XULOSA “Biz tomonimizdan olib borilgan izlanishlarga asoslanib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki Barcha o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqlik, suv va havo qanchalik zarur bo’lsa, oziq moddalar ham shunchalik zarurdir. Shuning uchun ham, ekinlardan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda tuproqning oziqa rejimlarini boshqarish katta axamiyatga ega.
O’simliklarning urug’larini unib chiqishi, normal o’sib rivojlanishi va hosilni o’z vaqtida pishib yetilishi tuproqdagi issiqlikka bog’lik. Shuning uchun ham o’simliklar issiqlikka bo’lgan talabiga ko’ra maqbul iqlim poyasida va janubiy kengliklarda o’sadigan turlariga bo’linadi. Bunda, tuproqning issiqlik sig’imi, issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlik balansi muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |