Зовурлаштирилган территориянининг сув – туз баланси


aralash usulda namlash nomini



Download 9,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/104
Sana14.02.2022
Hajmi9,83 Mb.
#448583
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104
Bog'liq
meliorativ tizimlardan foydalanish

aralash usulda namlash nomini
oldi.
Zovur usti polosasi tuprog’ini zichlash vositasi bo’lgan bunday namlashning
samaradorligi Mirzacho’lning yangi sug’orilgan zonasidagi sovxozlarda, ishlab chiqarish
sharoitida sinab ko’rildi. Тepadan namlash, pastdan namlash va aralash usulda namlash
sinab ko’rilganda uchinchi usul hammadan samarali bo’lib chiqdi. 
Aralash usulda (pastdan va tepadan) namlangan zovur ustiga qaytadan yotqizilgan
tuproqni ikki ishchi va bir motorchidan iborat brigada shibbalaydi. Eni 0,6 m va
chuqurligi 3m bo’lgan 1 m transheyani namlash uchun, gruntning namligiga va
zovurning uzunligiga qarab (sekundiga 25 – 30 l suv oqizilganda) 2 – 3 m
3
, qamdan – qam
hollarda 4,5 m
3
gacha suv sarflanadi. 1 m uzunlikdagi zovurni namlash 16 – 22 tiyinga
tushadi, ( 1984 yil narx xisobidan). 
Yopiq gorizontal zovurlar ustiga qaytadan tuproq to’kib, aralash usulda namlash
yo’li bilan zichlash inshoat tanasiga tuproqni «xo’l» (gidravlik) usulda joylashtirishga
asoslangan. Тuproqni zichlash (yaxlitlashtirish) hodisasini fizikaviy jihatdan shunday
18-расм. 


jizoxlash mumkin: suv sog’ tuproq zarrachalari o’rtasidagi bog’lanishni buzadi va
yuqoridan bosadigan ozgina nagruzka ta’sirida u zichlana boshlaydi. Bunga gruntning
o’z og’irligi yordam beradi.Тajriba o’tkazilgan yopiq zovurlarning umumiy uzunligi 4,5
km ga teng. Laborotoriya analizining ko’rsatishicha, aralash usulda namlangandan keyin
gruntning zichligi tabiiy holatdagi gruntning zichligidan birmuncha ortiq bo’ladi. Bir
smenada 200m uzunlikdagi zovur usti polosasini namlash mumkin. 
Qaytadan tuproq bosib aralash usulda zichlash ishlarining texnologiyasi murakkab
emas. Suvni 4 ta nasos yordamida egiluvchan shlanglar orqali nazorat qudug’i 1 ga
yuborib turiladi, suv u yerdan zovur liniyasi 2 ga o’tadi, bu liniya zaglushka 10 bilan
yopib qo’yilgan bo’ladi (19 – rasm ). Nazorat qudug’idan zovur liniyasiga kirgan suv
filtr to’shama 9 sathidan 0,3 – 0,4 m yuqoriga ko’tarilgandan keyingina transheyaning
ustki tomonidan suv yuborila boshlaydi. Bunda past tomondan yuborilayotgan suv
sathini dastlabqki darajadan pasaytirmay ushlab turish uchun yetarli miqdorda kelib
turishi kerak. Shu tariqa vujudga keltirilgan suv yostig’i zovur liniyasini yemirilishdan
hamda yuqoridan yuboriladigan suvning oqimi ta’sirida loyqa bosib qolishdan saqlaydi. 
Namlash davomiyligini taxminan quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin
(soat hisobida):
q
L
T
7
,
0
(3.1) 
Bu yerda: L – zovurning bir yo’la namlanadigan qismi uzunligi, m; 
Q – namlash uchun oqizilayotgan suv sarfi, l/ seq. 
Zovur usti polosasiga tuproq to’kib tekislanadi va gruntning notekis qurishidan
hamda to’kilgan tuproq qatlami ustida yoriqlar paydo bo’lishidan saqlanish uchun hosil
bo’lgan «handaq» namlash ishlari tugallangandan keyin ikki – uch kun o’tkazib tekislab
yuboriladi. 
Agar filtr to’shamasini va drenaj quvurlar ichinii bosmasa, demak aralash usulda
namlash yaxshi o’tkazilgan bo’ladi va zovur benuqson ishlaydi. Aralash usulda namlash
quyidagi texnika shartlariga javob bermog’i lozim:
1)
nazorat quduqlari geometrik bo’lishi kerak; 
2)
inshoatning oxirida (quyilish joyida) zichlangan grunt tishi hosil qilinadi; 
19-расм 


3)
ehtimol tutilishi mumkin bo’lgan maksimal chiquvchi gradiyentlar ta’sirida ham
filtr bilan himoyalangan gruntning teshilishiga yo’l qo’yilmaydi; 
4)
xuddi shunday gradiyentlar ta’sirida mayda fraksiyalarning filtrdan sitilib
chiqishiga yo’l qo’yilmaydi. 
SANIIRIning ma’lumotlariga ko’ra, Mirzacho’ldagi xo’jaliklarda quvur
yotqizgichlardan foydalanish shuni ko’rsatdiki, bunda zovur qurish ishlarining qiymati
ularni qo’lda bajargandagiga nisbatan taxminan uch barobardan ko’proq arzonga tushadi.
Shunga qaramay, 1 m uzunlikdagi yopiq gorizontal zovur qurilishining qiymati hali
ancha yuqori. Zovur quvurlar va filtr tayyorlanadigan eng arzon materiallarni topish,
transport xarajatlarini kamaytirish, quvur ishlab chiqaradigan korxonalarni
ixtisoslashtirish yo’li bilan zovur qurish qiymatini arzonlashtirishga erishish mumkin. 
Тexnologik protsessning hamma operatsiyalarini kompleks mexanizatsiyalashtirish,
yangi yuqori unumli maxsus mashinalar yaratish zovur qurilishini arzonlashtirishning
asosiy yo’llaridan biridir. 

Download 9,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish