£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 17.25 Kb.
bet3/5
Sana21.05.2021
Hajmi17.25 Kb.
1   2   3   4   5
Yangi iqtisodiy siyosat Vaziyat Sovetlar yo’lboshchilari oldiga ahvolni o’nglash, tang vaziyatdan chiqish va xo’jalik siyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko’ndalang qilib qo’ydi. Bu vazifalar 1921 yil mart oyida bo’lib o’tgan RKP (b) X s’ezdi belgilab bergan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) da o’z ifodasini topdi. Bu siyosatning muhim bo’g’inlari oziq-ovqat razverstkasini oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirish, savdo-sotiqni erkinlashtirish, sanoatda, mayda hunarmandchilik va boshqa sohalarda xususiy tadbirkorlikka ruxsat etish, bozorni tartibga solish, yollanma mehnat cheklanishini bekor qilishdan iborat bo’ldi.

Eng muhimi, bu siyosat shahar bilan qishloq o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni izga solishga, yangi hokimiyatning tayanch negizi hisoblangan ishchilar bilan dehqonlar ittifoqini, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilardi. Yangi iqtisodiy siyosatning bosh maqsadlaridan biri - bu dehqon xo’jaligini oyoqqa turg’izish, uni rivojlantirish edi. Negaki, busiz sanoatni ham, xalq xo’jaligining boshqa sohalarini ham hech bir yuksaltirib, etarli xomashyo bazasini yaratib bo’lmasdi. Oziq-ovqat solig’i talabiga ko’ra ekish mavsumi oldidan yakka dehqon xo’jaligi bilan davlat o’rtasida mahsulot etkazib berish majburiyati to’g’risida shartnoma tuziladigan bo’ldi. Bu esa dehqonlarni erdan ko’proq hosil olish uchun astoydil mehnat qilishga undardi. Xullas, yangi iqtisodiy siyosat dehqonning o’z mehnatidan manfaatdor bo’lishini tayin qildi. Endilikda dehqonning ortiqcha g’allasi tortib olinmaydigan bo’ldi, o’zi etishtirgan oshiqcha mahsulotni bozorda erkin sotish huquqi berildi.

Yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Birinchidan, Turkiston qoloq chekka, asosan qishloq xo’jaligi o’lkasi edi. Demak, bu erda zamonaviy qishloq xo’jaligi va sanoatni yangidan barpo etish kerak edi. Ikkinchidan, o’lkada milliy ishchilar sinfini shakllantirish zarur edi. Uchinchidan, Turkiston ko’p millatli o’lka bo’lib, yangi iqtisodiy siyosatga o’tishda erli xalqlarning qadriyatlari, an’analari, urf-odatlari xususiyatlarini hisobga olish kerak bo’lardi. Ammo RKP (b) va sovet hukumati Turkistonda yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishda o’z manfaatlaridan kelib chiqib ish yuritdilar.

1921 yil aprelda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasi oziq-ovqat, emxashak va xomashyo razvyorstkasini mahsulot solig’i bilan almashtirish to’g’risida qaror qabul qildi. Unda 1921-22 yillar uchun soliq miqdori belgilandi. Turkiston mehnatkashlaridan olinadigan soliq markaziy rayonlardan farqli o’laroq yil oxirida yig’ib olingan hosil miqdoriga qarab emas, balki ekilgan erning har desyatinasi, shuningdek, qora mol va mayda mollar hisobidan olinadigan bo’ldi. Bu esa Turkiston dehqonining kamsitilishini bildirardi.

Bundan tashqari, sovet hukumati o’lkada birinchi navbatda o’zi uchun zarur bo’lgan tarmoqlarni, chunonchi, paxta, qand lavlagi, tamaki va boshqa texnik ekinlarni rivojlantirishga alohida e’tiborni qaratdi. Yordam ko’rsatish bahonasida 300.000 dan ortiq ishchi va dehqon oilalari Rossiya markaziy rayonlaridan Turkistonga keltirilib joylashtirildi.

Yangi iqtisodiy siyosat asosida sanoatni xo’jalik hisobiga o’tkazish jarayoni amalga oshirib borildi. Bu esa sanoat korxonalari ishlab chiqarishining biroz bo’lsada jonlanishiga olib keldi. Mayda va o’rta sanoat korxonalari, yirik kooperativ tashkilotlari va ularning birlashmalari tadbirkorlarga ijaraga berildi. O’lkada yangi sanoat korxonalari, temir yo’llar qurildi.


Download 17.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat