1. Elektron tijoratga berilgan eng mos ta’rifni belgilang



Download 24,07 Kb.
Sana10.09.2021
Hajmi24,07 Kb.
#170080
Bog'liq
elektron tijorat testlar


1. Elektron tijoratga berilgan eng mos ta’rifni belgilang.

a. Elektron tijorat - bu internet texnologiyalardan foydalanib, foyda olishga qaratilgan faoliyatdir

b. Elektron tijorat (inglizcha, “electronic commerce” yoki “e-commerce”) – bu, iqtisodiyotning zamonaviy sohasi bo‘lib, u Internet va boshqa turdagi kompyuter tarmoqlari kabi elektron tizimlar orqali mahsulotlar yoki xizmatlarni sotish hamda sotib olishni o‘z ichiga oladi

c. Elektron tijorat kompyuter, tarmoqlar, ayniqsa Internet orqali mahsulot, xizmat va/yoki axborotni xarid qilish, uzatish yoki almashinish bo'yicha tijorat operatsiyalaridir

d. barcha javoblar to’g’ri

2. Elektron biznesni amaliyotda qo’llanishining to’rt asosiy bosqichi

a. marketing, ishlab chiqarish, savdo, to’lovlar jarayonlari

b. marketing, ishlab chiqarish, reklama, outsorsing

c. kroudsoursing, kroudfonding, reklama, to’lov tizimlari

d. kroudsoursing, kroudfonding, outsorsing, reklama

3. Elektron tijorat texnologiyasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi umumiqtisodiy omillarni belgilang.

a. milliy ishlab chiqarish va xaridning dinamik ko‘rsatkichlari, soliq muhiti, sarmoya muhiti

b. axborot texnologiyalarini rivojlantirish, internet auditoriyasining kengayib va o‘sib borishi, kompyuter texnologiyasi rivojlanish doirasining intellektual salohiyati doirasi

c. korporativ boshqarish samaradorligi, rahbarlar tomonidan yangiliklarni o‘zlashtirish dinamikasi, korrupsiya darajasi

d. menejment darajasi, aksionerlar va menejerlar o‘zaro munosabatlari xarakteri

4. Elektron tijorat texnologiyasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi infratizim omillarini belgilang.

a. axborot texnologiyalarini rivojlantirish, internet auditoriyasining kengayib va o‘sib borishi, kompyuter texnologiyasi rivojlanish doirasining intellektual salohiyati doirasi

b. korporativ boshqarish samaradorligi, rahbarlar tomonidan yangiliklarni o‘zlashtirish dinamikasi, korrupsiya darajasi

c. milliy ishlab chiqarish va xaridning dinamik ko‘rsatkichlari, soliq muhiti, sarmoya muhiti

d. menejment darajasi, aksionerlar va menejerlar o‘zaro munosabatlari xarakteri

5. Elektron tijorat texnologiyasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqaruv omillarini belgilang.

a. axborot texnologiyalarini rivojlantirish, internet auditoriyasining kengayib va o‘sib borishi, kompyuter texnologiyasi rivojlanish doirasining intellektual salohiyati doirasi

b. menejment darajasi, aksionerlar va menejerlar o‘zaro munosabatlari xarakteri

c. milliy ishlab chiqarish va xaridning dinamik ko‘rsatkichlari, soliq muhiti, sarmoya muhiti

d. korporativ boshqarish samaradorligi, rahbarlar tomonidan yangiliklarni o‘zlashtirish dinamikasi, korrupsiya darajasi

6. Respublikamizda elektron tijorat faoliyatiga oid qabul qilingan qonunlar to’lig’roq berilgan javobni belgilang.

a. Elektron tijorat to’g’risidagi qonun, Axborotlashtirish to’g’risidagi qonuni

b. Elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonun, Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonun

c. To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risidagi qonun

d. Barcha javoblar to’g’ri

7. ebay.com va olx.uz vebsaytlari elektron tijoratning qaysi turiga misol bo’ladi?

a. B2B


b. B2C

c. C2C


d. B2G

8. Alibaba.com elektron tijoratning qaysi turiga misol bo’ladi?

a. B2B

b. B2C


c. C2C

d. B2G


9. Amazon.com elektron tijoratning qaysi turiga misol bo’ladi?

a. B2B


b. B2C

c. C2C


d. B2G

10. Virtual savdo maydonchalarining ko‘rinishlari to’g’ri berilgan javobni belgilang.

a. xaridor tomonidan tashkil etiladigan, sotuvchilar tomonidan tashkil etiladigan, uchinchi shaxs tomonidan tashkil etiladigan

b. xaridor tomonidan tashkil etiladigan, o’z-o’zidan tashkil bo’ladigan, jamoaviy tashkil etiladigan

c. xaridor tomonidan tashkil etiladigan, sotuvchilar tomonidan tashkil etiladigan, o’z-o’zidan tashkil bo’ladigan

d. barcha javoblar to’g’ri

11. Elektron tijorat haqidagi qonun qachon qabul qilingan?

a. 29 Aprel 2004 yil

b. 27 Mart 2005 yil

c. 13 Oktabr 2007 yil

d. 25 may 2007 yil

12. … - bu narxlar qayd etilmagan, balki oldi-sotdi jarayonida o‘rnatilgandagi savdo tashkiloti maydonchasi modeli

a. web – sayt

b. auksion

c. virtual maydon

d. elektron to‘lov tizimi

13. … – bu, raqamli texnologiyalarga asoslangan bo‘lib odatda, uni internet-iqtisodiyot, elektron iqtisodiyot, yangi iqtisodiyot yoki veb -iqtisodiyot deb ham atashadi.

a. web-marketing

b. axborot texnologiyalari

c. raqamli iqtisodiyot

d. elektron tijorat

14. Zamonaviy bozorda faoliyat yurituvchi hamma korxonalarni ularning elektron bozorga bo’lgan munosabatiga ko’ra qanday guruhlarga ajratish mumkin?

a. xususiy, davlat, nodavlat kompaniiyalar

b. ananaviy, aralash, to’liq elektron kompaniyalar

c. tijorat, notijorat

d. to’g’ri javob yo’q

15. … “tarmoqning iqtisodiy salohiyatidan foydalanishda milliy iqtisodiyot uchun foydani maksimallashtirish maqsadida” davlatning elektron tijorat sohasiga aralashuvini deyarli to‘liq rad qilishni taqozo etadi.

a. Xitoy modeli

b. Amerika modeli

c. Rossiya modeli

d. to’g’ri javob yo’q

16. … davlat tomonidan elektron tijoratni rivojlantirish uchun maqsadga yo‘naltirilgan holda qulay institutsional sharoitlar yaratilmoqda: soliqlarning mavjud emasligidan tortib, to zamonaviy tovar harakatlanishi tizimi hamda imtiyozli bojxona rejimiga qadar

a. Xitoyda

b. Amerikada

c. Rossiyada

d. to’g’ri javob yo’q

17. 2019 yilda Amazo.com web-saytida eng ko’p sotilgan mahsulot turi qaysi?

a. kitoblar

b. kiyim kechaklar

c. elektronik mahsulotlar

d. oziq-ovqatlar

18. Internet ilk bor nechinchi yilda tijoriy maqsadda foydalanila boshlangan?

a. 1994

b. 1995


c. 1996

d. 1997


19. Xitoyda elektron tijorat rivojlanishining dastlabki bosqichida qanday muammolar yuzaga kelgan?

a. internet foydalanuvchilarining kamligi

b. odamlarda ishonchning yetishmasligi

c. logistika va yetkazib berish tarmoqlarining yaxshimasligi

d. barcha javoblar to’g’ri

20. To’lov vositasi sifatida bank plastik kartalaridan foydalanishni ta’minlovchi usullar to’plami nima deb ataladi?

a. web – sayt

b. auksion

c. virtual maydon

d. elektron to‘lov tizimi

21. To’lovlar va to’lov tizimlari to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan?

a. 2003 yil 1 noyabr

b. 2004 yil 1 noyabr

c. 2019 yil 1 noyabr

d. 2020 yil 1 noyabr

22. Elektron tijoratni Internetda rivojlantirish bo’yicha qaror qabul qilgan korxona boshqaruvchisi potensial mijozlarni uning korxonasining Web - saytiga tashrif buyurishlariga qanday sabablar orqali undashi lozim?

a Axborot qabul qilishga motivatsiyalashuv, Qiziqtirishga intilish, Iqtisodiy motivatsiya

b. Qiziqtirishga intilish, Iqtisodiy motivatsiya, So’zlashuvga motivatsiyalashuv

c. Axborot qabul qilishga motivatsiyalashuv, Qiziqtirishga intilish, So’zlashuvga motivatsiyalashuv

d. Axborot qabul qilishga motivatsiyalashuv, Qiziqtirishga intilish, Iqtisodiy motivatsiya, So’zlashuvga motivatsiyalashuv

23. Elektron tijoratni boshlovchi korxona qanday savollarga javob berishlari kerak:

a. potensial mijozlar bazasi o’lchami qanday?

b. foydalanuvchilarga ommaviy masshtabda yangi xizmatlar kerakmi?

c. ularga bu nima uchun foydali?

d. barcha javoblar to’g’ri

24. Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarishning ommaviy usullari qanday?

a. operativ boshqaruv, analitik boshqaruv

b. analitik boshqaruv, hamkorlik asosida boshqarish

c. operativ boshqaruv, hamkorlik asosida boshqarish

d. operativ boshqaruv, analitik boshqaruv, hamkorlik asosida boshqarish

25. Mijozlar bilan munosabatlarni o’zaro hamkorlik asosida boshqarish qanday bo’ladi?

a. Tizimlar integratsiyasini, ishlangan katta hajmdagi statistik ma‘lumotlarni va samarali analitik instrumentariyni talab qiladi, Data Warehousing, Data Mining (ma‘lumotlarni saqlash, ma‘lumotlarnin tahlili) konsepsiyalari bilai juda ko’p umumiyligi bor

b. Mijozga dizaynni ishlab chiqish, mahsulotni yaratish, etkazib berish va xizmat ko’rsatish jarayonlariga ko’proq ta‘sir o’tkazish imkoniyatini beradi

c. U oddiy tadbirkorlik jarayonlari - sotuv, xizmat ko’rsatish va h.k. lar doirasida bo’lgan konkret mijoz bilan o’zaro munosabatlar haqidagi axborotga operativ kirish imkoniyatini berishni o’z ichiga oladi. Tizimlar integratsiyasini, barcha kanallar bo’yicha mijoz bilan o’zaro munosabat jarayonining aniq boshqaruv koordinatsiyasini talab qiladi

d. to’g’ri javob yo’q

26. Elektron biznesda xaridorlarni qanday guruhga ajratish mumkin?

a. An’anaviy yo’nalish tarafdorlari, Barcha xaridlarni on-layn rejimda amalga oshiradigan

b. Elektron do’konni o’zlashtirgan va o’z xaridlarining bir qismini amalga oshirish uchun Internetdan foydalanadigan xaridorlar, Barcha xaridlarni on-layn rejimda amalga oshiradigan

c. An’anaviy yo’nalish tarafdorlari, Elektron do’konni o’zlashtirgan va o’z xaridlarining bir qismini amalga oshirish uchun Internetdan foydalanadigan xaridorlar

d. An’anaviy yo’nalish tarafdorlari, Elektron do’konni o’zlashtirgan va o’z xaridlarining bir qismini amalga oshirish uchun Internetdan foydalanadigan xaridorlar, Barcha xaridlarni on-layn rejimda amalga oshiradigan

27. … – bu juda katta sonlar yoki fayllar bo’lib, ular belgilar funktsiyasini bajarishadi va boshqa to’lov tizimlaridan farqli ravishda, pul mablag’larining o’zi hisoblanadi.

a. Raqamli iqtisodiyot

b. Raqamli naqd pullar

c. Web marketing

d. Web iqtisodiyot

28. Elektron tijorat faoliyatining asosiy maqsadi nima?

a. internet texnologiyalarini rivojlantirish

b. qulay usulda biznes yuritish

c. maksimal foyda olish

d. tijoratda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish

29. “Hozirgi paytda esa mahsulot yoki xizmat nafaqat arzon va sifatli bo’lishi, balki xaridorning o’ziga xos individual talablariga ham mos kelishi lozim”. Bu maqsadga qanday erishiladi?

a. ishlab chiqarish tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, arzon va sifatli mahsulot ishlab chiqargan holda

b. Ommaviy ishlab chiqarish usulini qo’llab, yanada ko’proq mahsulot ishlab chiqarish va sotish orqali

c. Internet global tizimi imkoniyatlaridan foydalangan holda iste’molchilar didi va fikrlarini o’rganib, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayoniga kiritish orqali

d. barcha javoblar to’g’ri

30. Internet va boshqa zamonaviy texnologiyalardan ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va savdo-sotiq jarayonlarida foydalanish qanday imkoniyatlar yaratdi?

a. Iste’molchilar fikrlarini o’rgangan holda ularning ehtiyojlarini to’laroq qondirish

b. Mijozlar bilan bo’ladigan aloqalarni samarali boshqarish



c. Kattaroq bozorlarda savdo-sotiq qilish

d. Barcha javoblar to’g’ri
Download 24,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish