“ Tasdiqlayman ”


TASVIRLAR BAJARISHNING METODIK ASOSLARI



Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/33
Sana31.10.2020
Hajmi1.48 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
TASVIRLAR BAJARISHNING METODIK ASOSLARI

 

2.1. Chizmachilik darslarida grafik dasturlardan foydalanib dars 

samaradorligini oshirish metodikasi 

 

Axborot texnologiyasi tez rivojlanayotgan va keng tarqalayotgan bir paytda 

e’tiborimizni  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarining  o‘quv-tarbiya  jarayoniga 

yangicha  yondashgan  holda  qaratmog‘imiz  lozim.  Umumiy  o‘rta  ta’lim  tizimida 

yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash: 

- yangi pedagogik metod va usullarni rivojlantirishga

-  o‘qituvchilar  o‘zlarini  oldida  turgan  masalalarni  hal  etish  stilini 

o‘zgartirishga; 

- pedagogik tizim tuzilishini o‘zgartirishga olib keladi. 

Bu  esa  o‘z  navbatida  pedagogik  jarayonni  tashkil  etish  va  boshqarish 

bo‘yicha o‘ziga xos masalalarni keltirib chiqaradi. 

Zamonaviy  kompyuter  va  telekommunikatsiya  texnologiyalari  asosida 

o‘qitish metodlarini to‘rt guruhga ajratish mumkin: 

- o‘z-o‘zini o‘qitish metodlari; 

- "bittasi-bittani" pedagogik metodlari

- "bittasi-ko‘pni" o‘qitish; 

- kommunikatsiya asosida " ko‘plar-ko‘plarni" o‘qitish. 

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv-tarbiya jarayoniga yangi axborot 

va  telekommunikatsion  texnologiyalar  asosida  yangi  pedagogik  texnologiya 

faoliyatini  kiritilishi  hozirda  qo‘llanilayotgan  an’anaviy  ta’lim  tizimini  tubdan 

o‘zgartiradi. Bularni quyidagilarda ko‘rish mumkin: 

a)  texnologik  asoslari  tezlikda  rivojlanayotganligi  tufayli  kurslar(darslik, 

qo‘llanmalar)ni  ishlab  chiqish  faoliyati  qiyinlashadi.  Bu  o‘qituvchi,  metodist  va 

olimardan  pedagogik  ishlash  usullari  bo‘yicha  yangi  maxsus  malakalarni  talab 

etadi.  Bundan  tashqari  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  o‘quv  materiallarni 



ishlab chiqish sifati uchun qo‘shimcha talablar qo‘yadi. 

  b)  An’anaviy  o‘qitish  tizimining  markaziy  shakli  o‘qituvchidir.  Yangi 

axborot  texnologiyasini  umumta’lim  maktablariga  qo‘llash  sekin-astalik  bilan 

asosiy  og‘irlikni  o‘quv  jarayonida  faol  qatnashuvga  tushura  boshlaydi. 

O‘qituvchining  asosiy  pedagogik  faoliyati  -  o‘quvchi  faoliyatini  muvaffaqiyatli 

ushlab turishga qaratiladi, ya’ni o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv axborotlarini oson 

o‘zlashtirishga ko‘maklashuvchi bo‘ladi. 

c) Yangicha o‘qitish sinfdagi o‘quvchilarga yakka tartibda faol va jadal ta’sir 

etishni  ta’milaydi.  An’anaviy  o‘qitishda  esa  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  orasidagi 

teskari aloqa umumlashgan holda (barcha o‘quvchilar bilan) amalga oshiriladi. 

Shunday qilib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot texnologiyalari 

orqali  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  kiritilishi,  o‘quvchi  va  o‘qituvchi 

faoliyati,  ularning  darsdagi  o‘rni  va  vazifalarini  keskin  o‘zgarishiga  olib  keladi. 

Shu bilan birga darsning samaradorligi ortadi, o‘quvchilar bilimlarini o‘zlarining 

kuchi,  qobiliyati  va  tempiga  asosan  qabul  qilishi  va  ularni  mustaqil  ravishda 

o‘zlashtirishiga olib keladi. 

O’zbekistonda  hozirgacha  chizmachilik  fanidan  texnik  vositalar  (EHM) 

yordamida  qo’llaniladigan  avtomatlashtirilgan  ta’lim  dasturlari  (ATD) 

yaratilmagan.  Biz  quyida  ATD  larining  turlari  va  ulardan  ta’lim  jarayonida 

foydalanish metodikalariga to’xtalamiz.

ATD  ga  asosan  ta’lim  murakkab  dinamik  tizim  sifatida  qaraladi  va 



uning asosida kibernetik yondashuv yotadi. Bu tizimni boshqarish o’qituvchining 

o’quvchiga  (kompyuter  va  boshqa  audio  va  videotexnika  texnik  vositalari 

yordamida)  buyruq  uzatishi  hamda  o’quvchi  o’qituvchi  muloqotini  o’rnatish 

orqaliamalga oshiriladi. Ya’ni, ta’lim jarayoni o’qituvchi (baholash) va o’quvchi 

(o’z-o’zini baholash) ishtirokida bir vaqtning o’zida nazorat qilib boriladi. 

 

 



 

1. E. I. Ro’ziyev, A. O. Ashirboyev. Muhandislik grafikasini o’qitish metodikasi. 2010y. Fan 

va texnologiya nashriyoti. 

 



ATD lari quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 

  axborotlar kichik miqdorda uzatiladi



  har  bir  taklif  qilinayotgan  axborot  miqdorining  o’zlashtirilishini 

tekshirish uchun nazorat topshiriqlari o’rnatiladi; 

 



o’z-o’zini nazorat qilish uchun savollarga javob qaytariladi

 



javob to’g’riligiga qarab ko’rsatma beriladi. 

Amalda  o’qituvchi  ATD  ning  chiziqli  yoki  tarmoqlangan  turlaridan 

birini tanlash yoki ulardan bir vaqtning o’zida birgalikda foydalanish imkoniyati 

yaratilgan  bo’lishi  kerak.  ATD  ning  chiziqli  turida  o’quvchilar  o’quv 

ma’lumotining hamma miqdorlarini ularni uzatilish ketma-ketligi tartibida ishlab, 

o’zlashtiradilar.  Tarmoqlangan  ATD  yaxlit  o’quv  ma’lumotni  o’zlashtirishda 

o’quvchiga  individual  yo’l  tanlash  imkonini  berishni  ko’zda  tutadi.  Bunda 

ma’lumotni o’zlashtirish tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Ikkala holda ham 

o’quvchi  va  o’qituvchi  o’rtasidagi  aloqa  maxsus  vositalar  (har  xil 

dasturlashtirilgan  o’quv  qo’llanmalari,  kompyuterlar)  yordamida  amalgam 

oshiriladi.  Ta’limning  bu  ko’rinishining  afzalligi  o’quv  dasturini  o’zlashtirish 

darajasi  va  sifati  haqidagi  ma’lumotni  to’liq  va  doimiy  ravishda  olib  turish 

imkoniyati mavjudligi bilan belgilanadi. ATD da ta’lim tezligining o’quvchining 

individual  imkoniyatlariga  mos  kelish-kelmasligimuammosi  bo’lmaydi.  Chunki 

har bir o’quvchi o’ziga qulay tartibda ishlaydi. Ikkinchi afzalligi, o’qituvchining 

axborot  uzatishga  sarflanadigan  vaqtining  tejalishida,  shuningdek  materialni 

o’zlashtirish va uning natijalarini doimiy nazorat qilishga  ajratiladigan  vaqtning 

ortishi  bilan  izohlanadi.  ATD  ning  keng  joriy  qilinishi  moddiy  ta’minot  bilan 

bog’liq.  Hozirgi  kunda  amalda  hamma  umumta’lim  maktablari  va  kasb  hunar 

kollejlaridagi  ta’lim  jarayonini  maxsus  dasturlashtirilgan  darsliklar,  grafik 

topshiriqlar to’plamlari, test usulidagi nazorat topshiriqlari  bilan to’liq ta’minlash 

qiyin.  Ta’limning  bu  ko’rinishining    asosiy  kamchiligi  –  o’quvchi  xotirasiga 

ortiqcha murojaat qilish. 



 

Chizmachilik darslarida kompyuterdan foydalanish uchun quyidagi talablar 

bajarilishi kerak: 

 



o’quvchilar  kompyuterda  ishlash  malakalarini  egallagan  bo’lishlari 

zarur; 


  kompyuterda  chizma  bajarishdan  avval  ular  kamida  proyeksion  

savodxonlik asoslariniegallagan bo’lishlari talab qilinadi; 

  chizmachilik  darslari  kompyuter  grafikasi  darslariga  (bu  alohida 



fanlarni bir-biri bilan ch alkashtirmaslik zarur) aylantirmasligi shart. 

O’quvchilarning grafik dasturlar bazasida chizma  bajarishlariga tegishli 

metodik masalalarni ko’rib chiqamiz. 

Hozirgi kunda chizma va uch o’lchamli modellar tasvirlarini bajarish b 

o’yicha  juda  ko’plab  AutoCad,  TopCAD,  JCAD,  3D-GRAF,  3D-MAX,  KD-

Master,  КОМПАС-график,  ВАРИКОН,  Тефлекс    kabi  grafik  tizimlar 

kishilarning  ilmiy    va  muhandislikfaoliyatining  turli  sohalarida  keng 

qo’llanilmoqda.  Ulardan  ta’lim  tizimida  ommalashgani  Auto  CAD  hisoblanadi.  

AutoCAD  shuningdek  mamlakatimizda  va  chet  ellardagi  ko’pchilik  korxona  va 

tashkilotlarda  loyiha-chizma  ishlarini  avtomatlashtirishning    standartlashtirilgan 

tizimi sifatida shakllangan. 

2002-yilda Rossiya  maktablarida chizmachilik o’qitish tarixida birinchi 

marta o’quv-metodik komleksning tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan kompakt-disk 

(КОМПАС 3D LT grafik dasturi) tayyorlanib, sotuvga chiqarildi. КОМПАС 3D 

LT  grafik  dasturitarkibida  “КОМПАС  3D  LT  ta’lim  tizimi”  elektron  o’quv 

qo’llanmasi,  maktab  chizmachilik  kursi  darsligining  ko’pchilik  mashq  va  grafik  

ishlarining,  o’quvchilar  uchun  grafik  ihlarga  tegishli  bo’lgan  shakl  va 

chizmalardan 

tashqari 

kompakt 


diskda 

 

A. 



D. 

Botvinnikov 

va 

boshqalarning”Chizmachilik”  darsligidagiko’plab  boshqa  shakllari  ham 



joylashtirilgan.  

Bu  yerda  shuni  takidlabo’tishimiz  zarurki,  o’quvchilar  КОМПАС  3D 

LT  grafik  dasturi    yoki  AutoCAD  grafik  dasturlarini  kompyuterda  ishlash 



malakalari  hamda  proyeksion  chizmachilik  asoslarini  o’zlashtirgan  bo’lsalar 

nisbatan tez egallashlari mumkin. 

Metodik  nuqtai  nazardan  chizmalarni  kompyuterda  bajarish  mumkin 

bo’lgan  chizmachilik  va  grafik  tizimlarni  birgalikda  o’rganish  masalasi  hal 

qilinmagan  muammolardan  biri  hisoblanadi.  Hozirgacha  pedagogika  fanida 

chizmachilikni  qaysi  mavzularin  o’zlashtirgandan  keyin  electron  chizmalarni 

bajarishni  boshlash  mumkinligi,  o’quvchilarni  kompyuter  ular  uchun  chizma 

bajarishi  mumkin  bo’lgan  hollarda  mustaqil  chizma  bajarishlarini  qanday  qilib 

ta’minlash mumkinligi kabi ko’plab savollarning javoblari asoslanmagan. 

Shu  yerda  umumt’lim  maktablarining  chizmachilik  kursida 

o’rganiladigan  kompyuter  grafikasi  bo’limiga  to’xtalib  o’tsak.  Amaldagi  dastur  

va darsliklarda bu bo’limga 2 (ikki) soat  vaqt ajratilgan bo’lib, bu  vaqt ichida 

o’quvchilar  grafik  redaktor  yordamida  oddiy  geometric  shakllarning 

proyeksiyalarini  tuzish  hamda  bajarilgan  jismning  fazoviy  holatini  va  uning 

shaklini o’zgartirishni o’rganishlari kerak. Bu nimaga zarurligi tushunarsiz. Yana 

yuqorida bildirilgan mulohazalarni e’tiborga oladigan bo’lsak  ajratilgan ikki soat 

ichida  o’quvchilar  kompyuter    grafikasining  alifbosini  ham  o’rganishga 

ulgurolmaydilar. Shuning uchun chizmachilik darslari jarayonida kompyuterlar va 

grafik  dasturlarning  imkoniyatlaridan  oqilona  foydalanish  metodikasining  taklif 

qilinishi to’g’riroq bo’lar edi. 

Kompyuter chizmachilikning  quyidagiga o’xshash bo’limlari: 

  Detal shaklini tahlil qilish; 



 

Detal chizmalariga o’lcham qo’yish; 



 

O’quvchilarga detalning hajmli shaklini namoyish qilish kabilarda foydali 



bo’lishi mumkin. 

1.  Detal shaklini tahlil qilishda kompyuter  foydali bo’libgina qolmay, 

zarur  ham  hisoblanadi.  Bunda  monitor  ekranida  o’quvchilar  detalni  alohida 

geometrik  jismlarga  ajratish  mumkin  bo’ladi,  agar  bunda  qiyinchiliklar  paydo 

bo’ladigon  bo’lsa,  o’qituvchi  yoki  dasturning  o’zi  detalni  geometrik  shakllarga 



ajratilgan  holatdagi  grafik  tasvirini  namoyish  qiladi.  Yuqoida  aytilayotgan 

fikrlardan  kelib  chiqqan  holda  detal  shaklini  tahlil  qilish  kasb-hunar  kollejlarida 

proyeksion  chizmachilik,  mashinasozlik  chizmachiligi  fanlarida  aynan  shu 

imkoniyatlari  mavjudligi  biz  pedagoglar  uchun  qulay.  Proyeksion  chizmachilik 

fanida  “Detallarni  tahlil  qilish”,  “Aksonometrik  proyeksiyalarni  qurish”,  “Tekis 

kesim”,  “Sirtlarning  kesishishi”,  Mashinasozlik  chizmachiligi  fanida  “Yig’ish 

chizmalarini  o’qish”,  “Yig’ish  chizmalarini  detallarga  ajratish”,  “Ajratilgan 

detallarni  qayta  yig’ish”,  “Yig’ma  birlikning  aksonometriyasini  qurish” 

mavzularida  dasturning  3D  interfeysida  foydalanish,  darslarni  samarali  tashkil 

etish hamda maqsadga erishishimiz uchun zamin yaratadi.  

 

2.  O’lchamlarni  to’g’ri  qo’yish  uchun  shaklni  tahlil  qilish  – 



bajariladigan  ishlarning  asosiylaridan  biri  hisoblanadi.  Shuning  uchun  bu  holda 

ham kompyuterdan oldingiga o’xshash tarzda foydalaniladi. 

3.  Shuningdek,  chizma    bo’yicha  detalning  shaklini  tasavvur  qilishga 

qiynaladigano’quvchilarga  ushbu  mavzuni  o’rganishlarida  kompyuterdan 

foydalanish  katta      yordam  beradi.  Masalan,  “berilgan  ikkita  ko’rinish  bo’yicha 

uchinchisini  bajarish”  mavzusidan  grafik  ish  bajarishda  o’quvchilarda 

qiyinchiklik tug’ilgan hollarda kompyuterda detalning yaqqol tasvirini   namoyish 



qilish  orqali  ularga  topshiriqni  mustaqil  bajarishlariga  yordam  berib  yuborish 

mumkin. Odatda o’qituvchilar bunday o’quvchilarga detal modelini plastilin yoki 

boshqa  materialdan  bajarib  ko’rishni  tavsiya  qilib  kelishar  edi.  Maktab 

chizmachilik  kursi  bo’yicha  tayyorlangan  SD-disk  bo’ladigan  bo’lsa,  bunga 

zaruriyat  qolmaydi.  O’quvchilar  kompakt-diskdagi  detalning  hajmli  tasvirini  har 

xil  tomondan  aylantirib  qarab  o’rganishlari  mumkin.  Bunda  faqat  o’quvchilar 

uchinchi  ko’rinishni  kompyuter  yordamisiz,  mustaqil  ravishda    chizishlari  zarur 

bo’ladi.


  

 

 



4.  Chizma  geometriya  fanidan  o’quvchilar  tushunishlari  qiyin  bo’lgan 

yana  bir  muhum  mavzu  –  sirtlarning  kesishishi.  Ko’pchilik  o’quvchilar  bu 

mavzuni  tushunishlari  uchun  ko’p  vaqt  ajratadilar,  shu  sababli  o’qituvchi  bu 

mavzuni  bir  dars  vaqtining  o’zida  o’quvchiga  to’liq  yetkazib  bera  olishi  qiyin 

masala.  Shunday  qiyin  vaziyatda  bizga  AutCAD  dasturining  3D  interfeysi  qo’l 

keladi. 


Chizmachilikda 

ATD 


dan 

o’rinli 


foydalanish 

ta’limni 

individuallashtiradi  va  o’quvchilar  o’quv  materiallarini  puxta  o’zlashtirib,  ta’lim  

jarayonini  tezlashishga  xizmat  qiladi.  Ammo    ATD  lari  ta’lim  jarayonida  hech 

qachon  o’qituvchining  o’rnini  bosa  olmaydi,  chunki  mustaqil  ta’lim  hech  vaqt 

bilim olishning yagona va universal usuli bo’lishi mumkin emas. 




Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat