1. Botanika o‘simliklar haqidagi fan


O‘simliklar tirik organizmlardir



Download 193.55 Kb.
bet3/12
Sana28.09.2021
Hajmi193.55 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O‘simliklar tirik organizmlardir. Ular barcha tirik orga- nizmlar kabi hujayralardan tashkil topgan. O‘simliklar oziq- lanadi, nafas oladi, ta’sirlanadi, o‘sadi, rivojlanadi, ko‘payadi.

O‘simliklaming tabiatdagi ahamiyati. Jonli tabiatni o‘simliklarsiz tasawur etib bo‘lmaydi. Yashil o‘simliklar fotosintez jarayonida organik moddalami hosil qiladi. Bu organik moddalar tirik organizmlar uchun oziq manba- yidir. Fotosintez jarayonida tirik organizmlaming nafas olishi uchun zarur kislorod ajralib chiqadi. O‘simliklar havoni kislorod bilan boyitib, havodagi karbonat angid- rid gazini yutadi. O‘simliklar tuproqning unumdorligini oshiradi va uni yemirilishdan saqlaydi hamda tuproq hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Aksariyat o‘simlik turlari: shuvoq, yantoq, beda, sebarga, izen, keyreuk, saksovul, javdar kabi o‘simliklar chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi.

O‘simliklaming odamlar hayotida tutgan о‘mi benihoya katta. Ulardan odamlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, ki- yim-kechak, qurilish materiallari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qog‘oz, dori-darmon va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.

O‘simliklar hayotimiz ko‘rki va tabiat go‘zalligidir. Hovliga, maktab tajriba dalasi va istirohat bog‘lariga ekilgan rang-barang gullar, mevali hamda manzarali o‘simliklami Ko‘rib bahri dilingiz ochiladi.
2. Gulli о’simliklar bilan umumiy tanishish.

Yer yuzida gulli o‘simliklaming 250 mingdan ortiq turfi ma’lum. Bu osimliklar o‘ziga xos belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Gulli osimliklarning hammasi ham o‘z hayoti davomida gullab meva tugadi. Ular ildiz, poya, barg, gul, mevadan tashkil topgan bo‘ladi (1-rasm).

Наr bir osimlik turining o‘ziga xos ajoyib xossalari bor. 0simliklaming xilma-xilligini aks ettiruvchi misollar juda ko‘p. Bularga Seyshel orolidagi o’n yil-lar mobaynida pishib yetiladigan, og‘irligi 25 kg ga yetadigan Seyshel palmasi yong’oqlari, tana-sida 200 l gacha suv saqlaydigan Meksika kaktuslari, Kanar orollarida 6000 yilgacha umr ko‘radigan ajdar daraxtlari, Sumatra orolidagi diametri 1 m ga yetadigan Ourttana rafleziya kabi ulkan gullar misol bo'ladi.

1-rasm

Bunday ajoyibotlar o‘lkamizdagi o‘simliklar orasida ham ko’plab topiladi. Masalan, jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o‘sadigan} barglari arang ko4rinadigan saksovul va qandim, poyasi suv tagida bo’lib, guli suv yuzasida ochiladigan nilufar, hasharotlar bilan oziqlanadigan suv qaroqchisi, tabiat ko’rki bo‘lgan qizil lola, ko‘zagul, sallagul, chinnigul va jumagullar, noyob mevali o‘simliklardan pista, bodom, safsanlar, tabobatda ko‘p ishlatiladigan chakanda, isiriq, na’matak, suvqalampir va boshqalar o’simliklar dunyosining ajoyib vakillaridir.

Gulli o‘simliklarning xilma-xilligi ekologik sharoit- ning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ular million yillar mobay- nida o‘zgarib, yangi muhitga, sharoitga moslasha borgan. Sharoit o‘zgarishi bilan o‘simliklarda yangi muhitga xos belgilar paydo bo‘lgan va bu belgilar vaqt o‘tishi bilan se- kin-asta mustahkamlangan (irsiylashgan). Natijada maxsus sharoitlarga moslashgan yangi o‘simliklar (turlar, turkumlar, oilalar) paydo bo‘lgan. Yangi sharoitga moslasha olmagan o‘simliklar yo‘qolib ketgan.

0‘simliklar tashqi muhit sharoitiga moslashib, asta-sekin murakkablashib borib, ularda ikki xil organlar paydo bo‘lgan.




  1. Download 193.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat