“ Tasdiqlayman ”



Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/33
Sana31.10.2020
Hajmi1.48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
 

 

 


KIRISH

 

Mavzuning  dolzarbligi.  O’zbekiston  Respublikasi  o’z  mustaqilligiga 

erishgandan  so’ng  iqtisodiy,  ijtimoiy  ma’naviy  sohalarda,  ayniqsa  ta’limni  isloh 

qilish  borasida  ijobiy  o’zgarishlar  amalga  oshirilmoqda.  Shu  jumladan,  Oliy 

Majlisning  qabul  qilingan  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun  O’zbekistonda  ta’lim 

tizimini rivojlantirish borasidagi asosiy yo’nalishini belgilab berdi. 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi — ta'lim sohasini tubdan 

isloh  qilish,  uni  o’tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlar  va  sarqitlardan  to’la 

xolos  etish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasida,  yuksak  ma'naviy  va 

ahloqiy  talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlashning  Milliy 

tizimini  yaratishdan  iborat.  Dunyoga  yangi  ko’z  bilan  qaraydigan,  uddaburon, 

ishning  ko’zini  biluvchi,  buyuk  kelajagimiz  poydevorini  quruvchi  va 

yuksaltiruvchi  mutaxassis  kadrlarni  tayyorlash,  respublikamiz  pedagoglar  oldida 

turgan eng muxim va mas'uliyatli vazifadir. Hozirda bunday ulkan vazifani sharaf 

bilan bajaradigan, zamonaviy va jahonning eng ilg’or ta'lim texnologiyalari bilan 

qurollangan  pedagog  kadrlarga  bo’lgan  ehtiyoj  kundan—kunga  ortib  bormoqda. 

Bunda  o’qituvchi  (yoki  muallim)ning  vazifasi  insonlarga  yangi  bilim  va 

ko’nikmalarni egallashga yo’naltirishdan va insonlarning o’zida  mavjud bo’lgan 

bilim hamda ko’nikmalarni takomillashtirishdan iborat. 

Ta’lim  tizimida  axborot    texnologiyalaridan  foydalanish  o‘quv  jarayonida 

o‘quvchilarni  faqat  nazariy  bilimlari  bilan  cheklanib  qolmasdan  balki,  amaliy 

mashg‘ulotlar  o‘tkazishda,  ularning  har  tomonlama  yetuk  kadrlar  qilib 

tayyorlashida  muhim  rol  o‘ynaydi.  Ta’limdagi  axborot  texnologiyalari  keng 

me’yoriy  tushuncha  bo‘lib,  olib  borilayotgan  har  bir  mavzu  ana  shu  texnika, 

texnologiyadan  foydalanishni  taqazo  etadi.  Chunki,  zamonaviy  o‘qitish 

texnikasidan foydalanish ijobiy natijalar beradi. 

 

 

1. Oliy Majlisning 1997 yil 29 avgust IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim 



to’g’risida”gi Qonun 


Zamonaviy  axborot  texnologiyalarini  ta’lim  tizimiga  tadbiq  etish,  iqtisodiy 

samara  berishi  bilan  bir  qatorda,  o‘quv  jarayonida  yangi  o‘qitish  uslublarini 

qo‘llashga  keng  imkoniyatlar  ochadi.  Ta’lim  tizimida  axborot  texnologiyalarini  

qo‘llash, asosan, shaxsiy kompyuterlar va axborot texnologiyalarining pedagogik-

dasturiy vositalari yaratilishi bilan bog‘liq. 

Ta’lim  tizimida  axborot-pedagogik  texnologiyadan  foydalanish  uning 

yangi  sohasi,  ya’ni  ta’limning  elektron  didaktik  shakli  paydo  bo‘lishiga  asos 

solib,  unda:  o‘quv  fanlarining  boblarini  ajratib,  elektron  ko‘rinishda  tasvirlash, 

elektron  darslikning  ma’ruza  va  amaliy  darslar  qismini  ularning  vazifalaridan 

kelib  chiqqan  holda  ishlab  chiqish,  elektron  darslikni  baholash  mexanizmini 

yaratish  va  tadbiq  etish,  elektron  darsliklar  asosida  virtual  stendlar  yaratish  va 

o‘quv jarayoniga qo‘llash, elektron darslikni qo‘llash orqali o‘qitishning umumiy 

saviyasini  aniqlash  kabi  imkoniyatlar  yaratilishi  ko‘rsatilgan.  Shu  jumladan, 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  21  martdagi  1730-sonli 

’’Zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada  joriy  etish  va 

rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarorida o’z aksini topgan. 

Bugungi  kunda,  kun  sayin  fan-texnika  rivojlanib  borayotgan 

davlatimizda  yangi  malakali  kadrlarni  yetishtirb  chiqarish  maqsadida  ularni 

zamon  talabiga  mos  ravishda  yangi  pedagogik  texnologiyalar  bilan  qurollangan 

holda  dars  o’tishni  talab  qilmoqda.  Va  albatta  o’z  ishining  samarasiga 

erishmoqchi, ya’ni o’z oldiga kelajakda malakali, bilimli mutaxasislarni yetkazib 

berishni  maqsad  qilib  qo’ygan  pedagog  bunday  zamonaviy  texnologiyalardan 

foydalanmasdan  turib  pedagogic  faoliyatini  olib  borishida  bu  maqsadga 

to’laqonligicha  erisha  olishi  mushkul.  Shunday  ekan  ta’limga  kirib  kelgan 

texnologiyalar  (ya’ni  bularga  misol  qilib  AutoCAD,  3DMax,  PowerPaint 

dasturida  slaydlar)ni  dars  jarayonida  to’g’ri  qo’llash  ijobiy  natija  bermay 

qo’ymaydi. 

So’nggi  yillarda  ta’lim  tizimida  ko’pchilik  fanlarni  o’qitishda 

avtomatlashtirilgan  o’qitish  dasturlarining  turli  xillaridan  foydalanish  keng 



ommalashib bormoqda. Avtomatlashtirilgan o’qitish dasturlari o’qituvchiga o’quv 

jarayonini  tashkil  qilishda,  o’quvchilarga  esa  fanni  o’zlashtirishlarida  katta 

yordam  beradi.  Ularning  yordamida  o’quv  jarayoni  borishini  jadallashtirish, 

o’quv  materiallarini  ancha  soda  va  yaqqol  tasvirlar  yordamida  o’quv  jarayoni 

borishini  jadallashtirish,  o’quv  materiallarini  ancha  sodda  va  yaqqol  tasvirlar 

yordamida bayon qilish kabi afzalliklarga ega imkoniyatlar paydo bo’ladi.  

Prezidentimiz I.  A. Karimov ta’kidlaganidek “O’quv jarayoniga yangi 

axborot  va  pedagogik  texnologiyalarni  joriy  etish…,  ta’lim-tarbiya  tizimini  sifat 

jihatidan  butunlayyangi  bosqichga  ko’tarish”

1

  hozirgi  kunning  dolzarb 



masalasidir. 

Rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarda  amal  qilinayotgan  ta’lim  tizimi 

xususiyatlarini o’rganish va bu sohada erishilgan yutuqlarni tahlil qilish natijalari 

quyidagilarni  aniqlash  imkonini  beradi:  ta’lim  mazmunining  ijtimoiy  buyurtma 

asosida  belgilanishi,  jamiyat  hayotining  har  tomonlama  taraqqiy  etishiuchun 

poydevor  bo’lib  xizmat  qiladi.  Bu  esa  shaxsning  mujassam  rivojlanishi,  o’z 

imkoniyatlarini namoyon qilishi uchun sharoit yaratadi. 

O’zbekistonda  ta’lim  –  tarbiya  sohasini  isloh  qilishning  asosiy 

omillaridan  biri  “shaxs  manfaati  va  ta’lim  ustivorligi”

2

dir.  Bu  omil 



davlatimizning  ijtimoiy  siyosatini  belgilab  berganligi  tufayli  ta’limning  yangi 

modeli yaratildi. 



Ma'lumki,        universitetlarda    pedagog  —bakalavrlarni  tayyorlashdagi 

asosiy maqsadlar talabalarda ham kasbiy va ham pedagogik zamonaviy fikrlash 

qobiliyatini  takomillashtirishdan  iborat  bo’lgani  uchun  o’qituvchilik  kasbining 

xususiyatlari,  madaniyati  va  funktsiyalari  hamda  o’quv  jarayoniga  ilg’or  ta'lim 

texnologiyalarining  dolzarbligini  hisobga  olgan  holda  telekommunikatsiyalar 

asoslarini o’qitish metodikasiga ko’proq urg’u berildi

 

 



 

1.  Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi IX – sessiyasida so‘zlagan nutqi, 1997 yil 29 avgust 

2.  Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T: “Ma’naviyat”, 2008. 




Pedagigika  oily  o’quv  yurtlarining  asosiy  vazifalaridan  biri  o’z  sohasini 

nazariy va amaliy jihatdan mukammal bilgan malakali kadrlar tayyorlashdir. 

Fan va texnika taraqqiyoti insoniyat faoliyatining turli sohalari, kishilarning 

bilimlari, texnika madaniyati va politexnik ma’lumotiga katta talablar qo’yilmoqda 

va ular grafik faoliyat bilan uzviy bog’langandir. 

Axborot  texnologiyalarini  o‘quv  jarayoniga  tadbiq  etishning  muhim 

yo‘nalishlaridan  biri  elektron  darsliklar,  elektron  qo‘llanma  (ishlanma)  va 

ko‘rsatmalar  yaratishdir.  Elektron  darsliklar  va  qo‘llanmalar  ma’ruza  mazmunini 

boyitish, yangi materiallar bilan to‘ldirish imkonini yaratadi. 

Bitiruv  malaka  ishidan  ko’zlangan  dolzarblik  shundan  iboratki  kollej  va 

akademik  litseylarda  “Chizmachilik”  fani  o’qitiladigan  yo’nalishlarida  ta’lim 

oluvchi  o’quvchilari  ayrim  chizmalar  (asosan  hajmga  ega  bo’lgan  detallar)ni 

darrov  va  osonlikcha  tushunib  yetishlar  har  doim  ham  kuzatilmaydi.  Bu  esa  dars 

samaradorligini  susaytiradi  va  kutilgan  natijaga  olib  kelmaydi.  Shundan  kelib 

chiqib  chizmachilik  darslarida  Auto  CAD  dasturining  uch  o’lchamli 

imkoniyatlarini  tadbiq  etish  talab  etadigan  mavzularida  undan  foydalanish  uchun 

metodik  tavsiyalar  ishlab  chiqish  dolzarbdir.  Malakali  pedagog  bunda  albatta 

AutoCAD  dasturining  3D  interfeysidan  to’g’ri  va  o’rinli  ravishda  foydalanishi 

muhim  ahamiyatga  ega  ekanligini  unutmagan  holda  yuqorida  nazarda  tutilgan 

metodik tavsiya va qo’llanmalarga tayanishi zarurdir. 




Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar