1. B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaroning soliq huquqiy munosabat sub`yekti sifatida holatini tahlil qiling



Download 198,43 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.04.2020
Hajmi198,43 Kb.
#43552
Bog'liq
Солиқ ҳуқуқи 2020


1-kazus 

 

A. ismli fuqaro 50 yoshda vafot etdi. Jismoniy shaxs sifatida uning er va mol-mulk 



solig'idan  5  million  so'm  soliq  qarzdorligi  mavjudligi  aniqlandi.  Shuningdek,  A.ismli 

fuqarodan  13  yoshli  B.  ismli  farzandigi  100  million  qiymatdagi  turar  uy-joy  meros 

tariqasida qodirilganligi ma'lum bo'ldi. 

S.  ismli  soliq  organi  xodimi  13  yoshli  B.  ismli  meros  qabul  qilib  olgan  fuqaroga 

soliq  qarzi  bo'yicha  talabnoma  yuborib,  1  oy  ichida  soliq  qarzini  to'lashi  lozimligi 

to'g'risida ogohlantirdi. 

B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaro 5 million soliq qarzdorligini ushbu muddatda 

to'laolmadi. Natijada, S. ismli soliq organi xodimi 100 million qiymatdagi turar uy-joyni 

kim oshdi savdosida sotib, 5 million so'm soliq qarzdorlikni undirib oldi va qolgan pul 

so'mmasini B. ismli fuqaroga qaytarib berdi. 



1.  B.  ismli  meros  qabul  qilib  olgan  fuqaroning  soliq  huquqiy  munosabat 

sub`yekti  sifatida holatini tahlil qiling. 

2.  Ushbu  holatda  soliqlarni  bo'lib-bo'lib  to'lash  huquqini  qo`llash 

mumkinligini tahlil qiling. 

3.  S.  ismli  soliq  organi  xodimi  tomonidan  soliqlarni  undirish  tartibigi  rioya 

qilinganlik holatini tahlil qiling. 

 

Yaxshi soliqlar hech qachon bo`lmaydi! 

(U.Cherchil) 

 

Asosiy  muammoli  vaziyatimizning  tahliliga  o`tishdan  oldin,  soliq  huquqining 



mazmuni, maqsad va vazifasi haqida qisqacha to`xtalib o`tamiz. 

Bugun  istalgan  davlatning  siyosatida  soliq  sohasini  uchratish  mumkin  bo`lib, 

soliqlar  davlat  byudjeti  daromad  qismini  eng  muhim  umumdavlat  xalq  xo‘jalik 

vazifalarini  hal  etish,  davlat  o`z  siyosatini  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan 

miqdorlarda shakllantirishni ta’minlash uchun qaratilgan. 

Hozirgi vaqtda davlatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida eng dolzarb muammolardan 

biri – bu soliq munosabatlarini tartibga solish masalasidir. Biron bir davlat soliqlarsiz 

mavjud  bo‘lishi  mumkin  emas.  Soliqlar,  ma’lum  bir  ma’noda,  davlatning  asosiy 



xususiyatlaridan  biri  hisoblanadi.  Birinchi  Prezidentimiz  I.Karimov  soliqlarning 

jamiyat  hayotidagi  o‘rni,  inqirozga  qarshi  choralar  dasturini  hayotga  tatbiq  qilish 

borasida  ta’kidlaganidek,  “Dastur  doirasida  amalga  oshirilgan  yana  bir  muhim 

tadbirimiz  –  soliq  yukini  yengillashtirish,  soliqqa  tortish  tizimini  soddalashtirish  va 

unifikatsiya  qilish  bo‘yicha  xo‘jalik  tuzilmalarini  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida 

qo‘shimcha choralar ko‘rilganidir”.

1

  

Iqtisodiy nuqtayi nazardan soliqlar pul munosabatlari tizimidan iborat bo‘lib, ular 



vositasida,  bir  tomondan,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  o‘rtasidagi  munosabatlar, 

ikkinchi  tomondan,  davlat  bilan  davlat  mablag‘larini  shakllantirish  bo‘yicha 

munosabatlar  amalga  oshirilgan.  Soliqlar  hisobiga  davlat  moliyaviy  resurslarining 

asosiy qismi shakllantiriladi, ular Davlat budjetiga kelib tushadi va jamiyat ehtiyojlari 

uchun  foydalaniladi.  Soliqlar  –  Davlat  budjetining  daromad  qismiga  o‘tkaziladigan, 

yuqori  qonunchilik  hokimiyat  organlarining  hujjatlariga  asosan  yuridik  shaxslar  va 

fuqarolar  tomonidan  beg‘araz,  muayyan  miqdorda  va  belgilangan  muddatlarda 

umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovdir.

2

  

Davlat budjeti daromadlar qismining 



asosiy 

manbai 


soliqlar 

hisoblanadi. 

Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb 

qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. 

Soliqlarning  yuridik  mohiyatini  tashkil  etuvchi  eng  muhim  xususiyatlar  soliq 

to‘lovlarining  beg‘arazligi,  majburiyligi,  ularni  joriy  etish  va  undirib  olish  tartibi, 

soliqning  aniq  miqdorini  hamda  uni  amalga  kiritishning  aniq  muddatini  belgilashdan 

iborat.


3

 Shundan kelib chiqib, soliq tushunchasiga quyidagicha ta`rif  berish mumkin: 



soliq  − davlat yoki  mahalliy  boshqaruv  faoliyatini  taʼminlash  uchun  davlat  organlari 

tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi.  

Biz  bugun  berilgan  masalani  yoritishda  quyidagi  tushunchalarga  murojaat 

qilishimizdan kelib chiqqan holda ularning izohini berib o`tamiz: 

                                                 

1

 Karimov. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. Ma’ruza. Soliq 



va bojxona xabarlari. – 2010. 809-b. 

2

 A.Li O‘zbekiston Respublikasining moliya huquqi. Darslik. / Mas'ul muharrir: M.H.Rustamboev.  



– T.: TDYI, 2004. – 398 b. 

3

 



6

Химичева Н.И.Финансовое право: учебно-методический комплекс – М. Норма, 2007. 

 


Soliq  huquqi  –    soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni  belgilash,  joriy  etish, 

hisoblab chiqarish, to‘lash hamda soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan 

ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iboratdir. 

Soliq  solinadigan  baza  –  soliq  solish  obyektining  soliq  yoki  boshqa  majburiy 

to‘lovning  stavkasi  tatbiqan  belgilangan  ko‘rsatkichlardagi  qiymat,  miqdor,  fizik  va 

boshqa tavsiflarini ifodalaydi. 

Soliq solish obyekti – soliq to‘lovchida soliq yoki boshqa majburiy to‘lov hisoblab 

chiqarilishi  va  (yoki)  to‘lanishi  yuzasidan  majburiyat  keltirib  chiqaruvchi  mol-mulk, 

harakat, harakat natijasi. 

Soliq  munosabatlarining  subyektlari  –  soliq  to‘lash  majburiyati  yuklatilgan 

yuridik va jismoniy shaxslar.  



Soliq va boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish tartibi – soliq davri uchun 

soliq  solinadigan  bazadan,  stavkadan,  shuningdek  imtiyozlar  mavjud  bo‘lsa,  shu 

imtiyozlardan  kelib  chiqib,  soliq  va  boshqa  majburiy  to‘lov  summasini  hisoblash 

qoidalarini belgilaydi. 



Soliq  qarzi  –  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar  bo‘yicha  qarz  summasi,  shu 

jumladan Soliq kodeksida belgilangan muddatida to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar.  



Soliq  majburiyati  –  soliq  to‘lovchining  soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga 

muvofiq yuzaga keladigan majburiyati.

4

 

       Endi  bevosita  berilgan  muammoli  vaziyatga  qaytadigan  bo`lsak,  quyidagi 



masalalarga to`xtalish orqali huquqiy baho berishga harakat qilamiz

1.  A. ismli fuqaroning vafot etishi natijasida jismoniy shaxs sifatida uning yer va 

mol-mulk solig'idan 5 million so'm soliq qarzdorligi mavjudligi aniqlanishi; 

2.  A.ismli fuqarodan 13 yoshli B. ismli farzandiga 100 million qiymatdagi turar 

uy-joy meros tariqasida qodirilganligi natijasida qarzlarining ham unga o`tishi; 

3.  S. ismli soliq organi xodimi 13 yoshli B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaroga 

soliq  qarzi  bo'yicha  talabnoma  yuborib,  1  oy  ichida  soliq  qarzini  to'lashi 

lozimligi to'g'risida ogohlantirilishi; 

                                                 

4

 Raximova A., Xojiyev E. Moliya huquqi. Darslik. – T.:TDYI, 2002 y. Kirish qismi. 



 

4.  S. ismli soliq organi xodimi 100 million qiymatdagi turar uy-joyni kim oshdi 

savdosida sotib, 5 million so'm soliq qarzdorlikni undirib olishi va qolgan pul 

so'mmasini B. ismli fuqaroga qaytarib berishi. 

Yuqorida  keltirilgan  to`rtta  va  muammoli  vaziyatda  bizga  berilgan  uchta  savolga 

javob berish orqali huquqiy baho berishga harakat qilamiz. 

Asosiy  qism.    Birinchi  masala,  ya`ni  A.  ismli  fuqaroning  vafot  etishi  natijasida 

jismoniy shaxs sifatida uning yer va mol-mulk solig'idan 5 million so'm soliq qarzdorligi 

mavjudligi  aniqlanishi  holati  qonun  hujjatlariga  mos  keladi.  Soliq  Kodeksining  86-

moddasida soliq majburiyatini bajarish tartibi, muddati berilgan bo`lib, unga ko`ra soliq 

to`lovchi  o`z  vaqtida  soliqlarni  to`lashi  ko`rsatilgan.  Lekin  bu  yerda  savol  tugi`ladi, 

ya`ni  agar  soliq  to`lovchi  vafot  etgan  bo`lsachi?    Soliq  Kodeksining  87-moddasida 

soliq majburiyatining tugatilishi holatlari berilgan bo`lib, 2-qismida vafot etganda soliq 

majburiyati  tugatilishi  aytib  o`tilgan. Shundan  kelib  chiqqan holda  aytish  mumkunki,  

A.  ismli  fuqaro  soliq  majburiyatidan  ozod  bo`ladi,  lekin  qarzdorlikdan  emas.  Bunda 



Soliq Kodeksining 87-moddasi 3-qismida aytilganidek, vafot etgan yoki vafot etgan 

deb  e'lon  qilingan  jismoniy  shaxsning  soliq  qarzi  ushbu  Kodeksning  94-moddasida 

belgilangan tartibda meros mol-mulkning qiymati doirasida merosxo'rlardan undirilishi 

ko`rsatilgan. Unga ko`ra, soliq qarzi mavjud bo'lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, 

soliq  to'g'risidagi  qonun  hujjatlarini  lozim  darajada  bajarmaganlik  uchun  unga 

hisoblangan  penyalar  va  jarimalar  summasi  undirilishi  umidsiz  summalar  deb  e'tirof 

etiladi.  Ushbu  jismoniy  shaxsning  soliqlar  bo'yicha  uzilmay  qolgan  qarzi  vafot  etgan 

shaxsning  meros  qilib  olinadigan  mol-mulkini  meros  qilib  olish  tartibida  qabul  qilib 

olgan uning merosxo'ri (merosxo'rlari) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning 

qiymati  doirasida  va  uning  (ularning)  merosdagi  ulushiga  mutanosib  ravishda,  ushbu 

moddaning qoidalarini inobatga olgan holda uziladi.  

Ikkinchi masala, ya`ni B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaroning soliq huquqiy 

munosabat sub`yekti bo`la oladimi?  va A.ismli fuqarodan 13 yoshli B. ismli farzandiga 

100  million  qiymatdagi  turar  uy-joy  meros  tariqasida  qodirilganligi  natijasida 

qarzlarining ham unga o`tishi. Bu borada Soliq Kodeksining 20-moddasida aytilgan 

bo`lib, unga ko`ra, zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig'imlarni to'lash majburiyati 

yuklatilgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  soliq  to'lovchilar  deb  e'tirof  etilishi 

ko`rsatilgan.  Bundan  kelib  chiqadiki,  soliq  huquqida  subyekt  masalasida  yoshga 


cheklov  qo`yilmagan va  B.  ismli  shaxs meros  qabul qilib  olishi natijasida  unda mol-

mulk paydo bo`lmoqda. Mol-mulk esa soliq huquqining obyekti bo`ladi va soliq to`lash 

uchun  asos  bo`ladi.  Shundan  kelib  chiqadiki,  B.  ismli  shaxs  subyekt  bo`la  oladi 

faqatgina  shaxsning  soliq  munosabatlarida  ishtirok  etishi  munosabati  bilan  unga 

qonuniy vakil tayinlanishi bundan mustasno hisoblanadi. Bu borada Soliq Kodeksining 

24-moddasiga  ko`ra,  soliq  to'lovchi,  agar  ushbu  Kodeksda  boshqacha  qoida  nazarda 

tutilmagan  bo'lsa,  soliq  munosabatlarida  qonuniy  yoki  vakolatli  vakil  orqali  ishtirok 

etishga haqliligi, jismoniy shaxs bo'lgan soliq to'lovchining qonuniy vakili deb fuqarolik 

qonun  hujjatlariga  muvofiq  uning  vakillari  sifatida  faoliyat  olib  boradigan  shaxslar 

e'tirof  etilishi,  jismoniy  shaxs  bo'lgan  soliq  to'lovchining  vakolatli  vakili  o'z 

vakolatlarini fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma 

asosida amalga oshirishi ko`rsatib o`tilgan. Bundan tashqari B. ismli shaxsga Fuqarolik 

Kodeksining  32-moddasiga  ko`ra,  vasiy  yoki  homiy  tayinlanishi  orqali  soliq 

munosabatiga kirishishi mumkin. 13 yoshli B. ismli shaxs o`zining qonuniy vakili orqali 



Soliq  Kodeksining  94-moddasi  1-qismiga  binoan  qarzlari  o`tish  natijasida  to`lashi 

talab etiladi. 



Uchinchi  masala,  ushbu  holatda  soliqlarni  bo'lib-bo'lib  to'lash  va  S.  ismli  soliq 

organi xodimi 13 yoshli B. ismli meros qabul qilib olgan fuqaroga soliq qarzi bo'yicha 

talabnoma yuborib, 1 oy ichida soliq qarzini to'lashi lozimligi to'g'risida ogohlantirilishi 

haqida mulohaza yuritamiz.  Soliq Kodeksining 21-moddasi 1-qism 4-bandida ushbu 

Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni to'lashni kechiktirish yoki bo'lib-

bo'lib to'lash mumkinligi aytilgan va bu soliq to`lovchining huquqi hisoblanadi.  Soliq 



Kodeksining 97-moddasi 3-qismiga ko`ra, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda 

tutilmagan  bo'lsa,  to'lanishi  lozim  bo'lgan  umumiy  soliq  summasiga  yoki  uning  bir 

qismiga  (bundan  buyon  ushbu  bobda  qarz  summasi  deb  yuritiladi)  nisbatan,  qarz 

summasiga foizlar hisoblangan holda, soliq to'lash muddatini o'zgartirish mumkin. Soliq 



Kodeksining 100-moddasi ko`ra, soliqni to'lash bo'yicha muddatni kechiktirish yoki 

bo'lib-bo'lib  to'lash  imkoniyati  manfaatdor  shaxsga,  basharti  uning  moliyaviy  ahvoli 

ushbu  soliqni  belgilangan  muddatda  to'lash  imkonini  bermasa,  biroq  ko'rsatilgan 

shaxsda  bunday  soliqni  kechiktirish  yoki  bo'lib-bo'lib  to'lash  uchun  berilgan  muddat 

mobaynida to'lash imkoniyati yuzaga keladi deb taxmin qilish uchun etarlicha asoslar 

mavjud  bo'lsa,  berilishi  mumkin.  Lekin  B.  ismli  shaxsning  Soliq  Kodeksining  100-



moddasida  nazarda  tutilgan  holatlariga  javob  beradigan  vaziyatlar  berilmaganligi 

tufayli asosli fikr bildira olmaymiz. 

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, 

foyda  solig‘i,  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘i  va  yer  qa'ridan 

foydalanganlik  uchun  soliqlar  bo‘yicha  —  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq 

qo‘mitasi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i 

va  aylanmadan  olinadigan  soliqlar  bo‘yicha  —  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 

belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari soliqlarni to‘lash muddatlarini 

o‘zgartirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish bo‘yicha vakolatli 

organ  etib  belgilandi.  Bunday  soliqlarga  nisbatan  to‘lashni  kechiktirish  yoki  bo‘lib-

bo‘lib to‘lash imkoniyati ikki yilgacha muddatga berilishi mumkin.

5

  



Bundan  tashqari  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2004-yil  9-

fevraldagi  61-sonli  “Muddati  o‘tkazib  yuborilgan  debitorlik  va  kreditorlik 



qarzlarni  qisqartirish  va  budjetga  to‘lovlar  intizomini  mustahkamlash  bo‘yicha 

Respublika komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi va 2004-yil 14-apreldagi 182-

son “Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish 

va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi 

faoliyatini  tashkil  etish  to‘g‘risida”gi  qarorlariga  muvofiq,  muddati  o‘tkazib 

yuborilgan  debitorlik  va  kreditorlik  qarzlarni  qisqartirish  va  budjetga  to‘lovlar 

intizomini mustahkamlash nazarda tutilgan.

6

  



Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha bajarilmagan majburiyatlari 

bo’lgan soliq to’lovchi o’zining bank hisobvarag’ida pul mablag’lari mavjud bo’lishidan 

qat’i nazar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ushbu Kodeksda belgilangan to’lash 

muddatidan  kechiktirmay  ularni  xizmat  ko’rsatayotgan  bankka  to’lash  uchun  to’lov 

topshiriqnomasini taqdim etishi shart. 

Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  to’lash  majburiyatlari  bajarilishini 

ta’minlash choralari jumlasiga soliq to’lovchiga davlat soliq xizmati organi tomonidan 

uning majburiyatini bajarish zarurligi hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan 

ko’riladigan choralar to’g’risida yuborilgan talabnomasi kiradi. Soliq Kodeksining 94-

                                                 

5

 

https://soliq.uz/page/soliq-kodeksi-yangi-tahrirda



 

6

 Soliq nazariyasi: O‘quv qo‘llanma / Mual.: Jo‘raev A.,Meyliev O., Safarov G‘.– T.: Toshkent Moliya instituti, 



2004 y.   

moddasi  4-qismiga  ko`ra,  soliq  qarzi  bo'lgan  jismoniy  shaxs  vafot  etgan  taqdirda, 

mazkur  jismoniy  shaxs hisobga qo'yilgan joydagi va uning  mol-mulki turgan  joydagi 

soliq organi vafot etgan shaxsning merosxo'ri (merosxo'rlari) to'g'risida axborot olingan 

paytdan e'tiboran bir oy ichida unga soliq qarzi mavjudligi to'g'risida xabar qilishi shart.  



Soliq  Kodeksining  116-moddasida  talabnoma  haqida  ko`rsatilgan  bo`lib,  soliq 

qarzini  uzish  to’g’risidagi  talabnoma  yozma  shaklda  rasmiylashtiriladi  va  unda 

quyidagilar ko’rsatilishi kerak: 

1) soliq to’lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki to’liq nomi; 

2) soliq to’lovchining identifikatsiya raqami; 

3) talabnoma tuzilgan sana

4) talabnomani yuborish vaqtida hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, 

penya, jarimalar bo’yicha qarz summasi; 

      5)  talabnoma  olinganidan  so’ng  soliq  majburiyati  bajarilmagan  taqdirda 

qo’llaniladigan majburiy undirish choralari va muddatlari

6)  debitorlar  bilan  o’zaro  hisob-kitoblar  solishtirma  dalolatnomasini  taqdim  etish 

to’g’risidagi ko’rsatma. 

Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma soliq to’lovchiga yoki uning vakiliga bu 

talabnomani soliq to’lovchi olganligini va talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda 

topshirilishi lozim. Soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnoma pochta orqali buyurtma 

xat bilan yuborilgan taqdirda, u buyurtma xat topshirilganligi to’g’risidagi kvitantsiyada 

ko’rsatilgan sanada olingan deb hisoblanadi. Soliq Kodeksining 119-moddasiga ko`ra, 

soliq  qarzini  uzish  to'g'risidagi  talabnoma  yuridik  shaxs,  shuningdek  tadbirkorlik 

faoliyatiga  doir  qismi  bo'yicha  yakka  tartibdagi  tadbirkor  tomonidan  olingan  kundan 

e'tiboran  o'ttiz  kalendar  kun  ichida  soliq  qarzi  to'lanmagan  taqdirda  va  agar  ushbu 



Kodeksning 120-122-moddalarida nazarda tutilgan choralar qo'llanishi natijasida soliq 

qarzi  uzilmay  qolaversa,  soliq  organlari  undiruvni  ushbu  Kodeksning  123-124-



moddalarida belgilangan tartibda soliq to'lovchining mol-mulkiga qaratadi.

7

 



Bu borada soliq xodimi qonuniy harakat qilgan va vaqtida ogohlantirgan. 

To`rtinchi  masala,  aynan  mana  shu  jihati  muammoli  vaziyatimizning  eng  nozik 

nuqtasi  hisoblanib,  S.  ismli  soliq  organi  xodimi  tomonidan  soliqlarni  undirish 

                                                 

7

 Xvan L.B.Soliq huquqi.-T. Konsauditinform, 2001 



tartibigi rioya qilinganligi haqida fikr yuritamiz. Bunda S. ismli soliq organi xodimi 

100 million qiymatdagi turar uy-joyni kim oshdi savdosida sotib, 5 million so'm soliq 

qarzdorlikni undirib olishi va qolgan pul so'mmasini B. ismli fuqaroga qaytarib bergan. 

Ushbu vaziyatda B. ismli shaxs haqiqatdan ham S. ismli soliq organi xodimi meros qabul 

qilib olgan fuqaroga o`z vaqtida soliq qarzi bo'yicha talabnoma yuborganligiga qaramay, 

soliq  majburiyatini  o`z  vaqtida  bajarmagan.  Lekin  S.  ismli  soliq  organi  xodimi  ham 

qonuniy harakat qilmagan.  Soliq Kodeksining 106-moddasida soliq majburiyatining 

bajarilishini ta'minlash usullari berilgan bo`lib, mol-mulk garovi, kafillik, bank kafolati, 

penyalar,  bankdagi  hisobvaraqlar  bo'yicha  operasiyalarning  to'xtatilishi  va  soliq 

to'lovchining  mol-mulkini  xatlash  kabi  yo`llari  keltirilgan.  Soliq  Kodeksining  120-



moddasida  soliq  qarzini  undirish  to'g'risidagi  umumiy  qoidalar  berilgan  bo`lib, unda 

soliq  organi  xodimiga  mol-mulkni  kim  oshdi  savdosida  sotib,  qarzni  undirish  holati 

keltirilmagan. Bu vaziyatda soliq xodimi Soliq Kodeksining 106-moddasida nazarda 

tutilgan usullardan birini qo`llasa maqsadga muvofiq bo`lar edi.  

Mol-mulkdan  bevosita  undirish  va  undiruvni  soliq  to’lovchining  mol-mulkiga 

qaratish,  davlat  soliq  xizmati  organining  da’vo  arizasi  asosida  sud  tartibida  amalga 

oshiriladi.  Undiruvni  soliq  to’lovchining  mol-mulkiga  qaratish  to’g’risidagi  da’vo 

arizasi soliq to’lovchi soliq hisobiga qo’yilgan joydagi davlat soliq xizmati organining 

rahbari yoki rahbar o’rinbosari tomonidan imzolanadi. 

8

 



Da’vo arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 

1.  soliq  qarzi  borligi  to’g’risida  soliq  to’lovchining  mavjud  shaxsiy 

kartochkalaridan ko’chirma; 

2.  soliq  to’lovchining  bank  hisobvaraqlarida  pul  mablag’lari  yo’qligi 

to’g’risidagi bank ma’lumotnomasi; 

3.  soliq  tekshiruvi  natijalari  bo’yicha  (bunday  tekshiruv  o’tkazilgan 

taqdirda) soliq qarzi to’g’risidagi ma’lumotnoma; 

4.  soliq  to’lovchining  oxirgi  hisobot  davriga  doir  buxgalteriya  balansining 

ko’chirma  nusxasi,  bundan  moliyaviy  hisobotni  taqdim  etish  muddati  hali 

kelmagan, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar mustasno. 

 

                                                 



8

 Soliqlar va soliqqa tortish: Darslik. Hammual.: Vahobov A., Jo‘raev A. – T.: “Sharq” nashriyoti – 2009. 

 


Undiruvni  sud  qarori  asosida  soliq  to’lovchining  mol-mulkiga  qaratish  qonun 

hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi.  



Xulosa.  Yuqorida  berilgan  muammoli  vaziyatimizning  birinchi,  ikkinchi  va 

uchinchi masalasi bo`yicha hammasi tushunarli. Bunda A. ismli shaxsning vafot etishi 

va  uning  aoliqdan  qarzi  merosxo`rga  o`tishi,  jismoniy  shaxsning  soliqlar  bo'yicha 

uzilmay qolgan qarzi vafot etgan shaxsning meros qilib olinadigan mol-mulkini meros 

qilib olish tartibida qabul qilib olgan uning merosxo'ri (merosxo'rlari) tomonidan meros 

qilib  olinadigan  mol-mulkning  qiymati  doirasida  va  uning  (ularning)  merosdagi 

ulushiga  mutanosib  ravishda  to`lashi  haqidagi  normaga  mos  va  bunda  hech  qanday 

e`tiroz  bo`lishi  mumkin  emas.  B. ismli  meros  qabul qilib  olgan  fuqaro soliq huquqiy 

munosabat  sub`yekti  bo`la  oladi.  Faqatgina  bu  fuqaro  soliq  munosabatlariga 

kirishganda, qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga haqliligi, jismoniy shaxs 

bo'lgan  soliq  to'lovchining  qonuniy  vakili  deb  fuqarolik  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

uning vakillari  sifatida  faoliyat  olib boradigan  shaxslar  e'tirof  etilishi, jismoniy  shaxs 

bo'lgan soliq to'lovchining vakolatli vakili o'z vakolatlarini fuqarolik qonun hujjatlariga 

muvofiq  notarial  tasdiqlangan  ishonchnoma  asosida  amalga  oshirishini  yoddan 

chiqarmaslik  lozim.  Keyingi  holatda  S.  ismli  soliq  organi  xodimi  13  yoshli  B.  ismli 

meros qabul qilib olgan fuqaroga soliq qarzi bo'yicha talabnoma yuborib, 1 oy ichida 

soliq qarzini to'lashi lozimligi to'g'risida ogohlantirgani qonuniy deb baholashga asoslar 

yetarli. Faqatgina S. ismli soliq organi xodimi B. ismli meros qabul qilib oluvchining 

qonuniy  vakiliga  yoki  vasiy,  homiyiga  talabnomani  jo`natganda  edi,  maqsadga 

muvoffiq  bo`lar  edi.  Umuman  olganda  muddatda  va  boshqa  talabnoma  bilan  bo`gliq 

protsessda  kamchilik  yo`q.  Endi  to`rtinchi  holatga  keladigan  bo`lsak,  soliq  organi 

xodimi 100 million qiymatdagi turar uy-joyni kim oshdi savdosida sotib, 5 million so'm 

soliq qarzdorlikni undirib olgani va qolgan pul so'mmasini B. ismli fuqaroga qaytarib 

bergani qonunga zid deb baholashimizga asoslar yetarli deb hisoblaymiz. Bunda  soliq 

organi  xodimining  o`zi  mustaqil  tarzda  uy-joyni  kim  oshdi  savdosida  sotish  vakolati 

yo`q va undiruvni soliq to’lovchining mol-mulkiga qaratish to’g’risidagi da’vo arizasi 

soliq to’lovchi soliq hisobiga qo’yilgan joydagi davlat soliq xizmati organining rahbari 

yoki rahbar o’rinbosari tomonidan imzolangan da’vo arizasi bilan sudga beriladi. 

 

 


Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi

2.  O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi; 

3.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 

61-sonli “Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni 

qisqartirish  va  budjetga  to‘lovlar  intizomini  mustahkamlash  bo‘yicha 

Respublika komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori; 



4.  Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, 

ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – 

barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir

5.  A.Li.  M.H.Rustamboev.  O‘zbekiston  Respublikasining  moliya  huquqi. 

Darslik;  



6.  Химичева Н.И.Финансовое право: учебно-методический комплекс; 

7.   Raximova A., Xojiyev E. Moliya huquqi. Darslik; 

8.  Jo‘raev A., Meyliev O., Safarov.G. Soliq nazariyasi: O‘quv qo‘llanma ; 

9.  О.Н.Горбунова. Финансовое право. Учебник; 

10. 

Xvan L.B.Soliq huquqi. Darslik; 



11. 

 Н.И.Химичева. Финансовое право. Учебник; 



12. 

 Vahobov A., Jo‘raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik.  



 

Internet manbaalari: 

1. 

https://soliq.uz/page/soliq-kodeksi-yangi-tahrirda



 

2.  Soliq.uz 

3.  Lex.uz 

4.  Norma.uz 

5.  Budjet.uz 

 

 

Download 198,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish