Zootexniya fakulteti


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Download 293 Kb.
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi293 Kb.
#227874
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
шохрух

Kurs ishining maqsad va vazifalari: Shu munosabat bilan oddiy makkajuxori o’simligini yetishtirish texnologiyasini tadbiq etish juda muhim hisoblanadi.

Oddiy makkajuxori o’simligini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.



Kurs ishining ob’ekti va predmeti: Oddiy makkajuxori o’simligini yetishtirish texnologiyasini tadbiq etish.

Kurs ishining predmeti – Oddiy makkajuxori o’simligini yetishtirish texnologiyasi.

I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin malakatimizda tub


o’zgarishlar amalga oshirildi, bozor iqtisodiyotiga o’tishni bosqichma-bosqich
amalga oshirish, yetakchi tarmoqlarni rivojlantirishni jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va faravonligini oshirish birinchi navbatdagi vazifa qilib belgilandi.

Makkajo’xori yetishtirishning intensiv texnologiyasida, selektsionerlar tomonidan taklif etilgan, genetik potentsialni to’la amalga oshirishni ta’minovchi maqbul agrotexnik tadbirlarni tanlash katta ahamiyatga ega. Makkajo’xori don hosiliga ta’sir etuvchi, uzoq izlanish tarixiga ega bo’lgan asosiy omillardan biri o’simlik ko’chat qalinligi va ekish muddati hisoblanadi.

Hozirgi kunda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida makkajo’xori o’simligining fiziologik imkoniyatlari va tezpisharlik guruhiga bog’liq ravishda genetik potentsialni to’la amalga oshirish maqsadida maqbul ko’chat qalinligi va ekish muddatini aniqlash bo’yicha ko’pgina ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Makkajo’xori o’simligi ko’chat qalinligi va ekish muddatini maqbulllashtirish fiziologik nuqtai nazardan shunga bog’liqligini, o’simliklar hosildorligini oshirish uchun maksimal emas, balki me’yoriy barg yuzasi maydoniga ham erishish lozim.

Ma’lumki, kuzgi g’alla hosili yig’ishtirib olingandan so’ng, 1 mln gektardan ortiq yer bo’shaydi. Yangi dehqonchilik tizimining ekinlarini joylashtirish strukturasi doirasida ana shu g’alladan bo’shagan yerlarni bir qismida taxminan 500 ming gektari yozgi takroriy, oraliq ekinlar ekib, ulardan yuqori hosil olingandagina yem-xashak bazasini yaratish imkoni bo’ladi. Bunda birinchi navbatda yuqori hosilli tezpishar makkajo’xori nav va duragaylari don yoki ko’k poya uchun ekilishi shart.

Keyingi yillarda takroriy ekin sifatida ekiladigan makkajo’xori
maydoni yildan-yilga kengaymoqda. R.Tillaev ma’lumotlariga ko’ra O’zbekiston Respublikasi bo’yicha makkajo’xori ekilgan maydonlar 1999 yilda 37,4 ming/ga, o’rtacha hosildorlik 20,4 ts/ga ni, 2004 yilda esa, ekin maydoni 34,8 ming/ga, hosildorlik 49,5 ts/ga ni tashkil etgan.

X.K.Nazarov ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda makkajo’xori 2002


yilda 25 ming gektar maydonga ekilgan va hosildorlik 16 ts/ga ni tashkil etgan.

A.I.Massino., S.Kodirxonov NPF «Erkin» ta’kidlashicha, Respublika nav sinash maydonlarida AQSH, Germaniya, Frantsiya, Vengriya, Slavakiya va Moldaviya kabi davlatlarning tezrishar makkajo’xori (FAO 180-400) selektsiya duragaylari kuzgi bug’doydan so’ng ekib sinovdan o’tkazilgan. Eng yaxshilari 83-97 kunda pishib yetilib, 50-57 ts/ga hosil olingan. Chet el durugaylariga konkurent sifatida O’zbekiston 306 AMV duragayi 93-96 kunda pishib yetilib 87 ts/ga don hosili bergan.

I.V.Massino, A.I.Massinolarning ko’rsatishicha, O’zbekistonRespublikasida hozirgi kunda makkajo’xorining 2 ta nav va 19 ta duragaylari Davlat reestriga kiritilgan va rayonlashtirilgan. Ushbu nav va duragaylar Respublikamiz viloyatlarida suv zaxiralariga ko’ra shimoliy iqlim mintaqalaridan tashqari 200 ming gektar maydonga takroriy ekin sifatida ekish mumkin. 1997-2002 yillarda Respublika maydonlarida Frantsiya, Germaniya, Rossiya, Moldaviya, Vengriya, Yugoslaviya, Amerika va Gretsiya Davlatlarining 169 ta nav va duragaylari sinovdan o’tkazilgan.

B.J.Azimov, B.B.Azimovlarning ta’kidlashicha, oxirgi yillarda


O’zbekistonda g’alladan bo’shagan yerlarga takroriy ekinlarni ekib, ularning
maydonini 2-3 martaga kengaytirilib, bir yilning o’zida ikki marta hosil
etishtirish imkoni yaratildi. Chunki markaziy iqlim mintaqalarida bug’doy 10-20 iyunda o’rimga keladi. Kuzgi boshoqli ekinlardan keyin takroriy ekinlarni parvarishlash sug’orish mineral o’g’itlar va chirigan go’ng bilan oziqlantirish talab darajasida olib borilsa yuqori sifatli hosil olishga erishiladi.

Makkajo’xori eng qimmatli va serhosil ekin bo’lib, u chorva hayvonlariga ozuqa, oziq-ovqat sanoatida va texnik maqsadlarda qayta ishlatiladi. Makkajo’xori doni barcha turdagi hayvonlar va parrandalar uchun juda to’yimli ozuqa hisoblanadi.

Uning tarkibida o’rta hisobda 10,6 % oqsil, 69,2 % azotsiz ekstrativ
moddalar (kraxmal), 4,3-5,0 % moy, 8 % klechatka, 1,4 % kul bo’ladi (H.N.Ataboeva).

I.V.Massino, A.S.Bolkunovlarning ko’rsatishicha, ang’izga yerni 24-26 sm chuqurlikda haydab, bir yo’la borana va mola bosib ketiladi zaruriyat tug’ilgan paytlarda diskalash, halqali g’altaklar yurgizish ham o’tkaziladi. Vegetatsiya boshida 12-15 soat, undan keyingilari -20-24 soat davomida o’tkaziladi.

O.Ramazonov, O.Yusupbekovlar ma’lumotiga ko’ra, makkajo’xori ko’karib chiqishi uchun o’z massasiga nisbatan 44-45% suv singdirib olishi kerak. Makkajo’xori don uchun ekilganda tuproq sharoiti o’simliklarning talabiga qarab, har safar gektariga 800-1000 m3 suv sarflab, 4-6 marta sug’oriladi. Birinchi va ikkinchi sug’orish orasi 25-27 kun, ruvak chiqarayotgan va gullayotgan davrda suvga talabchan, shuni hisobga olib har 15-16 kunda sug’orishga to’g’ri keladi.

Z.A.Artukmetov, X.Sh.Sheralievlarning ta’kidlashicha, makkajo’xori


hosildorligi uning o’sib rivojlanish fazalari bo’yicha suv bilan qanday ta’minlanganligiga bevosita bog’liqdir. Suvga bo’lgan kritik davr sulton
chiqarishdan 10-12 kun oldin boshlanib, 30-37 kun davom etadi. Markaziy iqlim mintaqasida don uchun yetishtirilayotgan makkajo’xorini sizot suvlari yaqin (0,5-1 m) joylashgan o’tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida 2-3 marta sug’orish kifoya qilsa, chuqur joylashgan bo’z tuproqlarda 6-8 martagacha sug’orish talab etiladi. Bu esa tuproq namligini CHDNS ga nisbatan 70-75-70 foizdan kam bo’lmagan holda ta’minlashga imkon beradi.

L.E.Gard, C.E.Mikebben, B.A.Jouslar AQSH sharoitida makkajo’xoridan 62-68 ts/ga don hosili olish uchun vegetatsiya davrida 450-525 mm suv talab qilishini, eng ko’p namlik sulton chiqarishdan don hosil bo’lguncha bo’lgan davrga to’g’ri kelishini belgiladi.

Radic Ljudo 1958-1960 yillarda Sharqiy Slovakiyaning qora tuproq
sharoitida makkajo’xorini o’sishi, rivojlanishiga tuproq namligining ta’sirini o’rganish uchun tajriba o’tkazdi. Natijalarga ko’ra tuproqning 30 sm qatlamida namlik 16,4-17,5 % ga pasayishi makkajo’xorini kunlik o’sishini va hosildorlikni kamaytirishini aniqladi.

Suvga munosabati bo’yicha makkajo’xori mizofil o’simlik sanaladi.


Transpiratsiya koeffitsienti 240-250, ammo boshqa donli ekinlarga nisbatan kam. Umumiy suv sarfi bo’yicha boshqa ekinlarga nisbatan ko’p, lekin makkajo’xori yuqori don va ko’k massa hosili beradi. Tajribada aniqlanishicha, 90-100 ts don va 600-700 ts ko’k massa olish uchun 1 gektar o’simliklar 5600-6000 m3 sug’orish suvi, makkajo’xorida esa umumiy suv sarfi 8000-10000 m3/ga ni tashkil qiladi.

B.Abdolniyozov hisoblari shuni ko’rsatadiki, kuzgi bug’doydan so’ng


Moldaviya, Nart va 306 AMV gibridlari hamda Vatan duragayi ekilganda quyidagi natijalar olingan. Moldaviya gibridi 37,0 ts/ga don, 97,0 ts/ga poya, Nart gibridi 33 ts/ga don, 102 ts/ga poya, Vatan duragayidan 34,0 ts/ga don, 123 ts/ga poya oziqa birligi hisobida (don, poya) tegishlicha 66,4, 67,9, 66,8 ts/ga hosil olingan, ya’ni 306 AMV gibridiga nisbatan Moldaviya gibridi 71,2 %, Nart gibridi 66,3 % Vatan duragayi 71,5 % hosil bergan. 306 AMV gibrididan don 61,5 ts/ga, poya 131,8 ts/ga hosil olingan. Vegetatsiya davrida 3-4 marta sug’orish 600-700 m3/ga hisobida amalga oshirilgan.

Makkajo’xori qisqa kunli ekinlar tarkibiga kiradi. Ko’pchilik olimlarning bergan ma’lumotlariga qaraganda makkajo’xorini normal o’sishi va rivojlanishi uchun kunning uzunligi 12-14 soat bo’lish kerakligini ko’rsatadi.

Makkajo’xori ekini tuproqdan ko’p mineral moddalarni shu jumladan: azot, fosfor va kaliy moddalariga bo’lgan talabchanligi juda yuqoridir. 1 tonna makkajo’xori doni yetishtirish uchun tuproqdan 24-33 kg azot, 10-12 kg fosfor va 20-30 kg kaliy moddalarini oladi.

A.Xasanov, B.Usmanov, S.Rasulovlarning tajribalarida ko’rsatishicha,


makkajo’xori 70x30-1 ekish sxemasida N:P:K 120:60:60 o’g’it berib 5 marta
sug’orilganda hosildorlik 0,9-5,5 ts/ga oshgan.

I.V.Massino va A.S.Bolkunovlar makkajo’xorini sug’orish muddatlari, sug’orish soni va me’yorlari tuproq-iqlim sharoitlariga qarab tabaqalashtirilishini ko’rsatdi. Bu olimlarning fikricha dastlabki oziqlantirishdan keyin 4-5 tadan barg chiqargan muddatida birinchi suv beriladi, ikkinchi oziqlantirilgandan keyin, ya’ni birinchi sug’orishdan keyin 18-20 kun oralatib, uchinchi sug’orishni ruvak chiqarish fazasida, to’rtinchisini otalik va onalik to’pgullarining gullash fazasida, beshinchi va undan keyingi sug’orishlarini don to’lishayotganida o’tkaziladi. Nam sig’imi yuqori bo’ladigan og’ir tuproqlarda sug’orish me’yorlari gektariga 900-1000 m3 me’yorda sug’orish ma’qul ekanligini ko’rsatdi

Makkajo’xoridan sifatli va yuqori don hosili olish uchun (ayniqsa
takroriy ekin sifatida ekilganda) sug’orish tartiblarini o’rganishdan tashqari boshqa agrotexnik tadbirlarga ham e’tibor qaratish kerak. E’tiborlisi, makkajo’xorini takroriy ekin sifatida belgilangan muddatlarda va me’yorlarda ekilganda undan ko’k massa va silosdan tashqari don hosili olish mumkin.

Bu borada uzoq ishlar mobaynida turli sharoitlarda bir qator olimlar ko’plab ishlar olib borishgan.

O’zbekiston sharoitida makkajo’xori nav va duragaylaridan yuqori hosil olish bo’yicha I.V.Massino, S.M.Axmedova, A.I.Massino, R.Tilaev, I.Kimsanov, D.Abdukarimov, S.Absamatov, A.Abduraxmanov kabi tadqiqotchilar tadqiqot ishlarini olib borib, tavsiya va ko’rsatmalar berishgan.

Abdukarimov D.T, (2010) yozishicha makkajo’xori yer sharida eng ko’p


tarqalgan ekin hisoblanib, O’zbekistonda makkajo’xori don uchun, ko’k massa
olish uchun keng ko’lamda ekiladi. 2004-yilda don uchun ekilganda hosildorlik 34.1 ming gektar hosildorligi gektar hisobidan 45.9 tsentnerni tashkil qildi. O’zbekistonda mutaxasis dehqonlar yaxshi bilib, asosiy ekin sifatida don uchun, hamda ang’zga boshqa ekinlardan so’ng yuqori hosil olishga erishmoqdalar.

Makkajo’xori birqancha ekinlar uchun yaxshi o’tmishdosh ekin bo’lib qator oralari ishlanishi tufayli, almashlab ekishda agrotexnik ahamiyati kattadir. Qator oralarining ishlanishi maydonning begona o’tlarini kamayishiga va bir qancha zararkunandalar turlarini yuqotilishiga olib keladi.

Tursunov S.(2013) bahorgi don ekin sifatida makkajo’xori haqida quyidagi fikrlarni aytib o’tadi: makkajo’xori ertalabki soat 8 dan 12 gacha juda yaxshi changlanadi va urug’lanadi. Urug’langandan keyin 15-20 kun o’tgach donlar sut pishiqlik davriga, undan yana 20-25 kun o’tgach dumbul pishiqlik davriga kiradi va taxminan dumbulligidan 5-10 kun o’tgach donlar qatadi, hamda to’liq pishadi.

Makkajo’xorining o’sish davri ekilgan yer hamda ekish muddatiga qarab 70 kundan 180 kungacha o’zgarib turadi. Makkajo’ri yozda ekilsa, o’suv davri bahorgisiga qaraganda 15-25 kun qisqaroq bo’ladi.

Makkajo’xoridan yuqori don hosili olish uchun uning barg sathi gektar
hisobiga 40-50 ming m2 ni, ko’k massa hosili uchun 60-100 ming m2 ni tashkil
etishi kerak ekan.

Yormatov D. fikriga ko’ra makkajo’xori issiqsevar o’simlik 8-100C da unib chiqadi,10-120C da maysa chiqaradi, o’ta nam va sovuq yerga juda erta ekilsa, urug’i chirib ketib tupi siyrak bo’lib qoladi. 20-270C da o’simliklar qulay o’sib rivojlanadi. Gullash fazasida temperatura 30-350C dan yuqori bo’lsa chang changlantirish xususiyatini yuqotadi, natichada so’tasi siyrak donli bo’lib qoladi. 3-40C li sovuq maysalarni kuzda bahorda, 2-30S sovuq esa barglarni zararlantiradi. Maysalari sovuqqa chidamli bo’ladi.

Nazarov X. (2010) yuqori lizingli «O’zbekiston-420» VL duragayini o’rganib quyidagi xulosalarga kelgan. Parrandalar lizin miqdori ko’p bo’lgan don bilan oziqlantirilganda, tirik vazni 12-20% o’sishi va ozuqa birligi 6-8% pasayishi aniqlandi. Uch yillik tadqiqot natijalariga ko’ra, yuqori lizinli makkajuxorining yuqori urug’ hosildorligi va sifat ko’rsatkichlariga o’simlik 60-70 ming/ga ko’chat qalinlikda va azotli o’g’it me’yori 150 kg/ga bo’lganda erishildi. O’simliklarda ko’chatning qalinlashishi 1000 dona don vazni, urug’ unuvchanligi, ko’chat saqlanishi va urug’ xususiyatlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi aniqlandi.

Ahmedova S, Kuchchiev M, Allashov B, Jamolov S. larning (2013)


yozishlaricha: chorva mollari uchun mustahkam ozuqa bazasi yaratishda, ozuqabop
ekinlarning yuqori hosildor navlaridan foydalanish, ularni yetishtirishda agratexnik tadbirlarga to’liq rioya qilish, qolaversa bunda zamonaviy texnalogiyalarni qo’llash muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashgan.

Zero chorvachilikni yanada rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarishni


ko’paytirishda bularning o’rni beqiyosdir. SHu boisdan ushbu mavzu yuzasidan
"Ozuqabop yem-xashak ekinlari parvarishidagi agrotexnik tadbirlar" mavzuvidagi maqolalari chop etildi. Bunga ko’ra makkajo’xorini unib chiqqandan keyin 3-4 barg chiqarganda qator oralariga, ishlov berib, ko’chat qalin joylarda yaganalash ishlari o’tkaziladi.

Don uchun ekilgan makkajo’xori maydonlarida ko’chat qalinligi bir metrda 5-6, silos uchun ekilgan maydonlarda esa 10-12 tadan ko’chat qoldiriladi, 7-8 ta barg chiqarganda esa azotli o’g’itlar bilan 150 kg/ga miqdorda oziqlantirilib, sug’orish ishlari olib boriladi. Yuqoridagi tadbirlar o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilsa ekinlardan yuqori hosil olishga erishiladi.

Turobxodjaeva M., Qo’ziboev SH., Egamberdiev R. (2014) larning kuzatishicha urug’chilik va urug’shunoslikda bir qancha kamchiliklar mavjud.
Xozir respublikamiz urug’chiligida qo’llanilayotgan barcha standartlar va
yo’riqnomalar 30-40 yil oldin ishlab chiqilgan bo’lib. Xalqaro tajribalarni o’z ichiga yetarlicha olmagan.

Bugungi kunda bir nechta ekin turlari bo’yicha labaratoriya va dala tajribalari o’tkazilib natijalari taxlil qilinganda ayrim ekinlar urug’larining dala sharoitidagi unuvchanligi laboratoriya sharoitiga nisbatan 15-20% ga past bo’lganligini ko’rsatdi. Ayrim tadqiqotchilarning ishlarida bu ko’rsatkich 30-35% gacha ko’tarilib ketganligini kuzatish mumkin.

Bunga asosiy sabab qilib noqulay ob-xavo sharoiti, yog’ingarchilikning me’yoridan ortib ketishi va eng asosiysi agrotexnik ishlarning sifatsiz bajarilganligi. Shuningdek, sabzavot va poliz ekinlari urug’chiligiga ixtisoslashgan xo’jaliklarda sinab ko’rilmagan, davlat reestriga kiritilmagan urug’larning nazoratsiz yurtimizga kirib kelishi, don, sabzavot va poliz urug’chiligiga ixtisoslashgan xo’jaliklarda urug’ tozalaydigan va saralaydigan mashina hamda texnikalarning eskirganligi sababli sifatsiz urug’lar tayyorlanayotganligini ta’kidlash lozim.

AQSHning Kaloroda shtati D.I.Mides Arkanzas ilmiy markazi va


Viskons shtatida D.Smite ma’lumotlariga ko’ra, makkajo’xori sug’orish me’yori qisqartirilganda, ya’ni 228 mm da 113,5-114 ts/ga don hosili olish mumkin.

Hindistonning Andre shtatidagi yengil va og’ir tuproqlarda olib borligan tadqiqotlarda (A.Kallappa, K.Seivask) aniqlanishicha, makkajo’xori hosildorligini oshirish uchun vegetatsiya davrida tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-80 % da ushlab turish kerak. Og’ir qumoq tuproqlarda sug’orish me’yori 305-382 mm ni, yengil tuproqlarda esa 924,9 mm ni tashkil qiladi. Bundan shuni ko’rish mumkinki, yengil tuproqlarda sug’orish me’yori va soni og’ir tuproqlarga nisbatan 2 marta ko’p bo’ladi.

Makkajo’xorining ertapishar duragaylari takroriy ekilganda tup soni 30-50 ming/ga bo’lishi maqsadga muvofiqdir. O’simliklarning tupsoni oshganda so’tadan don chiqishi kamaygan (V.I.Zolotov va boshqalar). Ko’chat qalinligi duragaylarni pishish guruhiga teskari proportsional, ya’ni pishish guruhi qancha yuqori bo’lsa (FAO) ko’chat qalinligi kam bo’lganda eng ko’p hosildorlikni belgilaydi.

Bunday bog’liqlik S.G.Bliev, G.V.Veretennikova, T.R.Toloraya, Gogmachadje G.D.larning tajriba natijalarida ko’rsatib o’tilgan.

Adabiyotlar tahlilidan ko’rinib turibdiki, makkajo’xoridan yuqori va sifatli don hamda ko’k massa hosili olish uchun uning parvarishlash texnologiyasiga, xususan sug’orish tizimiga katta e’tibor qaratish zarur. Ushbu sohada mutaxassislar va olimlar tomonidan bir qator ilmiy tadqiqotlar turli tuproq va iqlim sharoitlarida o’tkazilgan, hamda shular asosida ishlab chiqarishga tegishli tavsiyalar berilgan.

Lekin ushbu tavsiyalar makkajo’xori bo’yicha yetarli bo’lmay, ushbu ekindan yanada yuqori va sifatli hosil olish uchun yangi tadqiqotlar o’tkazish talab etiladi. SHulardan kelib chiqib, Farg’ona viloyatining o’tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida makkajo’xorining «O’zbekiston-306 AMV», «Brillant», «Nart» va «Moldaviya-257» gibridlarini sug’orish tartibi va suv ist’emoliga bo’lgan talabini aniqlashni ilmiy ishning maqsadi va vazifasi etib belgiladik.




Download 293 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish