- Zo'r karvon yo'lida yetim bo'tadek,
- Intizor ko'zlarda halqa-halqa yosh.
- Eng kichik zarradan Yupitergacha
- O'zing murabbiysan, xabar ber, Quyosh!
-
- Uzilgan bir kiprik abad yo'qolmas,
- Shunchalar mustahkam xonayi xurshid.
- Bugun sabza bo'ldi qishdagi nafas,
- Hozir qonda kezar ertagi umid.
-
- Xoki anjir tugab, qovun g'arq pishgan
- Baxtli tongotar chog' uni kuzatdim,
- Bir mal'un gulshanga qadam qo'ymishkan,
- Joni bir jondoshlar qolarmidi jim!
-
- Unda yetuk edi meros mard g’urur,
- Ostonani o'pib, qasamyod qildi.
- Ukalarin erkalab, o'zimday mag'rur,
- Ya'ni obod uyimni u dilshod qildi...
- Iblisning g'arazi bo'lgan bu urush
- Albatta, yetadi o'zin boshiga.
- O'g'lim omon kelar, g'olib, muzaffar,
- Gard ham qo'ndirmasdan qora qoshiga.
- Ne qilsa otaman, meros hissiyot...
- Jondan sog'inishga uning haqqi bor,
- Kutaman, uzoqdan ko'rinsa bir ot,
- Kelayapti, deyman ko'rinsa g'ubor.
-
- ...Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam, Qo'msayman birovni — allakimimni,
- Doimo umidim bardam bo'lsa ham,
- Ba'zan vasvasalar bosar dilimni.
-
- Balki bir g'alat o'q yo xavf-u xatar
- Xazinai umrimdan yo'qotdi olmos...
- Yo'q, u o'lmas, qadami olam yaratar,
- Hayotiy bu olam siz-u bizga xos.
- Bu she'rda otalarimizga xos bo'lgan jamiki fazilatlar o'zining yorqin ifodasini topgan. Ularning samimiyligi, jonsarakligi, har doim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehr-u muhabbati, kuzatuv-chanligi, andishasi... barcha-barchasi shu she'rda namoyon bo'ladi.
- Asar misralari ichra urushga ketgan o'g'lidan bir muj-da — nedir yaxshi xabar kutayotgan Otaning bezovta yuragi gupullab urib turibdi. Uning ko'ngliga goh vahima-vasva-sa ko'lanka soladi. Atrofga har kuni yuzlab «qoraxat» qo'nayotgan tahlikali kunlarda bu bezovtalikka, albatta, o'rin bor - «Ne qilsa otaman, meros hissiyot...»
- Ko'pchiligingizga sog'inch hissi hozircha bir qadar uzoqroq bo'lishi tabiiy.
- Negaki hozir ota-onangiz, aka-ukalaringiz yonidasiz - har kuni ularni ko'rish, diydori-dan bahramand bo'lish imkoniyatingiz bor. Lekin harbiy xizmatdami, uzoqroq xizmat safaridami bo'lgan otangiz yoki boshqa qarindoshlaringiz suhbatiga quloq solsan-giz, ular uyni, yaqin qarindoshlarni, Vatanni qanchalar qo'msaganliklarini hikoya qilishadi. Ayniqsa, tunlari oyga qarab, «uyimdagi ota-onam ham uni ko'rishayotgandir, men ham qarab turibman, demak, bir-birimizni ko'rgandek bo'lyapmiz», — degan ilinj mana shu sog'inch taftini, biroz bo'lsa-da, bosadi...
- «Sog'inish» she'rining lirik qahramoni - Otaning sog'inchi shunchalar zo'rki, u har bir narsadan umidlanadi, najot so'rab to Quyoshga qadar zorlanadi:
- Eng kichik zarradan Yupitergacha
- O'zing murabbiysan, xabar ber, Quyosh.
- She'rning:
- Tong otar chog'ida juda sog'inib,
- Bedil o'qir edim, chiqdi oftob.
- Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,
- Pok-pokiza yurak bir qatra simob -
- degan bandiga e'tibor bering. Nima uchun Ota sog'inch o'rtagan paytlari aynan Bedilni o'qiydi? Nega uni o'qigach, «loyqa xayolotlar chashmaday» tinadi?
- Gap shundaki, asli nasli turkiylardan bo'lgan fors shoiri Bedil she'riyati o'zining falsafiy chuqurligi, o'quvchini o'tkinchi dunyo g'am-tashvishlaridan yuqoriroq turib fikr-lashga undashi bilan ajralib turadi. Bedil mutolaasi Otaga abadiy haqiqatlardan, o'lmas va yuksak tuyg'ulardan saboq beradi. Abdulqodir Bedil she'riyatida, jumladan, shunday misralarni uchratamiz:
- Maqomi zolim oxir bar zaifonast arzoniy,
- Agar otash furu aftad baxokistar dehad joro...
Do'stlaringiz bilan baham: |