1. Adabiy til va uslublar Ilmiy uslubning o`ziga xos xususiyatlari haqida



Download 21,69 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi21,69 Kb.
#561293
Bog'liq
8-mavzu


8- amaliy mashg`ulot.
Mavzu: 8-mavzu. “Arxitektura va dizaynda interyer loyihalash”. Ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari. Ilmiy asarlar yaratishda nimalarga e’tibor qaratish lozim.
Reja:
1. Adabiy til va uslublar
2. Ilmiy uslubning o`ziga xos xususiyatlari haqida
3. Ilmiy uslub va sohaviy terminlar
Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
Termin (lot. terminus — chegara, had) — bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doyr tushunchani ifodalovchi soʻz yoki soʻz birikmasi. Termin umumxalq tshtiga muayyan terminologik tizim orqali oʻtadi, binobarin, termin va umumisteʼmoldagi soʻzlar bir-birini toʻldiradigan leksik birliklardir. Sistem xarakterga egalik, oʻz terminologik maydonida bir maʼnolilikka moyillik, histuygʻuni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar termin ga xos xususiyatlardir. Biologiya, mat., tilshunoslikda qoʻllanadigan "funksiya" soʻzini koʻp maʼnoli termin sifatida emas, balki terminologik omonimlar, sohalararo sodir boʻlib turadigan reterminologik jarayon (bir soha termin ining ikkinchi soha termini sifatida qoʻllanishi) hosilasi tarzida qaralmogʻi lozim. Umumxalq leksikasiga doir qonuniyatlar termin hosil qilishda ham kuzatiladi. Soʻz bilan terminning umumiy va xususiy tomonlari yetarli darajada ochib berilgan emas; kundalik turmushda keng isteʼmolda boʻlgan soʻzlar ayni paytda turli sohalarga doir terminlar hamdir. Mas, quloq, burun, tomoq — anatomiya va tibbiyot; gilam, sholcha, palos — gilamdoʻzlik; kitob, ruchka, daftar — pedagogik soha terminlari boʻlish bilan birga umumxalq tilida faol qoʻllanadi.
Hozirgi kunda "termin" soʻzi bilan bir qatorda "atama", "istiloh" soʻzlari ham ayni maʼnoda qoʻllanmoqda. Lekin ular "termin" soʻzining hozirgi maʼnosini toʻliq ifoda eta olmaydi. "Atama" soʻzi keng maʼnoda boʻlib, geografik obʼyektlar, atokli nomlarga nisbatan qoʻllanadi. "Istiloh" soʻzini esa termin maʼnosida tarixiy mavzulardagi matnlar (mas., adabiyot tarixi, Sharq falsafasi va boshqalar)da bemalol qoʻllash mumkin.
(http://taqi.uz/faoliyat/ilmiy-jurnallar/2301-2-son2020 arxitekturaqurilishdizayn.html) arxitektura va qurilish ilmiy-amaliy jurnal 2020.

АRXITEKTURA VA DIZAYN TA’LIM YOʻNALISHLARIDA «INTERYER LOYIHALASH» VA «LOYIHALASH ASOSLARI» FANLARINI OʻZLASHTIRISHDA KLASSIK ARXITEKTURANING TUTGAN O‘RNI


2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish va qurilish sohasida sifatli kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish maqsadida oliy ta’limda arxitektura va qurilish sohasida bir qancha salmoqli ishlar olib borilmoqda1.
Jahon me’morchiligi tarixini oʻrganish uning taraqqiyot qonunlarini tekshirish, nodir yodgorliklar bilan odamlarininig his-tuygʻu, hayotiy tajribalarini oʻrganish, gʻoyaviyestetik qarashlarining shakllanishini bilish demakdir. Me’morchilik tarixi odamzodning goʻzallik yaratishidagi muvaffaqiyatining dalilidir. Hashamatli inshoot qurish, uning barqarorligi, kuchi, foydasini muhokama qilish asli muhandislik ishi. Keyinchalik bu arxitekturaning asosiy ishiga aylandi. Hozirda bu eng foydali san’at va foydali san’atning eng oliysidir. Arxitekturada bir necha xil konstruktiv tizimlar mavjud boʻlib, ular bir-biridan konstruktiv jihatlari va ishlash prinsiplari bilan farq qiladi.
Qurilish texnikasi oʻzi- ning tarixiy rivojlanish jarayonida, dastlab oddiy «ustun-toʻsin» tizimi, keyinroq arka va gumbaz tizimi, soʻng devor va tekis yoki cherdakli tom tizimlari, sinch (karkas) tizimlarini yaratdi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: XX asr boshlarida A.Boboxonov, A. Petrosov, L.Karash, V.Dmitriyev kabi meʼmorlar ijodida tektonik orderlar bezaklar bilan boyitilgan: Toshkentdagi S. Rahimov nomli kinoteatr (1952), Chirchiqdagi kimyogarlar (1956) va Bekoboddagi metallurglar (1950- 60) madaniyat saroylarining bosh tarzi va boshqa rim orderlari asosida loyihalangan. Bugungi kunga kelib yangidan-yangi konstruktiv tizimlar yaratildi va yaratilmoqda. Bino bir vaqt ning oʻzida oʻzining konstruktiv holati bilan bir qatorda, yoki undan kelib chiqqan holda yangidan-yangi arxitekturaviy shakllarni mujassam qila olishi hamda uning hayotiyligini ta’minlab beruvchi holatga ega boʻlishi kerak. Binoning hajmiy-fazoviy kompozitsiyasi albatta uning funksional holatiga xalal bermasligi kerak. Balki u bilan uzviy bogʻlanishi, bir butun boʻlib ketishi kerak. Ba’zan binoning arxitekturaviy shaklini uch turga ajratib koʻrish mumkin: 1) oddiy koʻrinishdagi bor materiallardan foydalangan holda pishiq puxta qilib qurilgan binolar; 2) konstruktiv shakldagi binolar, ya’ni binoning faqat konstruktiv jihatini hisobga olgan holda qurilgan binolar; 3) binoni chiroyli koʻrsatish maqsadida qoʻshimcha shakllar bilan bezatilgan binolar. Lekin masalaga bunday yondashish butunlay notoʻgʻri va bu arxitekturaviy binoning talabiga mutlaqo javob bermaydi. Loyihalash jarayonida albatta uchala holatni hisobga olgan holda ishlash maqsadga muvofiqdir. Ana shundagina biz toʻla-toʻkis arxitekturaviy shaklga ega boʻlgan binolarni quramiz.
Hozirda ustun-toʻsin tizimidagi konstruksiyali binolar juda qadimiy hisoblanib, uning nomidan ham sezilib turibdiki u tik qilib oʻrnatilgan ustunlar va ularning ustiga gorizontal holatda joylashtirilgan toʻsinlardir. Qadimdan bunday konstruksiyali binolarda qurilish materiali sifat ida yogʻoch, gʻisht va tosh ishlatilgan. Bu materiallar albatta binoning mustahkamligini ta’minlab bergan. Hozirda bunday qurilish materiallaridan temir ustun va toʻsinlar sifatida foydalanilmoqda. XIX asr oxirlaridan boshlab temir-beton ustun va toʻsinlarni bir-biriga kavsharlash orqali biriktirib mustahkam konstruksiyaga sifatida ishlatilmoqda.
Tadqiqot metodologiyasi. Arxitekturaviy orderlar (muqarnaslar). Oʻz vaqtida juda mustahkam, chiroyli, mukammal deb hisoblangan ustun va toʻsinli tizim asosida qurilgan antik Grek arxitekturasi mutaxassislarda juda katta qiziqish uygʻotadi. Bu yerda shunday bir tizim ishlab chiqilgan boʻlib, uning nomi «Order» deb atalgan. Order oʻz vaqtida ustun-toʻsin konstruksiyasi asosida hamda unga badiiylik baxsh etgan va bir butunlikni tashkil qilgan holda paydo boʻldi. Orderning asosiy qismini va elementini uning ustun va (arxitrav) toʻsin qismlari tashkil qiladi. Ular avvalambor oʻz funksional vazifalarini amalda bajaradilar, ya’ni birinchidan, qor, yomgʻir, quyosh nuridan himoyalaydi, ikkinchidan mustahkam konstruksiya, uchinchidan binonining u yoki bu badiiy koʻrinishini ta’minlab beradilar. Shunday qilib, order tizimi binoning avvalo mustahkam konstruksiyasi, shu bilan bir qatorda uning badiiyligini ta’minlab beruvchi tizim hamdir.
Order soʻzi lotin tilidan olingan boʻlib ―tartib ma’nosini bildiradi. Orderlarning eng rivojlangan vaqti bu bizning eramizgacha boʻlgan VI–III asrlar boʻlib, Gretsiyada keng tarqalgan edi. Bu tizim ehromlarda, jamoat binolarida ishlatilgan boʻlib asosan toshlardan qurilgan, lekin ilgariroq orderlar xom gʻishtlardan, keyinroq yogʻoch va toshlardan yasalgan. Antik grek arxitekturasida asosan uch xil (toskan orderini hisobga olmasak) order shakllandi. Bular: doriy orderi, ionik orderiva korinf orderlaridir. Bu orderlar umumiy konstruktiv oʻxshashlikka ega boʻlib ularning uchalasida ham quyidagi asosiy qismlar mavjud: colonna (ustun), antablement (ustun tepasiga joylashgan toʻsin va qalamqosh qismi) va stereobat (pogʻonali asos) ustun oʻz oʻrnida toʻsinni(antablement) ushlab turuvchi tirgak vazifasini bajargan.
Ustun tepasi muqarnas (капител) bilan tugallangan. Muqarnasning tepa qismida esa kursi yoki taxta (abak) joylashgan boʻlib u toʻsindan tushadigan ogʻirlikni toʻgʻridan toʻgʻri qabul qilgan. Ionik va korinf orderlarida ustunlar oʻz asoslariga (baza) ega boʻlganlar. Ustunning oʻrta yoki asosiy qismi, ya’ni sopi (stvol yoki fust) tepaga qarab bir oz kichrayib-torayib ustunda bilinear 7 bilinmas qorin (antazis) paydo qilgan. Ustunlarning soplari (fust) koʻpincha tarxda yarim aylana yoki undan yuzaroq chuqurchalar (каннелюра) bilan ishlangan yoki bezatilgan2.
Xulosa: Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Antik Gretsiyada arxitekturaviy orderlarning yaratilishi, arxitekturaning rivojlanishiga oʻzining katta hissasini qoʻshdi. XVIII–XIX asr rus arxitektorlari grek orderlariga quyidagiuch xil xarakter (tavsif)ni berdilar: 1) oddiylik, mustahkamlik va kuchlilik; 2) noziklik yoki xushbichimlik; 3) goʻzallik va buyuklik. Ana shu uch xarakterdan kelib chiqqan holda qadimgi greklar orderlarni uch turga ajratganlar: Birinchisi – doriy orderi; Ikkinchisi – ionik orderi; Uchinchisi – korinf orderi. Arxitekturaviy orderlar nazariyasi toʻgʻrisidagi kitob faqat bir kishi tomonidan yozilgan boʻlib antik davrdan bizgacha yetib kelgan.Bu kitobning nomi «Arxitektura toʻgʻrisida traktat» boʻlib uni bizning eramizgacha boʻlgan 1 asrning ikkinchi yarmida yashagan Rim arxitektori Vitruviy yozib qoldirgan. Vitruviy oʻz vaqtida faqat doriy, toskan, ionik va korinf orderlari haqida yozgan.
Аdabiyotlar:
1. 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi. 2016 y. 45-b.
2. Бархин Б.Г. «Методика архитектурного проектирования в системе архитектурного образования».
3. M.I.Razikberdiyev, O.S.Qosimov. Bino interyer jihozlari va arxitektura qismlarini loyihalash.
4. Государственный Эрмитаж. Земное искусство небесная красота. Искусство ислама. Под общей редакцией М.Б. Пиотровского Санкт – Петербург 2000.
5. П.Захидов. Архитектурные памятники Зарафшанской долины. Ташкент «Узбекистан» 1985.
6. Леви И. И. Моделирование гидравлических явлений / И. И. Леви. — Л.: Энергия, 1967. — 236 с.
7. Электронный источник https://trubaspec.com/montazh-i-remont/kakuyu-vodopropusknuyu-trubu-pod-dorogoyprolozhit-vidy-osobennosti-preimushchestva-materialov.html
8. О.В. Фомин, О.В. Бурлуцкий, Ю.В. Фомина, Нового поколения гофрированные трубы Научнотехнический журнал ―Металлургия и Машиностроение‖. №2 (2015).
УДК: 72.03
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Uslublar haqida gapirib bering
2. Ilmiy uslubda sohaviy terminlarning qo`llanilishi haqida
3. Sohangizdan kelib chiqib sohaviy atamalarni ishlatgan holda ilmiy matn yarating yuqoridagi namuna asosida ilmiy uslubda o‘z sohangizga doir maqola yarating.


1 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi. 2016 y. 45-b.

2 The origins of Greek Architectural Barbara A. Barletta 2001.



Download 21,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish