1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]



Download 68 Kb.
bet1/2
Sana23.01.2022
Hajmi68 Kb.
#402225
  1   2
Bog'liq
210 14.04.2021




[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini o‘ziga xos xususiyatlari]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qaroriga muvofiq:

a) Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) sifatida qayta tashkil etilganligi;

b) quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini to‘lab berish;

xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish;

xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtirish;

xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish.

2. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq har yili 300 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari;

vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

3. Quyidagilar:

Jamg‘armaning maqsadi, asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, Jamg‘armani boshqarish, mablag‘larini shakllantirishni hamda faoliyat yuritish tartibini nazarda tutuvchi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Vasiylik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasi xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Belgilansinki:

Jamg‘arma Vasiylik kengashi va Ijro etuvchi direksiyasi Jamg‘armaning boshqaruv organlari hisoblanadi;

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi Vasiylik kengashi raisi vazifasini amalga oshiradi;

Vasiylik kengashi tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining qarori bilan amalga oshiriladi;

Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi har yil yakuni bo‘yicha Vasiylik kengashiga Jamg‘arma faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;

Jamg‘arma xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirishning barcha shartlari qo‘llanilsin.

5. Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasiga direksiyaga ajratilgan mablag‘lar hisobidan bitta yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2021-yil 14-aprel,

210-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 210-son qaroriga


1-ILOVA

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Ushbu Nizom Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) maqsadi, asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, Jamg‘armani boshqarish, mablag‘larini shakllantirish va faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.

2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Vasiylik kengashining (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Jamg‘arma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blankaga va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.

4. Jamg‘armaning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

to‘liq nomi — Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi;

qisqartirilgan nomi — Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;

b) rus tilida:

to‘liq nomi — Gosudarstvenniy tselevoy fond podderjki jenщin;

qisqartirilgan nomi — Fond podderjki jenщin;

v) ingliz tilida:

to‘liq nomi — State Trust Fund for Women’s Support;

qisqartirilgan nomi — Fund for Women’s Support.

2-bob. Jamg‘armaning maqsadi va vazifalari hamda huquq va majburiyatlari

5. Jamg‘armaning asosiy maqsadi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, shu jumladan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ko‘maklashishdan iborat.

6. Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini to‘lab berish;

xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish;

xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtirish;

xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish.

7. Jamg‘arma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

qonunchilik hujjatlariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyatni ta’minlash uchun Vasiylik kengashining qarori asosida mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan Jamg‘arma vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur axborotlarni so‘rash va olish;

g‘aznachilikdagi o‘z hisobvaraqlarida ushbu Nizomda belgilangan manbalardan tushadigan mablag‘larni jamg‘arish;

Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat etish hamda moliyalashtirishni belgilangan tartibda to‘xtatish;

vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida depozitlarga joylashtirish;

Jamg‘arma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Jamg‘arma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

8. Jamg‘arma o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda:

qonunchilik hujjatlari, ushbu Nizom talablari va Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi hamda Vasiylik kengashi qarorlarini to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarishi;

Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishini nazorat qilishi;

o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning tarqatilishi qonun bilan cheklangan bo‘lsa, uning maxfiyligiga rioya etishi shart.

Jamg‘armaga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

3-bob. Jamg‘armani boshqarish

9. Jamg‘armaning boshqaruv organlari Jamg‘arma Vasiylik kengashi va Ijro etuvchi direksiyasidan (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) iborat.

10. Vasiylik kengashi Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi oliy boshqaruv organi hisoblanadi.

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi Vasiylik kengashi raisi vazifasini amalga oshiradi.

11. Vasiylik kengashi a’zolari bir vaqtning o‘zida Direksiyada mehnat faoliyatini yuritishi mumkin emas.

12. Vasiylik kengashi:

Jamg‘armaning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkidan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Jamg‘armaga yuklangan vazifalar bajarilishini tashkil qiladi;

Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar yillik parametrlarini hamda amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar rejasini tasdiqlaydi;

umumiy tasdiqlangan parametrlar doirasida, zarurat bo‘lganda, Jamg‘arma daromadlari (manbalar bo‘yicha) va xarajatlarining prognoz parametrlariga o‘zgartirishlar kiritadi;

Direksiyani saqlash xarajatlari smetasini, shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, zarurat bo‘lgan taqdirda, tasdiqlangan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Direksiya tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi;

Direksiya ijrochi direktorini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarni jalb qiladi, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalarini jalb etishga ko‘maklashadi;

Jamg‘arma xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlarini belgilaydi;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

13. Vasiylik kengashi Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini ta’minlash maqsadida davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, shuningdek, fuqarolardan iborat tarkibda ekspert guruhlari tashkil qilishi mumkin.

14. Vasiylik kengashi majlislari zaruratga ko‘ra o‘tkaziladi.

Vasiylik kengashi qarorlari majlisda qatnashayotgan Vasiylik kengashi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, Vasiylik kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

15. Direksiya Jamg‘armaning ijro organi hisoblanadi. Unga Vasiylik kengashi qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijrochi direktor rahbarlik qiladi.

16. Direksiya:

Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;

mablag‘lardan maqsadsiz foydalanilgan hollarda, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha to‘lovlardan tashqari, moliyalashtirishni to‘xtatib turadi, keyinchalik ushbu masalani Vasiylik kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

chet el valyutasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochadi va yuritadi, belgilangan tartibda ular bo‘yicha tegishli operatsiyalarni amalga oshiradi;

Jamg‘armaga o‘tkazilgan pul mablag‘larining amalda tushgan summasi bo‘yicha tegishli tashkilotlardan axborotlar hamda statistik ma’lumotlarni so‘rab oladi;

Vasiylik kengashi roziligi bilan bo‘sh mablag‘larni qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida milliy valyutada depozitlarga joylashtiradi;

Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi, shuningdek, ular bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantiradi;

tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan qo‘shimcha mablag‘larni ajratish bo‘yicha tushgan buyurtmalarni to‘playdi, ularni umumlashtiradi va ko‘rib chiqish uchun Vasiylik kengashiga kiritadi;

Jamg‘arma Vasiylik kengashi qarorlari to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi;

Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi bo‘yicha hisobotlarni Vasiylik kengashiga va Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

17. Direksiya ijrochi direktori:

Jamg‘armaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamg‘armaga yuklangan vazifalar bajarilishi, shu jumladan, uning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi;

Direksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, qonunchilik hujjatlari, Respublika xotin-qizlar jamotchilik kengashi qarorlari va Vasiylik kengashi qarorlari bilan Jamg‘armaga yuklangan vazifalar hamda funksiyalar bajarilishini tashkil etadi;

Direksiya, uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlarga, sifatga va rivojlantirish dasturlarining samarali amalga oshirilishiga erishishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘radi;

Direksiya xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ularni rag‘batlantirish haqida buyruqlar chiqaradi;

davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy davlatlarning tegishli organlari va tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar oldida Jamg‘arma manfaatlarini ifodalaydi;

Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan belgilangan tartibda tekshiruvlar tashkil qiladi, ularning natijalarini tahlil qiladi va ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘radi;

jismoniy va yuridik shaxslar bilan Jamg‘arma faoliyatiga tegishli shartnomalarni, shu jumladan, kredit, xo‘jalik va mehnat shartnomalarini imzolaydi, Direksiya nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi;

shtatlar jadvalini, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Direksiya ta’minotining xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Vasiylik kengashiga taqdim etadi;

Direksiyaning lavozim yo‘riqnomalari va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;

Jamg‘arma nomidan sudga va boshqa davlat organlariga da’volar taqdim etadi;

Direksiya xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

18. Direksiyaning ta’minoti budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

4-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash

19. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

20. Jamg‘armaga uning daromadlari bo‘yicha tushayotgan mablag‘lar Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

21. Jamg‘arma mablag‘lar tushishining to‘liqligini nazorat qilish Vasiylik kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

22. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi:

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi va Jamg‘armaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish;

xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni tashkil etishda hamda shunday faoliyat uchun imtiyozli kreditlar ajratishda ko‘maklashish;

xotin-qizlarga belgilangan tartibda subsidiyalar va grantlar ajratish;

yosh qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy negizlari va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli ishlar olib borilishiga ko‘maklashish;

og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash;

xotin-qizlarni kasblarga o‘rgatish va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadigan hamda ularning muammolari bilan shug‘ullanadigan nodavlat notijorat tashkilotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga Vasiylik kengashi tomonidan ishlab chiqilgan tartib asosida grant mablag‘larini ajratish;

zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarning moslashuviga va salomatliklarini mustahkamlashga ko‘maklashish, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash;

Vasiylik kengashi talabnomasiga asosan xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalarini, innovatsion g‘oyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;

Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasining murojaati asosida o‘rganishlar davomida aniqlangan og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ko‘maklashish xarajatlarini moliyalashtirish;

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tomonidan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarni tashkil etishga ko‘maklashish, O‘zbekiston delegatsiyasining xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashga ko‘maklashish;

xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar hamda xotin-qizlar muammolari bilan ishlash yo‘nalishlaridan kelib chiquvchi tadbirlarni, shu jumladan, xalqaro tadbirlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;

Oldingi tahrirga qarang.

xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik markazlarida tashkil etilgan o‘quv kurslarini olib borgan mutaxassislarga soatbay haq to‘lash;



(22-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 624-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 09/21/624/0940-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis Senati hujjatlarida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir belgilangan vazifalarni bajarish;

Direksiyani saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash.

23. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi Vasiylik kengashiga kelishish uchun kiritiladi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Moliya vazirligiga taqdim etiladi.

24. Jamg‘armadan pul mablag‘larini ajratish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi hamda Vasiylik kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.

25. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan smetasiga muvofiq uning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.

26. Direksiya Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqish uchun Vasiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga kiritadi.

27. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.

5-bob. Jamg‘armaning faoliyati ustidan nazorat qilish

28. Jamg‘armaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish Vasiylik kengashining qaroriga binoan Jamg‘armaning yillik faoliyati yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

29. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.

30. Vasiylik kengashining talabiga ko‘ra Direksiya tomonidan Jamg‘armaning moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi barcha hujjatlar taqdim etilishi shart.

31. Jamg‘armaning moliyaviy faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi:

hisobotlar va boshqa moliyaviy hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchli ekanligiga baho beradi;

buxgalteriya hisobi yuritilishi va moliyaviy hisobot taqdim etish tartibi buzilganligi hollari to‘g‘risidagi ma’lumotni;

aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar, shuningdek, Jamg‘armaning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflarni o‘z ichiga olgan qaror qabul qiladi.

6-bob. Hisobga olish va hisobot

32. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobot har chorakda Vasiylik kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va Direksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.

33. Jamg‘arma buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritadi, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa to‘lovlarni to‘laydi.

34. Direksiya har yil yakuni bo‘yicha Vasiylik kengashiga Jamg‘arma faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.

35. Jamg‘armaning buxgalteriya balansi hisobot yilidan keyingi yilning 31-martiga qadar Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

7-bob. Yakunlovchi qoida

36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 210-son qaroriga


2-ILOVA

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Vasiylik kengashi

TARKIBI

1.

T.K. Narbayeva



Oliy Majlis Senati Raisi, Vasiylik kengashi raisi (kelishuv asosida)

2.

K.M. Rafikov



O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari (kelishuv asosida)

3.

G.M. Marufova



mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari

4.

E.M. Muxitdinov



bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari

5.

A.Sh. Inoyatov



sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari

6.

J.I. Abruyev



moliya vazirining o‘rinbosari

7.

G.A. Rashidova



AT “Xalq banki” boshqaruvi raisining o‘rinbosari

8.

A.Z. Sa’dullayev



Yoshlar ishlari agentligi direktori

9.

M.A. Nurmatova



Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarmasi boshlig‘i, Vasiylik kengashi kotibi

Izoh. Vasiylik kengashi a’zosi boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 210-son qaroriga


3-ILOVA

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasi xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash

RAZRYaDLARI


Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish