Nazorat ishi: Matn yaratish. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. (1 soat)
34-36-mavzu. Ayol – oila ko‘rki. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: ona muqaddas, ayol - oila ko‘rki, ayol - xonadon farishtasi, ayolni e’zozlamoq, onalik mehri, ayol va jamiyat, ayolga ta’zim kabi so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Sabab holi, uning ifodalanishi (1 soat). Maqsad holi, uning ifodalanishi (2 soat).
Ish qog‘ozi: Tushuntirish xati.
Adabiy o‘qish: Ayollar, onalar haqidagi adabiy matnlar, rivoyatlar, maqollar va she’rlar.
37-39-mavzu. Milliy an’analar. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: milliy, an’ana va udumlar, milliy bayramlar, milliy qadriyatlar, to‘y marosimlari, muqaddas qadamjolar, qo‘ni-qo‘shnichilik, salomlashish va so‘zlashish odobi kabi so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Miqdor-daraja holi (1 coat), uning ifodalanishi (2 soat).
Adabiy o‘qish: milliy an’ana va udumlar haqidagi matnlar, ma’lumotlar, she’rlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |