tkaziladi.

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oliy ta’lim muassasalari, bazaviy kasb-hunar kollejlarining professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi tajribali amaliyotchi mutaxassislar jalb etilgan holda amalga oshiriladi, ular uchun mintaqaviy markazlar tomonidan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha bepul asosda o‘quv seminarlari o‘tkaziladi.

5. Umumiy rahbarlik qilish, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish mexanizmlari va usullarini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, shuningdek qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

6. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash yuzasidan - fermer xo‘jaliklari bilan mintaqaviy markazlar o‘rtasida, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish yuzasidan — fermer xo‘jaliklari bilan bazaviy kasb-hunar kollejlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarga muvofiq pullik asosida amalga oshiriladi.

II. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining maqsadlari va vazifalari

7. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy bilimlari darajasini oshirishni, fan, ta’lim va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi integratsiyasini chuqurlashtirish, fan va ilg‘or tajriba yutuqlarini keng joriy etishni, shuningdek fermer xo‘jaliklari tomonidan menejment va marketingning zamonaviy usullari qo‘llanilishini tizimli asosda ta’minlash fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining maqsadi hisoblanadi.

8. Quyidagilar fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining vazifalari hisoblanadi:

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni muntazamlilik asosida tashkil etish;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining qishloq va suv xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish natijalarini o‘rganishi, ilm-fanning eng yangi yutuqlari va innovatsion ishlanmalar, ilg‘or texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tajribasi, shuningdek menejment va marketingning zamonaviy usullari bilan tanishishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan integratsiyasini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi amaliyotiga mamlakatimiz va chet el fani yutuqlari va ilg‘or tajribaning joriy etilishini jadallashtirish.

III. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish tartibi

9. Malaka oshirish 36 soatli dasturlar bo‘yicha muntazamlilik asosida tashkil etiladi va fermer xo‘jaliklari rahbarlarining uch yilda kamida bir marta, fermer xo‘jaliklari mutaxassislarining — besh yilda kamida bir marta malaka oshirishdan o‘tishi tavsiya etiladi.

10. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash mintaqaviy markazlar bazasida oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar jumlasidan amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

11. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash ular bo‘yicha amalga oshiriladigan yo‘nalishlar ro‘yxati, shuningdek qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.



(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)

12. O‘qish tugallangandan keyin qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari test sinovlaridan o‘tadilar.

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarini, shuningdek fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb etiladigan o‘qituvchilarni test sinovidan o‘tkazish mintaqaviy markazlar tomonidan o‘tkaziladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslari tinglovchilarini test sinovlaridan o‘tkazish o‘qitish joyida mintaqaviy markazlar vakillari tomonidan bazaviy kasb-hunar kollejlari, shuningdek tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining vakillari bilan birgalikda o‘tkaziladi.



(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)

13. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb etiladigan o‘qituvchilarga, shuningdek test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislariga ushbu Nizomning 1 — 3-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha belgilangan namunadagi tegishli sertifikatlar beriladi.

Test sinovidan o‘tmagan tinglovchilar uchun bir oy muddat mobaynida takroran test sinovidan o‘tish tashkil etiladi. Tinglovchilar test sinovidan takroran o‘tmagan taqdirda bir yil mobaynida qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha takroriy kursdan o‘tadilar.

14. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv jarayoni monitoringi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va Internetning butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda bazaviy kasb-hunar kollejlari, mintaqaviy markazlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

15. Har yili 5-noyabrgacha tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bazaviy kasb-hunar kollejlari bilan birgalikda ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha navbatdagi kalendar yil uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari kontingenti va ularning kurslardan o‘tishi jadvallari bo‘yicha takliflar tayyorlaydilar, ularni tumanlar hokimliklari bilan kelishadilar va hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga kiritadilar.



(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)

Oldingi tahrirga qarang.

16. Har yil 15-noyabrgacha bo‘lgan muddatda hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda:



fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilari kontingenti va ularni o‘tkazish jadvallari bo‘yicha tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari takliflarini ko‘rib chiqadilar va umumlashtiradilar;

viloyatlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilari kontingenti va ularni o‘tkazish jadvallari bo‘yicha takliflar tayyorlaydilar hamda ularni viloyatlar hokimliklari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi) bilan kelishadilar;

viloyatlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilari kontingenti va ularni o‘tkazish jadvallari bo‘yicha takliflarni tegishli mintaqaviy markazlarga, shuningdek O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga taqdim etadilar.

(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)

17. Har yili 25-noyabrgacha bo‘lgan muddatda — mintaqaviy markazlar o‘zlariga biriktirilgan viloyatlar fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilari kontingenti va ularni o‘tkazish jadvallari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadilar, kurslarni tashkil etish tadbirlarini ishlab chiqadilar. Muassislar — qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari bilan kelishgan holda ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga kiritadilar.

Oldingi tahrirga qarang.

18. Har yili 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda mintaqaviy markazlarning takliflari asosida o‘quv rejalari va dasturlarini, shuningdek fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining maqsadli parametrlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, keyinchalik ularni belgilangan tartibda ijroni tashkil etish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga yuboradi.



(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)

19. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarini, shuningdek bazaviy kasb-hunar kollejlarida fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb etiladigan o‘qituvchilarni qabul qilish mintaqaviy markazlar va bazaviy kasb-hunar kollejlarining tegishli buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi.

20. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilar uchun o‘qitishning butun davrida asosiy ish joyi bo‘yicha ular egallab turgan lavozim va o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb etiladigan oliy ta’lim muassasalari va bazaviy kasb-hunar kollejlarining professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamalari oliy ta’lim muassasalari va bazaviy kasb-hunar kollejlari kafedralarining boshqa a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi.

IV. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkilotchilarining vazifalari va funksiyalari

21. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga umumiy rahbarlik qiladi va o‘quv jarayonini muvofiqlashtiradi;

har yili fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish parametrlarini belgilaydi va tasdiqlaydi;

mintaqaviy markazlar va bazaviy kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etishni tashkil qiladi;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tizimli monitoring olib boradi, ta’lim jarayonining sifati va natijalarini tahlil qiladi hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash vazifalaridan va mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib ularni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi.

Oldingi tahrirga qarang.

22. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:

(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari kontingentini shakllantirish va kurslardan o‘tish jadvallari bo‘yicha takliflar tayyorlash ishlarini umumiy muvofiqlashtiradi;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning o‘quv rejalari, dasturlari va parametrlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining qayta tayyorlash va malaka oshirish bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlaydi;

viloyatlar hokimliklari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o‘tishi yuzasidan shartnomalar tuzilishini tashkil etadi.

23. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha mintaqaviy markazlar:

Oldingi tahrirga qarang.

har bir viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) bo‘yicha fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari, dasturlari va maqsadli parametrlari asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari, dasturlari va jadvallarini, shuningdek ularni tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni muassislar — qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari va fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishadilar va ularning viloyatlar hokimliklari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi) tomonidan tasdiqlanishini ta’minlaydilar;



(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘qituvchilik faoliyatini amalga oshirish uchun jalb etiladigan o‘qituvchilarning ma’lumotlar bazalarini, navbatdagi o‘quv yili uchun fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassisliklari kontingentini shakllantiradilar;

fermer xo‘jaliklarining rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb etiladigan o‘qituvchilar uchun o‘qitish yo‘nalishlarini, tinglovchilar sonini va hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni, ko‘rgazmali va metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqadilar va nashr etadilar;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslariga o‘qituvchilikka jalb etiladigan o‘qituvchilar uchun o‘quv seminarlari o‘tkazadilar va belgilangan tartibda sertifikatlar beradilar, ularni zarur o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlaydilar;

mintaqaviy markazlarda fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish yuzasidan shartnomalar tuzadilar;

qishloq va suv xo‘jaligi hududiy organlari bilan birgalikda bazaviy kasb-hunar kollejlariga ajratilgan auditoriyalarda o‘qitish uchun ularga o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlashda, shuningdek fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarini bevosita o‘tkazishda ko‘maklashadilar;

qayta tayyorlash davrida kurslarning boshqa hududlik tinglovchilariga oliy ta’lim muassasalarining talabalar yashash joylarida yoki boshqa yashash joylarida yashash joylari berish choralarini ko‘radilar;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish yuzasidan bazaviy kasb-hunar kollejlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladilar va muvofiqlashtiradilar, keyinchalik ularning o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashadilar;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayonining tizimli monitoringini olib boradilar va tahlil qiladilar hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga mintaqaviy markazlar va bazaviy kasb-hunar kollejlarining faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritadilar;

ommaviy axborot vositalarida va Internetning butunjahon axborot tarmog‘ida mavzuli materiallarni e’lon qilish yo‘li bilan fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan o‘tishining dolzarbligi va natijadorligidan keng xabardor qilinishini ta’minlaydilar;

qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha zarur axborot-ma’lumotnoma bazasini shakllantiradilar, zamonaviy innovatsion, pedagogik, multimediya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ishlab chiqilishini va qayta tayyorlash jarayoniga joriy etilishini ta’minlaydilar;

tegishli axborot resurslarini shakllantirish va yangilash ishlarini tizimli tashkil etadilar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining alohida elektron saytini yaratadilar;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha kengashlar, simpoziumlar, seminarlar, o‘quv-metodik konferensiyalar, tanlovlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadilar va ularni o‘tkazadilar;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni takomillashtirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga xalqaro moliya institutlari va boshqa donor tashkilotlarning grantlarini jalb etish choralarini ko‘radilar, shuningdek ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydilar.

24. Bazaviy kasb-hunar kollejlari:

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish uchun alohida auditoriyalar ajratadilar va ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘qitishning boshqa vositalari bilan jihozlash choralarini ko‘radilar;

tasdiqlangan jadvallarga muvofiq fermer xo‘jaliklarining rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish uchun — fermer xo‘jaliklari bilan, shuningdek malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun — o‘qituvchilar bilan shartnomalar tuzadilar;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarining belgilangan tartibda va muddatlarda o‘tkazilishini ta’minlaydilar, tinglovchilarni test sinovlaridan o‘tkazishda ishtirok etadilar;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarida o‘qiganlik uchun tushumlar summasining 10 foizi miqdorida mintaqaviy markazlarga ularning joriy ta’minotiga ajratmalar ajratadilar;

malaka oshirish davrida kurslarning boshqa hududlik tinglovchilariga bazaviy kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining yashash joylarida yoki boshqa yashash joylarida yashash joylari berilishi chora-tadbirlarini ko‘radilar;

Oldingi tahrirga qarang.

qishloq va suv xo‘jaligi hududiy organlari va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan birgalikda ko‘chma amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini tashkil etadilar;



(24-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari o‘tkazilishi sifati monitoringini olib boradilar va baholaydilar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari, dasturlari va jadvallarini takomillashtirishga doir takliflar kiritadilar.

25. Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari:

mintaqaviy markazlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘qitishning boshqa vositalari bilan jihozlangan alohida xonalar ajratilishini ta’minlaydilar;

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun mintaqaviy markazlarni yuqori malakali kadrlar va professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlash choralarini ko‘radilar;

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga mintaqaviy markazlar va bazaviy kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan takliflar kiritadilar.

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida nizomga


1-ILOVA

Namuna

O‘zbekiston Respublikasi
Gerbi

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish uchun jalb etiladigan qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari, tajribali amaliyotchi mutaxassislar o‘quv seminaridan o‘tganlik to‘g‘risida
SERTIFIKAT

O‘S № 000000

_______________________________________________________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)


20___ yil “____”________________dan 20___ yil “____”________________gacha fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish uchun jalb etiladigan qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari, tajribali amaliyotchi mutaxassislar uchun

____________________________________________________________________________ dagi
(mintaqaviy markazning nomi)
______________________________________________________________________________ da
(o‘quv seminarining nomi)

36 soatli o‘quv seminaridan muvaffaqiyatli o‘tdi.

muhr o‘rni

Rektor (filial direktori) __________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi, imzo)

muhr o‘rni

Mintaqaviy markaz direktori ________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi, imzo)

Ro‘yxatdan o‘tkazish raqami
№ ____________

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA

Namuna

O‘zbekiston Respublikasi
Gerbi

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risida
SERTIFIKAT

QT № 000000

_______________________________________________________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)


20___ yil “____”________________dan 20___ yil “____”________________gacha
____________________________________________________________________________ dagi
(mintaqaviy markazning nomi)

fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash bo‘yicha __________________
_______________________________________________________________________________ da
(qayta tayyorlash kurslarining nomi)

________ soatli kurslardan muvaffaqiyatli o‘tdi.

muhr o‘rni

Rektor (filial direktori) __________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi, imzo)

muhr o‘rni

Mintaqaviy markaz direktori ________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi, imzo)

Ro‘yxatdan o‘tkazish raqami
№ ____________

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida nizomga
3-ILOVA

Namuna

O‘zbekiston Respublikasi
Gerbi

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risida
SERTIFIKAT

MO № 000000

_______________________________________________________________________________
(fermer xo‘jaligi rahbari yoki mutaxassisining lavozimi)


Download 196,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish