O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar
Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalar:
A2
audiovideo vositalari orqali eshittirilgan xabarlar, ommabop va kundalik hayot mavzusidagi yangiliklarni tushuna oladi;
namoyish qilingan ko‘rsatuv, filmlarning umumiy mazmunini tushuna oladi;
berilgan tayanch so‘zlar yoki rasm asosida 26-30 ta gapdan iborat bog‘lanishli matn yoza oladi;
muomala odobiga doir nutqiy qoliplarni qo‘llab, mavzu doirasidagi suhbatlarga qo‘shila oladi;
grammatik bilimlardan moslashuv, boshqaruv, bitishuv, ega va kesim hamda aniqlovchining qo‘llanishiga oid topshiriqlarni bajara oladi.
A2+
berilgan matn mazmunini ijodiy o‘zgartirgan holda so‘zlab bera oladi;
o‘rganilgan nutq namunalarini qo‘llagan holda berilgan matnni kengaytirib yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |