1. Alisher Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari aks etgan asarlari



Download 2,2 Mb.
bet1/93
Sana23.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#841031
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
barcha javob (1)


Yulduz
1.Alisher Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari aks etgan asarlari (“Mezon ul-avzon”, “Majolis un-nafois”, “Muhokamat ul-lug'atayn”)
Darhaqiqat, «Mezon ul-avzon» da turkiy xalqlar she’riyati va ularning rasmiy aruzga munosabati masalasi birinchi marta tilga olinib, nihoyatda katta ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan fikrlar bayon etilgan. «Mezon ul-avzon»ning yozilgan yili asarda ko’rsatilmagan. Shuning uchun bu masalaga oid taxminlar mavjud bo’lib, shulardan biri asar XV asrning 90-yillarida (ya’ni, 90-99 yillar orasida) yozilgan bo’lsa kerak, degan fikrdir.«Mezon ul-avzon»da arabiy, forsiy va turkiy tillardagi she’riyatda qo’llanilgan hazaj, rajaz, ramal, munsareh, muzore’, muqtazab, sare’, jadid, qarib, xafif, mushokil, mutaqorib, mutadorik, vofir, komil, tavil, madid, basit kabi o’n to’qqizta bahr haqida o’zbek tilidagi misollar asosida mulohaza yuritilgan.
Alisher Navoiy mazkur bahrlarning xususiyatlarini yoritish bilan bir qatorda ulardan qaysilari arab she’riyatiga xosligi, qaysilari Ajam va turkiy she’riyatda ko’proq ishlatiladigani hamda zamondoshlari tomonidan qo’shilgan yangi bahrlar haqida ham o’z kuzatishlari natijalarini bayon etgan. Jumladan;\«Turkiy va sort lug’ati kayfiyati va haqiqati sharhida bu risolani jam’ qilib bitidim va anga «Muhokamat ul-lug’atayn» ot qo’ydum, to turk eli tili fasohatu diqqati va balog’atu vus’ati… zohir qildimatnshunoslik Va xayolimg’a mundoq kelurkim, turk ulusi fasihlariga ulug’ haq sobit qildimki, o’z alfoz va iboratlari haqiqati va o’z til va lug’atlari kayfiyatidin voqif bo’ldilar». (MAT, 20 tomlik, 16-tom, 40-bet).Shuni eslatish joizki, Alisher Navoiy turkiy tilning fazilatlari haqida so’z yuritganda o’sha davrda mashhur bo’lgan arab, fors-tojik va hind tillarini kamsitmaydi, aksincha ularning har biriga xos bo’lgan xususiyatlarni ham ehtirom bilan bayon etadi.Bundan kuzatilgan maqsad turkiy tilning fasohati va balog’ati haqida ilmiy asoslangan mulohazalarni bayon etish bilan bir qatorda «turk nozimlari (shoirlari) o’z alfozlari bilan she’rg’a mashg’ulluq qilg’aylar va ko’ngul g’unchasi dog’idinki, pechlar chirmanibdur, bahor nasimidek anfos bila guldek ochilg’aylar». (MAT, 20 tomlik, 16-tom, 38-bet).Alisher Navoiyning qayd qilishicha, turkiy til va turkiy tildagi adabiyot tarixi o’zaro hambarchas bog’lidir. Shuning uchun asarda Hulokuxon, Amir Temur, Shohrux mirzo hamda Sulton Husayn Boyqaro zamonlarida turkiy tilning rivojlangani tufayli turkiy she’riyatning mavlono Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoyi, Muqimiy, Amiriy, Yaqiniy, Gadoyi, mavlono Lutfiy, Husayniy va o’zi (Alisher Navoiy) kabi zabardast siymolari maydonga kelganlarini alohida qoniqish bilan uqtirib o’tadi. Shuning bilan birga bu jarayonning Sulton Husayn Boyqaro-Husayniy tomonidan qo’llab-quvatlashi tufayli yanada rivojlangani ta’kidlanadi.«Muhokamat ul-lug’atayn»da she’riy janr (tuyuq), badiiy san’atlar (iyhom, tajnis, tarse’) haqida turkiy she’riyatdagi o’ziga xos xususiyatlari jihatidan ma’lumot beriladi. Fikrning isboti uchun misolga murojaat qilaylik: Eslatilganidek, «Muhokamat ul-lug’atayn» da fors-tojik adabiyotining Xoqoniy, Anvariy, Firdavsiy, Nizomiy, Sa’diy, Xusrav Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Xojui Kirmoniy, Ashraf, Abdurahmon Jomiy kabi mashhur namoyandalarining asarlari, ularning turli janrlar sohasidagi xizmatlari muxtasar tarzda bo’lsa-da, adabiyotshunos sifatida baholangan va xulosaviy fikrlar bayon etilgan. Jumladan, forsiy tilda qasida janrining mukammal namunalarini yaratgan Xoqoniy, Anvariy, Zahir, Salmonlar; masnaviy-doston sohasida «ustozi fan Firdavsiy va nodiri zamon Shayx Nizomiy»(16-tom, 35-bet); g’azal janri sohasida muxtare’ Shayx Sa’diy va Hofiz Sheroziylar ekanliklari haqidagi xulosaviy fikrlar hozirgi adabiyotshunoslar tomonidan faqat e’tirof etilib qolmasdan, balki ular ilmiy jihatdan ham isbotlangan.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish