MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………..………….3
"POWER CONSTRUCTION PLANET" mas`uliyati cheklangan jamiyat faoliyatini umumiy tavsiflari…………………………………………...….…5
Masalaning tashkiliy – iqtisodiy mohiyati ………………………..…….15
Masalaning axborot ta`minoti tarkibi va mazmuni…………………………….18
Masalalarni еchish uchun kerak bo`ladigan dastur ta`minoti………………………………………………………………………..19
Qurilish koxonada axborotni qayta ishlash texnologiyasi ……………………………………………………………..……...........…….…22
Xulosa va takliflar……………………………………..……………..........…27
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………..…………..........…..29
Ilovalar.............................................................................................................33
Kirish
Yurtimizda bunyodkorlik ishlari kun sayin keng quloch yozib, yangi-yangi bino va inshootlar, ko`p qavatli turar joylar, madaniy-maishiy obyektlar, yo`llar, ko`priklar va boshqa obyektlar jadal sur`atlar bilan qurilishi bilan birga, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari ham keng ko`lamda qurilib, ishga tushirilmoqda. Qurilish qancha ko`p bo`lsa, qurilish materiallariga bo`lgan talab va ehtiyoj ham shunchalik ortib boraveradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Qaroriga quyidagilar ta`kidlab o`tilgan: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda shahar va qishloq aholi punktlarida zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantirish, qurilishni jadallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi va qurilish sohasida davlat boshqaruvining samarali mexanizmlari joriy etildi.
Shu bilan birga, tahlillar natijalari qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlashda bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Jumladan, manfaatdor shaxslar va jamoatchilik qurilish ishlari borishini kuzatish imkoniyatiga ega emas, mablag‘lardan noto‘g‘ri foydalanish, obyektlarni o‘z vaqtida topshirmaslik, qurilishda past sifatli materiallardan foydalanish, qurilish ishlariga sohaning mutaxassisi bo‘lmagan xodimlarni jalb qilish qurilish ishlarining sifatsiz bajarilishiga olib kelmoqda, respublika budjeti mablag‘lari, maqsadli jamg‘armalar va buyurtmachilarning ortiqcha xarajatlariga sabab bo‘lmoqda.
Qurilish vazirligi moddiy-texnik bazasining talab darajasida emasligi qurilish sohasidagi davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlari buzilishiga, joylardagi qurilish boshqarmalari va bo‘linmalarining faoliyatini samarali tashkil etishga to‘sqinlik qilmoqda1.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan soha mutasaddilari oldiga qo`yilgan vazifa va topshiriqlarni so`zsiz bajarish, sanoatning qurilish materiallari ishlab chiqarish yo`nalishini yanada rivojlantirish maqsadida, yangi-yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, qurilish materiallarining kam resurs va energiya talab etadigan zamonaviy turlarini ishlab chiqarishga jiddiy e`tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda har bir kunimiz mamlakatimiz iqtisodining rivojlanishida muhim omil bo`luvchi yangiliklarga boy bo`lmoqda, jadal sur`atlarda rivojlanib borishi natijasida iqtisodiyotning muhim tarmog`idan biri hisoblangan qurilish sohasida ham yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga yanada ko`proq ehtiyoj sezilmoqda.
Darhaqiqat, qurilish sohasida ham axborot texnologiyalarini qo`llagan holda ko`rsatilayotgan barcha xizmatlarning tezkorligi, sifati va shaffofligi bugungi kun talabidir.
Respublika hududida jami mingga yaqin qurilish materiallari, shu jumladan granit va marmar, sement xom-ashyosi, g`isht va cherepitsa xom-ashyosi, qum-shag`al aralashmasi, gil, bentonit gil, izvest, dolomit, granit, gipsli tosh, granosiyenit-porfir, valun-qumli-gravir, ohaktosh, kaolin, marmarlashgan ohaktosh, granodiorit konlari aniqlangan bo`lib bugungi kunda ular bazasida devorbop materiallar, tabiiy tosh mahsulotlari va boshqa qurilish va pardozlovchi materiallar, sement, asbotsement mahsulotlari va bog`lovchi materiallar ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Mazkur qurilish materiallari xom ashyo zahiralari mavjud konlarning 37 foizidan foydalanilayotgan bo`lsa, 63 foizidan foydalanilmayapdi. Bu raqamlar sohani yanada rivojlantirish bo`yicha ulkan imkoniyalar mavjudligini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |