Zulfiya she’riyatida rangin tuyg’ular ifodasi



Download 20,98 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi20,98 Kb.
#241461
Bog'liq
Zulfiya she'riyatida rangin tuyg'ular ifodasi


Zulfiya she’riyatida rangin tuyg’ular ifodasi

Xalqimizning atoqli va ardoqli vakili, xalqaro ,,Nilufar’’, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasi Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda Toshkentda Isroil temirchi oilasida dunyoga keladi. U 1922-1931-yillarda maktabda, 1931-1934-yillarda Qizlar bilim yurtida, 1935-1938-yillarda Til va adabiyot institute aspiranturasida o’qiydi, deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishlaydi. Shoira Zulfiya Isroilova 1938-1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, ,,O’zbekiston’’ davlat nashriyoti bo’lim mudiri, 1953-yilgacha ,,Saodat ‘’ jurnalida bo’lim mudiri, 1953-1980-yillarda shu jurnalning bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.

1932-yil Zulfiyaning ,,Hayot varaqlari’’ nomli ilk she’riy to’plami nashr etiladi. Uning she’rlari turli xil mavzularda bo’lib, ehtirosga to’la, hayotbaxsh. Ularda samimiy tuyg’ular aks ettirilgan;

Bo’ron quchog’ida qoldim bir oqshom,

Tabiat va qalbim ichra to’polon.

Naq ilk bor may to’la sipqorganday jom,

Bir qanotim orom,

Bittasi tug’yon.

Lirik qahramon ,, bir oqshom bo’ron quchog’ida qolgani’’ni aytadi. Qalbida bo’layotgan ,,to’polon’’ni tabiatdagi ,,to’polon’’ga qiyoslaydi. Bu yerda juda chiroyli o’xshatish yuzaga kelgan. Bu satrlar oddiy va samimiy so’zlar orqali o’quvchini o’ziga maftun etadi. Hijron motive aks etgan bu she’rda lirik qahramon xuddi ilk bor may ichgan kishi holatiga tushadi. Bu she’rda Zulfiya inson qalbida o’tayotgan nozik bir tuyg’ularni aks ettirgan

Qarshimda ,

Yonimda

Atrofda olam,

Birini o’zgaga o’xshatolmayman.

Har biri, bilaman, butun bir olam,

Bu olamga nurday yo’l topolmayman.

Shoira bu she’rida insonlarni turfa xil ekanligini, bir –birini takrorlamasligini, har biri butun biro lam ekanligini aytib o’tadi. Bu olamga ,ya’ni inson qalbiga yo’l toppish juda mushkul ish. ,,Yozuvchi uchun, ijodkor uchun insonning ma’naviy-ruhiy bisotini anglash, inson qalbiga yo’l topish, qalbidagi tushunish, tushuntirish qiyin bo’lgan nozik, sirli –sehrli tuyg’u, kechinmalarni ifoda etish, ularning ma’nosini chaqish- mohiyatini ochish, eng qiyin , ammo g’oyat muhim, balkim bosh masala’’,-deb yozgan edi taniqli adabiyotshunos Umarali Normatov. Badiiy adabiyotda insonning o’y- xayollari, orzu-istaklari to’laroq aks ettiriladi. Adabiyot, she’riyat , avvalo insonshunoslikdir.

Kechir meni, yoshlik! Senga munosib,

Chaqnab va chaqnatib yurmadim.

Tuyg’u va to’fonlarin idrokla bosib,

Portlashga bir zamon qo’ymadim.

Lirik qahramon o’z yoshligiga murojaat qilib, uzr so’ramoqda. Unga munosib bo’lmaganidan afsus chekmoqda. O’z his-tuyg’ularini aqli bilan, idroki bilan bosib, portalshga bir zamon yo’l qo’ymaganini aytmoqda. Rostdan ham ba’zida insonda shunday his-tuyg’ular uyg’onadiki, ularni aql bilan yengib o’tish kerak bo’ladi. Bu ba’zida foyda, ba’zida esa zarar keltiradi.

Hijroning qalbimda, sozing qo’limda,

Hayotni kuylayman, chekinar alam.

Tunlar tushimdasan,kunduz yodimda,

Men hayot ekanman, hayotsan sen ham.

Zulfiyaning turmush o’rtog’i Hamid Olimjon 1944-yil o’ttiz besh yoshida avtomobil halokati tufayli vafot etadi. Ayni baxtli damalrini o’tkazayotgan oila uchun bu chinakkam fojea edi. Zulfiyaning o’z sevgan yoridan judo bo’lishi, hijron azobida qiynalishi uning ijodiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi , albatta. Yuqorida keltirilgan satrlar bag’oyat hayotbaxsh va tantanavor so’zlar. Hijron motivida yozilgan ushbu she’rda shoira hayotni kuylashdan charchamasligini aytmoqda. Yor visoli tunlar tushida bo’lsa, kunduz yodida bo’ladi. Uning yodi hech qachon o’lmaydi. O’zi umuman ba’zi insonlar vafot etib ketsada, ularning xotirasi abadiy yashaydi. Masalan , Hamid Olimjonning ham Zulfiyaning ham ijodiy merosi, she’rlari bor ekan , xalq ularni hech qachon unutmaydi. Ular o’zlari qoldirib ketgan asarlarida yashayveradi.

Zulfiyaning bir she’rida shunday satrlar bor:

,,Sharq – shoir makoni,

She’r yurak qoni.’’

Haqiqatdan ham, Sharq o’z ijodkorlari, shoirlari bilan ma’lum va mashhur. She’r esa yurakdan chiqayotgan qon kabi. Ya’ni haqiqiy she’r yurakdan, qalbdan chiqadi. Ta’niqli navoiyshunos olim Ibrohim Haqqulov o’zining ,, Talant-jasorat javhari nomli kitobida shunday yozgan edi: ,, Haqiqiy san’atkor na omma didi va saviyasiga moslab asar yozishni, na olamon dilini ovlab shuhrat qozonishni xayolga keltiradi- boshqalarga maqbulmi, nomaqbulmi- u ko’nglida ildiz otgan, ruhini munavvar qilgan ma’no va haqiqatlarni yozadi.’’ Haqiqiy san’atkor xuddi shunday bo’lishi kerak. Zulfiya ham shunday ijodkorlardan edi. Uning she’rlari qalbdan , yurakdan chiqadi. Zulfiya she’riyatidan kitobxon zavqlanadi, huzurlanadi, rohatlanib , yayrab o’qiydi.

Zulfiyaning ,,Xotiram siniqlari’’ nomli she’ri shunday boshlanadi;

Hurriyat, keldingmi-nahotki kelding,

Pinhona sog’indim, pinhona kutdim.

Yomg’irga bag’rini tutgan sahrodek-

Sening nasiminga qalbimni tutdim.

She’r 1995-yilda yozilgan edi. Ya’ni mustaqillikni ilk davrlari edi. Hurriyat. Bu so’z qanchalik chiroyli jaranglaydi. Shoira ilk satrlarda, hurriyatga murojaat qilib, ,,nahotki kelding’’,-deydi. Chunki, uning kelishi osonlikcha bo’lmadi. Qanchadan-qancha kulfatlar, yo’qotishlar, zahmatlar evaziga keldi u. shoira, pinhona sog’indim, pinhona kutdim,-deydi. Nima uchun pinhona sog’inadi? Oshkora sog’inishning imkoni yo’qmidi? Albatta, yo’q edi…

Keying satrlarda shoira o’zini sahroga qiyoslaydi: yomg’irga tashna bo’lgan sahroga. Haqiqatdan ham juda tashna bo’lgan sahrodek edi u. hurriyatning kelishini butun qalbi bilan kutgan edi. She’r shukronalik bilan boshlangan bo’lsada, unda alam va iztirobli kunlar tilga olinadi. ,, Har xonadonning quvonchi bujmayib,so’liy boshlagani’’ eslanadi shoira oilasi boshiga tushgan kulfatlarni yozadi. Akasi, ota-onasi ko’rgan azoblarni aytadi.

Alam. Yomon alam ko’zing ko’r bo’lsa,

Lekin so’qir dillik undanda dahshat.

Xalq ganjin yulmoqqa cho’zilgan qo’lga

Biz alvon guldasta tutibmiz faqat.

Shoira o’sha yillarni eslab iztirob, alam chekadi. Faqat ko’zlar emas, dillar ham ko’r bo’lganini aytadi. Xalqning boyliklarini talayotgan kishilarga guldasta tutganidan kuyinadi. Haqiqatdan ham esalash og’ir bo’lgan damlar… Xalq ne-ne azob-uqubatlarga mahkum etilgan edi. Urush va urushdan keying davrlar juda qiyinchilikda o’tgani ma’lum. Millionlab odamlar yostig’ini qurutgan urushning nomi kimga yoqadi deysiz? Buni faqat iztirob va azob bilan eslash mumkin. Qaramlikni ham shunday eslash mumkin. Shoira bu she’rida istiqlolni kelganidan mamnun, quvonchli bir holatda. Ammo bu quvonchlar ortida qancha alamli iztiroblar yotganini eslab o’tadi, ,,og’ir bulutdek bir yog’ib oladi.’’



She’rni o’qir ekanmiz, mustaqillik naqadar qadrli ekanligini, shukronalik tuyg’ulari bilan yashash lozimligini yana bir bor qalbimizga jo qilamiz. She’rda teran va ibratli o’ylar aks etgan bo’lib, undagi g’oyaviy badiiy mazun also eskirmaydi.

Kitobxon Zulfiya she’riyatidan o’zgacha zavq oladi, rohatlanadi. Uning she’rlari o’z ohangi va jozibasi bilan qalblarni o’ziga tortaveradi. She’rlarni o’qir ekanmiz ruhiy holatimiz va kayfiyatimiz o’zgaradi. Uning se’rlarini anglash va tahlil qilish boshlanadi. Shoiranining ijodiy merosi o’quvchi uchun hayot va ibrat maktabi vazifasini o’taydi va hech shubhasiz, adabiyotimiz xazinasidan munosib o’rin egallaydi.
Download 20,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish