1. Farhod Musajon hayoti va ijodi. Farhod Musajonov (1932-2013)



Download 41,5 Kb.
Sana23.04.2020
Hajmi41,5 Kb.
#46545
Bog'liq
Farhod Musajon. 1. hayoti va ijodi. 2. Аsarlaridan misollar


1. Farhod Musajon hayoti va ijodi.

Farhod Musajonov (1932-2013)

Farhod Musajonov — ko‘p qirrali ijodkor. U nosir, dramaturg va kinossenaristdir. 1933 yilning 19 dekabrida Toshkentda tavallud topgan. 1956 yilga kelib, Toshkent Davlat universitetining sharq fakultetini muvaffaqiyatli tugatgan. Respublika radiosi, televideniesi hamda «O‘zbekiston madaniyati» gazetasi, «G‘uncha» va «Sharq yulduzi» jurnallarida ishlagan. «O‘zbekfilm» (1967) studiyasida xizmat qilgan. 1968—1970 yillarda Moskvada ssenaristlar Oliy kursida o‘qigan. 1976 yillari «O‘zbekfilm»da turli lavozimlarda, «O‘zbekkino» aksionerlik kompaniyasida xizmat qilgan.

F. Musajonov adabiy ijodining boshlanishi 50-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. O‘z ijodini bolalarga she’r va hikoyalar yozishdan boshlaydi. Birinchi «Daradagi qishloqda» hikoyasi 1956 yilda chop bo‘lgan. Uning «Oftobni quvalab», «Bo‘sh kelma, Aliqulov!», «Bir qultum buloq suvi» kabi qissalari va oltmishga yaqin hikoyalari dunyo yuzini ko‘rgan.

Hozirgacha uning «Hamlet» (1984), «Bog‘ ko‘cha (1987) kabi hikoya va qissalardan iborat 30 ga yaqin to‘plami nashr etilgan. Ayni chog‘da u «Bu ko‘zlarga ishonsa bo‘ladi», «Zo‘raki kashanda» kabi kattalar uchun ham asarlar yaratgan. Bundan tashqari, u dramaturg sifatida «Oq kabutar», «Najot istab», Hamza teatrida qo‘yilgan «Olifta», «Xizmatingga hozirman», «Talvasa» (Muqimiy teatri sahnalashtirgan) kabi dramalar yaratgan.

Shuningdek, «Jazirama oftob ostidagi uy», «Birovning boshi», «Minoralar ostidagi tsirk», «Ko‘zlarim yo‘lingda», «Huvaydo», «Askiya», «Qiziqchi», «So‘nmas ziyo» kabi ssenariylar muallifi hamdir. Bulardan tashqari u ko‘plab hajviy hikoyalar, intermediyalar, bolalar uchun rang-barang janrda asarlar ham yaratgan. Jumladan, «Oftobni quvalab», «Bo‘sh kelma, Aliqulov!», «Bir qultum buloq suvi» kabi kitoblarini eslash mumkin. Uning «Dushanba, nonushtadan so‘ng» (1974), «Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman» (1977), «Qilich va shamshir», «Ko‘rgulik», «Qilich va soz» (2000), «Lafz» (2003) kabi qissalari o‘z o‘quvchisiga ega.

Iste’dodli bolalar adibi, dramaturg va ssenarist F. Musajonov «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (2000). 2013 yil 28 may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.




2. Farhod Musajon asarlaridan misollar.

Farhod Musajonning oʻziga xos uslubi bor edi. Uning asarlaridan bir parchagina oʻqigan odam muallifning kimligini aniqlab olishi mumkin. U aniq, sodda, tushunarli va ixcham yozardi. Bolalar tili bilan aytsak, hikoyalari “rostakam boʻlgan voqeaga oʻxshaydi”. Mana shu omil – ishontira olish mahorati Farhod Musajon ijodining eng muhim xususiyatlaridan edi. Farhod Musajon barcha yoshdagi bolalar uchun yozdi. Uning kitoblari orasida maktabgacha tarbiya yoshidagi, maktab yoshidagi, kichik va oʻrta hamda katta yoshdagi bolalarga va oʻsmirlarga bagʻishlangan asarlarini ham uchratish mumkin

Maʼlumki, maktabgacha tarbiya bolalar kitobxonligi, asosan, ota-onalar, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar oʻzlari tinglagan asarlari yordamida atrof-muhit bilan tanisha boradilar. Ona yurtga, tabiatga muhabbat xislatlari; mehnat qilish va mehnat ahlini hurmat qilish kabi fazilatlar shu yoshdan shakllana boshlaydi. Turmushda qizgʻanchiq boʻlmaslik, kasbhunar egallashga intilish, kattalarni hurmat qilish kabi ijobiy fazilatlar ham shular jumlasiga kiradi. Bolalarning pedagogikpsixologik xususiyatlarini yaxshi oʻrgangan Farhod Musajon kichik yoshdagi bolalarga bagʻishlab “Eng yaxshi chana”, “Shodiyona kun”, “Shiqildoq”, “Pahlavon va nimjon”, “Sovgʻa”, “Ajoyib buzoqcha”, “Yaxshilik”, “Toʻlab ber”, “Varrak”, “Dogʻ” kabi oʻnlab hikoyalar yaratgan.

Adibning “Varrak” asarining mazmuni oddiygina varrak yasash voqeasi asosiga qurilgan. Asarda kichkintoylarni bolalikdan boshlab mustaqil harakat qilishga chaqiriladi.

Ana shunday jozibali asarlaridan yana biri “Eng yaxshi chana”dir. Bu hikoyada qoʻli ochiq, saxovatli, bagʻri keng boʻlish, xasis, ziqna boʻlmaslik kabi gʻoyalar kichkintoylar ongiga yetkaziladi.

Latifjonga dadasi chana olib beradi. Quvonchdan bolaning boshi koʻkka yetay deydi.

Latifjon boshda ancha qizgʻanchiq boʻladi. Shuning uchun chanada bitta oʻzi uchadi. Boshqalarni chanaga yaqin keltirmaydi, unga birovning qoʻli tegib ketsa, chanani koʻtarib uyiga chopadi.

Latifjonning dadasi oʻgʻlidagi bunday qizgʻanchiqlikni payqaydi, lekin unga pand-nasihat qilib oʻtirmaydi. Aksincha, quyidagi ibratli hikoyatni keltiradi:

– Bilasanmi, – debdi dadasi oʻgʻliga, – men bu ajoyib chanani qayerdan oldim? Bunaqasi magazinda sotilmaydi, bu buyurtma bilan qoʻlda yasalgan chana. Uning yoshi oltmishda. Ha, oltmish yil burun bu chanani bir ogʻaynimning dadasi olib bergan ekan. Ogʻaynim oʻsha paytda sendek ekan. Chananing chiroyliligini koʻrib uchishga uning ham koʻzi qiymabdi. Kattaroq boʻlganimda ucharman, hozir bolalar tortib olib eskitib qoʻyishadi, deb asrab yuraveribdi. Oradan yillar oʻtibdi, bir kuni qarasa bolaligi tugab, chol boʻlib qolibdi. Endi unga chana kerak emas ekan, chunki qariganda uyalmasdan chana uchadimi?! Ogʻaynim chanani menga sovgʻa qilar ekan, begʻubor bolalik chogʻimda maza qilib ucholmadim, ishqilib sening oʻgʻlingga yaxshi xizmat qilsin dedi. Shunaqa, oʻgʻlim, qizgʻanchiq odam zavqdan mahrum boʻladi!

Latifjon boshda dadasining bu gaplariga tushunolmaydi. Yuragining allaqayeri jiz etgandek boʻladi. Nihoyat u dadasiga yuzlanib:



– Ertadan boshlab ayamasdan uchaman, – dedi.
Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish