1. Demokratik jamiyat shakllanishida oilaning roli. Mustaqillik yillarida oilaga bo’lgan munosabatning kuchayishi



Download 26,88 Kb.
Sana11.03.2021
Hajmi26,88 Kb.
#61332
Bog'liq
Mustaqil ish


Mavzu: Oila – demokratik jamiyat qurishning asosiy bo’g’ini 

Reja. 



1.Demokratik jamiyat shakllanishida oilaning roli. 

2.Mustaqillik yillarida oilaga bo’lgan munosabatning kuchayishi. 

3.Fuqarolik jamiyatida oilaning takomillashuvi. 

 

     



Oila - jamiyatning asosiy bo‘lagi, kichik vatan, ilk tarbiya o‘chog‘i, yurt boyligi va tayanchi, mehr-muhabbat ramzi. O‘z oilasini mustahkamlash, farzandlarini vatanparvar, davlat va jamiyat uchun sidqidildan xizmat etuvchi shaxs sifatida tarbiyalash har bir fuqaroning burchidir. Oila kelajak avlodni voyaga yetkazadigan eng go‘zal maskan bo‘lgani sababli jamiyatdagi ma’naviy-mafkuraviy muhitning sog‘lomligida muhim o‘rin egallaydi. Shaxsning kelajagi oiladagi muhitga, oila boshliqlari bo‘lmish ota-onaning o‘z burch va mas’uliyatlariga qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liq. Oilada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash uchun uning har bir a’zosi, avvalo er va xotin o‘z mas’uliyatini to‘liq his qilishi va bajarishi lozim bo‘ladi. Ma’lumki, mamlakatimizda onalik va bolalikning huquqiy, ijtimoiy himoyasini ta’minlash, xotin-qizlarning turmush tarzini yaxshilash, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratishning huquqiy kafolatlari tizimli ravishda takomillashtirib borilmoqda.

Darhaqiqat, Prezidentimizning 2019 yil 22 apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ham mazkur yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu qarorga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi o‘n sakkiz yosh etib belgilandi. Aytish joizki, bugungi kunga qadar yurtimizda oila qurishning eng kichik yoshi yigitlar uchun 18, qizlar uchun 17 yosh edi. Ta’kidlash lozimki, qiz balog‘at yoshiga to‘lib, jismonan va ma’nan kamolotga yetib, shundan so‘ng turmush qursa, sog‘lom bola dunyoga keladi. Farzand har bir oilaning quvonchi va ertangi kundan umidi. Bu esa mustahkam oilalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilishi ham bejiz emas. Xotin-qizlar sog‘lig‘ini asrash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yuqorida qayd etilgan qaror bilan 2019 yilning 1 sentyabridan erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi tenglashtirilgani, har tomonlama puxta, kelajakni o‘ylab qabul qilingani bilan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu o‘zgarishlar esa, ona va bola salomatligini mustahkamlash uchun yanada yaxshi sharoit yaratadi. Mamlakatimizda ayol-qizlar, onalar va bolalar sog‘lig‘iga alohida e’tibor qaratiladi. Zero, farzandning sog‘lig‘i onaning sog‘lig‘iga bog‘liq. Agar ona sog‘lom bo‘lsa, farzandi ham sog‘lom tug‘iladi. Sog‘lom oila jamiyatimizning tayanchidir. Sohibqiron Amir Temur bunday deydi: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabini, yetti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog‘liq-salomatligini, jismonan kamolotini aniqladim. Kelin bo‘lmish nasl-nasabi, odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan xoli bo‘lsagina el-yurtga katta to‘y-tomosha berib, kelin tushirdim. O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimga biron tomchi sharob ichib, xotinlariga yaqinlashishni man etdim. Zero, sharobning ta’sirida bunyodga kelgan farzand nasl-nasabining buzilishiga ta’sir etgay, debon shu pokiza yo‘lni tutdim”. Bundan ko‘rinadiki, xalqimiz azal-azaldan sog‘lom oilani bunyod etish tarafdori bo‘lgan. Bugungi kunda jamiyatimizda oila va oilaviy munosabatlarga har qachongidan ham ko‘proq ahamiyat berilmoqda. Inson qalbi va ongi uchun kurash ketayotgan globallashgan bugungi dunyoda ma’nan yetuk, mafkuraviy immuniteti kuchli insonni tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega. Bola tarbiyasining asosi esa oiladan boshlanadi. Chunki, har qanday millatning o‘ziga xos madaniyatini shakllantirish va kuchaytirishda, shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyos. Sababi, insonning eng toza va pokiza tuyg‘ulari, dastlabki hayotiy tushunchalari ilk bor oilada shakllanadi. Farzand tarbiyasida oiladagilarning bir-birini yaxshi tushunishi, qo‘llab-quvvatlashi, o‘zaro yaxshi muomalada bo‘lishi eng muhim omillardan biridir. Bolalarning ma’naviy barkamol va jismoniy sog‘lom bo‘lishlari uchun ota-onalarga olimlar tomonidan bir qator vazifalarni bajarish tavsiya etiladi. Jumladan:

- oilada sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish, farzandlarda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish;

- bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash;

- farzandlarning chuqur dunyoviy bilim olishlarini ta’minlash;

- oilada bir-birini doimiy qo‘llab-quvvatlash, turli muammoli vaziyatlarni oqilona hal etishga o‘rgatish;

- ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash;

- ota-ona farzandlarining hatti-harakatlari uchun javobgar ekanliklarini his etish;

- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ular ongiga ma’naviy meros, axloq-odob an’analarini bugungi kun bilan uyg‘un holda singdirib borish.

Oila insonning aqliy va ruhiy rivojlanishini, tarbiyasini belgilab beradi. Agar oilada ota-onaning farzandiga bergan tarbiyasi inson uchun eng qimmatli boylik bo‘lsa, noto‘g‘ri tarbiya jamiyat uchun o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi shubhasizdir.

Demak, barkamol avlodning ma’naviy va jismoniy yuksalishida mustahkam va barqaror oila zarur. Jamiyatning yomonlik va buzg‘unchiliklardan xoli bo‘lishi avvalo oilaning tinchligi, totuvligi va ahilligiga bog‘liq. Hayot kundan-kunga rivojlanib, yaxshilanib borayotgan bugungi kunda yurtga munosib oila bo‘lish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiya qilish jamiyatimizdagi har bir oilaning vazifasidir.



Nikoh oilani mustahkamlashning asosi bo‘lib, avvalambor, bolalar tarbiyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarbiya o‘chog‘idir. Shuning uchun ham qonuniy tuzilgan nikohdan davlat manfaatdor bo‘lib, undan ajralish jamiyat manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan ham nikoh-oila masalasi er-xotinning shaxsiy ishi doirasidan chetga chiqadi. Oilada oilaviy munosabatlar qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, uning shunchalik mustahkam bo‘lishi, bu, o‘z navbatida, jamiyatning ham mustahkamlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi amaliyotda sinovdan o‘tgan omillardandir. Ana shu holatlarni e’tiborga olgan davlatimiz nikoh, uni tuzish tartibi va shartlari, nikohdan ajralish, nikohni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq munosabatlarga befarq bo‘lmay, ularni tartibga soluvchi huquqiy asoslarni belgilab qo‘ygan. Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan-bir asos bo‘lgani bois, u faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi oila davlat himoyasida bo‘lishini huquqiy ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi 2-qismida: “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi,” ─ deb belgilangan. Nikoh insonlarga mas’uliyat yuklaydi. Chunki oilada erning ham, ayolning ham o‘z vazifalari bor: ularning har biri o‘z vazifasini to‘la ado etishga mas’uldir. Nikoh ota-ona o‘zidan so‘ng zurriyod qoldirib, naslning davom etishi mezoni hisoblanadi. Sotsiologik jihatdan nikoh deganda, “ayol va erkak o‘rtasidagi tarixan shakllangan, qonuniylashgan va jamiyat boshqaruvidagi munosabat shakli bo‘lib, ularning bir-biriga va bolalarga bo‘lgan munosabati aniq belgilangan”ligi tushuniladi. Nikoh va oilaviy munosabatlar o‘z rivojlanish tarixi va taraqqiyoti bo‘yicha dastlabki qadamlaridanoq nikohning sof, samimiy hamda poklik ramzi asosida oilaning vujudga kelish negizi vazifasini o‘taydi. 52 Nikoh oilaning vujudga kelishida qon-qarindoshlik bilan birga asos bo‘lgani bois, u nafaqat axloq normalari, balki maxsus qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Amaldagi Oila kodeksida nikoh tushunchasiga ta’rif berilmaydi. Shu sababli mazkur tushunchaning ta’rifini nikohning huquqiy tabiati, qonunchilikda unga nisbatan belgilangan qoidalar hamda erkak va ayolning o‘zaro istak-xohishi natijasi sifatidagi kelishuv ekanligidan kelib chiqib, unga nisbatan quyidagi umume’tirof etilgan ta’rifni berish mumkin: Nikoh (arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, qo‘shilish degan ma’noni anglatadi) – bu fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida tuziladigan, o‘zaro muhabbat va hurmatga, o‘zaro yordamga va birbirining oldida javobgarlikka asoslangan erkak va ayolning ittifoqidir.

Oila huquqining asosiy tamoyillaridan biri– bu nikoh tuzishning ixtiyoriylik tamoyilidir. Nikohning erkin tuzilishi uchun berilgan rozilik haqiqiy bo‘lishi, u qo‘rqitish, zo‘rlash, aldash orqali yoki nikohlanuvchilarning biri yoxud har ikkisiga ruhan ta’sir qilish yo‘li bilan tuzilishi taqiqlanadi. Oila kodeksining 14-moddasida bo‘lajak er-xotinning o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi hamda nikoh tuzishga majbur qilishni taqiqlash kabi qoidalarning kiritilishi oilani mustahkamlashga qaratilgan huquqiy me’yor bo‘lib xizmat qiladi. Nikoh tuzishning ixtiyoriylik tamoyilining buzilishi va bu harakatlarda taraflarning aybdor ekanligi aniqlansa, sud O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi normasini qo‘llashga haqli. Ushbu normada “ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda bo‘lish uchun o‘g‘irlash, shuningdek, ayolni erga tegishiga to‘sqinlik qilish eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish” bilan jazolanishi ko‘rsatilgan. Nikoh tuzishning ixtiyoriylik tamoyili deganda, nikohlanuvchi shaxslarning o‘zga shaxslar tomonidan majbur etilmasdan oila qurish uchun erkin, tenglik va o‘zaro ixtiyoriylik asosida nikohni rasmiylashtirishlari, oila qonunchiligi normalarida belgilangan, shuningdek, kelajakda ularning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari himoyasini oilaviy-huquqiy normalar bilan mustahkamlaydigan, vijdon va qalb amri bilan nikoh munosabatlariga kirishib, er-xotinlik munosabatida yashashlari tushuniladi. 58 Nikoh tuzishning navbatdagi sharti – bu nikohlanuvchi shaxslarning qonun doirasida belgilangan yoshga yetishlari hisoblanadi. Nikoh yoshi turli davlatlarda turlicha qilib belgilangan. Masalan, Bolgariyada har ikki jins vakillariga ham – 18 yosh, Angliyada – 16 yosh, Fransiya va Vengriyada erkaklar uchun–18 yosh, ayollar uchun–16 yosh, Polshada – 21 va 18 yosh, Yaponiyada – 18 va 16 yosh, Gruziyada –17 va 16 yosh, Ukraina va Turkmanistonda – 18 va 17 yosh, AQShning turli shtatlarida nikoh yoshi – 16 dan 21 yoshgacha qilib belgilangan. Nikoh yoshini belgilashda muayyan oqilona mezon quyidagi omillar bilan belgilanishi lozim: - birinchidan, biologik mezon. Bunday mezon bo‘lajak er-xotinning jismoniy jihatdan voyaga yetganligini belgilab beradi. Jismoniy barkamollik nafaqat jinsiy jihatdan nikohlanuvchi shaxslarning yetilganliklarini, balki nikohlanuvchi shaxslarning salomatliklari, farzand ko‘rishiga, ularni parvarish qilishga tayyorgarlik holatlarini ham anglatadi; - ikkinchidan, ruhiy-psixologik mezon. Erkak va ayol turmush qurishga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishlari, ularda eng avvalo bolalik va o‘smirlik davridagi xis-hayajonga berilish, psixologik barqarorlik xislatlari o‘rniga muayyan dunyoqarash, erk-iroda, hayotiy ko‘nikmalar shakllanadi, bu esa oilaning mustahkam va barqaror bo‘lishini ta’minlaydi; - uchinchidan, aqliy yetuklik. Ushbu mezon kishini faqat muayyan intellektual holati, bilim darajasinigina anglatmaydi. Aqliy holat muayyan bilim, tajriba va uni amalda qo‘llay olish, er-xotin, oila, farzand mas’uliyati, oilani normal turmush kechirishini ta’minlash layoqati hisoblanadi; - to‘rtinchidan, sotsial-ijtimoiy shart-sharoitlar. Ushbu shartsharoitlar majmuyi yosh oilani moddiy jihatdan turar-joy, maishiy jihatdan o‘zini-o‘zi ta’minlash, o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lishni anglatadi. Albatta, yosh oila ota-onalar va boshqa qarindoshlar g‘amxo‘rligi ostida bo‘lishi tabiiy. Ammo bu g‘amxo‘rlik yosh oilani mutlaqo boqimandalik darajasida bo‘lish yoxud sotsial-ijtimoiy hujayra sifatida mustaqil bo‘la olmasligiga olib kelmasligi kerak; - beshinchidan, huquqiy mezon. U yosh kelin-kuyovni huquq subyekti, to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lishini anglatadi. Bir qarashda biologik, ruhiy psixologik, sotsial-ijtimoiy, aqliy mezonlardan farqli ravishda, yuridik mezon qonun chiqaruvchining xohishi o‘ziga xos subyektivlikka asoslangan mezonga o‘xshab tuyuladi. Biroq yuqoridagi boshqa omillar kabi, nikoh yoshini belgilovchi yuridik mezon ham muayyan obyektiv asoslarga tayanadi. 59 Oila kodeksida, agar uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda tuman, shahar hokimining qaroriga ko‘ra, nikoh yoshi ko‘pi bilan bir yilga kamaytirilishini quyidagicha asoslash mumkin: Oila kodeksining 15-moddasi, 2-qismida ”uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin” ligi belgilangan. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kiruvchi davlatlarning Oila kodekslarida nikoh yoshi turlicha qilib belgilanganligini ko‘rish mumkin. Masalan, Rossiya Federatsiyasida belgilangan nikoh yoshi (o‘n sakkiz)ni ikki yoshga kamaytirish vakolati qonunda ko‘rsatilgan tegishli idoralarga berilgan. Ayrim xorijiy mamlakatlarda, masalan, Polsha Respublikasida nikoh yoshi erkaklar uchun yigirma bir yosh, ayollar uchun o‘n sakkiz yosh; Ruminiya Respublikasida ayollar uchun o‘n olti; Xitoy Xalq Respublikasida esa ayollar yigirma yoshdan, erkaklar yigirma ikki yoshdan nikoh tuzishga haqli ekanliklari normalanadi. Xorijiy mamlakatlar qonunchiligida nikoh tuzish prinsipi masalasi o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turganligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Demak, nikoh yoshining qisqartirilishi tufayli oila qurgan er-xotin to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lgan hisoblanib, fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan holatlarda ishlarda tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar. Nikoh yoshini qisqartirish to‘g‘risidagi qoidaning yana bir yangi jihatlari shundaki, nikohlanuvchilarga xohlagan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimiga murojaat qilish huquqini bermaydi, balki nikoh davlat ro‘yxatidan qayerda o‘tkaziladigan bo‘lsa, shu joydagi tuman, shahar hokimiga murojaat etish huquqini beradi. Bu qoida amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, suiiste’molchiliklar yoki turli asossiz harakatlarning oldini olishga imkon beradi. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar Oila qonunchiligi normalarida belgilangan nikoh tuzish shartlariga qo‘yiladigan talablarning buzilishi sifatida namoyon bo‘ladi. 60 Nikoh tuzish shartlariga monelik qiladigan holatlarni e’tiborga olmaslik tuzilgan nikohning haqiqiy sanalmasligiga asos bo‘ladi. Bu qoida Oila kodeksining 16-moddasida o‘z ifodasini topgan. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar quyidagilardan iborat: - loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida; - nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida; - loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmasligi normalanadi. Nikoh tuzish shartlariga rioya qilinmasdan tuzilgan nikoh haqiqiy emas deb hisoblashdan tashqari, qonunni buzgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Mazkur holat Jinoyat kodeksining 126-moddasida ko‘rsatilgan ko‘p xotinlik, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishi kabi oqibatlarga olib kelishi belgilangan. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar qatoriga qonun nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasidagi munosabatlarni kiritgan. Ayrim MDH davlatlarining Oila kodekslarida (Ozarbayjon, Belorus respublikalari) agar qiz va o‘g‘il bolalarning onalari boshqa-boshqa bo‘lib nikohdan o‘tmagan, otasi bir bo‘lsa-yu, ularning otaligi sud tartibida begilangan bo‘lmasa ham ularning nikoh tuzishiga qonun yo‘l qo‘ymagan, chunki unda ota qoni bir ekanligi nazarda tutilgan.

Oila kodeksida belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan ushbu nikohni haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo‘lishi mumkin. Oila kodeksining 49-moddasi, 14-16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda (ya’ni, nikoh tuzishning ixtiyoriyligi, belgilangan nikoh yoshi buzilganda, nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar ro‘y berganda), soxta nikoh tuzilganda, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh qayd qildirganda, nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa, nikohni haqiqiy emas deb topilishi uchun asos bo‘ladi. Bundan tashqari, nikoh quyidagi holatlar bo‘yicha ham haqiqiy emas deb topilishi mumkin: a) yakka nikohlilik tamoyilining buzilishi; b) nikoh nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida tuzilgan bo‘lsa; v) farzandlikka olgan bilan farzandlikka olingan shaxslar o‘rtasida tuzilgan nikoh; g) muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan tuzilgan nikoh; Ayrim holatlarda nikoh qonunlarining bir qancha shartlarini buzib ham tuzilishi mumkin, bunday hollarda u haqiqiy emas deb topiladi. Masalan, fuqaro oldingi nikohdan ajrashmasdan turib, voyaga yetmagan shaxs bilan nikohdan o‘tgan hollar bunga misoldir. Quyida ushbu asoslarni batafsil tahlil etamiz: A) Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi buzilishi. Nikoh uni tuzuvchi har bir tomonning erkin, o‘zaro roziligi asosida tuzilishi lozim. Rozilik o‘zga (ota-ona, qon-qarindosh, mansabdor shaxs)larni majbur etishi yoki aldashi oqibatida berilgan bo‘lsa, ixtiyoriylik tamoyili buzilgani uchun, bunday nikoh haqiqiy emas, deb topilishi mumkin. 63 Yuqorida ko‘rsatilganidek, nikoh tuzishda nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi yo‘qligi nikohni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi. Bunda fuqaro (ko‘pincha ayollar) qo‘rqitish yoki zo‘rlash (majburlash), aldash tufayli nikohdan o‘tgan bo‘ladi. Fuqaroning erkiga va ongiga qonunsiz ta’sir etish natijasida u nikohga o‘tishga majbur bo‘ladi, ammo haqiqatda esa u buni mutlaqo xohlamaydi. Natijada nikoh tuzilishining asosi hisoblangan o‘zaro xohish va rozilik tamoyili buzilgan bo‘ladi. Ko‘rsatilgan asos bo‘yicha bunday nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Qo‘rqitish uchinchi shaxs hamda mansabdor shaxs tomonidan ham bo‘lishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilishicha: “Agar nikohga kiruvchining nikohni qayd etish vaqtida o‘z harakatlarining mohiyatini tushunmaganligi va ularni idora qila olmaganligi, shu sababli nikohga kirishga haqiqiy roziligini ifoda eta olmaganligi aniqlansa ham, nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin”. Ayolni erga tegishga majbur etish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish jinoyat hisoblanadi. B) Nikoh yoshiga qo‘yilgan shartning buzilishi. Oila kodeksining 51-moddasiga binoan, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh hali nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxsning manfaatlari talab qilgan hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday nikohni haqiqiy emas deb topishni nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxs, uning ota-onasi yoki homiysi, shuningdek, vasiylik va homiylik organi hamda prokuror talab qilishga haqlidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Имомов Н.Ф. Уй-жой ҳуқуқи. Дарслик. –Т.: ТДЮИ нашриёти, 2012. – Б.315.

  2. Иномжонова Г.С. Ота-она ва болалар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш муаммолари. – Т.: Адолат, 2006. –Б.134.

  3. Отахўжаев Ф.М. Никоҳ ва унинг ҳуқуқий тартибга солиниши. – Т.: Ўзбекистон, 1995.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi

  5. Oila Kodeksi

Download 26,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish