Zoologiya uzb 2017. indd


-rasm. Dengiz bo‘shliqichlilari



Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/296
Sana07.01.2022
Hajmi5,19 Mb.
#328255
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   296
Bog'liq
7-sinf zoologiya kitobi

15-rasm. Dengiz bo‘shliqichlilari:
1 – ildizog‘iz meduza; 2 – qutb meduzasi; 3 – aureliya; 4 – aktiniyalar; 
5 – qizil korall polið; 6 – korall poliðlar koloniyasi
2
3
1
6
5
4


29
Korall riflari.
 Tropik dengiz  sohillari yaqinida, okeanning uncha 
chuqur bo‘lmagan joylarida korall poliðlar zich joylashib, juda yirik 
koloniyalar  riflarini hosil qiladi. Koloniya suv yuzasiga qarab o‘sa-
di; suv tubida esa koloniyaning halok bo‘lgan ostki qismi ko‘plab 
to‘planib qoladi. Shu tarzda vaqt o‘tishi bilan poliðlar koloniyasi 
korall orollarini hosil qiladi. Shamol, suv va qushlar orqali har xil 
o‘simliklarning urug‘i kelib qolishi natijasi 
da riflarda hayot boshla-
nadi. Bunday riflar Tinch okeanning tropik qismida, ayniqsa, Avs-
traliya qirg‘oqlari yaqinida ko‘p uch 
raydi.
Korall riflaridan qurilish materiali (ohaktosh) sifatida foydala-
niladi. Ayrim riflardan (qizil korall) zeb-ziynat buyumlari tay-
yorlanadi. Korall riflari turli baliqlar va boshqa dengiz hayvonlari 
uchun makon bo‘ladi. Shuning uchun riflar tarqalgan joylar qo‘riq-
xonalarga aylantirilgan.
Meduzalar.
 Meduzalarning tanasi birmuncha tiniq, shishasimon 
dildiroq moddadan iborat. Shakli soyabonga o‘xshab ketadi (15-
rasm, 1, 2, 3). Soyabonning ostki tomoni markazida joylashgan 
og‘iz teshigi atrofida va soyabonning chetida juda ko‘p paypa 
s-
lagichlari bo‘ladi. Tana devori hujayralari hamma bo‘sh 
liqichlilar 
singari ikki qavat joylashgan, lekin oraliq moddasi juda kuchli 
rivojlangan. Meduzalarning soyaboni qisqarganda uning ostidagi suv 
kuch bilan otilib chiqib, reaktiv harakat paydo bo‘ladi.
Meduzalar yirtqich bo‘lib, qisqichbaqasimonlar, chuval-
changlar, baliq chavoqlari va boshqa mayda suv hayvonlari bi-
lan  oziqlanadi.  Ular  o‘ljasini  otiluvchi  tolalari  yordamida  falaj       -
lab, og‘iz atrofidagi yirik paypaslagichlari yordamida og‘ziga 
soladi. Ayrim meduzalar 
ning otiluvchi tolalari kuydirish xususi-
yatiga ega. Shimoliy dengizlarda uchraydigan qutb meduzasi va 
Qora dengizda ildizog‘iz  meduza cho‘miluvchilar uchun xavfli 
hisoblanadi. Dengiz likopchasi deb ata 
ladigan, barcha dengiz-
larda keng tarqalgan aureliya  meduzasi odam uchun zararsiz. 
Meduzalar baliqlar chavoqlarini yeb, baliqchilikka birmuncha 
ziyon yetkazadi.

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish