0 комментарев



Download 28,41 Kb.
Sana07.02.2020
Hajmi28,41 Kb.
#39022
Bog'liq
Globallashuv

Globallashuv, axborot-kommunikatsiya taraqqiyoti axborot almashish jarayoni yanada tezlashtirishga xizmat qilayotir. Bugungi kunda maktab o'quvchisi, hatto bog'cha bolasi qo'lida ham mobil telefon borligi hech kimni ajablantirmay qo'ydi. Uyali aloqa vositalari, planshet, kompyuter texnologiyalari, internetning imkoniyatlari had-hududsiz ekanligi hammaga ayon. Kundalik turmushimizda oddiy voqelikka aylangan ana shunday zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan jamiyatimizning barcha a'zolari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar unumli foydalanishga intilmoqda. Bundan shahar yo'lovchi tashish transporti korxonalari ham mustasno emas.

 0 комментарев





    Prezidentimizning 2013 yil 9 oktyabrda qabul qilingan "Toshkent shahrida yo'lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida sohaga yo'lovchi tashishni boshqarish, jamoat transporti qatnovi jadvallari va intervallarini qat'iy rioya etishni ta'minlaydigan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, harakatlanadigan tarkibning qatnovi ustidan on-layn tartibida masofadan turib nazorat qiladigan (GPS) tizimni joriy etish, avtotransport korxonalarining moliya-xo'jalik faoliyati rentabelligini oshirish, ishlab-chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish kabi ustuvor vazifalar belgilangan edi. O'tgan davr mobaynida kompaniya va uning tarmoq korxonalarida bu borada talay ishlar amalga oshirildi. Xususan, "Toshshahartransxizmat" AK tarkibidagi korxonalar tasarrufidagi 1419ta transport vositasiga on-layn tartibida masofadan turib kuzatish tizimi – GPS trekerlari o'rnatildi. Shu bilan birga zamonaviy markaziy nozimlik xizmati faoliyati yo'lga qo'yildi. Bundan tashqari kompaniya tarmoq korxonalarida moliya resurslarini boshqarish texnik vositalar, jumladan, avtomashinalar soni, ularning holati, zaxira qismlar va boshqa moddiy boyliklar to'g'risidagi ma'lumotlarni hisobga olish bo'yicha yagona avtomatlashtirilgan dasturiy ta'minot yaratish ustida ish olib borilmoqda. Shuningdek, yo'l varaqalarini hisobga olish va avtomatik qayta ishlash bo'yicha dasturiy ta'minot joriy etishni hisobga olgan holda Toshkent shahrida yo'lovchi tashishni boshqarishning avtomatlashtirilgan dasturini amaliyotga tatbiq etish borasida ham ishlar boshlab yuborilgan.
    - Yurtboshimiz va Vazirlar Mahkamasining sohani rivojlantirishga oid qarorlari asosida tizimga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda, – deydi kompaniya axborot kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi O'tkir Ayupov. - Bu jarayonda, avvalo, rivojlangan davlatlar ish tajribasi o'rganilib, mintaqamizga mos va xos tizim yaratish ustida ish olib borilmoqda. Bunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida samarali faoliyat ko'rsatayotgan "BePro" va "Pozitiv Pro System" kabi mas'uliyati cheklangan jamiyatlar bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz. Bugungi kunda milliy domenlarimiz asosida yaratilgan dasturlarimiz "8-avtobus saroyi" MChJda ish boshladi. Uning ishini qolgan avtokorxonalarda ham keng joriy etish borasida sa'y-harakatlar izchil davom ettirilayotir.
    - Avtokorxona mutasaddilari milliy dastur ijodkorlariga avtosaroy faoliyati to'g'risida batafsil ma'lumot berib, shu asosda yangi avtomatlashtirilgan tizim yaratishni taklif qilishdi. Soha mutaxassislari bir yil davomida avtokorxona ichki va tashqi muhitini o'rganib o'z loyihalarini taqdim etishdi, – deydi "8-avtobus saroyi" MChJ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi Ulug'bek Salamullaev. - Birinchi elektron dastur 1UZ deb nomlanib, u o'z ichiga avtokorxonadagi moliya resurslari, xodimlar faoliyati, ichki va tashqi hisob-kitoblarni qamrab olgan. Unga batafsil to'xtaladigan bo'lsak, markaziy serverga ulangan dasturdan foydalangan avtosaroy xodimlar bo'limi mutaxassislari ishchi-xizmatchilar haqidagi batafsil ma'lumotlarni elektron tarzda saqlash, uzatish, qo'shimcha va takliflar berish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Avtokorxonaning reja-iqtisodiyot bo'limi xodimlarning ish jarayonini avtomatlashtirilgan tartibda bevosita qayd qilib boryapti. Avtosaroy buxgalteriyasi esa barcha moliya-xo'jalik hisobini bilvosita avtomotlashtirilgan tartibda amalga oshirmoqda. Mazkur dasturni "BePro" MChJ mutaxassislari yaratdi.
Ikkinchi dastur "Pozitiv Pro System" mas'uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilib, avtokorxonadagi texnik vositalar haqida batafsil ma'lumot olish va uzatish imkonini bermoqda. Dastur avtokorxona avtosaf boshliqlari ishidan boshlanadi. Avtosaf boshlig'i harakat tarkibi texnik holati va ertangi kunda yo'nalishlarda yo'lovchilarga xizmat ko'rsatadigan transport vositalari haqidagi batafsil ma'lumotni dasturga kiritadi. Ushbu ma'lumotni avtokorxona GSM muhandislari nazoratga olib, yoqilg'i sarfi aniqlanadi va ehtiyoj zaxirasi shakllantiriladi. Ana shu ma'lumot reja-iqtisodiyot bo'limi hamda navbatchi mexanik, nozimlar kompyuter panelida ham paydo bo'ladi. Bu ham ishni oldindan rejalashtirish, ham vaqt va qog'oz tejamkorligini ta'minlaydi. Ishchi-xizmatchilar faoliyati muntazam nazoratga olingani jamoada tartib-intizomni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
    - Axborotlashtirilgan yangi tizimning ko'plab qulayliklari bor ekan, – deydi avtokorxona birinchi avtosaf boshlig'i Doniyor Po'latov. - Dastur vositasida, avvalo, transport vositalarining texnik holati, zaxira qismlar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lish mumkin. Ahamiyatlisi, ushbu ma'lumotlardan avtokorxonaning barcha mutasaddi xodimi ham xabardor bo'ladi. Biz yo'nalishda ishlayotgan avtobusning texnik xarakteristikasi hamda haydovchilar haqidagi ma'lumotlarni dasturga kiritsak kifoya. Kiritilgan ma'lumot asosida navbatchi mexanik ishga chiqayotgan harakat tarkibi haqida, avvaldan xabardor bo'ladi. U haydovchi hamda avtobusning texnik holatini nazoratdan o'tkazib yo'nalishga chiqaradi. Xodimlar bo'limi esa bugun qaysi haydovchi yo'nalishga chiqqani haqida axborot oladi. Tizim ishini dinamik tarzda davom ettiradi.
    - Mazkur tizimdan bir oydan buyon foydalanyapmiz, – deydi xodimlar bo'limi inspektori Xushnida Ahmadxo'jaeva. - Dasturga, ishchi-xizmatchilar haqidagi barcha ma'lumotlarni kirityapmiz. Xususan, xodimning ismi-sharifi, tabel raqami, oilaviy holati, mehnat tajribasi kabi ma'lumotlar o'rin olgan. Dastur ish vositasida qaysi xodim bir oy davomida qancha soat ishlagani, yutuqlari, yo'l qo'ygan kamchilik va nuqsonlari haqida ham bilib olish imkoniyatiga egamiz. Dastur xodimlar haqidagi ma'lumotlarni har oyda ma'lum qiladi. Shu orqali ish rejasini aniq tuzish, faoliyat barqarorligiga erishish mumkin.
    - Yangi dastur ish jarayonini ancha engillashtirdi, – deydi avtokorxona bosh buxgalterining o'rinbosari Shahnoza Atakaeva. - Ushbu tizim vositasida avtokorxonadagi barcha moliya-xo'jalik ishlarini avtomatlashtirilgan holda amalga oshiryapmiz. Bugungi kunda iqtisod va moliya bilan shug'ullanadigan barcha tashkilot to'liq avtomatlashtirilgan. Xususan, soliq ma'lumotlari o'tgan yildan beri faqat elektron tarzda qabul qilinmoqda. Tijorat banklarida ham bank-mijoz portali ishlab turibdi. Biz bu tizim orqali, avvalo, qimmatli vaqtimiz hamda katta miqdordagi qog'ozni tejash imkoniga ega bo'ldik. Dastur dastlab korxonaning ichki sarf-xarajati, moliya-xo'jalik hisobini avtomatlashtiradi. Bu bilan ma'lumotlar bazasi oydinlashadi. Iqtisodiyot, reja-iqtisodiyot bo'limlaridan kelgan ma'lumotlar avtomat hisob-kitob qilinadi. Pul ko'chirmalari, daromad va xarajatlar rejasi haqida oyma-oy ma'lumot olish imkoni mavjud. Uning nihoyatda samarali ekanini hozirdanoq bemalol aytish mumkin. Masalan, biz ishlayotgan dastur hamkor tashkilotlarimiz dasturlarini erkin o'qiydi, bizga va unga mos qilib uzatib beradi. Bu ishimizni ancha osonlashtiradi. O'z navbatida ish unumdorligi va samaradorligini ham oshirishi shubhasiz.
    Muxtasar aytganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining sohaga keng joriy etilishi ish samardorligi va barqarorligini kafolatlashi tayin. Uning imkoniyatlari yil sayin ortib bormoqda. Faqat ulardan unumli foydalanish joiz.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi rivojlanishiga alohida e’tibor qaratdi.

Prezidentimiz davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning bevosita elektron shakllari joriy etilgani tufayli 2015 yilda 42 ming 800 ta tadbirkorlik sub’ekti Internet tarmog‘i orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatga olingani, ular 260 turdagi interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga egaligini, 2013-2014 yillarda tadbirkorlar va fuqarolarga 102 mingdan ortiq xizmat ko‘rsatilgan holda, 2015 yilda bu ko‘rsatkich 420 mingdan oshganligini ta’kidlab o‘tdi. Bugungi kunda soliq va statistika hisobotlari 100 foiz elektron shaklda Internet tarmog‘i orqali taqdim etilayotgani qayd etildi.

Shu yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili asosida Davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyat boshladi. Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha mutlaqo yangi mexanizm joriy etildi. Unga ko‘ra, ushbu tarmoqlar ishini yuritadigan tashkilotlarning hududiy korxonalariga texnik shartlarni olishdan tortib muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni amalga oshirib, ularni tadbirkorlarga tayyor holda topshirish vakolatlari berildi.

“Bugungi sharoitda, Internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir”, deyildi ma’ruzada.

Chindan ham, davlat rahbari aytib o‘tganidek, jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta’sir ko‘rsatishi, katta hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishini unutmasligimiz zarur.

Prezidentimiz, shuningdek, bugungi kunda Janubiy Koreyaning Inha universiteti kabi xorijiy bilim maskanlarida va mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlanayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirish uchun barcha zarur resurs va imkoniyatlarga egaligini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.

2. Vazirlik axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.

3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

4. Vazirlik:

a) quyidagilar:

axborotlashtirish, elektron hukumat, elektron tijorat, elektron raqamli imzodan foydalanish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida;

O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini shakllantirish va uning samarali faoliyatini ta’minlovchi;

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlar tarqatilishi sohasida maxsus vakolatli organ;

b) telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalovchi organ;

v) Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi hamda uning faoliyatini tashkiliy-texnik, normativ-huquqiy jihatdan ta’minlash, muvofiqlashtirish, materiallarni ishlab chiqish va tayyorlashga doir joriy tezkor ishlarni bajaradi;

g) radiochastota organi hisoblanadi;

d) Xalqaro elektraloqa ittifoqida, Butunjahon pochta ittifoqida hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan organ hisoblanadi.

5. Vazirlikning elektromagnit moslashuv va radiochastota spektri monitoringini ta’minlash bo‘yicha radiochastota organi sifatidagi funksiyasini “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi bajaradi.

6. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

7. Vazirlik “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondlaridagi aksiyalar davlat paketlari bo‘yicha aksiyador huquqini amalga oshiradi.

8. Vazirlik va uning tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan chet valyutasidagi hisobraqamlariga ega.

9. Vazirlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, qisqartmasi — Axborot texnologiyalari vazirligi;

b) rus tilida:

to‘liq nomi — Ministerstvo po razvitiyu informatsionnix texnologiy i kommunikatsiy Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — Mininfokom;

v) ingliz tilida:

to‘liq nomi — Ministry for development of information technologies and communications of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — MITC.

10. Vazirlikning joylashgan joyi: Toshkent shahri, 100047, Amir Temur shoh ko‘chasi, 4.



2-bob. Vazirlikning tuzilmasi

11. Vazirlik tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

Vazirlikning markaziy apparati;

Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari;

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya;

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi;

“UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ;

“Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi” davlat muassasasi;

“UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” DUK;

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK;

“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK;

“ALOQALOYINA” DUK;

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK;

“Respublika maxsus aloqa uzeli” DUK;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi;

Davlat feldyegerlik xizmati;

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism);

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga tegishli bo‘lgan fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab;

Toshkent shahridagi Inxa universiteti;

“O‘zbekiston pochtasi” AJ;

“O‘zbektelekom” AK;



yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan idoraviy mansub tashkilotlar.


Download 28,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish