Зовурлаштирилган территориянининг сув – туз баланси


Zovur moduli va uning hisobiy suv sarfi



Download 9,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/104
Sana14.02.2022
Hajmi9,83 Mb.
#448583
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104
Bog'liq
meliorativ tizimlardan foydalanish

Zovur moduli va uning hisobiy suv sarfi. 
Zaxsizlantirilayotgan 1
ga
maydondan shu yerdagi zovurga oqib kelgan (
l/sek
hisobidagi) solishtirma oqim miqdori
zovur moduli
deb ataladi.
Zovur modulining qiymatiga zaxsizlantirilayotgan tuproqlarning suv
o’tkazuvchanligi, maydonning drenajlantirilganlik darajasi va sizot suvlarning qo’shilib
turish sharoiti (bosim) ta’sir etadi. 
Zovur modulining qiymati to’rt xil usul bilan aniqlanadi: 
1) tajriba yo’li, ya’ni qazilgan zovurning quyilish joyiga oqib keladigan haqiqiy
suv miqdori (l/sek hisobidagi sarfi) ni o’lchash va uni mazkur zovur ta’sir qiladigan
maydonga taqsimlash usuli bilan aniqlash. Kuzatish qanchalik ko’p olib borilgan bo’lsa,
oqib kelgan suv miqdorini, binobarin, zovur modulini ham shunchalik aniq belgilab
olish mumkin; 
2) zovur modulini belgilovchi asosiy hisobiy parameirlarni xuddi shunday
(analogik) sharoitlarda olingan ma’lumotlar bilan taqqoslab ko’rish usuli bilan aniqlash
3) suv balansi tenglamasi yordamida aniqlash; 
4) suvning gruntlarda harakatlanish nazariyasidan hamda turli sharoitda ishlovchi
zovurlarga suv oqib kelish sxemasidan foydalanilgan holda hisobiy nisbatlar asosida
aniqlash. 
Zovurga suv oqib kelishini hisoblashning keyingi (nazariy) usuli gidravlik va
gidrodinamik metodlar vositasida amalga oshirilishi mumkin. Gidravlik metodda


(A.N.Kostyakov) yechimlar gidromexanik metoddagichalik aniq bo’lib chiqmaydi, ammo
gidromexanik metod kompleks o’zgaruvchan qiymatlar nazariyasi qo’llaniladigan
murakkab matematik yechimlarni talab etadi. Biroq gidravlik metod aniqligining o’ziyoq
zax qochirish tarmoqlarini loyixalash praktikasida qo’llaniladigan meliorativ hisoblashlar
uchun tamomila yetarlidir, O’rta Osiyo rayonlari zovur modulining qiymati 1
ga
da
0,15 – 0,5 l/sek ni tashkil etadi. 16 – jadval turli tadqiqotchilar tomonidan dala sharoitida
kuzatilgan zovur modulining maksimal qiymatlari keltirilgan. 
16 – jadval. Zovur modulining dala sharoitida kuzatilgan maksimal qiymatlari, 1
ga 
da

/ sek
hisobida.
Тuproq - gruntlar 
Janubiy
Хorazm va
QQR 
Buxoro
vohasi 
Markaziy
Farg’ona 
Mirzacho’l 
(Sho’ro’zak) 
Qumoq tuproqlar 
Qumloq tuproqlar 
Soz tuproqlar 
0,45 
0,55 
0,20 
0,60 
0,68 
0,25 
0,60 
0,65 
0,25 
0,40 
0,50 
0,12 
 
Ozarbayjondagi Mug’on tajriba – meliorativ stansiyasida va O’z.PIТIning
Mirzacho’ldagi Markaziy tajriba – meliorativ stansiyasida olib borilgan ko’p yillik
tajribalarning ko’rsatishicha, zovur moduli sizot suvlarning qo’shilib turishiga, bosim
sharoitlariga va bug’lanish miqdoriga bog’liq holda vaqt jihatidan o’zgaradi. 
Zovur modulining vaqt jihatidan o’zgarishi 
Zovur moduli, 1 
ga
da 
l/sek
Mug’on
Mirzacho’l 
O’rtacha yillik 
Sug’orish mavsumida o’rtacha 
Eng kam 
Eng ko’p 
0,26 
0,49 
0,05 
0,87 
0,16 
0,24 
0,09 
0,50 
Shunday kilib, kollektor – zovur sistemasini loyihalashtirish uchun zovur
modulining hisobiy qiymati texnikaviy jihatdan asoslangan tarzda tanlab olinishi kerak. 
Hisobiy zovur moduli oshirib yuborilsa, qurilish qiymati ortib ketadi, basharti pasaytirib
olinsa, yerlarning meliorativ holati yaxshilanmaydi. Zovur moduli to’g’ri tanlanganligini
suv balansining kirim va chiqim qismlari o’rtasidagi nisbatga va zovur oqimining
minerallanish darajasiga qarab tekshirib ko’rish kerak. Agar hisoblar melioratsiya
qilinayotgan territoriyada belgilangan davr ichida sizot suvlar sathining kerakli darajada
pasaymasligi va yerning sho’rsizlanmasligini ko’rsatsa, u holda qo’shimcha choralar
ko’rilishi lozim (zovur qurish, doimiy zovurlarni chuqurlashtirish, bir – biriga yaqin olish
va h.z). 
Agar zovur moduli q
3
hamda shu zovur hizmat qiladigan maydon
ma’lum
bo’lsa, zovurning hisobiy suv sarfi (quyilish joyidagi) Q
3
ni aniqlash qiyin emas:
3
3

Download 9,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish