I.BOB. ADABIYOTLAR SHARHI.
Hozir deyarli barcha qitʼalarda yetishtirilayotgan madaniy oʻsimliklarning koʻpchiligi turli geografik oʻlkalardan tarqalgan, "koʻchirib keltirilgan" oʻsimliklar hisoblanadi. 16—17-asrlarda Amerikadan Yevropaga makka-joʻxori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, tamaki va boshqa tarqalgan boʻlsa, 17-asrdan boshlab Shim. Amerikada Yevropadan keltirilgan olxoʻri, olma, nok, kashtan va boshqa oʻstirildi, Avstraliyada makkajoʻxori, qovoq, zaytun, uzum, sitruslar paydo boʻldi. Oʻsimliklar tabiiy arealdan yangi hududlarga I. qilinganda turlar (navlar)ning hayotchanligi va I.ning maqsadi boʻlgan qimmatli xoʻjalik belgilarining yaxshilanishi yuz beradi: meva (urugʻ) hosildorligi koʻtariladi, fitomassa koʻpayadi, muhitning turli omillariga, kasallik, zararkunandalarga chi-damliligi ortadi va boshqa "Oʻz markazlari"dan I. etilishi oʻsimliklar arealini maʼlum doirada kengaytirdi va bu borada ayrim oʻsimliklarning bir-lamchi markazlar bilan boʻlgan aloqasi uziladi. Mas, yer yongʻoqning vatani — Shim. Argentina, biroq hozir yer yongʻoq eng koʻp ekvatorial Afrikada yetishtiriladi. Kartoshkaning vatani — Jan. Amerika boʻlsa ham, u dunyoning koʻpgina davlatlarida asosiy oziq mahsuloti hisoblanadi.
Oʻrta Osiyo ham koʻpgina madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish marka-zi hisoblanadi va bu yerda ularning xilmaxil shakllari uchraydi. Shu bilan bir qatorda, 19-asrda va undan avval Oʻrta Osiyoga aholiga nomaʼlum boʻlgan oʻsimliklar keltirilgan, ular iqlimlashtirilib, asosiy ekinlarga aylangan. Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekistonda I. natijasida kartoshka, pomidor, shirin qalampir, baqlajon, karam, ayrim koʻkat va ziravorlar, yer yongʻoq, hurmo, limon, unabi kabi sab-zavotlar, poliz ekinlari, meva turlari tarqaldi.
Oʻsimliklar Introduktsiyasi uchun materiallar yigʻish maqsadlarida madaniy oʻsimliklarning birlamchi va ikkilamchi kelib chiqishi markazlariga ilmiy ekspeditsiyalar
uyushtiriladi (mas, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti gʻoʻzaning yovvoyi turlarini yigʻish boʻyicha akademik A. Abdullayev boshchiligida 1975 yilda Meksika, 1984 yilda Peru, 1989—90 yillarda Shri Lanka, Hindiston, Xitoy, 1997 yilda Avstraliyaga ilmiy ekspeditsiyalar yuborgan). Botanika va seleksiya muassasalarida oʻsimliklar I.si va soʻngra ularni iqlimlashtirish ishlari olib boriladi.20-asrning 30-yillarida Oʻzbekistonda tashkil etilgan ilmiy tashkilotlar ilmiy reja asosida jahon madaniy va yovvoyi oʻsimliklarining xilma-xil turlarini yigish, I. ishlarini boshladilar. Hozirgi Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik, Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi, Botanika i. t. institutlari va Botanika bogʻida I.langan va mahalliy navlar asosida turli ekinlarning kolleksiyalari tashkil etilgan.Jahon mamlakatlari oʻrtasida ilmiy hamkorlik kengaygan sharoitlarda I.ning vazifasi oʻsimliklarni ilmiy asosda yangi oʻlkalarga jalb etish va mavjud ekinlar nav tarkibini zamonaviy sanoat navlari bilan boyitishdan iborat (yana q. Adaptatsiya, Areal, Iqlimlashtirish).
O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 30 gektar yer maydonida za’faron plantatsiyalari tashkil etilmoqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar bilan tanishish jarayonida za’faron plantatsiyalarini tashkil etish yuzasidan alohida to‘xtalib o‘tgan edi.
''Shafran'' ilmiy- tadqiqot markazining ilmiy o‘rganishlari va za’faron o‘simligi agrotexnikasi tavsiyalari asosida hozirgi kunda Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent viloyatlari o‘rmon xo‘jaliklarining jami 30 gektar yer maydonlarida qo‘mita boshchiligida za’faron plantatsiyalari tashkil etilmoqda.Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini ta'minlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar qatorida 2017-2019 yillarda o‘rmon fondi yerlari va fermer xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish loyihasi bilan ham tanishdi. Loyihaga ko‘ra mamlakatning 23 tumanida 50 gektardan ziyod maydonda za'faron plantatsiyalarini tashkil etish, uning xomashyosidan farmatsevtika sanoatida foydalanish, mahsulotni eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan. Gulsafsardoshlar oilasiga mansub za'faron shamoldan pana, janub tomonga biroz qiya bo‘lgan, quruq tuproqlarda o‘sadi. Uni ekish muddati o‘simlik tinim davriga o‘tgan vaqtda, ya'ni iyul-avgust oylariga to‘g‘ri keladi. Za'faron tuganak piyozlari 10 santimetr uzoqlikda, 15 santimetr chuqurlikda, 60 santimetr kenglikda ekiladi. Za'farondan olinadigan dorivor xomashyo – qizil rangli gul ustunchasi oktabr-noyabr oylarida teriladi va za'faron tayyorlash punktlariga yuboriladi. Bir gektar plantatsiyadan o‘rtacha 4 kilogramm, ikkinchi yili 7-8, keyingi yillarda 15-16 kilogramm dorivor hosil olinadi. Jahon bozorida 1 kilogramm xomashyoning narxi 400 dollardan 1000 dollargacha baholanadi. Bugungi kunda za'faron Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya kabi o‘n beshdan ortiq mamlakatda yetishtiriladi. Mamlakatda ushbu o‘simlikni ko‘paytirish va plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika bog‘i olimlari tomonidan olib borildi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, za'faron O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga to‘liq mos bo‘lib, uni Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida, bog‘ va tokzorlar qator oralarida, o‘rmon hududlarida yetishtirish imkoniyati mavjud. Xalq tabobatida za'faron o‘nlab xastaliklarni davolashda ishlatilgan. Abu Ali ibn Sino za'faron ichish rangni chiroyli, ko‘zni ravshan, yurakni quvvatli, nafas a'zolarini sog‘lom qilishini yozib qoldirgan. Hozirgi kunda ushbu o‘simlik tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida keng ishlatiladi. Uning tarkibida 50 foizdan ortiq bo‘yoq beruvchi krotsin, 2,7 foiz yog‘, 0,32 foiz efir moyi, V, V2 vitaminlari, azotli moddalar, qand, kaliy va kalsiy birikmalari mavjud bo‘lib, ko‘plab kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. O‘simlik o‘ziga xos xushbo‘y hidi, yorqin rang va ta'm berishi bois turli taomlarga qo‘shiladi. Undan qandolat mahsulotlari, kremlar, muzqaymoq tayyorlashda ham foydalaniladi. Za'faron qo‘shilgan oziq-ovqat mahsulotlari bir necha kungacha sifatini yo‘qotmaydi. Joriy yildan boshlab Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ va Kitob tumanlarida 4 gektardan, Shahrisabz tumanida 3 gektar maydonda za'faron plantatsiyalarini barpo etish mo‘ljallanmoqda. Ushbu o‘simlikni ko‘paytirish mamlakatimizda dorivor o‘simliklar xomashyosini mahalliy sharoitda yetishtirish, farmatsevtika sanoati ehtiyojini ta'minlash va oziq-ovqat ziravori sifatida eksport qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Loyiha taqdimotida o‘simlikning shifobaxsh xususiyatlari, O‘zbekistonda za'faron plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tanlangan tumanlar, o‘simlik yetishtirish agrotexnologiyasi to‘g‘risida ma'lumot berildi. Prezident za'faron plantatsiyalarini tashkil etish mahalliy farmatsevtika sanoati uchun xomashyo manbaini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Za'faron yetishtirish uchun mutaxassislar tayyorlash, buning uchun alohida kollejni tanlash va yoshlarni o‘qitish, Toshkent davlat agrar universitetida mutaxassislar tayyorlash lozimligini ta'kidladi. Za'faron o‘simligini yetishtirish, kelajakda uni ko‘paytirish bo‘yicha markaz tashkil etish maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi. Bu markazda dorivor va oziq-ovqat o‘simliklari turlarini tanlash, ilmiy-tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, yosh kadrlarni sohaga yo‘naltirish, pirovardida chet el ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish va eksportni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O‘RMON XO‘JALIKLARI FAOLIYATI YANADA TAKOMILLASHTIRILDI
Endilikda Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyati Toshkent viloyati mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi.Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.Endilikda Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyati Toshkent viloyati mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari yil yakuni bo‘yicha olgan sof foydasining teng yarmi O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.Shuningdek, qaror bilan Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi tasdiqlandi.Unga ko‘ra, mazkur hududlarda ishlovchi xodimlar va inspektorlar doimiy yashash joyidan boshqa joyda bo‘lganligi uchun ularga eng kam ish haqining uch baravari (552 900 so‘m) miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilandi. Bundan tashqari, har oyda yo‘l transportiga eng kam ish haqining bir baravarigacha (184 300 so‘m) hamda tushlik ovqatlanish xarajatlariga eng kam ish haqining ikki baravarigacha (368 600 so‘m) to‘lov amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |