Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Bakra baliqlar, suyak-tog‘ayli baliqlar, soxta kurakburun, losossimonlar, keta,
bukri baliq, gulmoy, karpsimonlar, mo‘ylov baliq, qora baliq, oqcha baliq, oq
amur, xumbosh, laqqa, latimeriya.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-5, b-1. d-3, e-5, f-6, g-2.
8.2.
SUVDA HAMDA QURUQLIKDA
YASHOVCHILAR SINFI
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar ilk bor quruqlikda yashash-
ga o‘tgan hayvonlar. Tuzilishi suv va quruqlik muhitiga moslashgan.
To‘rt oyoqda harakatlanadi, o‘pka va teri orqali nafas oladi. Yuragi
uch kamerali. Tuxumini suvga tashlaydi, lichinkasi suvda rivojlanadi.
Ko‘pchilik turlari uchun quruqlik asosiy muhit hisoblanadi.
Ular bilan ko‘l baqasi misolida tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |