1-b bom 1-kurs 1-seminar topshiriqlariga javoblari



Download 18,63 Kb.
bet1/3
Sana02.05.2021
Hajmi18,63 Kb.
#63625
  1   2   3
Bog'liq
1-seminar D
Husnixat sirtqi oraliq, falsafa.oraliq, falsafa.oraliq, falsafa.oraliq, falsafa.oraliq, falsafa.oraliq, Ишчи дастур, Ишчи дастур, ИМТ 50 Курашев Собир, ИМТ 50 Курашев Собир, arifmetik amallar, Vaziyatli masalalar, Vaziyatli masalalar, tup.kim.ifloslan.rek. 161- Davletov Farrux, UZASBO haqida nimalarni bilasiz

1-b BOM 1-kurs

1-seminar topshiriqlariga javoblari

Savollar:

1. Dinshunoslik asoslari fanining maqsadi va vazifalari.

2. Dinning ijtimoiy funksiyalari.



3. Dinning tarixiy formalari.

1. Dinshunoslik asoslari fanining maqsadi va vazifalari.

Dinshunoslik fani XIX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. O’sha davrda olimlar (E.Taylor va b.) tarix, arxeologiya, etnografiya va lingvistika fanlari asosida to’plagan ma’lumotlarga asoslangan holda, dinni tabiiy, erdagi sabablar asosida tushuntirdilar. Shuningg uchun ham ularning nazariyasi o’z vaqtida progressiv ahamiyatga ega bo’lgan. Talabalarga dinshunoslik fanining vujudga kelishida Markaziy Osiyo mutafakkirlari, XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlarining ta’limotlari nazariy asos bo’lganligini ta’kidlab o’tishimiz kerak. Markaziy Osiyoda xurfikrlilikka xos dastlabki g’oyalar – deizm, panteizm buyuk mutafakkirlar Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyomlarning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushtning “Ikki haqiqat” ta’limotida olg’a surilgan. XVIII asrda fransuz faylasuflarining dinga, diniy tashkilotlarga munosabati XIX asrda ilmiy dinshunoslik va turli oqimlarni yuzaga kelishiga katta turtki bo’lgan. Talabalarga bir necha maktablarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: XIX asrdagi mifologik maktab namoyondlari (aka-uka Y.A. va V.Grimm, M. Myuller); antropologik maktab namoyondasi (L. Feyerbax). XX asrda dinshunoslik yanada yangi nazariyalar bilan boyigan. Bunda shveysariyalik psixolog K.Yang va fransuz olimi E. Dyurkgeymning “kollektiv ong” haqidagi ta’limoti diqqatga sazovordir. Dinshunoslik fani dinning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini, uning ta’limotini, vujudga kelishi va shakllanishini o’rganuvchi fandir. Talabalar diqqatini bu fan jamiyat taraqqiyoti jarayonida din bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoiy hodisalarni – mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar, diniy tashkilotlarni talab va tartiblarini o’rganish, tahlil qilish ko’zda tutilganligiga qaratish kerak. Dinshunoslik fani taraqqiyoti jarayonida ma’lum usullarga asoslanib izlanishlar olib borilgan va bu izlanishlarning natijasida muhim xulosalar shakllangan. Talabalar diqqatini mana shu xulosalarga qaratish maqsadga muvoffiqdir:  har qanday din ijtimoiy hodisa bo’lib, diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir;  diniy tasavvur va e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiyiqtisodiy sharoitlari ta’sirida shakllanadi;  ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo’lgan dinlar evolyusion taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. 5 Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lgan barcha din shakllarining ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini, ularning ta’limot va ijtimoiy hayotdagi mavqei va ijtimoiy funksiyalarini ilmiy jihatdan o’rganuvchi fandir. «Din» tushunchasi ifoda etgan ijtimoiy hodisa ko’p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. Din so’zi o’zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo’lib, ishonch, inonmoq ma’nosini bildiradi. E’tiqod so’zi ham arab tilidan kirib kelgan, chuqur va mustahkam ishonch ma’nosida ishlatiladi. Demak, diniy e’tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish tushuniladi. Din xudoga e’tiqod qo’yish, unga ishonishdir. Aslida “din” so’zi qadimiy somit va yahudiy tillaridan kelib chiqqan. Xristian dinidagi “religiya” so’zi lotin tilidagi “relegere”, “religio” so’zidan olingan bo’lib, e’tiqod qiluvchi kishilar bilan xudoning aloqadorligini bildiradi. Hindlarda dharma (qadimgi oriy tilida dhar – qo’llab quvvatlash, himoya qilish demakdir) – ta’limot, adolat, qonun ma’nosini beruvchi so’z ishlatilgan. Xitoy tilida chiao – ta’limot so’zi “din” ma’nosida ishlatiladi. Hozirgi kunda “din” so’zi muayyan dunyoqarash, his-tuyg’u va marosimlar orqali odamlar, ularning uyushmalari, xalqlar va millatlarning Yaqinlashuvi, ma’naviyaxloqiy hayotdagi hamfikrlilik tushuniladi. Falsafiy nuqtai nazardan din jamiyat, ma’lum bir guruh, individning ma’naviy hayotining bir sohasi; dunyoni tushunushning bir usuli; dunyoqarashning, ma’naviy ishlab chiqarishning va hayotiy faoliyatning bir turi, madaniyatning bir bo’lagi.

Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof muhitdan tashqarida bo’lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir to’g’ri hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdirDin va jamiyat hayotidagi dialektik aloqadorlikdan din va dunyoviy davlat munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyil – din sohasida kechayotgan o’zgarisharni xolis va ilmiy o’rganish, bashorat qilish va shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengrok imkoniyat yaratish, salbiy holatlarni oldini olishdir. Dinga e’tiqod qilish yoki o’zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan darajadagina cheklanishi mumkin.




Download 18,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
koronavirus covid
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
sertifikat ministry
covid vaccination
vaccination certificate
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan tayyorlagan
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi