O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar
Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalar:
A2
o‘rtacha tezlikda o‘qilgan yoki eshittirilgan sport, madaniyat va yoshlar hayotiga oid xabarlar, yangiliklarni tinglab tushuna oladi;
mavzular bo‘yicha savollarga javob bera oladi, savollar bilan murojaat eta oladi;
mavzuga oid she’r va she’riy parchalarni ifodali o‘qib, yoddan ayta oladi;
grammatik bilimlardan fe’lning aniq, o‘zlik, birgalik va majhul nisbati, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi va bog‘lovchilarning qo‘llanishiga oid topshiriqlarni bajara oladi;
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha 61-70 ta so‘zdan iborat diktant yoza oladi;
berilgan tayanch so‘zlar yoki rasm asosida 21-25 ta gapdan iborat bog‘lanishli matn yoza oladi.
A2+
namoyish qilingan yoki eshittirilgan xabar, ko‘rsatuv, filmlarning mazmunini tushuna oladi;
suhbatga kirisha oladi va suhbatdoshining fikriga munosabat bildira oladi;
berilgan mavzu yoki rasm asosida 21-25 ta gapdan iborat bog‘lanishli matn yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |