1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi



Download 20,63 Kb.
Sana22.08.2021
Hajmi20,63 Kb.
#153775
Bog'liq
109 19.04.2013




[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;

2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va ta’lim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari;

3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.16.00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;

2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

PDF-faylidagi rasmiy manba

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qarori)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin hamda ular 2013-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritilsin.

2. Ta’lim muassasalarining pedagog xodimlariga ustamalar belgilash bilan bog‘liq xarajatlar 2013/2014 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida “Maorif” tarmog‘i bo‘yicha nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2013-yil 19-aprel,

109-son

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 109-son qaroriga


ILOVA

Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “xalq ta’limi” so‘zlari “ta’lim sohalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.



2. 3-ilovada:

a) ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Ta’lim muassasalarining qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning turlari va miqdorlari”;

b) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“3. Ta’lim muassasalarining chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilariga qishloq joylarda joylashgan ta’lim muassasalarida – lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 30 foizi miqdorida, qolgan ta’lim muassasalarida – bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 15 foizi miqdorida oylik ustamalar belgilanadi, bunda quyidagilar majburiydir:

asosiy ishidan ajralgan holda kamida 144 soat davom etadigan dastur bo‘yicha belgilangan tartibda malaka oshirish;

tegishli ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat olib borish uchun zarur malaka va chet tilini bilishni aniqlash bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlaridan o‘tish. Test sinovlarini o‘tkazish tartibi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi;

malaka oshirish to‘g‘risidagi davlat namunasidagi sertifikat mavjudligi”;

v) quyidagi mazmundagi 4-band qo‘shilsin:

“4. Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar tarkibiga (chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari bundan mustasno), shu jumladan mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘quv mashg‘ulotlari olib boruvchi professor-o‘qituvchilar tarkibiga chet tilida ayrim maxsus o‘quv fanlarini o‘qitganlik uchun fanni o‘qitish kursining davomiyligiga va chet tilini o‘qitish kasb mahoratiga qarab budjet mablag‘lari hisobiga ularning lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorining) 25 foizidan 40 foizigacha bo‘lgan miqdorda oylik ustamalar belgilanadi.

Shtatdagi professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun chet tilida o‘quv fanini o‘qitish kursining davomiyligi bir semestrda kamida 36 soatni tashkil etishi kerak.

Professor-o‘qituvchilar tarkibining lavozim maoshlariga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ustamalar tegishli fakultetlarning dekanlari taqdimnomalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining rektori (direktori) tomonidan belgilanadi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 16-son, 218-modda)

Download 20,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish