O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalarning elementlari
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish;
media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajara olish.
A1+
axborot manbalaridan (televizor, telefon, kompyuter) foydalana olish; telefon orqali yuborilgan xabarni o‘qish va xabar jo‘natish;
media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topish va foydalanish.
A2
mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumot almashish;
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (tabrik xati yoza olish, anketalarni to‘ldirish, o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoza olishi va boshq.)
A2+
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (tavsifnoma, ariza, shaxsiy ma’lumotnoma yoza olish).
Do'stlaringiz bilan baham: |