Fizik xossalari[tahrir]
Saturn gaz sayyoralari turiga kiradi: u asosan gazlardan iborat boʻlib, qattiq yuzaga ega emas. Sayyoraning ekvatorial radiusi 60 300 km, qutblardagi radiusi 54 400 km[4]; Quyosh tizimidagi barcha sayyoralar ichida Saturn eng katta siqish kuchiga ega. Sayyoraning ogʻirligi Yerning ogʻirligidan 95 marta katta, ammo Saturnning oʻrtacha zichligi atigi 0,69 g/sm³ ni tashkil etib[4], shu xossasiga koʻra, u Quyosh tizimidagi zichligi suvdan yengil boʻlgan yagona sayyoradir. Shuning uchun, Yupiter va Saturnning ogʻirliklaridagi farq 3 barobardan yuqori boʻlsa-da, ularning ekvatorial diametrlari atigi 19% ga farq qiladi. Boshqa gaz gigantlarining zichliklari ancha kattadir (1,27—1,64 g/sm³). Ekvatordagi erkin tushish tezlanishi 10,44 m/s² ga teng, bu koʻrsatkich Yer va Neptun koʻrsatkichlariga yaqin, ammo Yupiter koʻrsatkichidan ancha kichik.
Saturn haqida siz bilmagan 11 ta fakt
Saturnning halqasi qattiq jism emas; u muz parchalari, toch parchalari va changdan tashkil topgan;
Saturnning halqasi bor yo’g’i 9 ga 90 metr qalin;
Saturn 62 ta oyga (Yo’ldoshga) ega;
Agar Saturnni suv sathiga erlashtirganizda, Saturn suvga cho’kmagan bo’lardi;
Saturnning yo’doshlaridan biri bo’lmish Titanda atmosfera shunchalik qalinki va gravitatsiya chunchalik pastki, inson unda sun’iy o’rnatilgan qanotlar yordamida bemalol atmosferada muallaq yura olgan bo’lardi;
Saturn teleskop yordamisiz ko’rishingiz mumkin bo’lgan besh planetadan bittasi;
Saturnning yana bir yo’ldoshi Enseladus muz vulqonlariga ega;
Saturnning halqalari dinozavrlardan ham yoshlar, ular bor yo’g’I yuz million yillar avval paydo bo’lishgan;
5-6 milliard yildan so’ng quyosh kattalashib qizil gigantga aylanar ekan, Saturnning yo’ldoshi bo’lmish Titandagi harorat yer yuzidagi haroratga yaqinlashadi, va balki unda yerdagiga o’xshash hayot paydo bo’lishi mumkin;
Saturn yuzasidagi gravitatsiya yer yuzidagi gravitatsiyaga taqriban teng;
Saturn halqalarining eng tiniq fotosuratlari taqdim etildi
NASA Saturn sayyorasi halqalari tasvirlangan juda ham tiniq fotosuratlarni taqdim etdi. Ular rekord masofa – 56 ming kilometr uzoqlikdan olingan. Kadrlar «Kassini» (Cassini) fazoviy qurilmasidan jo'natildi.
«Kassini» o'z missiyasi davomida avval ham bu ob`yektlarni kuzatgandi, biroq bir pikselga 550 metr kenglikka ega suratlar «mayda» detallarni ham ko'rish imkonini berdi. NASA reaktiv harakat laboratoriyasining ma`lum qilishicha, fotosuratlar olimlarga ilk bor Saturn yo'ldoshlari tortishish kuchiga ta`sir ko'rsatuvchi halqalarning «tozalangan» qismlari - «poxolpoya» va «propellerlarni» o'rganish imkonini beradi.
«Kassini» sayyoralararo stansiyasi 1997 yildan beri koinotda. U yetti yil o'tib Saturn orbitasiga chiqqan. NASA ma`lumotlariga ko'ra, qurilma yana 20 marotaba o'zining oxirgidan avvalgi missiyasi doirasida orbital manyovrlarni amalga oshirishi lozim. Agentlikdagi jamoa a`zolari so'zlariga ko'ra, kameralar kelasi safar Saturnga yaqin bo'lgan halqalarga qaratiladi.
Saturn halqalari ichidagi «propellerlar». Foto va belgilar NASA
Saturn halqasidagi zichlik to'lqinlari. Foto NASA
NASA Saturn yo'ldoshida hayot uchun sharoit mavjudligi haqida jar solmoqda
Amerikaning fazo agentligi – NASA tomonidan uchirilgan "Kassini" fazo zondi yuborgan suratlarga ko'ra, Saturnning yo'ldoshi Entseladda hayot paydo bo'lishi uchun qulay sharoitlar mavjud bo'lishi mumkin. NASA axborotnomasida shu haqda so'z yuritilgan.
"Ayni vaqtda biz yashashga qator imkoniyatlari mavjud bo'lgan joyni aytishga yaqin turibmiz", — degan NASA ilmiy rahbariyati boshlig'i Tomas Tsurbuxen.
Xabar qilinishicha, bunday xulosalarga yo'ldoshda vodorodning aniqlangani sabab bo'lgan. U nazariy jihatdan hayot paydo bo'lishi uchun energiya manbasi bo'lib xizmat qilishi mumkin.
"Kassini" qariyb 20 yildirki o'zining fazoviy sayohatini davom ettirmoqda. Fazoviy zond 2016 yil noyabr oyi oxirlarida Saturn chambaragini o'rganishni boshladi. Uning orbitasi shunday tashkil topganki, zond Saturn qutblari usti va ostida aylanib, har yetti kunda asosiy chambarakning tashqi tomonidagi o'rganilmagan hududiga "sho'ng'iydi".
Ta`kidlanishicha, sayyora chambaraklari yaqinidan o'tish "Kassini" umri poyoniga yetayotganini anglatadi. NASAning ma`lum qilishicha, qurilmadagi yoqilg'i tugab bormoqda, kelasi yilda u o'z vazifasini tamomlaydi.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, 2017 yil 15 sentabrda zond Saturn atmosferasiga kiradi. Shu yo'l bilan, zondni ishlab chiqqanlar sayyora yo'ldoshini qurilma qoldiqlaridan asrashni rejalashtirmoqda.
"Kassini" NASA, YeKA va Italiya kosmik agentligining qo'shma loyihasi bo'lib, u 1997 yilda fazoga ko'tarilgan, 2007 yilda Saturnga yetib kelgan edi. So'nggi 12yil mobaynida sayyoraning o'zini, chambaragi va yo'ldoshini o'rgangan. "Kassini", xususan, Saturnning eng yirik yo'ldoshi Titanda suyuq metan dengizi va Entseladda okeani borligini aniqlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |