Muhammad Yusufga bag’ishlab yozilgan she’rlar
Muhammad Yusufning “Uzr she’ri”.
Biz bahorga oshiq bo’ldik, kuzdan uzr,
Xazonlarda qolib ketgan qizdan uzr,
Har ne o’tsa bizdan o’tdi, bizda gunoh,
Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr.
Dili borga dardim dildan to’kkanim rost,
So’z boshida bosh egib tiz cho’kkanim rost.
Gohi jonni avaylagan-qo’riqchim rost,
Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr.
O’ksimasin zardob to’la ko’ngilchangiz.
Daryo-daryo ko’z yoshim bor cho’milsangiz,
Men ham mashhur bo’larmidim , tug’ilsangiz,
Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr.
Yuragimning tagidasiz yalpizdan past,
Goh o’ylayman –shundoq qo’lim uzatsam bas!
Yuzingiz bir ko’rmay sira o’lgim kelmas.
Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr.
Do'stlaringiz bilan baham: |