Zootexniya fakulteti



Download 293,5 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2020
Hajmi293,5 Kb.
#40715
  1   2   3
Bog'liq
пиёз курс иши

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

ZOOTEXNIYA FAKULTETI

Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishi 2-kurs, 17.41-guruh talabasi

OLIMOVA SHAXZODA QOSIMJON QIZINING

«PIYOZDOSHLAR (ALLIACEAE) OILASIDAGI TURLAR BIOLOGIYASI, EKOLOGIYASI AREALI VA XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI»

mavzuidagi

Kurs ishi

Bajardi _________________ Qabul qildi _________________

Farg’ona – 2019

MUNDARIJA




Kirish

3

I BOB

Adabiyotlar sharhi

6

II BOB.

Piyozni xalq xo’jaligidagi ahamiyati, tarqalishi, tashqi muhit omillariga munosabati

11

2.1.

Piyozni xalq xo’jaligidagi ahamiyati va tarqalish tarixi

11

2.2.

Piyozni tashqi muhit omillariga munosabati

15

2.3.

Piyozni morfologik tuzilishi

18

2.4.

Piyoz klassifikatsiyasi va navlari

20

III BOB.

Piyozni yetishtirish texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari

22

3.1.

Yer tanlash va ekishga tayyorlash

22

3.2.

Ekish oldidan urug’ni ekishga tayyorlash

24

3.3.

Piyozni ekish chuqurligi va sxemasi

26




Xulosa

30




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

31

KIRISH.

Er egalarining bilim va tajribalarini oshirish, ularni zarur ma’lumot va axborotlar bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish zarur.



Sh.Mirziyoev

Mavzuning dolzarbligi. O’zbek xonadoni uchun bir parcha yer azaldan qadrli bo’lgan. Chunki u nafaqat oila daromadiga daromad qo’shadi, balki el-yurt farovonligini ta’minlashda ham muhim omil hisoblanadi. Ayni shu jihatdan ham istiqlolning dastlabki yillaridanoq aholiga tomorqa uchun yer ajratib berilgani juda katta ahamiyatga ega tarixiy qaror bo’lgan edi.

O’tgan yillar davomida davlatimiz tomonidan Qonunlar, muhim farmon va qarorlar, davlat dasturlari qabul qilinishi hamda ularning ijrosi izchil bajarilishi fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarini qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy sub’ektlar sifatida shakllanishi va rivojlanishini ta’minlab berdi.

Buning natijasida, mamlakatimiz nafaqat o’zining 32,5 millionlik aholisini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minladi, balki oziq-ovqat eksport qiladigan sanoqli davlatlardan biriga aylandi.

O’zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish o’sish sur’ati yiliga o’rtacha 9-10 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, mahsulotning eksport hajmi ham yildan-yilga ortmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan rivojlanishimizning yangi bosqichida qabul qilayotgan muhim Farmon va qarorlar sohani yanada isloh qilishga qaratilmoqda.

Jumladan, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida qishloq xo’jaligidagi islohotlarni yanada jadallashtirish, jumladan, Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish ushbu sohadagi islohotlarning eng asosiy yo’nalishlari etib belgilandi.

Shuningdek, Prezidentimizning 2017 yil 9 oktyabrdagi fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan Farmoni hamda ushbu Farmon ijrosini to’liq va sifatli tashkil etish maqsadida qabul qilgan Qarorlari harakatlar strategiyamizda belgilangan vazifalarni to’la ijrosini ta’minlashga qaratilgan hamda tizimli va tarkibiy islohotlarning yangi bosqichi hisoblanadi.

Ayni paytda, yer va suv resurslari chegaralanganligi, iqlim o’zgarishi, urbanizatsiya, tabiiy talofatlar, aholi sonining oshib borishi butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi masalasini birinchi darajadagi muammoga aylantirdi.

Yurtimiz aholisini sifatli va yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishga hissa qo’shish, qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish uchun yer egasi sifatida har bir tomorqa yer egasi, fermer va dehqon xo’jaliklari qishloq xo’jaligining barcha soha va yo’nalishlarini zamon talablari asosida rivojlantirishga fidoiylik bilan yondoshishi hamda bugungi faoliyatini tubdan o’zgartirishi zarur.

Yuqoridagi fikrlarni e‘tiborga olgan holda poliz ekinlari piyoz, sarimsoq piyoz zararkunandalari bioekologiyasi, zarari va qarshi kurash tadbirlarini o’rganish shu kunning asosiy masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi.



Muammoning o’rganilganlik darajasi. M.F.Pergudt, V.Ya.Borisov, G.E.Shmarev, N.S.Bakuras, N.N.Balashev, X.Ch.Bo’riev, T.E.Ostanaqulov, X.Mirpayozov, A.Abbosov, F.Shermatovlar tomonidan piyoz o’simligining morfologiyasi, tuzilishi, ularni ko’paytirish yo’llari bo’yicha olib borilgan tadqiqot ishlarida qayd etib o’tilgan, lekin Farg’ona viloyatida bu boradagi ishlar yaxshi o’rganilmagan.

Tadqiqot maqsadi: Mavzuning asosiy maqsadi Piyozguldoshlar – Liliaceae oilasi vakili bo’lmish piyoz o’simligining biologiyasi va shifobaxshlik xususiyatlarini adabiyot hamda internet ma’luotlari asosida o’rganish hamda Farg’ona viloyatida mazkur o’simlikni introduktsiya qilinishi, iqlimlashtirilishi va rivojlanishini amalda tadqiq qilish asosida o’rganishdir.

Tadqiqot vazifalari:

  • Piyozguldoshlar ga umumiy tasnif berish;

  • Piyoz o’simligining biologiyasi va uning turlarini aniqlab o’rganish;

  • Piyoz o’simligining shifobaxshlik xususiyatlarini o’rganish.

Tadqiqot ob’ekti va predmeti: Piyozguldoshlar oilasi vakili bo’lmish piyoz o’simligini ahamiyatini tadbiq etish.

Tadqiqot predmeti Piyozguldoshlar – Liliaceae oilasining tarqalishi, morfologiyasi, ekologiyasi va xalq xo’jaligidagi ahamiyatini tadqiq qilish.

Ilmiy yangiligi. Piyozguldoshlar – Liliaceae oilasi vakili bo’lmish piyoz o’simligi ilk marta Farg`ona vodiysi sharoitida tarqalishi, morfologik va bioekologik xususiyatlariva xalq xo’jaligidagi ahamiyati adabiyot manbalari asosida o’rganildi.

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotlar natijalari asosida Farg`ona vodiysi sharoitida Piyozguldoshlar – Liliaceae oilasini ko’paytirish usullari ishlab chiqish bo’yicha adabiyot manbalari ko’rib chiqildi. Ushbu izlanish natijasida to’plangan ma’lumotlardan turli maqsadlarda, jumladan o’quv jarayonida foydalanish mumkin.

I.BOB. ADABIYOTLAR SHARHI

Sabzavotlarni inson hayotidagi muhim oziqalik va shifobaxshlik ahamiyati barchaga ma’lum. Donishmand xalq va buyuk tabiblar fiqolariga ko’ra “Sabzavotlar saomatlik bulog’idir”.

O’rta asrdayoq tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino o’zining “Tib qonunlari” asarlarida xastaliklarni davolashda sabzavotlar juda katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatgan. SHarqning atoqli olimi Muhamamad Xusayn ibn Muhammad al Oqil 1777 yilda yozgan “Dori darmonlar xazinasi” nomli kitobidan sabzavot va mevalarning foydali xususiyatlariga oid qiziqarli ma’lumotlar olish mumkin, deb yozgan L.I.Demkevich (2000).

M.F.Pergudt (2001), V.Ya.Borisov (1998) Kavkazning Qora dengiz atrofidagi rayonlarda va Quyi Povolj’eda bahor hamda yoz faslini boshlanishida piyozdan tovarbop mahsulot olish uchun uni avgust oyida ekishni tavsiya etadilar. Ularni fikricha avgust oyida ekilgan piyoz tezda nihol hosil qiladi va sentyabr, oktyabr va janubiy mintaqalarda esa noyabr oylarida jadal o’sadi. Qish fasli boshlangunicha bo’yi 10-15 sm uzunlikda, ildizi yaxshi rivojlanib qish faslidan zararlanmasdan o’tar ekan.

V.G.Rusanovning (1998) ma’lumotiga ko’ra avgust piyozi begona o’tlardan toza va mineral o’g’itlar yetarli miqdorda berilgan yerlarga ekilsa, u qish fasli boshlangunicha 6-8 mm diametrli piyozbosh shakllantirib qish fasliga kiradi va bahor faslining oxirida gektardan 22-25 t tovarbop hosil berar ekan.

Avgust oyida ekilgan piyozdan kafolatlangan hosil olish uchun, ularni o’suv davrida – kuz-qish faslida bo’ladigan yog’ingarchilik juda zarur. Agar bu sharoit mavjud bo’lsa, avgustda ekilgan piyoz rejadagi hosilni beradi, deb yozadilar A.F.Banglevskaya (1998).

G.Kvachadze (1998) Gruziyaning Gordabin rayoni sharoitida 1 sentyabrdan 10 senyabrgacha, A.Orlova (1994) Tojikistonning Fissor vodiysida avgust piyozni avgust oyi oxiri va sentyabr oyi boshlanishida ekishni tavsiya etib, o’z fiqolarini quyidagicha davom ettirganlar. Piyoz sentyabr oyi boshlanishida ekilsa, u qish fasli boshlangunicha piyozbosh shakllantira olmaydi, yarovizatsiya davrini o’tmaydi va natijada piyoz bahor faslida, deyarli, gulpoya chiqarmasdan erta va yuqori hosil beradi, deb o’z fikrlarini yakunlaganlar.

Chorjou sharoitida piyozni ekish muddatini o’rgangan G.E.SHmarev (1989), piyozni Kaba va Farob navlarini 1 oktyabrda ekanida undan 200 ts/ga hosil olganligini ta’kidlab o’tishgan.

N.S.Bakuras (1974) avgust muddatida ekiladigan piyoz hosildorligiga ta’sirini o’rganish maqsadida uni sakkiz muddatda (1, 10 va 20 avugst; 1, 10 va 20 senyabr hamda 1 va 10 oktyabrda) ekib tajriba o’tkazib, quyidagilarni xabar qilgan. Avgust piyoz 1-10 avgustda ekilsa, kelgusi yili 55-65 % o’simlik, 20 avgust va 1 sentyabrda ekilganlari esa 10-15% gulpoya chiqarar ekan. Qolgan muddatda ekilganlarini 3-5% gulpoya chiqargan. Ammo, 20 avgust va 1 sentyabrda ekilganlari boshqa muddatlarda ekilganga nisbatan gektardan 2,5-3,1 t yuqori sifatli hosilni may oyining uchinchi dekadasida berishligini aniqlagan.

Piyoz qaysi muddatda ekilishidan qat’iy nazar uni ekish sxemasi hosil taqdirini hal qiluvchi omillardan hisoblanadi. Piyoz qator orasi 70 sm bo’lgan egatlarga uch qatorli lentasimon usulda lentachalar oralig’ini 10 sm, lentachadagi o’simliklar oralig’ini 7,5 sm qilib ekilsa, u gektaridan 347 ts, tovarbop piyozboshlari o’rtacha og’irligi 92 g bo’lgan hosil beradi, deb ta’kidlagan N.S.Bakursa (1977).

Piyozni ko’chatidan uch qatorli lentasimon usulda iyun oyining birinchi o’n kunligida gektarga 950 ming tup ekilsa, o’rtacha 28-30 t hosil berishini to’g’risida xabar qilgan J.Salixov (2012).

N.N.Balashevning (1981) ma’lumotiga ko’ra piyoz O’rta Osiyo mintaqasida uch muddatda: erta bahorda (fevral-martda), yozgi-kuzgi (avgust-sentyabr) va qish oldi (noyabr-dekabr) muddatlarda ekiladi. Ekish muddatlarini barchasi o’z xususiyat va mavqeiga ega deb, o’z fikrini quyidagicha bayon etadi. Yoz-ko’z muddatda ekilgan piyoz iste’molchilarni juda barvaqt (may-iyun) yangi piyoz hosili bilan ta’minlashi bilan birga, yerni takroriy ekinga o’z vaqtida bo’shatadi va yil mobaynida bir yerdan ikki marta hosil olinishiga sharoit yaratadi, deb ta’kidlab o’tgan.

X.Ch.Bo’riev va boshqalar (2002) piyozdan yil mobaynida hosil olish mumkin. Buning uchun uni navlarini ekish muddatiga va qanday maqsadlarda yetishtirilayotganini hisobga olib to’g’ri tanlash katta ahamiyatga ega.

T.E.Ostanaqulov va boshqalar (2010) O’zbekiston tuproq iqlim sharoitida piyozni yil mobaynida yetishtirish mumkinligini qayd etib o’tishgan. Piyoz, nisbatan, sovuqbardosh o’simlik, shuning uchun Surxondaryo viloyati sharoitda uni avgust oyida emas, balki sentyabr oxiri va oktyabr boshlanishida ekilsa, undan aprel oyi boshlarida standart talabi darajasidagi piyozbosh yetishtirib gektaridan 22-24 t hosil olish mumkin ekan.

A.Abbosov va boshqalarning (2011) bergan ma’lumotlariga ko’ra, avgust oyida ekiladigan piyozdan olinadigan hosil ekiladigan nav hamda ekish sxemasiga ko’p jihatdan bog’liq bular ekan. Ular piyozni Oqdur, Istiqbol, Qoratol, Ispanskiy-313, Marg’ilon tuxum piyozi va Samarqand qizil piyozi navlarini olti muddatda va uch xil sxemada ekib sinaganlarida quyidagi natijalarni olganlar. Navlardan Oqdur va Ispanskiy-313 navlari uch qatorli lentasimon usulda ekib lentadagi o’simliklar orasidagi masofani 7,5 sm qilib ekilgan variantdan olganliklarini ilmiy asoslab berganlar.

Piyoz pishib yetilganidan so’ng hosili yig’ishtirilib dala sharoitida 1-3 hafta mobaynida quritiladi, bu davrida uni qobiqlari yorilib hosil sifatiga salbiy ta’sir etadi. Gollandiyada bu usuldan voz kechib piyoz hosilini saqlashga tayyorlashning yangi uslubi ishlab chiqilgan, deb S.A.Kshnikatkin, T.A.Kiryuxina quyidagilarni ta’kidlab o’tishgan, ya’ni, mexanizatsiya ishlashlarini ta’minlash maqsadida piyoz 5 qatorli lentasimon usulda quyidagi sxemada ekiladi: lentachalar oralig’i – 27 sm, lentalar orasidagi masofa – 42 sm, lentachadagi o’simliklar orasidagi masofa – 7 sm. Piyoz hosili yetilgandan so’ng soxta poyasidan 10-12 sm qoldirilib bargi o’rib olinadi va shu kuni hosil kovlanadi.

Hosil yaxshi saqlanishini ta’minlash maqsadida soxta poyasi tarkibidagi namlikdan 8% gacha namlik yo’qotilishi kerak. Bunda piyoz omborxonada saqlanish davrida 7-10 kun mobaynida 20-25°S li issiq havo ta’sirida quritiladi, shu sababli hosil yaxshi saqlanadi.

Kurskiy oblasti sharoitida nush piyozni ekib undan olinadigan hosilni ko’paytirish bo’yicha A.F.Agafonov tomonidan olib borilgan tadqiqot natijasidan kelib chiqib quyidagilarni ta’kidlab o’tish mumkin, jumladan, unumdor va sug’oriladigan yerlarda nush piyozdan yuqori hosil yetishtirish uchun uni zich ekish, adabiyotlarda tavsiya etilgan – gektariga 220-280 ming dona o’rniga 440-800 ming dona ekishni tavsiya etadi va u quyidagi - 45x4-5 sm (180-225 sm2) va tor lentasimon - 45+5x4,5 sm (112,5 sm2) sxemalarini eng qulay deb hisoblaydi. Bu sxemalarda nush piyoz ekilsa, hosildorligi – 1,4-1,7 barobarga oshar ekan. SHu bilan birga ekiladigan nush piyozcha diametri – 1,25-1,5 sm bo’lishini tavsiya etadi.

Orlowski Marian, Jadczak Dorota AQSHning Texas sharoitida piyozga fosforli o’g’it ta’sirini o’rganib quyidagilarni xabar qiladi. 1975 va 1977 yillarda uch marta kuchaytirilgan superfosfatni 21,8 va 43,6 kg/ga miqdorida turli chuqurliklarga (0,2, 5,5, 7,5, 10 va 15 sm) solib, piyozga ta’sirini o’rganganida, quyidagi natijalarni olgan. Tajribani birinchi variantdagi (21,8 kg/ga) o’g’it urug’ ekilgan sathidan 2,5 sm chuqurlikka solinganda gektardan 155 ts/ga, ikkinchi variant o’g’it ham shu chuqurlikka solinganida 185 ts/ga hosil berish bilan birga hosil yetilishini 12 kunga tezlashgan.

A.S.Sidhu, S.S.Bal Daniya iqlim sharoitida piyoz urug’ini unib chiqishiga azot o’g’iti turlarini hamda urug’ ekish chuqurligini ta’siri o’rganilgan. Kuzatishlardan shu ma’lum bo’lganki, azotni nitrat shaklidagisi urug’larni unishiga salbiy ta’sir etgan. Azotdan 75 kg/ga ekish oldidan solinganda 0,5 m2 yuzaga ekilgan urug’dan 41-38 donasi, 150 kg/ga solinganda esa 26 dona urug’ unib chiqqanligini, xabar qiladi.

GDRning Martina Lyutera universiteti sabzavotchilik ilmiy tadqiqot insitutida piyozni turli qalinlikda ekib hosildorlikka ta’siri o’rganilgan. Xabar qilishilaricha piyoz qator orasi 21 sm qilib ekilgan va gektariga 2 mln. o’simlik joylashtirilib hamda u 130 kg ammiakli selitra bilan oziqlantirilganida gektaridan tovarbop 68 ts/ga dan 113,5 ts/ga gacha qo’shimcha hosil olingan. Qo’shimcha hosil piyozbosh diametrini kattalashishi hisobiga olishganligini xabar qiladi Jablonska-Ceglarek Romualda, Rosa Robert, Franczuk Jolanta.

P.Battilani va boshqalar Polshaning Lodzi universitetida piyozga turli xildagi retardantlar va gibberellin ta’sirini o’rganib quyidagilarni ta’kidlab o’tgan. U 1976-1977 yillar mobaynida piyozning Volьska navi urug’larini undirib torf va qum aralashmasi to’ldirilgan idishlarga ekgan. Nihollar 6 kunlik bo’lganida va yana bir haftadan so’ng DEOMS ning 0,1% li eritmasi bilan ishlov bergan, unga qo’shimcha qilib gibberllin eritmasidan ham ikkinchi tajribaga sepganida quyidagi natijani olgan. Nazorat variantidan olingan piyozbosh og’irligi 9,5 g, ikkinchi tajribada esa piyozbosh og’irligi 14 g ga yetdi deb xabar qilgan.

Velikobritaniya iqlim sharoitida sholg’om piyoz mart oyining ikkinchi yarmidan aprel oyining ikkinchi yarmigacha ekiladi, ammo ularni ko’pchilik qismi gulpoya chiqarib yuboradi deb yozadi. U o’z fikrini davom ettirib, biz 1988 yilda sholg’om piyozni Marmel, Shtutgarter, Rokardo va Sturon hamda Super Elza Krayg navlarini ekib sinab ko’rildi. Bu navlardan Sturon hamda Turbolar gulpoya chiqarishga chidamli navlar ekanligi aniqlandi, deb yozib, ularni 23x10 sm sxemada mart oyining ikkinchi yarmida ekishni tavsiya etadi.

Piyoz urug’ini ekish oldidan barbatirlash uni hosilini, suvda ivitilganga nisbatan laboratoriya sharoitida – 13,8, ishlab chiqarish sharoitida esa – 24,1% ga oshiradi.

Buxoroning sho’rlangan yerlarida piyoz ildiz qismi joylashgan tuproq qatlami tarkibidagi tuz miqdori 0,015-0,02% bo’lsa (xlor bo’yicha) piyoz yaxshi o’sadi va qoniqarli hosil beradi, deb xabar qilgan. U o’z fikrini davom ettirib, piyozni tuproq sho’rligiga chidamligini oshirish uchun shu sharoitda yetishtirilgan piyoz urug’idan foydalanish hamda ekish oldidan uni sho’r suv va sizot suvi bilan ishlov berishni tavsiya etgan.

Demak, avgust oyida ekiladigan piyozdan kelgusi yili yuqori va sifatli hosil olish uchun ekiladigan nav, muddat hamda o’g’itlarni to’g’ri tanlash ham nazariy ham amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega ekan.

II-Bob. PIYOZNI XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI, TARQALISHI, TASHQI MUHIT OMILLARIGA MUNOSABATI

2.1. Piyozni xalq xo’jaligidagi ahamiyati va tarqalish tarixi

Piyozguldoshlar oilasiga: oddiy piyoz, sarimsoq, proey piyoz, batun piyoz va boshqa turdagi piyozlar mansub bo’lib, ichida bizni sharoitimizda oddiy piyoz hamda sapimsoq katta ahamiyatga ega. Allium avlodiga xos o’simliklar xususiyatlardan biri, ular jinsiy yo’l bilan – urug’idan hamda vegetativ usulda ko’payishidir. Bu avlodga 400 dan ortiq tur kirib, shundan unga yaqinni madaniy ekin sifatida yetishtiriladi.

Piyoz qadim zamonlardan beri ekib kelinayotgan sabzavotlardan bo’lib, asosan O’rta Osiyoda, shuningdek, Rossiyaning janubiy rayonlarida ham keng tarqalgan. Lekin ob-havo sharoitiga qarab, piyoz ekish muddatlari, nav xususiyati, agrotexnikasi, yig’ish va saqlash usullari turlichadir.

Piyoz eng ko’p iste’mol qilinadigan sabzavotlardan bo’lib, har qanday ovqatga maza berish xususiyatiga ega. Piyoz boshi asosan har xil taom va sabzavot konservalar tayyorlashda ishlatiladi, ko’k piyozni esa shundayligicha iste’mol qilaverish mumkin. Piyoz ovqatni tez hazm qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, u yaxshi dorivor o’simlik hamdir. Piyoz dori sifatida Yunonistonda ham ishlatilgan. Buyuk olim va shifokor Dioskorid uni ishtahani ochuvchi, tanni tozalovchi dori sifatida tavsiya qilgan. Rimliklarning fikricha, ovqatga piyozni ko’p qo’shib iste’mol qilish kishilarga kuch va jasurlik ato etar ekan.

Piyozning o’ziga xos o’tkir hidi undagi efir moylariga bog’liq. O’tkir hidli, achchiq piyozlarning yaxshi saqlanishining boisi ham ana shundadir.

Piyozboshida efir moylaridan, tashqari shakar, kletchatka, kaltsiy va fosfor tuzlari, organik kislotalar, fermentlar, azotli moddalar, saponin va glyukozidlar ham bor.

Deyarli hamma yerda ishlatiladigan ko’k piyozda S vitamini va kishi organizmi uchun foydali boshqa moddalar ayniqsa ko’p. U tsinga kasalligiga qarshi juda muhim doridir. Gripp va avitaminoz kasalliklarining oldini olish uchun ham uni iste’mol etish tavsiya qilinadi.

Dorivor o’simliklar bilimdoni V.N.Nikolskiy 1924 yilda shunday deb yozgan edi: “Rossiyada oddiy xalq piyozni non, tuz va kvas bilan iste’mol etadi, bu kishini salomat qiladi, rangini tozalaydi va tishlarini mustahkamlaydi”.

Xom piyoz ishtaxani ochadi, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi suyukliklarning ajralishini kuchaytiradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Shuning uchun ham piyozni turli salat tarzida ovqatdan oldin iste’mol qilish tavsiya etiladi, deb xabar qilgan X.Mirpayozov (1970).

M.V.Alekseeva (1982) ning ma’lumotiga ko’ra piyoz kimyoviy tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, u yetishtirilayotgan nav, qo’llaniladigan agrotexnika hamda o’stirilayotgan tuproq-iqlim sharoiti bilan bog’liqdir. Piyoz tarkibidagi quruq moddalar, qandlar va efir moylarini ko’p yoki kamligiga ko’ra uni ta’mini achchiq yoki chuchuk bo’lishligi aniqlanadi. Piyozning chuchuk va achchiq navlari piyozboshi tarkibidagi quruq moddalar miqdori 9-11% dan 16-22% gacha, umumiy qandlari 6-8% dan 10-11% gacha, efir moylari esa 10-20 dan 26-130 mg gacha 100 g xom moddasi tarkibida bo’ladi.

M.V.Alekseeva (1982) ma’lumotlariga ko’ra pishib yetilgan piyoz tarkibida 170-190 mg oltingugurt, 150-175 mg kaliy, 50-120 g fosfor, 12 dan 30 mg % gacha kaltsiy, natriy, magniy 100 g xom moddasi tarkibida bo’ladi, barra piyoz tarkibida vitamin S 35-90 mg, pishib yetilgan piyozbosh tarkibida esa 4-10 mg dan oshmasligini ta’kidlab o’tgan.

N.N.Balashev va G.O.Zeman (1977)lar oddiy piyozning O’rta Osiyo navlari tarkibida quruq modda 14-16,5%, shakar 7,8-11,1% va shu jumladan, saharoza 4,8-8,2% va 1,37-6,9 mg% vitamin S borligi, piyoz A, V1, V2 vitaminlarga ham boy ekanligi aniqlangan.

D.D.Brejnevni (1979) bergan ma’lumotlariga ko’ra oddiy piyoz tarkibida askorbin kislotasi mavjud bo’lib, u piyoz bargi tarkibida 20 mg dan 35 mg gacha 100 g massasida, 10 mg dan 15 mg gacha piyoz boshchasida bo’lar ekan.

I.N.Ershova, A.A.Kazakovalarning (1967) ma’lumotiga ko’ra piyoz tarkibida vitamin V2 0,016-0,123 va RR-0,1-0,15 mg % mavjud ekan. Bundan tashqari uni mineral tuzlari tarkibida kaliy – 15 mg, fosfor – 123 mg, kaltsiy – 29 mg, temir – 0,4 mg, shuningdek, ruh, alyuminiy, mis va boshqa elementlar ham mavjud ekan.

Piyoz bargi va piyozbosh tarkibida uchuchan modda fitontsidni mavjud bo’lishi, kasallik tug’diruvchi mikroblarni o’ldirish xususiyatiga ega. Uni bu xususiyati piyoz qayta ishlanganida ham ma’lum darajada saqlanib qoladi.

Inson organizmi uchun zarur bo’ladigan qand va mineral tuzlar piyoz bargi va piyozbosh tarkibida 3-7% gacha mavjud ekan.

F.Shermatovning (1973) ma’lumotiga ko’ra piyozning tarkibida S vitamini, kletchatka, kaltsiy, fosfor tuzlari, organik kislotalar, fermentlar, azotli moddalar, glyukozidlar, sanonin va efir moylari mavjud bo’lib, shu boisdan ham u qondagi holosterin moddasini kamaytirar ekan.

Oddiy piyoz tarkibidagi efir moylarining miqdoriga qarab uch guruhga, ya’ni achchiq (tarkibida efir moy juda ko’p), yarim achchiq va chuchuk piyozlarga bo’linadi. Piyoz tarkibida oz miqdorda limon va olma kislotlari, sirtqi quruq po’stlarida esa kvertsetin degan sariq bo’yoq moddasi bo’lib undan ham foydalaniladi.

Achchiq piyozlar tarkibida 80-85%, yarim achchiqlarida 87-88% va chuchuk piyozlar tarkibida esa 90-92% suv bo’ladi, shu sababli ular tarkibidagi kimyoviy moddalar miqdori ham turlicha bo’ladi.

Piyoz o’ziga xos ta’m va hidga ega bo’lishi konserva mahsulotlarini sifatini yaxshilash bilan birga uni inson organizmi tomonidan boshqa oziq-ovqatlarni o’zlashtirilishini, hazm bo’lishini yaxshilaydi. Piyoz shunday xususiyatlarga ega bo’lganligi uchun undan yil mobaynida har bir kishi 18 kg iste’mol qilishni mutasaddi tashkilotlar tavsiya etadi.



Download 293,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish