Qushlarga umumiy tavsif - Qushlar tanasi zich, uncha muncha yumaloq. Boshi katta emas bo`yni uzun va harakatchan. Boshining uchida tumshug`i bo`lib, u ustki va pastki tumshug`dan iborat. Kaptarlar, yapaloqqushlar, lochinsimonlar va to`tilarning ustki tumshug`i asosida voskovitsasi bor, bu yumshoq teri bo`lib, tumshuqning ustiga bo`rtib chiqib turadi. Qushlarning tumshuqlari oziqlanish xiliga qarab turli xil bo`ladi. Ustki tumshuqning asosida bir juft bir juft burun teshiklari joylashgan. Boshining ikki tomonida kattagina ko`zlari bor. Ko`zlarining orqasida quloq teshiklari bor. Bu teshiklarga nog`ora pardasi tortilgan. Qanotga aylangan oldingi oyoqlari Z harfi shaklidadir, chunki qanotning uchta bo`limi bir-biriga nisbatan hamisha burchak ostida turadi, shu sababli butunlay yozila olmaydi. Bu bo`limlarni tutashtirib turadigan maxsus qanot pardalari (Patagium) bor.
- Qushlarning yoyilgan qanoti bilan dumining umumiy
- sathi tanasining sathiga nisbatan juda katta bo`ladi.
- Qushlarning o`lchami har xil , lekin unchalik katta
- farq qilmaydi. Katta uchuvchi qushlarning massasi
- .14-16kg, qanotlarini ochgandagi kengligi 3-4m
- (albatros) keladi. Enf kichik kolibrilarning massasi
- 1,6-2 g ga boradi. Uchishni yo`qotish uning massasi
- oshishiga olib keladi, masalan, pingvinlarning massasi
- 40kgga yetadi.
Qushlarning uchishga moslanishlari. - Uchishga moslanish qushlar gavda shaklining nisbatan bir xil bo`lib qolishiga sabab bo`lgan.
- Qushlar hayoti davomida turli geografik joylarda va turlicha muhitlarda yashashga moslashgan shuni natijasida ularda moslanishlar paydo bo`lgan.
- Masalan, ayrim qushlar migratsiyani kunduzi, ayrim qushlar esa kechasi amalga oshiradi. Bu moslanishlar ularda naslining saqlanib qolishiga va oziq ovqat topishiga yordam beradi.
Uchish va harakat qilishning boshqa usullari - Uchish qushlar hayotida katta ahamiyatga ega. Qushlarning ichida faqat pingvinlar va ko`kraktojsiz qushlar uchmaydi. Ko`krakraktojli qushlardan to`ti, ukki va suvmoshaklarning ayrim turlari ham uchmaydi. Qushlarning uchish aerodinamikasi ancha murakkab va hozirga qadar to`liq aniqlanmagan.uchishning jismoniy asosini shunday xarakterlash mumkin: qanotning ustki tomoni gumbazdek ko`tarilgan, pastki tomini esa botib kirgan bo`ldi. Natijada qanot ko`tarilganda havo uning ustidan osonlik bilan o`tadi, qanot pastga tushurilganda esa qanot ostida havo girdobsimon harakat etib, qushni yuqoriga ko`taradi. Qanotning oldingi cheti ancha yo`g`on (bu yerda suyak, muskul va bir nechta qavat patlar joylashgan) va baquvvat, orqa cheti esa ingichka va egiluvchan bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |