Uyga vazifa:
Bolalarga:
Bolalar, uyga borganda qanday bolalar mehnatsevar bolalar eqanini aytib bering. Uyda kattalarga uy ishlariga yordam bering. O‘zingiz yashayotgan ko‘cha haqida ota-onangizdan so‘rab keling. Keyingi mashg‘ulotda bizning ko‘cha mavzusida suhbatlashamiz. Ota-onalaringiz bilan ko‘changizda nimalar borligini bilib keling.
Ota-onalarga:
Bolalarning bugungi suhbatda qanday mavzuni o‘rganganliklarini so‘rab, suhbat o‘tkazishlari, “Bizning ko‘cha” mavzusida bolalar bilan qisqa suhbat o‘tkazishlarini iltimos qilish.Imkoniyat darajasida “Bizning ko‘cha” mavzusida fotolavha olib kelish. Bu vazifaning zaminida kelgusi suhbat mavzusiga bolalarni tayyorlash, ularni suhbatda faol qatnashishga undash turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |