1. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekologik madaniyatni shakllantirish darajasi



Download 50,76 Kb.
bet1/3
Sana17.07.2022
Hajmi50,76 Kb.
#811236
  1   2   3
Bog'liq
Hazratqulova


Mundarija
1.Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekologik madaniyatni shakllantirish darajasi
2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish imkoniyatlari
3. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekologik madaniyatni shakllantirish texnologiyasi va rivojlantirish yo’llari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekologik madaniyatni shakllantirish darajasi.
Ekologik havfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e’tiborga molikdir. Bu muammo ona tabiat quchog’ida kamol topayotgan har bir insonning asosiy vazifasiga aylanmog’i lozim.. Lekin ba’zida ko’chadan ketaverib katta-katta axlat uyumlariga duch kelamiz, ko’chada papirosni tutaverib oxirida oyog’i ostida ezib bemalol ketayotgan, ko’chada ketaverib tupurib ketayotgan, mashinasining orqasian tutunlarni burqsitib, bemalol ketayotgan insonlarni, ariq suviga bemalol axlat ag’darayotgan kelinchakni, daraxtni sindirayotgan bolani, ko’chada xazon yoqayotgan qizaloqni, o’simlikni payxon qilayotgan odamni tez-tez uchratamiz. Lekin odamlar ularni ko’rib o’zlariga aloqasi yo’qdek o’tib ketaveradilar. Lekin bularning barchasi odamlarning sog’ligini kemirayotgani, bir qancha kasalliklarga asos yaratayotganligi, umrini qisqartirayotganligi hech kimning xayoliga kelmaydi. Sodir etilayotgan ekologik ahvolning asosiy sababi kishilarning hali tabiat qonunlarini chuqur bilmasligi, ya’ni ekologik bilimlar va tarbiyaning yetishmasligi va yaxshi yo’lga qo’yilmaganligining oqibatidir. Bir chet elda bo’lgan insonning aytgshanlari: “Men ko’chada ketaverib bilmasdan tupuribman. Shunda ikki kishi oldimga yugurib keldi va “Nega 29 tupurasan, axir biz bu havodan nafas olamizku, tezda tozalab ol” deb menga o’shqirishdi. Tavba, bular mehmonni ham bilishmaydi deb hayron bo’ldim”. Darhaqitqat mehmon o’z yo’liga lekin sog’lik hamma uchun birinchi o’rindagi muammo bo’lishi lozim. Yaponiya davlatida bir qancha cheklovlar borki, jumladan, tamakini ko’chada tutatib chekish mumkin emas, ko’chada axlatlarni tashlash mumkin emas va bular qonun bilan nazoratga olingan. Demak insonlarni tabiatni, uning sofligini asrashga o’rgatish kerakligi kechiktirib bo’lmaydigan ishdir. Buning uchun insonlarni juda kichikligidanoq (Hatto dunyoga kelganidan boshlab) ekologik madaniyatni tarbilash, buni ularning ongiga mustahkam singdirish kerak. Bu sohada oilaning, ya’ni ota-onalarning mas’uliyatini oshirish kerak. Chunki insonning ongi, xarakteri endi shakllanish davrida, asosan, otaonaning tarbiyasi muhim o’rin tutadi. Ota-onalarning o’zida eologik madaniyat shakllangan bo’lsagina ular bu sifatni bolalari ongiga singdira oladilar. Albatta, bunday sifatlarning shakllanishiga jamiyatdagi qonunlar muhim o’rin tutadi. Faqat qonunlargina insonlarni ba’zi majburiyatlarni bajarishga undaydi. Bola maktabga kelgan birinchi kundanoq tashqi olam, undagi uyg’unlik ona tabiat bizning yashashimiz uchun zarur bo’lgan barcha boyliklarni beradigan manba ekanini, uni avaylab-asrash kerakligini uqtirish zarurdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari orasida ko’p hollarda turli qushlar, hayvonot olamiga nisbatan munosabat yaxshi deb bo’lmaydi. Ayniqsa undagi o’zaro bog’lanish va umumiylik haqidagi tasavvurning noto’g’riligi tufayli o’quvchilar orasida qushlarni tutib, qiynash, inlarini buzish, foydali qurtqumrsqalarni nobud qilish hollarining uchrashi tabiiy bir holdir. Ana shu nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi bola maktab ostonasiga ilk bora qadam qo’ygan kundanoq, uning ekologik 30 tasavvur va tushunchalarini o’stirishga harakat qilmog’i muhim ahamiyat kasb etadi. Agar boshlang’ich sinfdanoq bolaning ekologik tasavvur va tushunchalarini shakllantirish to’g’ri yo’lga qo’yilsa, uning murg’ak qalbida ona tabiatga nisbatan mehr uyg’onib, tabiatning jonkuyar va faol qo’riqchisiga aylanishi mumkin. Zero, kelajak ana shu murg’akkina bolakaylardan jamiyat oldidagi, ona zamin tabiat oldidagi o’z burchini to’la anglay oladigan barkamol insonlar shakllanmog’i lozim. Lekin o’quvchiga zamonaviy bilim berish uchun, uning ongi, tafakkuri, tushunchalarini to’g’ri shakllantirish uchun avvalo murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi lozim. Bu masalani yechmasdan turib, kelajak avlod tarbiyasi to’g’risida gapirishning o’zi mutlaqo nomaquldir.
Ayniqsa, suvni tozalik, poklik ramzi bo’lib, suvga tupurmaganlar, uni bo’lar – bo’lmasga iflos qilavermaganlar. Jonivorlarga ozor yetkazishni gunoh sanaganlar. Biz ulardan hamisha o’rnak olishimiz lozim – kabi misollar vositasida boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiat hamda uning boyliklari to’g’risidagi tasavvur hamda tushunchalarni boyitib borish mumkin. Lekin ba’zi hollarda muallimning ishi bilan so’zi to’g’ri kelmay qoladigan vaziyatlarni ham uchrashi tabiiy holdir. Bunday vaziyatda bola ikkilanadi, nega muallimimiz bu ish noto’g’ri deb o’zlari qilayaptilar deb o’ylaydilar. Masalan, aynan shunday holga hayotiy bir misol keltirib o’tmoqchiman. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z o’quvchisi bilan bir mahallada yashaydi. Dars jarayonida o’qituvchi bolalarga xom, g’o’ra mevalarni pishmasdan uzmang, daraxt novdalarini behuda sindirmang, hayvonlarga ozor bermang kabi nasihatlarni bergan. Ko’chada o’ynab yurgan bola o’z 32 o’qituvchisini kichkinagina kuchuk bolasini tayoq bilan urib haydayotgan holatda uchratib qoladi. O’qituvchi esa buni payqamaydi. Bolaning hayolidan “nega o’qituvchimiz hayvonlarga nisbatan rahm – shafqatli bo’lish kerak, - deb bizga o’rgatadilar-u, o’zlari bo’lsa kuchukni urib qiynaydilar” degan fikr o’tadi. O’qituvchilarning birinchi o’zi sezib – sezmagan holda sodir etgan xatosi natijasida boladagi tasavvur salbiy tomonga o’zgardi. Shuning uchun, ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilaridan o’ta sezgir bo’lish talab etiladi. Aks holda barcha qilgan mehnatlari zoya ketishi mumkin. Bolalar maktabga kelish bilan o’qituvchi rahbarligida atrof olam bilan maqsadga yo’nalgan holda tanishib boradilar. Atrof – olam bilan dastlabki tanishish ularning sezgi organlarining qabul qilishiga asoslandi. Shunga ko’ra dastlabki tasavvurlar va tushunchalarni shakllantirish o’quvchiga o’rganish obyekti bilan bevosita muloqotda bo’lish imkonini beradi. Tushunchalarning tasavvurlardan farq qila bilish kerak. Tasavvur – bu sezgi organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasavvur qilishning mahsulidir. Tushuncha – tafakkur mahsuloti hisoblanadi. Tushunchalar qabul qilingan va tasavvur etiladigan narsalar ustida fikr yuritish natijasida vujudga keladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining umumiy tasavvur va tushunchalari juda tor bo’ladi. 1, 2– sinf o’quvchilarida tabiatga nisbatan qanday tasavvur va tushunchalar mavjudligini aniqlash maqsadida “Tabiat va biz” mavzusida sinf xonasida o’zaro suhbat o’tkazdik. Suhbatning davomiyligini turli ekologik tarbiya, tabiatga doir savollar yordamida ta’minladik. Quyida suhbatning yozma bayonini keltiramiz. - Bolalar, bugun sizlar bilan birgalikda “Tabiat va biz” mavzusida suhbat o’tkazamiz. Biz deganda barcha odamlarni, sizlarni o’qituvchilarni 33 tushunamiz, shunday-mi? Qani, kim biladi, tabiat deganda nimani tushunish mumkin? Bu savloga o’quvchilar turlicha javob qaytardilar. Ularning tasavvurlarida tabiat – bu o’z uylari, uydagi daraxtlar, gullar, ekinlar: maktablarning bog’i: hayvonot olami... Savol: - yaxshi, bolalar endi aytinglarchi, biz tabiatni ko’ra olamizmi? Javob: - ha, ko’ra olamiz. Savol: - Tabiatni asrash kerak, deyiladi, sizlar buni qanday tushunasizlar? - Gullarni sindirmaslik kerak, daraxtlarga suv quyish kerak, hayvonlarni ushlamaslik kerak, qushlarga don berish kerak, - kabi javoblarni qaytarishdi. Savol: - suv, tuproq, havo ham tabiatga kiradimi? Ushbu savolga deyarli ko’pchilik bolalar yo’q deb javob qaytarishdi. Ularning tushunchalarida suv, havo, tuproq narsani tashkil etadi. Savol: - Ota – onalarimiz, bobo-yu – buvilarimiz “Suv – muqaddas narsa, unga tupurma, uni toza saqla deb aytishgan”, qani kim aytadi, ular nimaga shunday deb o’rgatishadi? Bolalar bu savolga chunki suv ichiladi, daraxtlarga, ko’chatlarga quyiladi, suv bilan kirlar yuviladi, kabi javoblarni qaytarishdi. Savol: Tabiatni toza saqlash uchun nimalar qilish kerak deb o’ylaysiz? Bu savolga asosli javob ola olmadik. Savol: Har xil yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga nimalar sabab bo’ladi?

Download 50,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish