O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
ZOOTEXNIYA FAKULTETI
Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishi 4-kurs, 17.41-guruh talabasi
MUXTOROV SHOXRUXBEKNING
ODDIY MAKKAJUXORI, (Кукруза обыкнавенная) - ZEA MAYS L. ETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
mavzuidagi
Kurs ishi
Bajardi SH.Muxtorov
Qabul qildi _________________
F arg’ona – 2020
MUNDARIJA
|
Kirish
|
|
I BOB
|
Adabiyotlar tahlili
|
|
II BOB
|
Oddiy makkajuxori, (Кукруза обыкнавенная) - Zea mays L. yetishtirish texnologiyasi
|
|
2.1.
|
Makkajo’xorining kelib chiqishi, tarqalishi va botanik ta’rifi
|
|
2.2.
|
Makkajo’xorining biologik xususiyatlari
|
|
2.3.
|
Makkajo’xori yetishtirish texnologiyasi
|
|
|
Xulosa
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab xalqimiz farovonligini oshirish, mamlakat iqtisodiyotini ko’tarish va mustahkamlash borasida davlat tomonidan joriy etilib kelinayotgan ko’pqirrali islohotlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Ayniqsa, butun jahon global muamolaridan biri aholining oziqovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish maqsadida uzoqni ko’zlab ishlab chiqilgan davlat dasturlarining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi respublikamiz har bir fuqarosi xonadonining to’kin-sochin bo’lishini ta’minlamoqda.
O’zbekistonda iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida qishloq xo’jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga qishloq xo’jaligi qayta hamda qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlash bilan bog’liq tarmoqlarning respublikamiz hozirgi iqtisodiyotida o’ynayotgan roli sabab bo’ldi.
Respublikamiz qishloq xo’jaligida paxtachilik bilan bir qatorda
donchilik ham yetakchi tarmoqlardan hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko’ra, jahon bo’yicha bug’doy maydoni-217,4 mln. gektardan ortiqni tashkil etgani holda, AQSHda–22 mln., Xitoyda-26 mln. Hindistonda -27 mln gektar atrofida tashkil etadi.
-Hozirda dunyo bo’yicha 607 mln. tonnadan ortiq g’alla ishlab chiqarildi. Ma’lumotlarga qaraganda 2007 yil dunyo bo’yicha so’nggi 30 yil mobaynida eng kam bug’doy yetishtirilgan. Natijada bug’doy narxi Germaniyada 60 %, YeI 64,3, AQSHda 54,4 %, Avtraliyada 23,3 foizga oshgan.
O’rtacha hosildorlik Qozog’istonda 12,8 ts/ga, Qirg’izistonda 20,0 ts/ga,
Tojikistonda 24,7 ts/ga, Turkmanistonda 31,9 ts/ga ni tashkil etgani holda
O’zbekistonda 42,7 ts/ga. ni, suvlida esa 48,0 ts/ga. dan ortdi.
- O’zbekiston don mustaqilligiga erishdi. Shu vaqtgacha aholiga talab
etiladigan don ming mashaqqatlar bilan chetdan keltirilar edi. Bu avvalombor Respublika rahbariyatining, shaxsan Prezidentimizning bu jabhada olib borgan oqilona siyosatining mevasidir.
So’ngi yillarda O’zbekistonning seleksioner olimlari tomonidan
makkajo’xorining ko’plab nav va duragaylari yaratildi va rayonlashtirildi.
O’zbekistonda makkajo’xori doni uchun, silos uchun, ko’k massa olish uchun keng
ko’lamda ekiladi. 2004 yilda hosildorligi gektaridan 45,9 tsentenerni
tashkil qildi.
Makkajo’xorini asosan duragay urug’lari ekiladi. Makkajoxo’ri duragay urug’lari ekilganda oddiy navlar urug’lariga nisbatan 15-30% yuqori hosil olinar ekan. Navlararo chatishtirishdan olingan duragay urug’lar hosildorlikni 5-10% ga, nav-liniyaaro chachishtirishdan olingan urug’lar 20% gacha va ikkita liniyani chachishtirish natijasida oligan liniyalararo qo’sh duragay urug’lar eng ko’p 30% gacha oshiradi. Oxirgi yillarda duragay makkajo’xori selektsiyada katta yutuqlarga erishildi.
Yaratilgan duragaylar doninig hosildorligi eski navlarga nisbatan 100% va undan ham yuqoriroq bo’lmoqda. Makkajo’xori ekini selektsiyasi aniq muayyan o’stirish sharoitlari va mahsulotidan foydalanish usullari hisobga olgan holda ko’p yo’nalishlarda olib boriladi (don, yashil o’t va boshqalar). Makkajo’xorini har-xil muddatlarda pishishiga qarab farq qiladigan va qimmatli xo’jalik belgilari majmuali duragaylarni yaratish kerak.
Respublikamiz sharoitida g’alladan bo’shagan maydonlarda makkajo’xori ekib, qo’shimcha don olish imkoniyatlari katta. Makkajo’xori dunyoda eng ko’p yetishtiriladigan va tarqalgan donli ekinlardan biridir. U yem-xashak, oziq ovqat va texnikaviy ekin. Oziq-ovqat maqsadlarida dunyo bo’yicha yetishtiriladigan makkajo’xori donining 20 %, texnikaviy 15-20 %, qolgan qismi ya’ni uchdan ikki qismi yem-xashak maqsadlarida ishlatiladi.
Don tarkibida uglevodlar 65-70 %, oqsil 9-12 %, yog’ 4-8 %, shuningdek,
ma’danli tuzlar va vitaminlar bor. Uning donidan un, yorma, konservalar (qand makkajo’xorisidan), etil spirti, dekstrin, pivo, glyukoza, qand, qiyom, sharoblar, asal, moy, vitamin E, askorbin va glutamin kislotalari, makkajo’xori tayoqchalari, sut va boshqa ko’plab mahsulotlar tayyorlanadi. Makkajo’xorini onalik iplari meditsinada o’t xaltasi, jigar hastaliklarida qo’llaniladi.
Poyalaridan, barglaridan va so’talaridan qog’oz, linoleum, viskoza,
faollashtirilgan ko’mir, sun’iy po’kak, plastmassa, og’riqsizlantiruvchi vosita va boshqalar olinadi.
Makkajo’xorining doni, yashil massasi, silosi va so’tasi, uni ajoyib oziqa. 1 kg donida 1,34 oziqa birligi va 78 g hazmlanadigan protein bor. Omixta yem tayyorlashda makkajo’xori qimmatli komponent. Uning donidagi asosiy oqsil zeinda triptofan, lizin almashtirilmaydigan aminokislotalari kam. Sut-mum pishish fazasida o’rilgan 100 kg silos massasida 21 oziqa birligi va 1800 g hazmlanadigan protein bor. Shuncha miqdordagi quruq poya va barglarida 37, so’tasini o’zagida 35 oziqa birligi saqlaydi.
Qator oralari ishlanadigan ekin bo’lganligi tufayli u juda ko’p ekinlar, shu jumladan kuzgi don ekinlari, g’o’za va sabzavot ekinlari uchun yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. O’zbekistonda makkajuxorini so’g’oriladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinlaridan keyin doni, silos va hul massasi uchun ang’iz ekini sifatida ham yetishtirish mumkin.
Umuman makkajuxori zkini sanoatda va chorvachilikda muhim ahamiyatga ega. Shu bois biz bitiruv malakaviy ishimizni makkajuxori yetishtirish texnologiyasini takomillashtirishni o’rganishga bag’ishladik.
Bugungi kunda fermer xo’jaliklarini iqtisodiy jihatdan rivojlantirish,
aksariyat hollarda esa ularni qayta tashkil etish va yer maydonlarini optimallashtirish orqali moddiy-texnika bazani mustahkamlashga alohida
e’tibor berilmoqda.
Prezidentimiz tashabbuslari bilan 2008 yildan boshlab fermer xo’jaliklarini optimallashtirish, ya’ni yer maydonlarini yiriklashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan mazkur kurs ishida oddiy makkajuxori o’simligini yetishtirish texnologiyasini yoritib berishni maqsad qilib qo’ydim.
Do'stlaringiz bilan baham: |