Zoonoz infeksiyalar xaqida tushuncha
•
Brutselloz - surunkali kechishga moyil, tayanch-harakat apparati,
periferik nervlarni koʻproq jarohatlaydigan, uzoq davom etuvchi isitma
bilan kechadigan kasallik. U uy hayvonlari orasida uchrab turadi. Sut
soruvchilar, molboqarlar, choʻponlar, veterinarlar, qushxona
xizmatchilari va teri oshlash sohasi ishchilari uchun brutselloz kasb
kasalligi xisoblanadi. Etiologiyasi. Kasallik qoʻzgʻatuvchilari brutsellalar
deb ataladi. Odamda kasallikni keltirib chiqaradigan brutsellalar 3
turga boʻlinadi. 1. Brutsella melitenzis – mayda shoxli hayvon (qoʻy,
echki) larda kasallik qoʻzgʻatuvchi brutsellalar. 2. Brutsella abortus
bovis – qoramolda brutselloz qoʻzgʻatuvchi mikroblar. 3. Brutsella
abortus suis – choʻchqalarda brutselloz qoʻzgʻatadi.
Epidemiologiyasi: Kasallik manbai brutselloz bilan ogʻrigan hayvonlar yaxshi semirmaydi, koʻpincha chala tugʻib
qoʻyadi. Brutsellalar kasal hayvon siydigi va goʻngi bilan ajralib, hayvon juni, terisida uzoq saqlanadi. Shuningdek
yaylovdagi oʻt-oʻlan, suvga ham tushadi, ostidagi poxol ham zararlanadi. Shu tariqa brutselloz hayvonlar orasida
tarqaladi. Brutsellelar kasal hayvon suti bilan ham ajraladi. Odamga kasallik asosan kasal hayvonlarni parvarish
qilish, soʻyish va nimtalash vaqtida hamda terisini oshlaganda yuqadi. Bunda infeksiya odamga teri orqali tushadi.
Baʻzi olimlarning fikricha, nafas yoʻllari va konyuktividan ham kirishi mumkin. Chorvadorlarga kasallik koʻpincha
qoʻzilatish davrida yuqadi. Chunki, brutselloz hayvonlarning homilasi yuzasida, atrofidagi suyuqlikda, yoʻldoshda
brutsellalar juda koʻp boʻladi. Kasal hayvon goʻshtini yaxshi pishirmay isteʻmol qilganda yoki sutini qaynatilmasdan
ichganda, brutsellalar organizmga ogʻiz orqali tushadi. Brutselloz koʻproq qishloq aholisi orasida uchraydi, Bahor
oylarida kasallik koʻproq qayd etiladi. Shahar aholisi orasida brutselloz asosan kasal hayvon sutini qaynatmay
ichishi tufayli kelib chiqadi. Bemor odamdan brutselloz boshqa sogʻlom kishilarga va hayvonlarga yuqmaydi.
Kasallikning yashirin davri 1-2 hafta. Klinik kechishga qarab brutsellozning oʻtkir (3 oygacha), choʻziluvchan (6
oygacha) va surunkali (6 oydan ortiq) turlari farqlanadi. Brutselloz organizmning umumiy kasalligi hisoblansa ham,
unda tayanch-harakat, yurak-tomir va nerv sistemalari jarohatlanishi yaqqol ifodalanadi. Oʻtkir brutselloz qisqa
muddatli prodroma davri bilan boshlanadi. Bu davr bir haftagacha davom etadi. Shu vaqtda bemor lohas boʻladi,
tez charchayda, kayfiyati buziladi, ishtahasi pasayadi. Baʻzan biroz bosh ogʻrishi kuzatiladi.
Bu alomatlar oʻsa borib, kasallikning avj olish davri boshlanadi. Uning oʻziga xos belgalari mavjud. Junjikish,
qaltirash bilan isitma 38-39°C gacha koʻtariladi, keyin kuchli terlash kuzatiladi. Bu xolat uzoq muddat, baʻzan
kuniga 1-2 marta takrorlanib turadi. Kundalik isitma oʻtkir brutsellozda remittirlovchi xususiyatiga ega. Isitma egri
chizigʻi esa toʻlqinsimon boʻladi. Harorat uzoq vaqt yuqori boʻlishiga qaramay bemorda ich terlamaga oʻxshash
quchli intoksikatsiya kuzatilmaydi. Isitma pasaygan soatlarda bemor oʻzini durust xis qiladi. Bemorni koʻzdan
kechirganda, dastlabki kunlarda yuzi biroz qizargai boʻlsa xam, keyinchalik oqish boʻladi.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |