1. Boshqaruv mehnati: ta'riflari, xususiyat1ari, tur1ari


Rahbarni o'zini o'zi boshqarishi



Download 291.5 Kb.
bet10/18
Sana15.07.2021
Hajmi291.5 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
3. Rahbarni o'zini o'zi boshqarishi
O'zini o'zi boshqarish bu rahbarning kundalik amaliyotda ishning zamonaviy usullaridan maqsadga muvofiq va izchil foydalanishini o'z ichiga oluvchi shaxsiy ishini tashkil qilish, hamda uning o'zini o'zi rivojlantirishidir.

O'zini o'zi boshqarishning asosiy maqsadlari qo'yidagilardan iborat:

- menejment tomonidan vaqtdan va o'z imkoniyatlaridan ko'proq foydalanish;


- ham ishdagi va ham shaxsiy hayotidagi tashqi holatlarni yengib o'tish.

Turli tuman masalalarni kundalik hal qilishda menejer har xil vazifalarni bajaradi. O'zini o'zi boshqarishning bu jarayonining alohida vazifalar o'rtasidagi aloqani ko'rgazmali ravishda nomoyon qiluvchi doira kabi berilishi mumkin (7.1.rasm). Tashki doirada qo'yidagi beshta vazifalar ma'lum:

1). vazifalarni qo'yish;

2). rejalashtirish;

3). bo'lg'uvsi ishdagi ustivorliklarni belgilash;

4). kun tartibini tuzish va mehnat jarayonini tashkil qilish;

5). o'zini o'zi nazorat qilish va maqsadlarga tuzatishlar kiritish.

O'zini o'zi boshqarishning ichki doirasida birlashtiruvchi vazifa-axborotlar bilan ishlash joylashgan. Qolgan vazifalar ma'lum darajada uni atrofida aylanadilar, chunki axborotni almashish o'zini o'zi boshqarish jarayonining barcha pallalarida zarurdir.

Birinchi vazifa - maqsad1arni qo'yish. Har bir boshqaruvchi xodim o'z oldiga maqsadlarni qo'yadi, bu kelajakka qarash, kuchlar va faollikni erishish kerak bo'lgan narsaga qaratish va jamlashni bildiradi. Shunday qilib maqsad yakuniy natijani shakllantiradi. U harakatlar "quturtuvchisi", faollikni belgilab beruvchi undov bo'ladi. Agar maqsad qo'yilgan bo'lsa, unda harakatlantiruvchi kuch sifatida harakat


:
qiluvchi va faqat maqsadga erishilgandagina yo'qoluvchi keskinlik holati vujudga keladi.

Maqsadlarni qo'yish jarayoni bir necha pallalardan tashkil topadi.

l.Maqsadlarni belgilash va ularni quyidagicha vaqtli mezonlar bo'yicha tabaqalashtirish:


  • uzoq muddatli hayotiy maqsadlar (shaxsiy va kasbiy);

  • o'rta muddatli maqsadlar (yaqin 5 yilga)

  • qisqa muddatli maqsadlar (yaqin 12 oyg a)

Bunda mehnatga motivatsiyani kuchaytiruvchi va kasbiy intilishlarni yo'naltiruvchi kasbiy mo'ljallarni ajratish kerak.

2. Maqsadlarga erishish uchun shaxsiy resurslarni belgilash, buning


uchun quyidagilar zarur:

-shaxsiy salohiyat, imkoniyatlarni belgilash;

-o'zining kuchsiz tomonlarini sanab berish, muvaffaqiyatsizliklarning ro'yxatini tuzish va qanday sabablar natijasida ular sodir bo'lganliklarini ta'kidlash. Bu kamchiliklardan qanday qilib xolis bo'lish haqida o'ylab ko'rish;

-2-3 muhim afzalliklar va kamchiliklarni ajratish.

Yana yaqin yillarda nima bilan hisoblashish kerakligini ham aniqlab olish, masalan, yaqin atrofdagilar (sheriklar, qarindoshlar, boshliq, o'rtoqlar va h.k.) yoki yoshni va o'z maqsadlarini ularga muvofiq qo'yish kerak.

3. "Maqsad-vosita" tahlilini o'tkazish, uni borishida maqsadlarga erishish uchun zarur resurslarni (shaxsiy, moliyaviy, vaqtli) haqiqiy vaziyat bilan solishtiriladilar. Buning uchun maqsadlarni tuzilgan "invertar ro'yxati"ga murojaat qilish va 3-4 muhim maqsadlarni tanlab olish, ularga erishish uchun zarur vositalarini belgilash va yana nimaga erishish kerakligini yoki maqsadlarga erishish uchun nimaga kirishish kerakligi tekshirish zarur.

Kasbiy (martabali) maqsadlar bo'yicha ularga erishish uchun zarur malakani ko'rsatish va haqiqiy amaliy vazifalarni qo'yish zarur, masalan, yetishmayotgan tajribani olish.

4. Aniq maqsadlarni shakllantirish. Bunda shuni hisobga olish kerakki, har bir maqsad faqat uni amalga oshirilishi muddatlari va istalgan natijalar ma'lum bo'lgandagina ma'noga ega bo'ladi. Keyin o'zining istalgan va amaliy maqsadlariga qo'llash bilan shakllantirish va o'z rejalarini ularni qanchalik haqiqiyligi nuqtai nazaridan qayta tekshirish maqsadga muvofiqdir.

Malaka va madaniy darajani oshirish haqida ham esdan chiqarmaslik kerak.

O'ziga judayam ko'p narsani olish kerak, chunki bu haqiqiy bo'lmagan vazifalarni bajarilishiga imkonlar kamdir. O'z oldimizga qanchalik ko'p maqsadlarni qo'ysak, oldingi hayotni shunchalik ko'proq o'zgartirish va o'z faoliyatini ko'proq fao llashtirishga to'g'ri keladi.

Uzoq muddatli global maqsadlardan kelib chiqqan holda, yana aniq qisqa muddatli maqsadlarni ham belgilash zarur.

Ko'rib chiqilgan mavqsadlar hayot va martabaning rejasida qayd etiladi, u muntazam ravishda qayta tekshirilishi, faollashtirilishi va to'ldirilishi kerak. Qo'yida shunday rejadan parcha beriladi (7.2-jadval).

Maqsadlarni qo'yish uzluksiz jarayondir, chunki ular qoidaga ko'ra, bir marta va butunlay berilmaydi. Ular vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin, masalan, agar ularni amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish jarayonida oldingi tasavvurlar noto'g'riligi yoki so'rovlar oshirilgan yo pasaytirilganligi aniqlanganda.

SHunday qilib maqsadlarni qo'yish jarayoni uchta pallaga bo'linadi:



  • maqsadni topish: "Men nimani xo hlayman?", vaziyatli tahlil: " Men nima qila olaman?", maqsadlarni shakllantirish: "Men aniq nimaga kirishayapman? ".




Download 291.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим