Ⅰ Bob. Tashqi siyosat, xalqaro munosabatlar, diplomatiya tushunchalarini tadqiq etishning nazariy asoslari


Rossiya Ukraina o'rtasidagi kelishmovchiliklar



Download 144.23 Kb.
bet7/9
Sana21.05.2021
Hajmi144.23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2.3 Rossiya Ukraina o'rtasidagi kelishmovchiliklar

kraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrim va Donbassga yaqin hududlarda harbiy kuchlarni yuqori tayyorgarlik holatiga keltirish buyrug'ini bergan.

Rossiya va Ukraina munosabatlarida yangi ziddiyatlar chorshanba kuni boshlandi.

Rossiya federal xavfsizlik xizmati Qrimda "terakt oldi olib qolingani" haqida xabar berdi.

Rossiya tomoni bu "buzg'unchilik amaliga tayyorgarlik" ko'rishda Ukrainaning xavfsizlik xizmatlarini aybladi.

Shuningdek, Zaporoj viloyatida bir shaxs qo'lga olingani va u Rossiya xavfsizlik xizmatiga ko'ra Ukraina josusi ekanini da'vo qilishdi.

Federal Xavfsizlik xizmatining bu bayonotlaridan keyin ham Rossiya va ham Ukraina mulozimlari o'z tillariga erk berishdi.

Rossiya prezidenti Putin Ukrainani "terror amallariga o'tib olganlikda" aybladi va Qrimda ikki rus harbiysi o'ldirilgani uchun Kiev javob berishi kerak, dedi.

Prezident Poroshenko shundan keyin Rossiyani Qrim va mamlakat janubi sharqidagi terrorizmni qo'llashda aybladi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining bayonotini Poroshenko "fantaziya" deb atab, "aslida Ukrainaga navbatdagi harbiy do'q-po'pisalar" deb ta'rifladi.

AQShning Kievdagi elchisi Jefri Payet esa, Amerika Rossiyaning Ukrainaga nisbatan so'nggi ayblovlariga hech bir dalilu tasdiq ko'rmayotganini urg'uladi.

"Bu Rossiya tomonidan Ukraina sha'niga aytilgan ilk yolg'on emas, maqsad jamoatchilik e'tiborini Rossiyaning noqonuniy amallaridan chalg'itish", deb yozdi AQSh elchisi o'zining Twitter mikroblogida.

"Bizning Qrimga nisbatan munosabatimiz doim aniq-ravshan bo'lgan. Qrim Ukrainaning bir qismi edi va shunday qoladi. Rossiyaga nisbatan o'rnatilgan jazo choralari to Qrim yarim oroli Ukraina nazoratiga qaytarilmaganicha bekor qilinmaydi", deb qo'shimcha qildi elchi.

Rossiya hukumatining Ukrainadagi Rossiya tarafdorlariga qurol yuborganligi ilgari surildi.

NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg voqeani yaqindan kuzatganliklarini aytar ekan Rossiya buni rad etmoqda.

Rossiyaning Ukraina chegarasiga askar va og'ir qurollar yuborganligi xabar qilinmoqda.

Shuningdek Moskva hukumati Ukraina sharqidagi Rossiya tarafdorlariga harbiy ta'lim bergan.

NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg uyushtirgan matbuot anjumanida “Rossiya yangi hujum uyishtirish uchun yetarli darajada kuchga ega lekin bu hukumatning asl maqsadini oldindan bilish qiyin” dedi.

Ushbu malumotlarni rad etgan Rossiya hukumati O'rta yer dengizida Xitoy bilan birgalikda harbiy amaliy mashg'ulot o'tkazmoqda.

Ushbu qo'shma harbiy mashg'ulotlar “Dengizda hamkorlik 2015” deb nomlanadi.

Rossiya mudofaa vaziri yordamchisi Anatoliy Antonov, mashg'ulotlardan bosh maqsad suvdagi xavfsizlikni taminlash uchun hamkorlikni orttirish ekanligini aytdi.

Ushbu mashg'ulotlarning biror davlatga qarshi uyıshtirilmaganligini takıdlagan Antonov avgustda Xitoy bilan yapon dengizıda ham harbiy mashg'ulot o'tkazishlari haqıda habar qildi.

Shuningdek AQSH tashqi ishlar vaziri John Kerryning Rossiyaga ketayotganligi malum qildi.

Ukraina inqirozidan keyin birinchi marotaba Rossiyaga tashrif buyurgan Kerry Sochida Vladmir Putin va Rossiya tashqi ishları vaziri Lavrov bilan uchrashadi.

Uchrashuv davomida ko'rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar orasida Ukraina, Eron va Suriyadagi vaziyat ham jol oldi.

AQSh va Ukraina rasmiylarining 27-avgust kuni bildirishicha, Rossiya og’ir artilleriyasi Ukraina janubida chegarani kesib o’tgan va isyonchilarga yordam bera boshlagan. Bu yangi frontning ochilishi sifatida ko’rilmoqda.

Shu paytgacha janglar Ukraina shimolidagi Lugansk hamda janubi-sharqidagi Donetsk shaharlarida olib borilayotgan edi. Endi esa Azov dengizi yaqinidagi Novoazovsk shahriga ham Rossiya qo’shinlari bostirib kirdi.

So'nggi xabarlarga ko'ra, Novoazovsk atrofida Ukraina qo’shinlari Rossiya kuchlari oldida chekinar ekan, harbiy avtomashinalar va qurol-aslahani tashlab ketmoqda. AQSh Davlat departamentining qayd etishicha, Rossiya Ukraina hududiga tanklar va raketa otuvchi moslamalar olib kirgan.Rossiyaparast bo’lg’inchilar Novoazovsk g’arbidagi Mariupol port shahrini o’qqa tutgan. Donetsk aeroportida ham kuchli janglar kuzatilgan.

Novoazovsk kurort shahar bo’lib, aholisi 40 ming odam atrofida. Strategik hudud. Rossiyani Mariupol va Qrim bilan bog’laydigan yo’lda joylashgan.

Ukraina milliy xavfsizlik xizmati so’zlovchisi polkovnik Andriy Lisenkoning aytishicha, bir guruh rossiyalik askarlar bronetransportyorlar va yuk tashuvchi mashinalarda Ukraina-Rossiya chegarasini kesib o’tgan va Amvrosiyivka shahriga kirib borgan. Dushana kuni Ukraina habriylari u yerda 10 nafar Rossiya askarini qo’lga tushirgan edi.

Ukraina xavfsizlik xizmati shuni bayon qiladiki, mamlakat sharqida yana bir rus askari qo’lga olingan va so’roq paytida uning harbiy bo’limi bo’lg’inchilarga yordam ko’rsatganini tan olgan.

Lisenkoga ko’ra, Xorlivka va Ilovaysk shaharlaridagi janglarda 200 ga yaqin rossiyaparast isyonchi o’ldirilgan, tanklar va raketa moslamalari yo’q qilingan. Shuningdek, so’nggi 24 soat ichida kamida 13 ukrain harbiysi halok bo’lgan, 36 kishi yaralangan.

Rossiya bugungi iddaolarga munosabat bildirganicha yo’q. Shu paytgacha Moskva Ukrainaga qurol-aslaha yuborayotgani va isyonchilarga yordam berayotganini inkor qilib keladi. Rossiya rasmiylarining ta’kidlashicha, dushanba kuni qo’lga tushirilgan harbiylar xato qilib, chegarani belgilanmagan joyida kesib o’tgan.

“Rossiya chegarada harbiylarni joylashtirishda davom etmoqda. So’nggi 24 soat ichida Rossiya harbiy mashinalari chegaraga yaqin aholi punktlarida, asosan Rostov mintaqasida yig’ildi”, - dedi Lisenko.

“Associated Press” axborot agentligiga ko’ra, jurnalistlar Novoazovsk shahri yaqinida isyonchilarni harbiy aslaha, shu jumladan tanklar va “Buk” raketa otuvchi moslamalar hamda bronetransportyorlarda ko’rgan va isyonchilar orasida ko’plab rossiyaliklarni uchratgan.

Qrim boʻhroni yoki Qrim krizisi — Ukraina va Rossiya oʻrtasida sodir boʻlgan boʻhron. Qrim boʻhroni markazida Qrim yarimoroli turdi. Bu yarimorol 2014-yil fevralgacha Qrim Muxtor Respublikasi sifatida Ukraina tarkibida boʻlgan. Hozirda esa bu hududni Qrim Federal Okrugi sifatida Rossiya boshqaradi.

Qrim boʻhroni Ukraindagi 2013-2014-yilgi siyosiy boʻhron natijasida boshlandi. Qrimda aholining yarmidan koʻpi rus millatiga mansubdir. 2014-yil fevral oyida Ukraindagi Rossiyani qoʻllab-quvvatlovchi hukumat agʻdarildi va uning oʻrniga Yevropa Ittifoqibilan yaqinroq aloqada boʻlish tarafdorlaridan tuzilgan hukumat oʻrnatildi. Yevropa tarafdorlarining Yevromaydon va Rossiya tarafdorlarining anti-maydon siyosiy harakatlari orasida keskinlik kuchaydi. Bunda Rossiya ommaviy axborot vositalarida yangi Ukraina hukumatini oʻng qanot siyosatchilarni va Svoboda partiyasini nazarda tutib „fashist“ va „aksil-Rossiya“ deb tasvirlanishi rol oʻynadi.[1][2][3][4] Biror mamlakatga tegishliligini koʻrsatuvchi belgilarsiz qoʻshinlar Rossiya spetsnazi qurol-aslahalaridan foydalanib Qrim yarimorolini qoʻlga oldi. Rossiya bu kuchlarni mahalliy oʻz-oʻzini himoya qilish kuchlari deb atadi.[5][6][7][8][9][10] Bundan soʻng koʻp vaqt oʻtmay Rossiya qoʻshinlari Qrimga kiritildi.[11]

Ukraina boshliqlari diplomatik yechim topishga urinishdi. Ular tomonidan koʻrsatilgan harbiy javob mamlakatning armiyasini mobilizatsiya qilish bilangina cheklanib qoldi. Rossiya esa vaziyat yaxshilangunicha qoʻshinlari Qrimda qolishini aytdi.[5] Xalqaro miqyosda AQSH, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha, Kanada va Yevropa Ittifoqi Rossiyani qoraladi va mamlakatni xalqaro qonunlarni va Ukraina mustaqilligini buzishda aybladi.Rossiya esa Ukrainadagi yangi hukumatni tan olmadi va mamlakat shunchaki Viktor Yanukovichhududda tartib oʻrnatishga chaqirib qilgan iltimosiga javob berganini aytdi. Agar bu iddao chin boʻlsa, Rossiya oʻz harakatlarini Qora Dengizdagi flot statusi haqidagi mavjud kelishuvlarga asoslanib qonuniy deb hisoblashiga olib kelgan boʻlishi mumkin.[19][20]

2014-yil 6-mart kuni Qrim oliy kengashi Rossiyadan birlashish haqida soʻrashga ovoz berdi. Agar Rossiya buni qabul qilsa, 16-mart kuni bu masala Qrim referendumida oʻrtaga tashlanadigan boʻldi. Ukrainadagi yangi hukumat esa bu qadamni qonunga zid deb hisoblaydi.[21] Associated Press kabi baʼzi ommaviy axborot vositalari bu referendumni bir tomonlama mustaqallik eʼlon qilishga qiyoslashdi.[22][23]

16-mart kuni Qrimda Rossiya tarkibiga qoʻshilish haqida referendum boʻlib oʻtdi. Qrim rasmiylari referendumda ovoz berganlarning 95,5 foizi Rossiyaga qoʻshilishni qoʻllagani haqida xabar tarqatishdi.[24] Saylov rasmiylari ovoz berishga kelganlar soni juda yuqori boʻlganini aytishdi.[25] Shunday boʻlsa-da, qrimtatarlar va referendumga qarshilar ovoz berishdan bosh tortishdi.[26] 17-mart kuni Qrim parlamenti rasman mustaqillik eʼlon qildi va Rossiyaga qoʻshilishni soʻrandi.[27]

Ukraina parlamenti referendumni noqonuniy deb hisoblashini aytdi.[28] Rossiya boʻlsa referendumni tan oldi va vaziyat yaxshilangunicha qoʻshinlari hududda qolishini bildirdi.[5] AQSH va Yevropa Ittifoqi referendumni noqonuniy deb hisoblashlarini va Rossiyaga qarshi chora qoʻllashlari mumkinligini aytishdi,[29] Rossiya va Qrimlik ayrim siyosatchilarga qarshi sanksiyalar eʼlon qilishdi.

Rossiya hukumati boʻlsa Qrimni Rossiyaga tezkorlik bilan toʻliq integratsiya qilish uchun choralar koʻrishda davom etdi. Qrimliklarga Rossiya fuqaroligi berila boshlandi, mamlakat Rossiya vaqtini qabul qildi. Referendumdan soʻng Rossiya hukumati mamlakat tarkibida ikki yangi subyekt — Qrim Respublikasi va federal ahamiyatga ega Simferopol shahri tuzish haqidagi qarorlarni qabul qildi.




Download 144.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat