Zoologiyaning rivojlanish tarixi
Reja:
1. Zoologiya fanining paydo bо‘lishi va rivojlanish tarixi.
2. Zoologiya fanining soha va tarmoqlari .
3. Hayvonot sistematikasining asoslari.
4. O‘zbekistonda zoologik tadqiqotlarning rivojlanishi.
5. Zoologiya fanining soha va tarmoqlari
Zoologiya qisqacha ifoda etganda, hayvonlar tо‘g‘risidagi fandir, aslida esa u hayvonlar dunyosining xilma-xilligi, tuzilishi, hayoti, sistematik guruhlari о‘zaro qarindoshlik munosabatlari va kelib chiqishi (filogeniyasi) hamda geografik tarqalishi tо‘g‘risidagi fandir. (grekcha, Zoo - “hayvon”, Logos – “fan”).
Eramizdan bir mlyard yilcha muqaddam eng sodda shaklda paydo bо‘lgan va uzoq davrlar mobaynida murakkab takomillanish jarayonlari asosida rivojlanib, hozirgi davrda yer planetasining deyarli hamma qismini egallagan hayvonlar dunyosi nihoyatda xilma-xildir. Hozirgi paytda turli muhitda yashayotgan va о‘zining sodda yoki murakkab tuzilishi, yohud katta-kichikligi bilan bir-biridan keskin farqlanadigan hayvonot dunyosi 1 mln 500 mingdan oshiqroq turni о‘z ichiga oladi.
Odamzod hayotining dastlabki rivojlanishi, hayvonot dunyosi bilan mustahkam bog‘langan holda borgan. Turli arxeologik qazilmalar odamzodning rivojlanishi va hayotida turli xil hayvonlar katta о‘rin tutganligidan dalolat beradi. Odamzod ibtidoiy rivojlanish davrlarida turli xil umurtqasizlar, baliqlar va sut emizuvchi hayvonlarni ovlab hayot kechirgan bо‘lsa, keyinchalik ba’zi sut emizuvchi hayvonlarni о‘ziga о‘rgatib, xonakilashtira borgan.
F. Engelsning kо‘rsatishicha mazkur hodisa, ya’ni hayvonot mahsuloti (gо‘sht, hayvon oqsili)dan foydalanish insonning shakllanishida ahamiyatga ega bо‘lgan. Shuning uchun ham qadimgi davr odamlarida bir qancha hayvonlarning tuzilishi, hayoti hatto ularning о‘zaro munosabatlari va xulq-atvori tо‘g‘risidagi ma’lumotlar tо‘plana borganligi aniqlangan.
Zoologiya fanining paydo bо‘lishi va rivojlanish tarixi
Zoologiya qadimgi fanlardan bо‘lib, bu fanga eramizdan ilgarigi 384-322 yillarda yashagan gretsiyalik olim, faylasuf Aristotel (Arastu) asos solgan. Arastu о‘sha zamonda fanga ma’lum bо‘lgan 454 xil (tur) hayvonlarni tuzilishi hayoti va tarqalishini sistema asosida bayon qilib bergan. Arastu asarlaridagi hayvonot dunyosi sistemasi kо‘p jihatdan hozirgi sistemaga yaqin bо‘lib, unda hayvonlar; qonlilar (umurtqalilar) va qonsizlar (umurtqasizlar) degan katta guruhlarga, bular esa о‘z navbatida yana sakkizta kichik guruhlarga: tirik tug‘uvchi tо‘rt oyoqlilar (sut emizuvchilar), tuxum quyuvchi ikki oyoqlilar (qushlar), tuxum quyuvchi tо‘rt oyoqlilar (sudralib yuruvchilar) oyoqsiz tuxum quyuvchi jabralilar (baliqlar) hashoratlar, qisqichbaqasimonlar kabilarga ajratgan. Arastuning zoologiyaga oid asarlari о‘zining tо‘la va mazmunligi bilan, hatto XVIII asrda yozilgan asarlardan ham ajralib turadi.
Uyg‘onish davrlarigacha jumladan о‘rta asr davrlarida ham zoologiyaning rivojlanishida deyarli siljish bо‘lmadi. Barcha tо‘plangan ma’lumotlar sistemaga solinib hikoya tarzida berilar edi. Bu paytda kelib Arastu sistematikasi unitilib ketgan edi. Jumladan nemis olimi K. Gesnerning besh tomli “Zoologiya qomusi” (XVI asr) shu tarzda yozilgan bо‘lib hayvonot dunyosi alifbo tarzida kо‘rsatilgan edi.
Zoologiya fanining qaytadan rivojlanishi 1735 yildan, ya’ni mashhur shved olimi K.Linneyning “Tabiat sistematikasi” nomli kitobining maydonga kelishi bilan boshlandiki, bu kitobda ma’lum bо‘lgan hayvonlarning ancha qо‘lay bо‘lgan sun’iy sistematika asosida о‘rganish metodlari ifodalangan edi.
XVIII va XIX asr boshlarida hayvonot dunyosining xilma-xilligi va tuzilishini har tomonlama о‘rganish va zoologik sistemani rivojlantirishga Spalantsani, Byuffon, Sent-Iler, J.B. Lamark, J. Kyuve kabi G‘arbiy Yevropa olimlari va shuningdek Lomonosov, Pallas, Volf, K. Ber va F. Rule kabi olimlar katta hissa qо‘shdilar.
Hozirgi zamon biologiya faniga asos solgan CH.Darvin evolyusion ta’limotining vujudga kelishi (1859 y.) ilmiy materialistik zoologiya fanining rivojlanishiga sabab bо‘ldi. Chunki bu ta’limot “hayvon va о‘simliklarning turlarini bir-birlari bilan bog‘lanmagan holda yakka-yakka xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi dunyo-qarashlarga qattiq zarba berdi va biologiyani tо‘liq ilmiy asosga qо‘ydi”.XIX asrning ikkinchi yarmi ilmiy materialistik zoologiyaning rivojlanish davri bо‘ldi.
Darvin evolyusion nazariyasi asosida zoologiyaning taraqqiy etishi va rivojlana borishida A. Uolles, T. Geksli, F. Myuller, E. Gekkel kabi G‘arbiy Yevropa olimlari bilan bir qatorda mashhur rus olimlari A. O. Kovalevskiy va V.O.Kovalevskiy, I.I Mechnikov, Bogdanov, Shevyakov, Zavarzin Xolodkovskiy, Knipovich, Zernov, Pavlovskiy, Skryabin va boshqalar katta xizmat kо‘rsatdi.
Zoologiya fanining soha va tarmoqlari
Zoologiya rivojlana borishi bilan bir qatorda uning ma’lum bо‘limlari: hayvonot olamining tuzilishi, sistematik guruhlari, geografik tarqalish qonuniyatlari yoki hayvon organlarining hayotiy yo’nalishlarini о‘rganadigan ayrim zoologik fanlar vujudga kela boshladi. Shunday qilib zoologiya bir qancha bilimlarni birlashtirgan fanlar sistemasiga aylandi.
Hayvonlarning tuzilishi va individ (embrion) rivojlanishini Morfologiya fani tekshiradi.Morfologiya о‘z navbatida anatomiya, gistologiya, sitologiya, embriologiya, qiyosiy anatomiya, qiyosiy embriologiya, molekulyar biologiya kabi qator fanlarga ajraladi.
Sistematika – hayvonot dunyosining sistematik takson guruhlari va ularning о‘zaro qarindoshlik munosabatlarini о‘rganadi.
Filogeniya – har bir guruh vakillari о‘rtasidagi о‘zaro о‘xshashliklarni, embrion taraqqiyoti hamda ularning qadimgi (paleontologik) avlodlarning tuzilish hususiyatlari asosida turlarning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi masalasini о‘rganadi.
Paleozoologiya - hayvonlarning toshga aylangan qadimgi qazilma avlodlari va ular bilan hozirgi guruhlar о‘rtasidagi qarindoshlik (filogenetik) munosabatlarni о‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Ekologiya - hayvon organizmlarini, ular yashab turgan organik muhit (о‘simlik va boshqa hayvon turlari) va noorganik muhit о‘rtasidagi munosabatlar, moslanishini о‘rganadi.
Fiziologiya - hayvon organlarining vazifalari va ularda kechadigan sheriklik hodisalari va yo’nalishlarini aniqlash, tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi.
Bulardan tashqari zoologiyaning ma’lum yo’nalishda tadqiqot ishlarini olib boradigan maxsus sohalari shakllangan bо‘lib, ular har bir soha: bir tip yoki bir sinfga mansub bо‘lgan hayvonlar guruhini har tomonlama chuqur о‘rganadi.
Masalan, shu yo’sinda: protistologiya- sodda hayvonlar, gelmintologiya – chuvalchanglar, entomologiya, malokalogiya ixtiologiya, ornitologiya, mammalogiya fanlari vujudga kelgan.
Hayvonot sistematikasining asoslari
XVIII asr boshlariga kelib hayvonot dunyosini о‘rganishda ma’lum qat’iy tartib va sistemani joriy etish zaruriyati yaqqol sezila bordi va shu zaruriyat ta’sirida shved olimi K.Linney (1707-1778) ning “sun’iy sistema” deb ataluvchi ancha qulay turkumlashtirish metodi vujudga keldi.
K. Linneyning 1735 yilda nashr etilga “Tabiat sistemasi” nomli kitobida bayon etilgan mazkur hayvonot sistematikasiga asos etib TUR kategoriyasi olingan. K. Linney ta’rifcha dunyodagi hayvonlar turlardan tarkib topgan. Har bir tur – bir ota-onaning bolalari kabi bir-biriga о‘xshash bо‘lib, ular о‘zaro erkin qо‘shila oladi, shu bilan birga naslli (kо‘paya oladigan) nasl bera oladi. Mazkur ta’rifga muvofiq, masalan: ot bilan eshak erkin qо‘shilmaydi, erkin qо‘shilsa ham nasl bera olmaydi.
Shu qoidaga muvofiq bir-biriga juda о‘xshagan turlar bir urug‘ (avlod)ga birlashtiriladi. Masalan: it, bо‘ri, qashqir turlari bir-biriga о‘xshaydi, binobarin ularni bitta itlar urug‘iga birlashtiriladi. О‘z navbatida bir-biriga har tomondan о‘xshash urug‘lar mavjud. Masalan, itlar urug‘i sirtlonlar urug‘iga о‘xshash. Bu о‘xshash urug‘lar oila deb ataladigan guruhlarga birlashtiriladi.
Kо‘p oilalar ham о‘zlarining hayotiy yo’nalishlari tuzilishlari bilan bir-birlariga о‘xshagan, itlar, mushuklar, qunduzlar oilalari yirtqichlar turkumiga birlashtirilgan.
Turkumlar о‘z navbatida sinflarga birlashtirilgan.
Mazkur sistema hayvonlarning tashqi yaqqol kо‘ringan belgilariga asoslanganligi uchun uni olimlar “Sun’iy sistema” deb ataydi, shu bilan birga K. Linney sistemasida hayvon turlarini nomlarini lotin tilida va mazkur tur mansub bо‘lgan urug‘ning nomi qо‘shib aytilishi joriy qilindi. Masalan: itlar turi - Canus-canus (itlar urug‘iga kiradigan it) bо‘rilar turi canus Liris (itlar urug‘iga kiradigan bо‘ri) sherlar turi Felus leo – (mushuklar urug‘i – sher) Felis tigris – ( mushuklar urug‘i yo’lbars)
Turlarni nomi urug‘ nomiga qо‘shilib aytilgani uchun bu qoidani “binar nomenklatura” (ikki yoqlama yoki qо‘shaloq nomlanish) deb ataldi.
K. Linney tuzgan sistemaga solish qoidasi hayvonot dunyosini о‘rganish uchun juda katta turtki bо‘ldi.
Shuning uchun ham “Tabiat sistemasi” 43 yil ichida 13 marta qayta nashr etilib, tabiatshunoslarning asosiy qо‘llanma kitobiga aylangan edi. Shu bilan birga yangi topilgan turlarning nomi ortib bordi. Agarda “Tabiat sistematikasi” ning dastlabki (1735 yil) nashrida 4208 ta tur kо‘rsatilgan bо‘lsa uning sо‘ngi nashrida hayvonot turlarining soni 20 mingdan oshib ketdi.
Keyinchalik hayvonlar sistemasi haqidagi fan rivojlana borib “tabiiy sistemaga” yaqinlashtrildi. Bu sohada frantsuz olimlari J.B.Lamark, J.Sent-Iler va J. Kyuvelarning xizmatlari katta bо‘ldi.
Mashhur olim J.B.Lamark (1744-1829 yil) umurtqasiz hayvonlarning tuzilishi va ularning sistematik holatlarini aniqlash sohasida g‘oyaviy muhim va katta ish qildi. Masalan: “Zoologiya falsafasi” asarida hayvonlar dunyosining 48 ta sinfdan tashkil topganligini kо‘rsatdi va hayvonlarni umumrtqalilar va umurtqasizlarga bо‘linishini aniqladi.
Jorj Kyuve esa XIX asr boshlarida yozgan zoologiyaga oid asarlarida esa tip kategoriyasini joriy etishni kutarib chiqdi.
Tip kategoriyasining qо‘llanishi sistemani tabiiy turkumlanishga birmuncha yaqinlashtirdi. Shunday qilib XIX asr boshlarida hayvonot sistemasi birmuncha rivojlandi.
Endi u 6 kategoriya (guruh)dan tur, urug‘, oila, turkum, sinf, tiplardan tashkil topdi.
J. Kyuve sistemasida 4 ta asosiy tip bor edi, bu 4 ta tip hayvonot dunyosining 4 xil “yaratilish plani” deb, ya’ni “yaratuvchi xudo hayvonlarni mana shu 4 ta tuzilish plani asosida yaratgan” deb kо‘rsatadi. Evolyusiya nazariyasiga tamomila zid bо‘lgan mazkur reaksion nazariya biologiyada CH. Darvin ta’limoti vujudga kelgunga qadar hukm surdi. CH. Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” (1859 y) nomli mashhur asari maydonga kelishi bilan hayvonot dunyosi materialistik izga solindi.
Hayvonot dunyosining tuzilishi, embrion taraqqiyoti, evolyusion rivojlanish tarixi va boshqa hususiyatlarning har tomonlama о‘rganilishi va ilgari noma’lum sistema guruhlarga mansub bо‘lgan hayvonlarning topilishi yuqorida bayon etilgan 6 ta sistema birligidan tashqari tabiatda bir qancha yirik guruhlar borligi imkoniyatini berdi. Hozirgi paytda hayvonot dunyosi 23 ta tip 71 sinfga bо‘linadi. Hayvonot dunyosi - katta bо‘lim, kichik – bо‘lim, tip - bо‘lim, sinf – turkum- oila – urug‘ – tur.
Do'stlaringiz bilan baham: |