0 ta deraza oynasini yuvishga soat vaqt sarflansa, xuddi shunday o’lchamdagi 10 ta ko’zgu o’ynasini yuvishga qancha vaqt sarflanadi? soat



Download 22.63 Kb.
Sana27.09.2021
Hajmi22.63 Kb.

  1. 30 ta deraza oynasini yuvishga 6 soat vaqt sarflansa, xuddi shunday o’lchamdagi 10 ta ko’zgu o’ynasini yuvishga qancha vaqt sarflanadi? 1 soat

  2. Olmaxon seshanba kuni dushanba kuniga qaraganda 3 ta ko’p yong’oq keltirdi. Shu 2 kunda hammasi bo’lib 19 ta yong’oq keltirgan bo’lsa, dushanba kuni nechta yong’oqni uyiga tashib keltirgan? Dushanba kuni 8 ta

  3. Uchta dugonada jami 21 ta atigul bor. Birinchi va ikkinchi dugonada 16 ta, birinchi va uchinchi dugonada 12 ta atirgul bor. Har bir dugonada nechta atirgul bor?J: 1-sida 7 ta, 2-sida 9 ta, 3-sida 5 ta

  4. Shunday ikki xonali son topingki, uning raqamlari yig’indisi sonning o’zidan 9 marta kichik bo’lsin.J: Bu son-81, 81:(8+1)=9

  5. Podshohning ajoyib bog’I bor ekan. Podshohni davolagan tabib xizmati evaziga bor-yo’g’I bog’dagi olmalardan bir donasini olishga ruxsat so’rabdi. Podshoh ruxsat beribdi. Bog’ uchta devor bilan o’ralgan bo’lib, bog’ga kirish uchun uchta eshikdan o’tish kerak ekan. Tabib bog’ga kirish uchhun birinchi eshikdan o’tayotganda qorovul: “Bu eshikdan qaytib chiqayotganingda qo’lingdagi olmalardan yarimisini menga qoldirasan”, debdi. Ikkinchi va uchinchi eshikdan kirishda u yerda turgan ikkala qorovul ham birinchi qorovul aytgan gapni qaytarishibdi. Tabib bitta olmani qiziga qiziga olib borish uchun u bog’dan nechta olmani olishi kerak?J: 8 ta

  6. Sinfda 35 nafar o’quvchi o’qiydi. O’quvchilarga matematika va ingliz tili to’garagiga yozilish taklif etildi. Har bir to’garakka 12 nafardan o’quvchi yozildi. O’quvchilardan 7 nafari ikkala to’garakka yozilgan bo’lsa, sinfdagi necha nafar o’quvchi hech bir to’garakka yozilmagan? J:18 nafari

  7. Maktabda o’tkazilgan bayramda jami 100 kishi qatnashdi. Bayramda qatnashgan o’quvchilar son ota-onalar sonidan 2 marta ortiq. Ota-onalar soni o’qituvchilar sonidan 3 marta ortiq. Bayramda necha nafar o’quvchi, ota-ona va o’qituvchi qatnashgan? J:o`quvchi -60, ota-ona-30,o`qituvchi-10 nafar

  8. Qo’yxonada 29 ta qo’y bor. Ularning 12 tasini shoxi bo’lib, 18 tasini rangi qora. 3 ta qo’yning shoxi ham yo’q, qora ham emas. Qo’yxonada eng kamida nechta qo’yning ham shoxi bor, ham rangi qora? J:4 ta qo`yning

  9. x + 12 = x + x + x + x + x tenglamadagi x belgisi ostida qaysi son yashiringan? Yechish: x + 12 = 5x, 4x = 12, x = 3

  10. Yusuf tajriba o’tkazish uchun katta idishdagi suyuqlkni 10 ta idishga quydi. Bitta idishdagi suyuqlikni yana 10 ta idishga taqsimladi. So’ngra 2 ta idishdagi suyuqlikning har birini 10 tadan idishga quydi. Natijada nechta idishda suyuqlik mavjud? J: 37 ta idishda

  11. Ilmiy kengashda 24 nafar akademik ishtirok etmoqda. Ulardan 10 nafari soqolli, 14 nafari esa mo’ylovli. 4 nafar akdemikda soqol ham, mo’ylov ham yo’q. Kamida necha nafar akdemikda soqol ham mo’ylov ham bor? J:4

  12. Davron electron raqamli soat ko’rsatayotgan vaqtning raqamlar yig’indisini hisoblashni yaxshi ko’radi. Masalan, soat 12:47 ni ko’rsatayotgan bo’lsa, raqamlar yig’indisi 1+2+4+7 = 14 bo’ladi. Soat nechi bo’lganda Davron hisoblagan yig’indi eng katta songa teng bo’ladi? J:19:59 bu son 24

  13. Shunday 4 ta son topingki, bu sonlardan biri 4 ga bo’linganda, ikkinchisi 4 ga ko’paytirilganda, 3-siga 4 qo’shilganda, 4-sidan 4 ayrilganda javob bir xil 4 bo’lishi kerak. Bu qanday sonlar? J: 16, 1, 0, 8

  14. Maydonni 4 burchak shaklda o’rash uchun eni 2 m dan bo’lgan 36 ta panjara keltirildi. Panjara bilan o’raladigan maydonning tomonlari qanday bo’lsa, uning yuzi eng katta bo’ladi? Bunda maydonning yuzi necha kv.m gat eng bo’ladi? J: 18, 18, 324

  15. Ikkita traktor birga ishlasa, yer maydonini 1 soatda haydab bo’ladi. Agar 3 ta traktor birga ishlasa, shu maydonni qancha vaqtda haydab bo’ladi? J: 40 min

  16. Yutqazgan chiqib ketadi sharti bilan o’tkazilgan shaxmat musobaqasida 15 nafar o’quvchi qatnashdi. Birinchi kuni 5 ta, ikkinchi kuni 6 ta o’yin o’tkazildi. Uchinchi kuni musoba tugadi. Uchinchi kuni nechta o’yin o’ynalgan? Javob:G`olib 1 nafar bo`ladi. Qolgan 14 nafari qatnashchi yutqizganlar.Ular 14 ta o`yinda musobaqadan chiqib ketishadi. Demak, uchinchi kuni 14-5-6=3 ta o`yin o`ynaladi.

  17. Kitobchaning betlarini qo`yib chiqish uchun 51 ta raqamdan foydalanildi.Bu kitobcha necha betli? Kitobchaning 1-va 2-betlariga, shuningdek, oxirgi betiga raqamlar qo`yilmasligini e’tiborga oling. J:3-9 gacha 7 ta raqam bor.51-7=44 44:2=22 22+7=29 29+3=32 29 ga 3 ni qo`shganim 1-2-oxirigi betlarni qo`shsak 3 bet .

  18. Bir sutka davomida soatning minut mili soat mili bilan necha marta ustma-ust tushadi? Nechaa marta o’zaro to’g’ri burchak hosil qiladi?24, 24*2=48

  19. Har bir harf o’rniga son yashiringan. Ularni toping.

x+x=120 k-x=d

d+d+d=x k+d=100 Javob: x=60. D=20 k=80



  1. Hikoya kitobning 216-sahifasidan boshlanib, 274-sahifasida tugaydi. Hikoya kitobning necha sahifasini egallagan? J: 59

  2. Ikkita ko’paytirilayotgan sonlarning birini 30 marta oshirib, ikkinchisini 10 marta kamaytirsak, ko`paytma qanchaga o’zgaradi? J:3 marta

  3. Ahmadda 8 ta uch xil rangdagi qalamlar bor. Qizil qalamlar soni yashil qalamlardan 3 marta ko’p bo’lsa, sariq qalamlar soni qancha? J:1, 3, 4

  4. Kulol 50 daqiqada 2ta laganga gul rasmini chizdi. U shunday 7 ta laganga gul chizishi uchun necha daqiqa kerak bo’ladi? J:175

  5. 8 ta 8 raqamidan foydalanib 1000 sonini hosil qiling? J:888+88+8+8+8=1000

  6. 35 yoshli otaning 4 ta farzandi yoshining yig`indisi 20 ga teng. Necha yildan keyin otaning yoshi farzandlari yoshining yig`indisiga teng bo`ladi?

Javob:5 yildan keyin
Download 22.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat