O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: ranglarning nomlanishini, Bu qaysi rang? Nima qanday rangda? so‘roqlarini tinglab tushuna olish va ularga mavzuga oid tayanch so‘zlar hamda o‘rganilgan vositalar asosida javob bera olish, rasmlar asosida suhbatlasha olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid narsalarning rang-tusini bildiruvchi so‘z va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila olish va yoza olish.
41-43-mavzu. Tana a’zolari. (3 soat, A1+: 4 soat)
Lug‘at: bosh, yuz, ko‘z, tish, til, lab, quloq, burun, qosh, qo‘l, barmoq, oyoq, soch kabi tayanch so‘zlar; yuvinyapti, tozalayapti, artyapti, tarayapti, sochiq, sovun, taroq, toza so‘zlari (2 soat);
Kim nima qilyapti? nima bilan? so‘roqlari (1 soat)
Nutq namunalari: yuzini yuvyapti, sochiq bilan artyapti, tishini tozalayapti, sochini tarayapti; Kim nima qilyapti? Botir yuzini yuvyapti? Bahrom-chi? U nima qilyapti? kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |