— Fizika” ta’lim yo‘nalishi iv-kurs 42-guruh talabasi Jalilova Matlubaning



Download 0,67 Mb.
bet1/4
Sana08.06.2017
Hajmi0,67 Mb.
#10664
  1   2   3   4

Aim.uz

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI


5440100 — Fizika” ta’lim yo‘nalishi IV-kurs 42-guruh talabasi

Jalilova Matlubaning

bakalavr darajasini olish uchun


Termodinamika qonunlari va ularning turli xil jarayonlarga qo’llanilishini AL larda pedagogik texnalogiyalar asosida tushuntirish”
mavzusida yozgan

Talaba: ___________ M. Jalilova

Ilmiy rahbar:___________ dots.T.Jumayev

Himoyaga tavsiya etilsin” Fizika va uni o’qitish metodikasi kafedrasining mudiri,



dots _____________ “____”______________ 2011 yil
Qarshi – 2012 yil


Mundarija

Kirish







I BOB




Fizika o’qitishda modulli ta’lim texnologiyalari

§1.1

Modulli ta’lm tushunchasi va uni amalga oshirish yo’llari

§1.2

Modulli ta’lim texnalogiyalari asosida “Termodinamika qonunlarini ” rejalashtirishning didaktik asoslari




II BOB




Termodinamika qonunlarini moduli tizim asosida o’rganish.

§2.1

1-2 modul. Issiqlik almashinuvi va ish. Sistema xolatining o’zgartirish usullari. Mutlaq tempratura

§2.2

3-4-5 modul. Ichki energiya va uni o’zgartirish usullari. Termodinamikaning birinchi qonuni. Termodinamikada ish.

§2.3

6-modul. Molekulalar erkinlik darajasi. Energiyaning erkinlik darajasi bo’yicha taqsimlanishini o’rganish.

§2.4

7-8-modul. Issiqlik dvigatellarini ishlash prinsipi. va F.I.K. ni aniqlashga doir masalalar yechish.

§2.5

9-10 modul. Qaytmas jarayonlarning umumiy xossalari va belgilari. Termodinamika qonunlariga doir masalalar yechish usullari.




Xulosa




Adabiyotlar


Kirish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizning o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritish arafasida va undan keyin dastlabki oylarda olib borgan jo’shqin va serqirra siyosiy-ijtimoiy faoliyatini aks ettiradigan “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlanga yangi kitobga o’z aksini topgan.

Olimlarimiz an’naviy yo’nalishlar bilan bir qatorda so’ngi davrda radiatsiya va geliomaterialshunoslik, fizika va kvant elektronkasi, lazer texnikasi, nurlanish kasalligiga yo’liqqanlarni davolash qo’llaniladigan dori-darmonlarni yaratish, inshoatlarning zilzilabardoshligi,o’simlik moddalar ximiyasi sohalari va boshqa sohalarda katta obro’ qozondilar.

Endilikda ilm-fan yangi yo’llar ochish, sifat jihatidan yangi texnologiyalarni jadallik bilan yaratish, jamiyatning yangi holatga o’tishini ta’minlash lozim.

Fanni malakali kadrlar bilan ta’minlash, xodimlarning professional bilimdonligi darajasini oshirish, ularning qobilyatlarini ro’yobga chiqarish uchun barcha sharoitlarni yaratish ilmiy jarayonni jadallashtirishning asosiy omilidir.

Fanga istedotli yoshlarning kirib kelishini ta’minlash uchun kompleks tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Shuning uchun “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlashning milliy daturi” qabul qilingan. [1]

Ta’lim tizimi oldidagi davlat buyurtmasi O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasuri” ning asosiy g’oyalarida o’z aksini topgan.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasuri” yuksak umumiy madaniyatga vca kasb hunar madaniyatiga, ijobiy va ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to’g’ri yo’l topa bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek har tomonlama kamol topgan jamiyatda turmushga moslashgan ta’lim va asb-hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o’zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g’oyani ilgari suradi.

Ushbu pedagogik g’oya ta’lim tizimi oldiga:


  • Talim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurilish jarayonlariga moslash;

  • Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlardan, fan, madaniyat, texnika va texnalogiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;

Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida, fizika fanini o’qitish o’quv dasturi asosida tashkil etilsada, u iki yo’nalishda amalga oshiriladi.

Akademik litsey o’quvchilarning intelektual qobiliyatlarini jadal o’stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan bilim olishlarini taminlaydigan o’rta maxsus o’quv yurti ekanligini hisobga olgan holda fizikani o’qitishda ilmiy nazariy masalalarga keng yo’l berish, o’quvchilarni fizika fani asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini, ilmiy dunyuqarashini kengaytirishni, ilmiy tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari bilan tanishtirish fizik olimlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Kasb hunar kollejlarining tanlangan kasblar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisoslik bilan ta’minlaydigan o’rta maxsus kasb-hunar o’quv yurti ekanligini o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligini nazarda tutgan holda fizikani o’qitshda ko’proq amaliy masalalarga ahamiyat qaratiladi.

O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning so’ngi yutuqlarini amaliyotda joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy, kasb-hunarli, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan barkamol shaxsni kamolga yetkazish, ularning ongini milliy istiqlol g’oyalari ta’sirida tarbiyalash vazifalarini amalga oshirish lozim.

Ushbu vazifalarni hal etishda ta’lim muasasalarining pedagogik jamoasi, xususan har bir fan o’qituvchisi o’z pedagogik faoliyatida tub burilish yasashi lozim.

Uzluksiz ta’lim tizimining har bir turi kabi o’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi ham yangi pedagogik tafakkur egasi, munosib shaxs, o’z ishining ustasi bo’lgan o’qituvchigazarurat sezmoqda, har bir o’qituvchi mutaxasis sifatida o’z fanining ilmiy va nazariy jihatdan chuqur o’zlashtirgan, pedagogik-psixologik hamda metodik bilim, ko’nikma va malakalarni egallagan, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradigan zamonaviy pedagogik va axborot texnalogiyalarini ta’lim jarayoniga qo’llay olish malakalariga ega bo’lishi lozim. [1]



I bob. O’qitishda modulli ta’lim texnalogiyalari.

1-§. Modulli ta’lim tushunchasi va uni amalga oshirish yo’llari.

Modulli ta’limning mohiyati shundan iboratki, bunda o’quvchilar modul dasturlari ustida mustaqil ishlab bilish faoliyati orqali belgilangan maqsadga erishadi.

Modulli ta’lim texnalogiyalari asosida modulli dastur turadi. Modul dasturlari asosida mavzuning ilmiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadidan kelib chiqadigan didaktik maqsadni, o’quvchilar dars davomida bajaradigan topshiriqlarni, mazkur topshiriqlarni bajarish bo’yicha berilgan ko’rsatmalarni mujassamlashtiradi.

Modulli ta’lim o’qitish mazmuni va mohiyatiga ko’ra quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi:

  1. O’quv materiallarini modulli rejalashtirish.

  2. Modulli dars.

  3. Modulli dasturlar.

O’qituvchi o’quv yili boshida qaysi mavzularni modulli ta’limdan foydalanib o’tishni taqvim mavzu rejalarida belgilaydi. Modulli dasturlar mazmuni va mohiyatiga ko’ra:

1. O’qituvchilarning individual ishlashi uchun mo’ljallangan modul dasturlari.

2. Ikkita o’quvchi hamkorlikda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturlari.

3. O’quvchilarning kichik guruhlarida hamkorlikda ishlashga mo’ljallangan modul dasturlariga bo’linadi.

Modulli dasturlar o’qituvchilar tomonidan tuzilib, unda modulning didaktik maqsadlari, mavzuni o’rganish bosqichlari, mavzuni o’rganish bosqichlari, o’quvchilar tomonidan bajariladigan o’quv faoliyati elimentlari, o’quvchilar bilimini nazorat qilish yo’llari ketma-ket yoziladi.

Modul dasturlarini tuzishida o’quvchi e’tiborini quyidagilarga qaratishi zarur:

1. Modul dasturidan ko’zda tutilgan maqsadni aniq belgilash.

Bunda o’qituvchi ta’limning didaktik maqsadlar majmuasini, modulning umumiy maqsadini aniq tasavvur qilish zarur.

DMM – didaktik maqsadlar majmuasi, biror bir o’quv fani yoki bobni o’rganishda ko’zda tutilgan maqsad bo’lsa, MUM – modulning umumiy maqsadi, bir dars davomida erishilishi lozim bo’lgan maqsad, XDM – xususiy didaktik maqsad, modul dasturlaridan o’rin olgan o’quv elementlaridan ko’zlangan maqsadlar deb tushunmoq kerak. Ma’lumki har bir o’quv fani tegishli didaktik maqsadlar majmuiasini ko’zda tutadi. Ta’lim jarayonining asosiy shakli bo’lgan darslar ham shu didaktik maqsadlarning ma’lum qismini amalga oshiradi. Mazkur maqsadlar modulning umumiy maqsadini tashkil etadi. Dars davomida ushbu maqsadni amalga oshirish o’quvchilarning o’quv bilim faoliyati bir emas, balki bir necha o’quv faoliyati elementlaridan tashkil topadi. Modulli dasturdan o’rin olgan har bir o’quv faoliyati elementi modulning umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda xususiy didaktik maqsadni ko’zda tutadi. Shu tariqa modulli dasturlarda xususiy didaktik maqsadlar modulini umumiy maqsadini tashkil etsa, modulli dars boshqa darslar bilan birgalikda mazkur o’quv fanidan ko’zda tutilgan didaktik maqsadlar majmuasini amalga oshiradi.

2. O’quv materialini o’rganishning mantiqiy yo’nalishini aniqlash. Modulli ta’lim tamoyillarini hisobga olgan holda o’quv materialini mazmunini tugallangan, mantiqiy ketma-ketlikdagi kichik bo’laklarga taqsimlash.

3. O’quvchilarning o’quv materialini o’zlashtirishi uchun tashkil etiladigan o’quv faoliyati usullarini belgilash.

4. O’quv faoliyati usullariga bog’liq holda modul dasturidan o’rin olishi lozim bo’lgan o’quv elimentlarini va ularni ketma-ketligini aniqlash.

5. O’quvchilar bilimini aniqlash va nazorat qilish bo’yicha dastlabki joriy nazorat, axborot to’plami o’quvchilar bilimidagi tipik kamchilik va xatolarni bartaraf etish yo’llarini belgilash.

6. O’quvchilar uchun asosiy va qo’shimcha adabiyotlarni tanlash.

7. O’quvchilar modul dasturi yordamida o’quv materialini mustaqil va ijodiy o’rganish jarayoni mazkur mavzularni o’zlashtirishi uchun dasturda belgilangan vaqt doirasida amalga oshirilishiga erishish lozim.

Modul dasturini muvofaqiyatli qo’llashning muhim sharti, unda o’quvchilarning o’quv bilish faoliyatining o’quv elementlarini to’g’ri tanlashdir. Chunki o’quvchilar modulli dastur bilan ishlaganda, aynan shu o’quv elementlarini bajaradilar.

Biz quyidagi o’quv faoliyati elementlarining turlari haqida fikr yuritamiz.

Modulli dasturda juda ko’p axborot manbalaridan foydalaniladi. Shu sababli o’quv faoliyati elementlarini axborot manbalariga ko’ra tavsiflash maqsadga muvofiq.

O’FE-1. Matnli o’quv elementida o’quvchilarga tegishli manbadagi matnni o’qish, asosiy fikrni ajratish, matn yuzaasidan reja tuzish, matndan foydalanib o’quv daftariga konspekt yozish, jadval tuzish kabi topshiriqlar beriladi.

O’FE-2. Jadvalli o’quv elementidagi axborotni ko’rib chiqish, ob’yektlarni, ularning xossalarini taqqoslash, o’xshashlik va farqlarni ajratish, fikrni qisqa va lo’nda bayon etish haqida ko’rsatma beriladi.

O’FE-3. Ko’rgazmali o’quv elementida voqea va hodisalarni tasavvur etish, mantiqiy operatsiyalar qilish, sintez, taqqoslash, umumlashtirishni bajarish topshirilishi mumkin.

O’FE-4. Og’zaki usuldagi o’quv elimentida o’quvchilar o’qituvchi yoki ma’ruzachining ma’ruzasi hamda axborotlarni tinglab, topshiriqlarni bajaradilar. Bunda o’qituvchi o’quvchilarning diqqatini quyidagilarga qaratishi zarur:

  1. Axborot nima maqsadda berilmoqda?

  2. Mazkur axborot asosida o’quvchilar qanday topshiriqlarni bajarishlari lozim?

  3. Axborot bir marta beriladi, qaytarilmaydi. Shuning uchun har bir o’quvchi axborotni diqqat bilan tinglashi shart.

O’FE-5. Komyuterli o’quv elimentida kompyuterga tegishli axborot, o’quvchilar bajaradigan topshiriqlar bo’yicha ko’rsatmalar kiritiladi. Bu yerda EHM o’quvchilarning o’quv bilish faoliyatini boshqaradi. EHM displeyida topshiriqlar ketma-ket paydo bo’lib, o’quvchi dastlabki topshiriqlarni beradi, ya’ni EHM o’quvchilarning bilimini nazorat qiladi va baholaydi. Kompyuterli o’quv elementlaridan darsdan tashqari vaqtda o’quvchilarning mustaqil ishlashida ham mufofaqiyatli foydalanish mumkin.

O’FE-6. Audio-video, texnik vositali o’quv elementi – kinofilm, diafilm, diapozitiv, videofilm magnit tasmalari, disklar va hokazolardan axborotni o’quvchilar qisqa muddatda o’rganadilar. O’qituvchi o’quvchilarga topshiriq berib, so’ngra mazkur vositalar orqali ishlash haqida ko’rsatmalar beradi.

O’FE-7. Tabiiy ob’yektli o’quv elementlarida o’quvchilar tabiiiy elementlar bilan ishlaydilar. Ob’yektlarni toppish, aniqlash, taqqoslash, tahlil qilish va hokazo topshiriqlarbajaradi. Mazkur obyektlarning ahamiyati, tabiatdagi o’rni, ularni muhofaza qilish haqida fikr yuritiladi.

Aralash tipdagi o’quv elementlari modul dasturi maqsadlariga muvofiq yuqorida qayd etilgan o’quv faoliyati elementlarining tegishlilari uyg’unlashtirilsa, amaliy tipdagi o’quv elementlari asosan o’quvchilarda tegishli amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishni ko’zda tutadi. Shuni uqtirish lozimki, o’quvchilarga mustaqil o’zlashtirish uchun tavsiya etiladigan o’quv materiali o’quvchilarning o’quv imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ular uddalay oladigan va qiyin bo’lmasligi kerak. O’qituvchi o’quvchilarning o’quv materiallarini mustaqil va ijobiy o’zlashtirish ko’nikmasiga ega bo’lishiga erishishlari lozim.Bunda dastlab o’qituvchi darsga olib kiradigan axborotni ikki qismga ajratadi. Birinchi qismini o’quvchilar o’qituvchu yordamida, ikkinchi qismini ijodiy va mustaqil ozlashtirishlari lozim. Keyin belgilangan mavzularni modulli dars shaklida o’tkazishni mo’ljallab, modulli dasturni tuzadi.[2]

2. Modulli ta’lim texnalogiyalari asosida “Termodinamika qonunlari” rejalashtirishning didaktik asoslari.

Modulli ta’limda har bir o’quv faoliyati elementi nazorat qilinadi va baholanadi.

Modulli texnalogiyada nazoratning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:

  1. O’z-o’zini nazorat qilish.

  2. O’quvchilar tomonidan o’zaro o’zaro nazorat.

  3. O’qituvchi tomonidan nazorat.

O’quvchi o’z-o’zini nazorat qilganda, test savol topshiriqlarga javoblar topib, uni bajaradi, va to’g’ri javoblar bilan taqqoslaydi va o’zining dars davomidagi faoliyatini baholash me’zoniga muvofiq baholaydi.

O’zaro nazoratda o’quvchilar bir-birining javoblarini tekshiradi, o’quvchilarning o’z faoliyatiga qo’ygan bahosi, baholash me’zoniga qanchalik mos ekanligini ko’rib chiqadi. Bunda o’quvchilar o’rtasida do’stona muloqot, bahs vujudga keladi.

O’qituvchi tomonidan o’quvchilar bilimi muntazam ravishda nazorat qilinadi. Bunda modulli dasturi bilan ishlashdan avval o’tgan mavzular bo’yicha, dars oxirida yangi mavzular bo’yicha nazorat o’rnatiladi. Nazorat test savollari, savol-javob, yozma ish, ijodiy ish shaklida o’tkazilishi maqsadga muvofiq.

Har bir o’quv faoliyati elementining aniq va haqiqiy baholash o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, tehsil olishga bo’lgan ehtiyoji va qiziqishini orttiradi.

Modulli darsni quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tgan mavzular yuzasidan o’quvchilar bilimini test savol-topshiriqlari yordamida aniqlash va baholash.

  3. O’tgan mavzuni yakunlash.

  4. Yangi mavzu bayoni:

  1. Yangi mavzu bo’yicha tuzilgan modul dasturlarini tarqatish va o’quvchilarni modulning didaktik maqsadi bilan tanishtirish;

  2. O’quvchilar faoliyatini modul dasturidagi o’quv topshiriqlarini mustaqil bajarishga yo’llash;

  3. Har bir o’quv faoliyati elementi topshiriqlarining to’liq bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko’rgazmalar berish;

  4. Har bir o’quv faoliyati elementi yakunida savol-javob yoki munozara o’tkazish.

  1. Yangi mavzu yuzasidan test savollari yordamida o’quvchilar bilimini aniqlash:

  1. O’z-o’zini nazorat

  2. O’zaro nazorat

  3. O’qituvchi nazorati

  1. Darsni umumiy yakunlash.

O’qituvchi ta’lim jarayonida modulli darsdan foydalanganda nafaqat modulli dasturini tuzadi, balki avvalgi mavzu va yangi mavzu bo’yicha test topshiriqlarini tayyorlaydi, o’quvchilar bilimini nazorat qilish turlari ketma-ketligini baholash mezonlarini reyting tizimi asosida belgilaydi.

Modulli darsda foydalaniladigan modul dasturlariga ko’ra quyidagilar:

1. O’quvchilarning individual tarzda ishlashga mo’ljallangan modul dasturlari har bir o’quvchining iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasini, o’zlashtirish darajasini aniqlash va orttirish, kitob ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o’z o’zini baholash ko’nikmalarini rivojlantirish.

2. Ikkita o’quvchi hamkorlikda ishlashda mo’ljallangan modul dasturi yuqorida qayt etilganlardan tashqari, o’quvchilarning bir-birini o’qitsh, ozaro hamkorlida o’quv topshiriqlarini bajarish va muammolarini hal etishi, o’zaro nazoratni amalga oshrishi, ozaro yordamni uyushtirishi.

3. O’quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturlari yuqoridagilar bilan bir qatorda o’quvchilar o’rtasida muloqot, o’quv bahsi va munozara, o’zaro hamkorlik va yordamni amalga oshirishni nazarda tutadi.

O’qituvchi mazkur modul dasturlaridan avval individual tarzdagi modul dasturlarini qo’llanib o’quvchilarning o’quv materiallarini mustaqil va ijodiy o’zlashtirish ko’nikmalari shakllanganligiga ishonch hosil qilgandan so’ng, ikkita o’quvchi hamkorlikda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturlari, tegishli pedagogik shart sharoitlar vujudga kelgandan so’ng esa kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishi maqsadga muvofiq.

Kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashuv mavjud:

  1. Musobaqa usuli.

O’qituvchi o’quvchilarni teng sonli guruhlarga ajratadi. Modul dasturini tarqatib, guruhdagi o’quvhchilar faoliyatini modul dasturidan o’rin olgan o’quv faoliyati elementlarini bajarishga yo’llaydi. Har bir o’quv elementi topshiriqlari bajarilgandan so’ng, bahs, munozara, savol-javob, musobaqa tarzida o’tkaziladi. Guruhlar o’rtasida g’oliblar aniqlanadi. Har bir guruhgdagi o’quvchilar o’z faoliyatini o’rtoqlarining fikrini hisobga olgan holda baholaydi.

  1. Kichik konsultantlar usuli.

O’qituvchi sinf o’quvchilarini 5-6 ta teng sonli kichik guruhlarga ajratadi. Har bir guruhda kichik konsultantlar tayyorlaydi. Kichik konsultantlar guruhdagi o’quvchilarning faoliyatini nazorat qiladi. Tegishli hollarda o’zaro yorda uyushtiradi. O’quv faoliyati elementlari topshiriqlari asosida savol javob o’tkaziladi. Kichik guruhdagi o’quvchilar faoliyati o’zaro nazorat orqali baholanadi.

Fiziani o’qitishda modulli ta’lim dasturlaridan foydalanish dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. [7]

II-bob. Termodinamika qonunlarini modulli tizim asosida o’rganish.

1-§. 1-2 modul. Issiqlik almashuvi va ish sistema holatining o’zgartirish usullari “Mutloq temperatura”

Bir jinsdan boshqa jinsga ish bajarmasdan energiya uzatish jarayoni issiqlik almashinuv yoki issiqlik uzatish deyiladi. Issiqlik almashinuv issiqlik o’tkazuvchanlik, konveksiya va nurlanish yo’li bilan sodir bo’ladi. Jism qizdirilganda uning zarrachalarining issiqlik harakati kuchayadi va uning tempraturasi ko’tariladi. Natijada qo’shni zarrachalarga uzatiladi va ularni harakat tezligi ortadi ya’ni jismning galdagi qismining tempraturasi ko’tariladi. Demak issilik uzatiladi. Turli moddalarning issiqlik o’tkazuvchanilgi turlicha bo’ladi.

Konveksiya. Konveksiya vaqtida issiqlini gaz yoki suyuqlik oqimining ozi ko’chiradi. Suyuqlik va gazlarning issiqlik manbaiga yaqin bo’lgan qatlami tez isib kengayadi, uning zichligi kamayadi, natijada yuqriga qalqib chiqa boshlaydi. Uning o’rniga yuqori sovuqroq qatlami egallaydi bu jarayonda issiqlik, suyuqli yoki gaz moekulalarining yuqori temperaturali qatlamlardan temperaturasi pastroq qatlamlarga birdaniga siljishi bilan uzatiladi. Bu hodisaga konveksiya deyiladi. Konveksiya bo’lmaganda plita ustiga qo’yilgan idishdagi suv juda sekinlik bilan isigan bo’lar edi.

Nurlanish. Qizigan hamma jismlarissiqlikni boshqa jismlarga nurlanish- nur siochish yo’li bilan uzatadi. Issiqlikni nurlar orqali uzatish issiqlik uzatishning boshqa turlaridan shu bilan farq qiladiki, hech qanday moddaning molekulasi bo’lmagan mutlaq va qumda ham issiqlik uzataveradi.

Issilik almashinuvida suyuqlik yoki gaz (bug’) ish bajaruvchi jism jism hisoblanadi. Issiqlik almashuv nazariyasi energiya uzatish haqidagi ma’lumotning bir qismi bo’lib, termodinamika bilan birga issiqlik texnikasining nazariy asosini tashkil qiladi. Bug’ qozonlarida, bug’ va gaz trubinalarida, pechlarda issiqlik almashinuv hodisasi ro’y beradi.

Tabiatda uzluksiz issiqlik almashinuv bo’lib turadi. Masalan, havoning yerga yaqin turgan qatlami va tuproqning yuqori qatlamida tempratura muttasil o’zgarib turadi. Kunduzi tuproq quyoshdan issiqlikni ko’p yutib isiydi, kechasi esa aksincha soviydi. Tuproqning isishi va sovishi o’simliklarning rivojlanishiga kata ta’sir ko’rsatadi. Haydalgan qora tuproq quyosh nurlari ta’sirida ko’proq isiydi, ammo u ustda o’simlik o’sib yotgan yer tuproqqa qaraganda tezroq soviydi ham.

Tuproq va havo orasida issiqlik almashuviga ob-havo ham ta’sir qiladi. Ochiq bulutsiz tunda tuproq qattiq soviydi. Tuproqdagi issiqlik nurlanish tarzida to’xtovsiz tarqaladi. Erta bahorda bunday kechalari tuproqning sirti muzlashi mumkin. Agar havo bulut bo’lsa, bulut yerni qoplab olib, tuproqni nurlanish yo’li bilan issiqlik yo’qotishdan saqlovchi o’ziga xos parda vazifasini o’taydi.

Issiqxonalar tuproqni va tuproq ustidagi havoning temperaturasini ko’tarish vositalarini biri bo’lib, quyosh nurlaridan to’laroq foydalanishga imkon beradi.

Quyoshning ko’rinadigan nurlarini shisha yaxshi o’tkazadi, bu nurlar qoramtir tuproqqa tushgach uni qizdiradi. Ammo shish yer ustidagi havoni sovitmay turadi, chunki u yer sirtidan tarqaluvchi ko’rinmas issiqlik nurlarini yomon o’tkazadi.

Shunday qilib, issiqxonalar oynasi issiqlikni tutib qoladi. Issiqxona ichidagi temperatura usti ochiq yerdagi temperaturadan taxminan 10oC daraja yuqori bo’ladi.

Issiqlik texnikasi issiqlik almashinuvining nazariy va amaliy masalalarini o’rganadi. Issiqlik almashuv issiqlik oqimi miqdori ga jismlar sirti ga issiqlik almashuv koeffitsenti va temperaturalar farqi ; ga bog’liq bo’lib, u quyidagicha ifodalanadi:



Bu Nyuton-Puxman formulasi deyiladi. Bunda ga teng deb olib, buni issiqlik oqimi zichligi deyiladi, va u kabi yoziladi.

Temperaturalar farqi bo’lganda issiqlik almashuv koeffitsenti issiqlik oqimi zichligiga teng bo’ladi. Issiqlik almashuvda jismlar orasidagi chegarada sovuq jismning sekin harakatlanadigan molekulalari bilan issiq jismning tezroq harakatlanadigan molekulalari o’zaro ta’sirlashadi. Natijada molekulalarning kinetik energiyalari tenglashadi. Sovuq jism molekulalarining tezligi ortadi, issiq jism molekulalarining tezligi kamayadi.

Issiqlik almashuvda energiya bir turdan boshqa turga aylanadi. Issiq jism ichki energiyasining bir qismi sovuq jismga uzatiladi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish