KATTA GURUH
“ZUMRADOYLAR DAVRASI”
Mavzu: 1.”Salomlashish odobi”.
2.”Ota-onaga hurmat”.
3.”Buvi-buvajonlarimiz”.
4.”Shirin so’zlik”.
5.”Rost go’ylik”.
6.”Kamtarik”.
7.”Bizning oila”.
8.”Yolgonchilik yomon odat”.
1.Tarbiyachi:Assalomu aleykum mening shirintoy,jajji bolajonalarim.Bugun sizlar
bilan “Zumradoylar davrasi” turkumiga kiritilgan.”Salomlashish odobi”mavzusida
suhbatlashamiz.
Bolalajonlar:Salom berish bu yaxshi.
Tarbiyachi:To’g’ri bolajonlar salomlashish yaxshi odat.Bolajonlar uyda ham
ko’chada yurganimizda,mehmonga borganimizda ham kattalarni ko’rganimizda
ham birinchi navbatda o’ng qo’limizni ko’ksimizga qo’yib salomlashimiz kerak.
Odobli aqlli bolalar doimo kattalarini ko’rganda assalomu aleykum deb salom
berishlari kerak.Bolajonlar sizlar ham kattalarni ko’rganingizda salom
berasizlarmi?
Bolajonlar:Biz kattalarni ko’rganimizda doim salom beramiz.
Tarbiyachi:Barakalla mening shirintoy bolajonlarim.Assalomu aleykum deb salom
berishni unutmang.
2.Tarbiyachi:Bolajonlar sizlar bilan ”Ota-onaga hurmat” mavzusida suhbat olib boramiz.
Bolajonlar:Xo’p bo’ladi.
Tarbiyachi:Bolajonlar bizning mehribonlarimiz g’amho’rlarimiz biz uchun jonini berishga tayyor insonlarimiz:bu bizning Ota-onalarimizdir.Bolajonlar biz doimo ota-onalarimizni hurmat qilishimiz kerak.Otalarimiz bizning dalatimizdir,onlarimiz esa janatimizdir.Bolajonlar sizlar ota-onalaringiz haqida she’r bilasizlarmiz?
Bolajonlar:Xa bilamiz.
Tarbiyachi:Bolajonlar kim she’r aytib beradi.
Bolajonlar:Biz aytamiz.
JANNAT ONALARNING POYIDA EMISH,
ONADAN TUG’ILGAN PAYG’AMBARLAR HAM.
MUNIS ONAJONLAR SOCHLARI KUMUSH,
TOPAR DUVOSIDAN MING
DARDLAR MALHAM.
Tarbiyachi:Barakalla bolajonlar ofarin
3.Tarbiyachi:Bolajonlar sizlar bilan ”Bizning oila” mavzusida suhbat olib boramiz.Bolajonlar barchamizning oilamizda oila boshi dadalarimiz hisoblanadi.Shuning bilan birgalikda oilada buvamiz,buvimiz,dadamiz,onamiz aka-ukamlarimiz,opa-singilarimiz bilan birgalikda yashaymiz to’g’rimi bolajonlar.
Bolajonalar:Xa to’g’ri.
Tarbiyachi:Bolajonalar oila muqaddas shunday ekan biz oilamizni asrab mustahkam bo’lishining poy devorlari hisoblanamiz.Ota-bobolarimiz bejizga aytishmagan Qush uyasida ko’ragnini qiladi deb.Siz aziz bolajonlar o’g’il bolalar dadalariga o’xshashni hohlaydilar,qiz bolalar esa onalariga o’xshaydi.
4.Tarbiyachi:Bolajonalar kelinglar sizlar bilan bugun “Buvijon-buvajonlarimiz haqida suhabtalashamiz.
Bolajonlar:Xa
Tarbiyachi:Bolajonlar buvijonlarimiz va buvajonlarimiz bizning farishtalarimiz,nasihatgo’ylarimiz,biz uchun doimo duvoda bo’luvchi insonlarimiz.Buvijonlarimiz-buvajonlarimiz bizga doimo shirin so’zlar bilan erkalab chaqiradilar.Nasihat qiladilar ko’pgina narsalarni o’rgatib hayot saboqlarini beradilar.Bolajonlar biz doimo buvijonlarimiz-buvajonlarimizning aytganlarini qilib ularning duvolarini olishimiz kerak.
5.Tarbiyachi: Bolalajonlar bugun sizlar bilan ”Shirinso’z bo’lish ” haqida suhbat olib boramizmi.
Bolajonlar:Xa.
Tarbiyachi:Bolajonlar sizlar qancha odobli,aqilli, shirinso’z bo’lsangiz barcha sizni yaxshi ko’radi.Shirin so’z bo’ilish bu siz bilan muloqatda bo’lib gaplashayotgan insonigizni kayfiyati yo’q bo’lib kimdur uni hafa qilgan bo’lganda siz unga do’stim yoki dugona sen hafa bo’lma deb Shirin so’z bilan gapirsaniz u xursand bo’ladi.
Bejizga ota-bobolarimiz aytishmagan yaxshi gapga ilon inidan chiqadi-pichoq esa qinidan.Bolajonlar sizlar doimo shirin so’zli bo’lishingiz kerak.
6.Tarbiyachi: Bolajonlar bugun siz bilan ”Rostgo’ylik” haqida suhbat olib boramiz.
Bolajonlar:Biz rost gapiramiz
Tarbiyachi:Aziz bolajonlar rostgo’y bo’lish eng yaxshi odatladan biri hisoblani.Bolajonlar shu sababli sizlar ham doimo rostgo’y gapirishingiz kerak.Agarda siz ota-onagiga yoki do’stlaringizni yolg’on gapirib qo’ysangiz dilini og’ritgan bo’lasiz.Do’stingiz sizdan hafa bolib qoladi so’ngra sizga ishonmay qo’yadi siz bilan do’st bo’lishni hohlamaydi.Rostgo’y bo’lsangiz sizlarni hamma hurmat qiladi,yaxshi ko’rishadi.Bu bola rost ekan aqlli ekan deb gapirishadi.
7.Tarbiyachi:Mening jajji bolajonlarim sizlar bilan bugun ”Kamtarlik” haqida suhbatlashamiz.
Bolajonlar:Xo’p bo’ladi.
Tarbiyachi:Bolajonlar kamtarlik buy ana bir yaxshi odatlardan bittasi hisoblanadi.Bolajonlar kimki kamtar bo’lsa buni barcha inson yaxshi ko’rishadi va hurmat qilishadi.Kamatar insonlar barcha hurmat qiladi.Bolajonlar bizning guruhimizda ham kamtar bolajonlar bormi?
Bolajonlar:Xa bor bizning o’rtog’iz Javohir.
Tarbiyachi:Kamatar insonlar barcha bilan birdik muommilada bo’lishadi xech kimning dilini og’ritmaydi,yomonlik qilmaydi barchaga yaxshilik qilishni hohlaydi.
8.Tarbiyachi:Bolajonlar bugun suhbat olib borgan mavzularimizning eng so’ngisi bu ”Yolg’onchilik yomon odat” mavzusidir.
Bolajonlar:Yolg’on gapirish yomon.
Tarbiyachi:Bolajonlar men sizlarga hozir Alisher Navoiy bobomizning “Sher va durroj” hikoyasini aytib bergandim bilasizlarmiz shudda ham durroj yolgo’on gapirib sherga yolg’on gapiradi sher bir marta ishonadi,ikki martda ishonadi lekin uchunchi martda ham sherni yordamga chaqirgan payt ishonmaydi.U menga yana yolg’on gapirayabdi deb.Shu sababli uni ovchilar tutib ketadi.Ko’ridingizmi bolajonlar yolg’on gapirish qanchalik yomon odat ekanligini.Durroj yolg’on gapirganigi uchun ham do’stidan ajraldi hamda ovchilar qo’liga tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |