Zoologiyada “Tanishuv”
Ona tabiatman makonim shu yer
O’simlik ,hayvonot dunyosi menda
Hayvonlar so’zlaydi o’zing tingla ,kel
Bilim ol hammasin o’rgangin undan
AMYOBA
O’zim go’yo bir tomchi
Nomim nima ayt topchi
O’zgaruvchanman juda
Doim yashayman suvda
Yolg’on oyoqlarim bor
Ular menga ko’p dastyor
O’zim juda chaqqonman
Bir hujayrali hayvonman
Kuzda, qishda bir pastda
O’rab oladi sista
Bo’linib ko’payadi
Hujayram teng ikkiga
Sistaga o’raladi
Suvdan chiqsam chekkaga
Sho’rroq sheriklarim bor
Dizenteriya amyobasi
Ichingizga kirib olsa
Voy qornim deb qolasiz
Shuning uchun sizga bir gap
Ko’lmak suvlardan ichmang
Qo’llarni yuvib yuring
Aslo sog’liqdan kechmang
YASHIL EVGLENA
Men yashi evglena
Hayvonman soddagina
Volvoks yelkadoshim
Amyoba qarindoshim
Yashil to’nim ,ko’zim bor
Xivchinim bor bir dona
Nabotot va hayvonotning
Ko’prigiman yagona
Yashil xlorofilim bor
Shuningchun kuz,yoz,bahor
Kunduz quyosh nuridan
Oziqlanishim darkor
Hayvonlar kabi hatto
Oziqlanaman tunda ham
Suvsiz yashay olmaydi
Bitta hujayrali tanam
Yerga nur tushishi bilan
Suvlar ilishi bilan
Bir xil ikki bo’lakka
Bo’linib ko’payaman
Hech kimga zararim yo’q
Quyosh va suv bo’lsa bas
Sovuq tushsa sistaning
Ichida olaman nafas
VOLVOKS
Bizlar volvokslarmiz,ahildir kolonnamiz
Ajralmaymiz hech qachon, chunki ahil do’stlarmiz
Shaklimiz noksimondir,harakatimiz mokisimondir
Yashaymiz suv tubida ,bahor ,yoz va kuzda
Sistaga kirib olamiz,sovuq tushsa mabodo
INFUZORIYA
Pichan ivitmasidan meni topib olasiz
Tuflining tag charmiga o’xshayman lol qolasiz
Infuzoriya tufelkaman juda go’zal nomim bor
Kipriklarim juda ko’p ular menga xo’p dastyor
Hujayramda ikkita yadroyim bor farqim shu
Kipriklarim bilan suvda, harakat qilaman zuv-zuv
Teng ikkiga bo’linib, ko’payaman odatda
Sovuq tushsa butun tanam o’raladi sistaga
GIDRA
O’zim mitti gidraman, hujayram ikki qavat,
Biroz murakkabroqman, sodda hayvonman faqat
Ektoderma, endoderma bular nima ekan dema
Tashqi, ichki qavatlarim lek ancha murakkabman
Regeneratsiya menda mavjud, qayta-qayta tiklanaman
Paypaslagichlarim bilan o’ngga, chapga bukilaman
Kurtaklanib yoki jinsiy yo’llar bilan ko’payaman
Kuz kelganda nobud bo’lib, zigotada saqlanaman
Bilib oling avlodlarim, zigotalar davomchimdir
Bahor kelsa yashayman deb sista ichida turar tayyor
Mening yomon tomonim yo’q,oddiygina bir hayvonman
Akvariumdan, chuchuk suvdan axtarsangiz doim borman
AKTINIYA
Juda chiroyli nomim bor,aktiniyaman beg’ubor
Men gidraga o’xshayman, paypaslagichlarim bor
Suv tubidagi narsalarga yopishib olib yashayman
Lekin, asta va oxista, siljib qadam tashlayman
Gidra kabi otiluvchi tomonlarim bor mening
O’ljalarni falajlab,qo’ysa to’yadi qornim
Gohi jinssiz, gahi jinsiy yo’llar bilan ko’payaman
Lichikalar orqasida ko’payib borar sonim
KORAL RIFLARI
Biz korall riflarimiz,juda yaxshi bilasiz
Bizni tropik dengiz ,okeandan topasiz
Kolonnamiz juda yirik riflar hosil qiladi
Halok bo’lgan kolonnalarpastga cho’kib qoladi
Koloniyalar suv yuziga, yuqoriga o’sadi
Tinch okean tropik qismida,Avstraliya qirg’oqlarida
Saflarimiz juda ham ko’p,siz izlamang behuda
Biz juda foydalimiz,ba’zi dardlarga davo
Ohaktosh va zeb –ziynat,bizdandir qimmat baho
MEDUZA
Dildiroq va eng tiniq shishasimon tanamiz
Soyabonga o’xshagan ajoyib meduzamiz
Soyabonning ostida yagona og’zimiz bor
Bitta og’zimiz uchun,paypaslagichlar dastyor
Tanamizning devori, mustahkam ikki qavat
Lekin oraliq moddamiz, juda kuchli rivojlangan
Suv ichida kuch bilan,olg’a yurib suzamiz
Butun dengiz ichini koinot deb sezamiz
Qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar va baliq
Mayda suv hayvonlari, bizga sevimli oziq
Bizlar ancha yirtqichmiz,kuydurduvchi tanamiz
Ularning yordamida bizlar oziqlanamiz
Shimoliy degizlarda bor Qutb meduzamiz
Va Qora dengizlarda, bor yana ildizog’iz
Yaqin kelsa tanamiz ,biz kuydirib qo’yamiz
Aureliya meduzamiz,insonlar uchun xavfsiz
OQ PLANARIYA
Bizlar chuvalchanglarmiz, juda ko’pdir turimiz
Kiprikli va so’rg’ichli, tasmasimon, to’garak
Men yassi chuvalchangman, oq planariyadir otim
Shaklim bargga o’xshaydi, tanamda yo’qdir qonim
Daryo va ko’l tubida tosh, barg, cho’pga yopishib
Yashayman shaklim yassi, oldik mana tanishib
Oqish yoki kulrangman, bordek kichkina ko’zim
Kipriklar yordamida harakat qilaman o’zim
Ba’zan suvning yuziga,ko’tarilib turaman
Ikki simmetriyali hayvonlarning biriman
Mening og’iz teshigim qornim uzra joylashgan
Kitobingizda meni u yirtqich deb atashgan
Mening sevgan ozig’im, lichinkalar aslida
Yashayveraman doim, yilning hamma faslida
Menda ilk paydo bo’lgan, hazm qilish ayirish
Bilaterial simmetriya, jinsiy, nerv va sezish
Gar noqulay sharoit tug’ilganda bir pasda
Maydalanib ketaman ,juda tez bir nafasda
Lekin qulay sharoit, bo’lsa gar yana darhol
Yana bir necha bo’lib, tiklana ham olaman
JIGAR QURTI
Bizlar so’rg’ichlilarmiz, biz ham yassi chuvalchang
Parazitmiz yuqumli, yuqsak agar holing tang
Turlarimiz juda ko’p,yumaloq, tasmasimon
Bizdan zarar ko’radi, hayvonlar, hatto inson
Shaklim mening bargsimon,o’zim jigar qurtiman
Qoramol,echki,qo’yda,parazitlik qilaman
Voyaga yetgan davrim, xo’jayinimdir odam
Parazitlikda yashar hatto mening lichinkam
TASMASIMON CHUVALCHANG
Uzun tasma ichakmiz, to’rt so’rg’ichli ilmoqsiz
Odam va qoramolda yashaymiz topingchi siz
Odam va hayvonlarga tezda yuqib olamiz
Biz tuproqda va suvda, kir qo’llarda bo’lamiz
Mol go’shtinin yesangiz, qovuring takror-takror
Go’sht ichida pufakdek ,finna degan qismim bor
ODAM ASKARIDASI
Ichakda bor bir xivchin,bo’yi rosa bir qarich
Rangim oppoq va tiniq, ichakda yashashim aniq
Erkak va urg’ochimiz, agar bizni bilsangiz
Bir tunda 2400000dan oshiq tuxum qo’yamiz
Yuvilmagan qo’l bilan kiramiz og’zingizga
Agar toza bo’lsangiz, sizga hech yuqolmaymiz
Biz juda xilma-xilmiz, exinokok eng yomonimiz
Bolalarning gijjasi, bizlarning eng kenjamiz
Bizdan ehtiyot bo’ling, mevalarni yuvib yeng
Tuproqda ,sabzavotda bormiz unutib qo’ymang
YOMG’IR CHUVALCHANGI
Tanamiz halqa-halqa, biz ham chuvalchanglarmiz
Nam tuproq bizga vatan, lekin biz foydalimiz
Yamg’ir chuvalchangiman, yumshataman tuproqni
Men harakat qilaman cho’zib maxsus belbog’ni
Chiriyotgan o’simlik qoldig’i bizga oziq
Bizning biogumus esa o’simliklarga oziq
Biz ko’p yerda mevalar, ko’proq hosil beradi
Tuproq esa muneral moddalarga to’ladi
Yer yuziga chiqaman yomg’ir yog’sa mabodo
Shuning chun mening nomim, yomg’irchuvalchangida
MOLLYUSKA
Olimlar nom berishgan, bizni mollyuska deya
Tanamiz qoplab turar, yupqa teri mantiya
Chuchuq suvning shillig’i, tok shillig’i, baqachanoq
Kalmar,karakatitsa, tridakna, sakkizoyoq
Dreysena va midiya, marvariddor, taroqcha
Yana ko’p turimiz bor , yashaymiz dengizlarda
ONA TABIAT TIMSOLI
Bilib oldingizmi suvda yashovchi
Hayvonlar juda ko’p bumas hammasi
Ular xilma-xildir, katta va kichik
Yashay olmaydilar suvsiz xech qachon
O’QUVCHILAR
Qoyil ona tabiat mo’jizakorsan
Bog’landik yana ham oshdi mehrimiz
Sen o’zing ustozsan, senshifokorsan
Har narsa ojizdir, go’zaldir sehring
Do'stlaringiz bilan baham: |